Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📅 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami 🇺🇿

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda RIQ-124-guruh talabasi Mamarasulova Nilufar “Ona tilim” mavzusida she’r ijro etib, ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtirom va faxr tuyg‘ularini ifoda etdi.

Ona tili — millat g‘ururi, xalqning ma’naviy boyligi.
Uni ardoqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. 🇺🇿

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥74🎉31👏1
📍Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi chora-tadbirlari ijrosi doirasida hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashabbusiga binoan, 20-oktabr kuni plogging aksiyasi tashkil etildi.

🗣Mazkur aksiya “Butunjahon tozalik kuni🌎(“World Cleanup Day”) doirasida o‘tkazilib, yoshlarni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va atrof-muhitni toza saqlash maqsadida tashkil etildi.

🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏31👍1🔥1
📅 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir uyushtirildi 🇺🇿

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda”ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirni filialimiz direktori, professor Olim Murtazayev ochib berib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi hamda ona tilimizning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tadbirimizda mehmon shoiralar, jumladan Zuhrabegim Eshonqulova hamda Farmanova Farog’atbegim tashrif buyurib, o‘z ijod namunalarini taqdim etdilar va talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar.

Ona tili — millatning g‘ururi, xalqning ma’naviy boyligi.
Tilimizni ardoqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. 🇺🇿

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
👏4👍3🔥32🤔2
🎉 Bayram tadbirimiz yuksak ruhda o‘tdi! 🇺🇿

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “O‘zbek tili — millat g‘ururi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirimiz yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar, o‘qituvchilar va mehmon shoiralar ijodiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar orqali ona tilimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatlarini ifoda etdilar. 💫

Barchaga samimiy ishtiroki, ijodiy chiqishlari va bayramona kayfiyat uchun tashakkur bildiramiz!
Keling, ona tilimizni ardoqlaylik, asraylik va uni har bir yurakda abadiy saqlaylik! ❤️🇺🇿


#Onatilim#Tilmillatgururi

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
3🎉3👍2🔥2😁1
2025/10/22 03:00:15
Back to Top
HTML Embed Code: