Telegram Web Link
📣 #E’lon

🎯 “Kasbim — mening faxrim” to‘garagining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

🗓 2025-yil 23-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Kasbim — mening faxrim” to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchrashuvda:
👩‍💼 “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti F.U.Anarbayeva,
👩‍🏫 “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.M.Vafoxo‘jayeva,
🌟 to‘garak rahbarining o‘rinbosari S.Zohidova hamda talabalar turar joyida yashovchi faol talabalar ishtirok etishdi.

💡 To‘garakning asosiy maqsadi — TTJda istiqomat qilayotgan talabalarda zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni kasbiy rivojlanishga yo‘naltirishdir.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
3🔥1🎉1😍1
🎓 Shveytsariyada magistratura uchun 18 750 dollargacha grant! 🇨🇭
Excellence Master Fellowships – Jeneva Universitetida!

💻 Yo‘nalishlar:
Computer Science
Mathematics, Computer Science and Numerical Sciences

📚 Dars tili: Ingliz yoki ingliz + fransuz tillarida
💰 Grant miqdori: Yiliga $12 500 – $18 750
🎓 Kontrakt to‘lovi: Semestriga atigi $624

🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 28-fevralgacha
📅 O‘qish boshlanishi: 14-sentabr, 2026

Nima uchun bu grant muhim?
Jeneva Universiteti — Yevropaning eng nufuzli ilmiy markazlaridan biri.
Bu yerda ta’lim nafaqat nazariy, balki haqiqiy kasbiy rivojlanish platformasi hisoblanadi.

🧩 Kimlar topshira oladi:
Bakalavrni bitirgan yoki bitirayotgan talabalar,
Yuqori o‘quv natijalarga ega bo‘lganlar,
Magistratura talablari bilan mos nomzodlar.

🔗 Rasmiy havola:
👉 Excellence Master Fellowships — University of Geneva

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍1
🌿 Talabalar hayoti markazda — sharoitlar o‘rganildi!

2025-yil 23-oktabr
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi tekshiruv amalga oshirildi.

🔸 Tashrifda filial xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi E.Z.Isaqova hamda “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi mudiri O.Pardayeva ishtirok etishdi.


🌱 Maqsad — nafaqat sharoitni o‘rganish, balki talabalarga mehr, e’tibor va ishonchni his ettirish.
Chunki har bir talaba — bu kelajak, har bir g‘amxo‘rlik esa — kelajak sarmoyasidir.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
5
Forwarded from Zakovat: TDIU SF
📣 Bilimdonlar diqqatiga!

TDIU Samarqand filiali “Zakovat” terma jamoasi uchun yangi bilimdonlarni saralash va musobaqalarga tayyorlash maqsadida saralash o‘yini o‘tkaziladi.

📌 Saralash o‘yini o‘tkazilish tartibi:
— Barcha ishtirokchilar individual tarzda ishtirok etadi;
— Turli xil mavzudagi 30 ta mantiqiy savollar o‘ynaladi;
— Har bir savolga o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 25-oktyabr, 11:00 da
📍 B bino, 108-xona


TDIU SF Zakovat terma jamoasi OTM talabalari o‘rtasidagi turnirlarda va shuningdek, yaqinlashib kelayotgan “Intellektual olimpiada” musobaqasida filial sharafini himoya qiladi.


🐳 TDIU SF Zakovat klubi
🕊21🔥1
#kun_hikmati

Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas, biroq yaxshi nom qoldirmoq — katta saodatdir.

One cannot remain in this world forever, but leaving behind a good name is a great blessing.

В этом мире нельзя остаться навсегда, но оставить после себя доброе имя — великое счастье.

Alisher Navoiy


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👏1
🏡 Talabalar yashash sharoiti — doimo e’tiborda!

2025-yil 23-oktabr
Mazkur o’rganishda ta’lim-tarbiya maslahatchisi Z.Mamadxonova hamda filial psixologi N.Atabayeva hamrohligida amalga oshirildi.


🔹 Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
🔹 Yashash joylari, o‘qishga munosabatlari hamda psixologik holatlari o‘rganildi.
🔹 Talabalarga zarur tavsiyalar va ruhiy ko‘mak berildi.

Har bir talaba biz uchun muhim — ularning qulay yashash sharoiti va motivatsiyasi ta’lim sifatining asosi 💫

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍1
📚 #TayyorlovKurslari | #TDIUSamarqand 📚

🌟 Kam taʼminlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun imkoniyat!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali huzurida bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda! 🎓

🎯 Maqsad — iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzulari sari dadil qadam qo‘yishlariga yordam berish.

📅 Boshlanish sanasi: 2025-yil 1-noyabr
⏱️ Davomiyligi: 9 oy
📍 Joy: TDIU Samarqand filiali, o‘quv binolari

Batafsil: https://sbtsue.uz/post/kam-taminlangan-oilalarning-bitiruvchi-sinfdagi-farzandlari-uchun-bepul-tayyorlov-kurslari-tashkil-etiladi

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
1
👗 #MilliyLiboslarKuni | #TDIUSamarqand 👑

🌺 Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor timsoli!
Milliy liboslar kuni” — bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlarimiz merosini yosh avlod qalbiga singdirishdir. 🇺🇿

🎉 Shu munosabat bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida milliylikni targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Milliy liboslar kuni” keng nishonlandi.

👩‍🎓 Tadbir davomida talabalar atlas va adras matolaridan tikilgan nafis liboslarda sahnaga chiqishdi. Ularning chiqishlari orqali milliy kiyimlarimizning bugungi zamon modasi bilan uyg‘unligi, o‘zbekona go‘zallik va did uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 🌸

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
51
2025/10/26 07:26:17
Back to Top
HTML Embed Code: