Telegram Web Link
📚 Yosh kitobxonlar bahsida yangi bosqich! 🌟

Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida 14-oktyabr kuni TDIU Samarqand filialida “Yosh kitobxon” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📖 Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar orasida kitobga mehr, o‘qishga ishtiyoq va bilimga chanqoqlikni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlovda zukko va bilimdon talabalar o‘z o‘qigan asarlari, tahliliy fikrlari hamda nutq mahoratlari bilan bellashdilar. Natijada, 6 nafar eng faol ishtirokchi filial bosqichidan yo‘llanma qo‘lga kiritdi! 🎯

🎁 G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📚 Kitob – tafakkur chirog‘i, ma’naviyat manbai!
Bilim va kitobsevarlik — barkamol avlodning ajralmas fazilatidir! 🌟

#TDIUSamarqandfiliali #YoshKitobxon #KitobgaMehr #Ma’naviyatManbai #TalabaHayot

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
31🔥1
🎓 #OchiqDars — Ilmiy izlanish va amaliy tajriba uyg‘unligi! 💼

Bugun TDIU Samarqand filialida “Moliya, soliq va bank ishi” kafedrasi mudiri, i.f.d., prof. R. Gaybullayev tomonidan Buxgalteriya va moliya fakultetining MM-124-guruh magistr talabalariga “Xalqaro moliyaviy markazlarning institutsional tuzilmasi” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi. 📘

🌍 Dars davomida xalqaro moliya tizimining rivojlanish tamoyillari, yetakchi moliyaviy markazlarning faoliyat mexanizmlari va global iqtisodiy integratsiya masalalari keng yoritildi.

💬 Ochiq dars jarayonida ishtirokchilar o‘zaro munozaralar, amaliy tahlillar va savol-javoblar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.

👩‍🏫 Tadbirda manfaatdor o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etib, ilmiy muloqot muhitini yanada boyitishdi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
21🔥1
🌸 Baxtli oila — ma’suliyatli ota-onadan boshlanadi! 🌸

📅 2025-yil 14-oktyabr kuni TDIU Samarqand filialida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Ma’suliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening kursi tashkil etildi.

👩‍🏫 Seminar-trening Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi hamkorligida o‘tkazilib, O. Paradaeva va E. Xamdamova o‘z ma’ruzalarida qizlarimizga oilaviy qadriyatlar, ota-ona mas’uliyati, farzand tarbiyasida mehr va e’tiborning o‘rni haqida so‘z yuritdilar.

💬 Qizlar esa o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etib, iliq va samimiy muhitda muloqot olib bordilar.

🌼 Ushbu treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-qizlarda sog‘lom dunyoqarash, oilaga mas’uliyat bilan yondashish va insoniy qadriyatlarni e’zozlash tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
3👏3🔥2
📅 2025-yil 14-oktyabr

📚 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida Iqtisodiyot fakultetining IQT-124, IQT-224 va IQT-334-guruhi talabalari uchun
Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

👨‍🏫 Darsni Tabiiy va ijtimoiy fanlar hamda jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri O' Xudayarov olib bordi.


🌿 Ma’rifat darsida milliy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlarning ma’naviy barkamolligida urf-odat va an’analarimizning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

💬 Talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, qadriyatlarning zamonaviy hayotdagi o‘rni yuzasidan jonli munozaralar tashkil etildi.

Milliy qadriyat — millat ma’naviyatining ko‘zgusi!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
11🔥1
🚀 #OchiqMa’ruza — Ilm va raqamli tafakkur chorrahasi! 💡

📅 2025-yil 13-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida Iqtisodiyot fakulteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri Ubaydullayev Ulug‘bek Shukirillayevich tomonidan “Amaliy matematika 1.2” fanidan Bank ishi yo‘nalishidagi BI-125 va BI-225-guruh talabalariga qiziqarli va mazmunli ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

📘 Ma’ruza “Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari” mavzusiga bag‘ishlanib, nazariya bilan amaliyot uyg‘unligida o‘tdi. Talabalar funksiyalarni tahlil qilish, ularni iqtisodiy jarayonlarda qo‘llash bo‘yicha real misollar orqali chuqur bilimga ega bo‘ldilar.

👨‍🏫 Tadbirda kafedra a’zolari va tashqi ekspertlar ishtirok etishib, ochiq ma’ruzaning ilmiy-uslubiy jihatlarini yuqori baholadilar.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
2🔥21
2025/10/19 18:27:04
Back to Top
HTML Embed Code: