Telegram Web Link
💰 “Mikroiqtisodiyot” fanidan ochiq dars o‘tkazildi!

2025-yil 10-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi assistenti A. Saydullayev tomonidan “Talab va taklif elastikligi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

📊 Dars davomida talabalar narxlarning o‘zgarishi bozordagi talab va taklif hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, elastiklik konsepsiyasining hukumat siyosati va korxona strategiyalaridagi o‘rnini amaliy misollar orqali o‘rganishdi.

📚 Mazkur ochiq dars talabalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda amaliy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥32👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 11-oktyabr — “💐Xalqaro Qizlar kuni” munosabati bilan tayyorlangan tabrik!
Aziz qizlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!

🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥83👍3👏2
🏆 “Besh tashabbus olimpiadasi” – sportda g‘alaba, jamoada birlik!

➡️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda “5 tashabbus” doirasida sportni keng ommalashtirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi!

🥇 Olimpiada doirasida filial talabalari o‘rtasida turli sport turlari bo‘yicha bahslar olib borilmoqda. Musobaqalar yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va faol hayot tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

💪 Sport – yoshlar kuchi, jamoa – filial faxri!

#TDIUSamarqandfiliali #BeshTashabbus #Sport #YoshlarFaolligi #Sog‘lomTurmush

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
3👍2
🌿 “Tabiatni muhofaza qilishda jamoatchilik ishtiroki” mavzusida trening kursi tashkil etildi!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD E.Z. Isaqova tomonidan “Eko klub” doirasida “Tabiatni muhofaza qilishda jamoatchilik ishtiroki” mavzusida trening kursi tashkil etildi.

♻️ Trening davomida:
ekologik madaniyatni oshirish yo‘llari,
atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilikning o‘rni,
amaliy tashabbuslar haqida foydali ma’lumotlar berildi.

📚 Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ekologik masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

#TDIUSamarqandfiliali #Ekoklub #Ekologiya #TabiatniMuhofazaQilish #Trening #YoshlarFaolligi

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TDIU Samarqand filialida “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti Qo‘yboqov Xurshid tomonidan “Iqtisodiyot” fakulteti ATT-125 guruhi bilan “To‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lgan jismning zichligini aniqlash” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

🧪 Talabalar turli jismlarning og‘irligi va hajmini o‘lchab, ularning zichligini aniqladilar. Amaliy mashg‘ulotda zamonaviy o‘lchov asboblaridan foydalanildi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
1👍1
📢 E’LON

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining
“O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan ochiq dars o‘tkaziladi.

📖 Fan: Nemis tili
🗂 Mavzu: “Büro. Technik”
👨‍🏫 O‘qituvchi: F. Fayzullayev
👥 Guruh: Buxgalteriya hisobi – 125
🏛 Auditoriya: 411-B
📅 Sana: 15.10.2025
🕣 Vaqt: Soat 8:30 (1-juftlik)

Ochiq darsda talabalar nemis tilida ofis va texnika vositalari mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.
Barcha manfaatdor o‘qituvchilar va talabalar darsda ishtirok etishlari mumkin!

#TDIUSamarqandFiliali #OchiqDars #NemisTili #TilO‘rganish

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎀 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni! 💖
🌸 Qizlar — jamiyatimizning gultoji, mehr va ilhom manbai! 🌸

TDIU Samarqand filialida ushbu kun munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
🧠 Tadbir davomida qizlar o‘z bilim va zukkoligini namoyon etib, bayramona kayfiyatda bellashdilar.

💐 Quvonch, ijobiy muhit va yorqin lahzalar bilan to‘la kun!
💖 Qizlarimiz – kelajagimizning yorqin yulduzlari! 🌟

#TDIUSamarqandfiliali #XalqaroQizlarKuni #Zakovat #QizlarKuni #YoshlarFaolligi #IlhomVaGo‘zallik

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
21🔥1😍1🏆1
E’LON

📘 Fan: Moliya asoslari 1,2
🎓 Guruh: MT-124
👨‍🏫 Amaliyot o‘qituvchisi: Moliya va soliq kafedrasi assistenti Gadayev Jahongir

📖 Mavzu: Portfel tuzish va portfel daromadlari

📅 Sana: 16.10.2025
🕓 Vaqt: 2-para
🏫 Auditoriya: 303-B

Talabalar ushbu ma’ruzada faol ishtirok etishlari so‘raladi!
💬 Amaliyot darsi davomida portfel tuzish ahamiyati, portfel daromadlari tarkibi haqida muhim ma’lumotlar taqdim etiladi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍1👌1
2025/10/23 05:53:34
Back to Top
HTML Embed Code: