Telegram Web Link
🇺🇿 Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining asosi! 🌿

📅 2025-yil 17-oktabr kuni TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar milliy liboslarda ishtirok etib, Milliy liboslar kunini keng targ‘ib qildilar hamda tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilib, o‘zbek xalqining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. 🏛️

Samarqandning jahon tan olgan qadimiy obidalari, milliy ruh va tarix nafasi bilan sug‘orilgan bu sayohat ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. 💫

#MilliyQadriyatlar #MilliyLiboslarKuni #TDIUSamarqandFiliali

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
5🔥4😁4😍2👏1👨‍💻1
📚 Rus tili fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi! 🇷🇺

2025-yil 15-oktyabr kuni TDIU Samarqand filialida “Выражение временных отношений в простом предложении” mavzusida MT-225 guruh talabalari uchun ochiq dars bo‘lib o‘tdi.


👩‍🏫 Darsni rus tili fani o‘qituvchisi To‘jibayeva Nargiza Jumaboyevna olib bordi.

Mashg‘ulot davomida talabalar oddiy gaplarda vaqt munosabatlarini ifodalash usullarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganishdi. Dars interfaol metodlar asosida o‘tkazilib, talabalar faol ishtirok etdilar hamda o‘z bilimlarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi. 💬🕰️

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
4👏4🔥3
🎨 “Grafik dizayin muhandisi” — kelajak ijodkorlari uchun yangi imkoniyat! 💻

2025-yil 17-oktabr
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnalogiyalari kafedrasi o’qituvchisi V.Shukurov “Grafik dizayin muhandisi” o‘quv kursi faoliyatini yuritmoqda!


📅 Kurs uch oy davom etadi va haftasiga ikki marotaba o‘tkaziladi. Darslar bitiruvchi kurs talabalari uchun reja-grafik asosida tashkil etilgan.

O‘quv kursining asosiy maqsadi — talabalarni grafik dasturlar bilan ishlash, reklama va kompyuter grafikasi asoslarini o‘zlashtirish hamda zamonaviy dizayn bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashdan iborat. 🚀

Bu kurs nafaqat bilim, balki ijod, texnologiya va san’atni uyg‘unlashtirgan yangi tajriba makoni! 🖌️💡

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
11👍1🔥1
📢 ZAMONAVIY BUXGALTERIYA MARKAZIDA YANGI KURS BOSHLANDI!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida” PF–158-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, filialning “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi qoshida 2025-yil 16-oktabr kuni “Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha” nomli o‘quv kursi o‘z faoliyatini boshladi.

📚 Kursning asosiy maqsadi — bitiruvchi bosqich talabalari orasida ish beruvchilarning amaliy talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy buxgalteriya ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

🔹 2025-yil 16- oktabr kunidan boshlab mashg‘ulotlar faol davom etmoqda. Talabalar buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil va statistika sohalarida amaliy bilimlarni egallab, kelgusida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanmoqdalar.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
👍3
🏡 Talabalar hayoti e’tibor markazida!

📅 2025-yil 17-oktyabr kuni
📚 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi mudiri Pardayeva Ozoda va o’qituvchisi Xoshimova Sevara tomonidan ijarada yashayotgan talabalarni yashash sharoitlari o‘rganildi.

🎯 O‘rganishning asosiy maqsadi — talaba-qizlarning xavfsizligi, qulay yashash sharoitlarini yaratish, hamda ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir.

🌿 O‘qituvchilar tomonidan talabaga zarur tavsiyalar berilib, ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

🎓 TDIU Samarqand filialida talabalarning hayoti, ta’lim sifati va farovonligi doimiy e’tibor markazida. 💚

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
4👏4🤔1
2025/10/21 18:15:43
Back to Top
HTML Embed Code: