Telegram Web Link
#kun_hikmati

Formal education will make you a living; self-education will make you a fortune.

Rasmiy ta’lim seni tirikchilikka o‘rgatadi, o‘z-o‘zini o‘qitish esa boylik keltiradi.

Формальное образование даст тебе средства к жизни, самообразование даст тебе состояние.

Jim Rohn


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 21-oktabr O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! 🇺🇿

Har bir xalqning faxru g‘ururi — uning ona tilidir.
Ona tilimiz — ajdodlarimizning bebaho merosi, millatimizning yuragi va tafakkurimizning ifodasidir. 💫

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali jamoasi barchani O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! 🌸

Keling, ona tilimizni asraylik, sevaylik va kelajak avlodlarga ardoqlab yetkazaylik. ❤️🇺🇿

#OnaTilim #O‘zbekTiliBayrami #TDIESamarqand #MillatGururi

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥32🎉2👏1🕊1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 O‘zbek tili — millat g‘ururi! 🇺🇿

2025- yil, 20-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili — millat g‘ururi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 🌟

Tadbirni filial direktori, professor Olim Murtazayev ochib berib, barchani ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabrikladi.
O'z nutqlarida o‘zbek tilining millat g‘ururi, xalqimizning bebaho boyligi ekanini ta’kidlab, tilimizni e’zozlash va yoshlar qalbida ona tiliga muhabbatni yanada chuqurlashtirish muhimligini alohida qayd etdi. 💬

Bayram davomida talabalar, o‘qituvchilar hamda mehmon shoiralar ijodiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar orqali ona tilimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatlarini ifoda etdilar. 💫

Barchaga samimiy ishtiroki, ijodiy chiqishlari va bayramona kayfiyat uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz! 🙏

#O‘zbektili

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
5🎉2
📍TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatori tomonidan “Mnemonika🧠 xotira o‘yini o‘tkazildi.

📌Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning xotira, diqqat va tez fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni intellektual faoliyatga jalb etishdan iborat bo‘ldi.

😀O‘yinda ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, faol qatnashdilar.
Natijalar yakuniga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildilar:

🔢-o‘rin — Nuraliyev Akbar
🔢-o‘rin — Jobirova Afruza
🔢-o‘rin — Umrzoqova Lobar

Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun tashakkur bildiramiz!

🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥4🤝2🎉1😍1🏆1
🎓 Amaliy mashg‘ulot – bilim va tajriba uyg‘unligi! 🌿

📅 2025-yil 20-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi dotsenti, M.Axtamova tomonidan “Marketing” fanidan “Raqobatbardosh strategiyalar” mavzusida GRAND PLAZA mehmonxonasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. 🏨

Mashg‘ulot davomida talabalar mehmonxona biznesida raqobat strategiyalarining ahamiyati, mijozlarni jalb etish va ularning sadoqatini oshirish usullarini amaliy misollar asosida o‘rganishdi.

🔹 Bugungi zamon mehmonxonalari faqat qulay sharoit yaratish bilan cheklanmay, o‘ziga xos qiymat va innovatsion yondashuv bilan raqobatda ustunlikka erishadi.
🔹 Talabalar raqobat afzalliklarini shakllantirish, kuchli va zaif tomonlarni tahlil qilish, shuningdek, bozordagi pozitsiyani baholash bo‘yicha real tajribaga ega bo‘ldilar.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
👍5🔥4
📅 20-oktabr, 2025-yil

🎬 “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Buxgalteriya hisobi va moliya fakultetining Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi 125- va 225-guruh talabalariga, tyutor Norboyev Otabek tashabbusi bilan “Tarixiy ILHAQ” nomli milliy film namoyish etildi.


Bunday tadbirlar yoshlarning milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosni qadrlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 🇺🇿

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
3👍1
🏡 Talabalar e’tibor markazida! 🌸

📅 2025-yil 20-oktabr kuni TDIU Samarqand filiali Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi E.Z.Isaqova hamda “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari E.Xamdamova va S.Yazdonovalar Samarqand shahar M.Ulug‘bek MFY, Lolazor ko‘chasida ijarada yashovchi Iqtisodiyot fakulteti RI-123 guruh talabasi S.Karimovaning yashash sharoitlari bilan tanishdilar.


Tashrif davomida talaba uchun qulay muhit, xavfsizlik hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. 🔍
Shuningdek, elektr ta’minoti, tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 🔥

Uchrashuv jarayonida talabaga bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va ta’limda yuqori natijalarga erishish borasida ham tavsiyalar berildi. 🌱

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Til_bayrami #ona_tilimiz

📍TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Iqtisodiyot fakulteti koordinatorlari sizlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

🗣Davlat tili — millatning ruhi, uning tarixiy xotirasi va ma’naviy qudratini ifoda etuvchi bebaho boylikdir.
Ona tilimiz — o‘zbek tili, xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniyati, ilm-fani va adabiyotining mustahkam poydevoridir.

📌Tilimizning nufuzi va obro‘si doimo yuksalib, har bir yurtdosh qalbida faxr va iftixor manbai bo‘lib yashasin!

🎉Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😍32🔥2🤔2🎉2🤩2
🇺🇿 O‘zbek tili – millat g‘ururi, el faxri! 🌸

📅 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan TDIU Samarqand filiali jamoasi shahrimizdagi “Navoiy” bog‘ida so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimini o‘tkazdi. 🌹

Bu ezgu tadbir ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va Vatanimizga mehr-muhabbat ifodasi bo‘ldi. 💫

Keling, ona tilimizni ardoqlaylik, asraylik va uni har bir yurakda abadiy saqlaylik! ❤️🇺🇿

#OnaTilim #DavlatTiliKuni #TDIESamarqand #AlisherNavoiy #MillatGururi #Ma’naviyat #O‘zbekTiliBayrami

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
11
2025/10/23 08:24:38
Back to Top
HTML Embed Code: