Telegram Web Link
#WOMEN_MIND

📍Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida  talaba qizlar oʻrtasida “WOMEN MIND🧠 aqliy bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

📌Ushbu bellashuvda quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:
🔵“Girl Power”
🔵“Doʻstim ChatGPT”
🔵“Alory girls”
🔵“Camelot”
🔵“Boʻldi topdik”
🔵“Hernova”
🔵“Nothing”
🔵“Moychechak”

➡️Aqliy bellashuvdan koʻzlangan maqsad qizlarimizning intellektini hamda aqliy salohiyatini charxlab borish bilan bir qatorda universitetlar oʻrtasida oʻzaro doʻstona munosabatlarni kuchaytirish va zakovatni keng targʻib qilish.

🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🎉3😍2😁1
🎓 TDIU Samarqand filiali
2026-yil uchun PhD va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi!

📚 Yo‘nalishlar:
1️⃣ 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (PhD)
2️⃣ 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (PhD)
3️⃣ 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (stajyor)
4️⃣ 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (PhD)

📄 Kerakli hujjatlar:
Ariza va tarjimai hol,
Pasport yoki ID karta,
Diplom (magistratura yoki mutaxassislik bo‘yicha)
B2 yoki unga teng sertifikat (PhD uchun),
Ilmiy maqola va 2 ta tezis.

🧠 Imtihonlar: 1–25 noyabr 2025-yil (sanadan keyin e’lon qilinadi)

🏫 Manzil: Samarqand, Professorlar ko‘chasi 51-uy
📞 Tel: +998 90 602 04 92

Batafsil: https://sbtsue.uz/post/tdiu-samarqand-filiali-2026-yil-uchun-tayanch-doktorantura-phd-va-stajyor-tadqiqotchilikka-qabul-elon-qiladi

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
😁3
🎓 HAMKORLIK VA INTEGRATSIYA UCHRASHUVI
2025-yil 18-oktabr
TDIU Samarqand filiali “Iqtisodiyot” fakulteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qo‘shrabot tumanidagi 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida ilmiy hamkorlik va integratsiyani kuchaytirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazdilar. 🤝

Dotsentlar U. Ubaydulayev va X. Xudoyberdiyevlar o‘quvchilar uchun “Matematikaning inson hayotidagi o‘rni” mavzusida seminar-trening tashkil etishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, savollarga atroflicha javoblar berildi.

📘 Uchrashuvlar mazmunan boy, ilmiy jihatdan samarali va motivatsion ruhda o‘tdi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
👍53🔥3🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📅 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami 🇺🇿

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda RIQ-124-guruh talabasi Mamarasulova Nilufar “Ona tilim” mavzusida she’r ijro etib, ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtirom va faxr tuyg‘ularini ifoda etdi.

Ona tili — millat g‘ururi, xalqning ma’naviy boyligi.
Uni ardoqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. 🇺🇿

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥74🎉31👏1
📍Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi chora-tadbirlari ijrosi doirasida hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashabbusiga binoan, 20-oktabr kuni plogging aksiyasi tashkil etildi.

🗣Mazkur aksiya “Butunjahon tozalik kuni🌎(“World Cleanup Day”) doirasida o‘tkazilib, yoshlarni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va atrof-muhitni toza saqlash maqsadida tashkil etildi.

🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏31👍1🔥1
📅 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir uyushtirildi 🇺🇿

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda”ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirni filialimiz direktori, professor Olim Murtazayev ochib berib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi hamda ona tilimizning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tadbirimizda mehmon shoiralar, jumladan Zuhrabegim Eshonqulova hamda Farmanova Farog’atbegim tashrif buyurib, o‘z ijod namunalarini taqdim etdilar va talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar.

Ona tili — millatning g‘ururi, xalqning ma’naviy boyligi.
Tilimizni ardoqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. 🇺🇿

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
👏4👍3🔥32🤔2
2025/10/20 15:56:23
Back to Top
HTML Embed Code: