Telegram Web Link
🏡 Talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi



2025-yil 21-oktabr kuni TDIU Samarqand filialida talabalarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi E.Z. Isaqova hamda “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti E.Xamdamova tomonidan Samarqand shahar Sugdiyona massivi, xonadonda ijarada yashovchi Iqtisodiyot fakulteti talaba-qizlari — N.Muratbaeva va R.Jadigarovalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida:
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik,
elektr va tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish,
is gazidan zaharlanishning oldini olish,
— hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥211
📚 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida rus tili fanidan “Kultura” mavzusida to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Filialning o‘zbek, rus guruhlarida tahsil olayotgan o‘g‘il va qiz talabalar ishtirokida tashkil etilgan mashg‘ulotni "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi o‘qituvchisi Tojibayeva Nargiza Jumabayevna olib bordi. 🌿

Mashg‘ulot davomida talabalar madaniyat, odob-axloq va ijtimoiy qadriyatlarning jamiyatdagi o‘rni haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. 💬

Suhbat jarayonida turli millat vakili bo‘lgan talabalar bir-birining madaniyatini hurmat qilish, bag‘rikenglik, do‘stlik va o‘zaro tushunishning inson hayotidagi ahamiyati haqida bahs-munozara olib bordilar. 🤝🌍

Bunday to‘garak mashg‘ulotlari talabalar dunyoqarashini kengaytirish, ularni ma’naviy yetuk, madaniyatli va faol fuqarolar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌸

TDIU Samarqand filiali Matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
5👍2🔥1
📖 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali doktorantlari xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etishdi 🌍

🗓 2025-yil 14–15-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Westminster International University in Tashkent (WIUT) hamda Leibniz Institute of Agricultural Development in Transition Economies (IAMO) hamkorligida “Navigating Change: Agricultural Sustainability and Rural Development in Central Asia” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda TDIU Samarqand filiali tayanch doktoранtlari — Mardanova Barno va Xudayarova Maftuna faol ishtirok etdilar. 🎓

Konferensiya Markaziy Osiyo mintaqasi hamda boshqa davlatlardan kelgan olimlar, siyosatchilar birlashtirib, qishloq xo‘jaligi barqarorligi, rural rivojlanish hamda mintaqaviy iqtisodiy o‘zgarishlarga oid dolzarb masalalar va yangi imkoniyatlarni muhokama qilishга xizmat qildi. 🌿💬

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍2🔥21
📚 “O‘zbek tili — millat g‘ururi!” 🇺🇿
“O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 2025-yil 20-oktabr kuni soat 13:00 da filial Axborot-resurs markazi o‘quv zalidaKitobxon talaba” loyihasi doirasida “Bahribayt” ijodiy bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuv o‘quvchilarni kitob mutolaasiga, so‘z san’atiga va ijodiy
fikrlashga undash, shuningdek, ona tilimizga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. 📖💫

🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlandilar:
🥇 I o‘rin — Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti, MMT-224 guruh talabasi Doniyorova Muhlisa
🥈 II o‘rin — Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti, BX-125 guruh talabasi Hayitova Dilnoza
🥉 III o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti, RI-123 guruh talabasi Umarova Mohinur

G‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz! 🌸

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥5👍31👏1
#Axborot_resurs_markazi_Kitobxonlik

TDIU SF Axborot-resurs markazi tomonidan tashkil qilingan "Mushoira'' klubi a'zolari tomonidan 2025-yil 21-oktabr " O'zbek tiliga -Davlat tili'' maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

📚 "Davlat tili- millatning ruhi uning tarixiy xotirasi va ma'naviy qudratini ifoda etuvchi bebaho boylikdir" shiori ostida tashkil etildi

🎤Tadbir davomida talabalar tomonidan ma'lumotlar, sahna ko'rinishlari, raqs hamda she'rlar bilan olib borildi. Bundan tashqari tadbirdagi o'qituvchilar tomonidan ishtirokchilarga tashakurlar aytilib rag'batlantirildi.

💥Ishtirok etgan talabalarga O'zbek tilining qanchalik boy til ekanligi alohida etirof etildi va sahna ko'rinishi davomida jonlantirildi.

🪄Tadbirda "Buxgalteriya va Iqtisodiyot'' fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi.

🏢 TDIU SF Axborot -resurs markazi.
https://www.tg-me.com/TDIU_SF_Elektron_kitoblar
6🕊3👏2
2025/10/22 02:12:37
Back to Top
HTML Embed Code: