Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #tashrif #marifat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центр исламской цивилизации и ознакомился с проводимой работой по широкому представлению богатого исторического и духовного наследия нашего народа.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1
🎓 Ma’rifat darsi o‘tkazildi

🗓 Sana: 2025-yil 21-oktabr

📚 Iqtisodiyot fakultetining IQT-122, IQT-222 va IQT-322 guruhlari talabalari ishtirokida “21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” rukni ostida ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

👩‍🏫 Darsni Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi mudiri O.Pardayeva olib bordi.


U o‘z ma’ruzasida o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy qadriyatlarni saqlashdagi o‘rni, davlat tili siyosatining jamiyat hayotidagi ahamiyati, shuningdek, tilni to‘g‘ri va go‘zal qo‘llash madaniyati haqida so‘z yuritdi.

💬 Tadbir davomida talabalar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ona tilining davlat ramzi sifatidagi nufuzi, tilni asrab-avaylash zarurati hamda har bir fuqaroning ona til oldidagi mas’uliyati haqida qizg‘in munozaralarda faol ishtirok etishdi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
4👍1🔥1
#diqqat_tanlov

Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️


📥AQShda stajirovka o‘tang!
Muddat: 15.11.2025

📥Innovatsion tumanlar uchun yangi texnologiyalar tanlovi
Muddat: 31.10.2025

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🏡 Talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi



2025-yil 21-oktabr kuni TDIU Samarqand filialida talabalarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi E.Z. Isaqova hamda “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti E.Xamdamova tomonidan Samarqand shahar Sugdiyona massivi, xonadonda ijarada yashovchi Iqtisodiyot fakulteti talaba-qizlari — N.Muratbaeva va R.Jadigarovalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida:
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik,
elektr va tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish,
is gazidan zaharlanishning oldini olish,
— hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥211
📚 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida rus tili fanidan “Kultura” mavzusida to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Filialning o‘zbek, rus guruhlarida tahsil olayotgan o‘g‘il va qiz talabalar ishtirokida tashkil etilgan mashg‘ulotni "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi o‘qituvchisi Tojibayeva Nargiza Jumabayevna olib bordi. 🌿

Mashg‘ulot davomida talabalar madaniyat, odob-axloq va ijtimoiy qadriyatlarning jamiyatdagi o‘rni haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. 💬

Suhbat jarayonida turli millat vakili bo‘lgan talabalar bir-birining madaniyatini hurmat qilish, bag‘rikenglik, do‘stlik va o‘zaro tushunishning inson hayotidagi ahamiyati haqida bahs-munozara olib bordilar. 🤝🌍

Bunday to‘garak mashg‘ulotlari talabalar dunyoqarashini kengaytirish, ularni ma’naviy yetuk, madaniyatli va faol fuqarolar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌸

TDIU Samarqand filiali Matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
5👍2🔥1
📖 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali doktorantlari xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etishdi 🌍

🗓 2025-yil 14–15-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Westminster International University in Tashkent (WIUT) hamda Leibniz Institute of Agricultural Development in Transition Economies (IAMO) hamkorligida “Navigating Change: Agricultural Sustainability and Rural Development in Central Asia” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda TDIU Samarqand filiali tayanch doktoранtlari — Mardanova Barno va Xudayarova Maftuna faol ishtirok etdilar. 🎓

Konferensiya Markaziy Osiyo mintaqasi hamda boshqa davlatlardan kelgan olimlar, siyosatchilar birlashtirib, qishloq xo‘jaligi barqarorligi, rural rivojlanish hamda mintaqaviy iqtisodiy o‘zgarishlarga oid dolzarb masalalar va yangi imkoniyatlarni muhokama qilishга xizmat qildi. 🌿💬

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍32🔥2
📚 “O‘zbek tili — millat g‘ururi!” 🇺🇿
“O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 2025-yil 20-oktabr kuni soat 13:00 da filial Axborot-resurs markazi o‘quv zalidaKitobxon talaba” loyihasi doirasida “Bahribayt” ijodiy bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuv o‘quvchilarni kitob mutolaasiga, so‘z san’atiga va ijodiy
fikrlashga undash, shuningdek, ona tilimizga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. 📖💫

🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlandilar:
🥇 I o‘rin — Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti, MMT-224 guruh talabasi Doniyorova Muhlisa
🥈 II o‘rin — Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti, BX-125 guruh talabasi Hayitova Dilnoza
🥉 III o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti, RI-123 guruh talabasi Umarova Mohinur

G‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz! 🌸

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
🔥6👍31👏1
2025/10/24 10:29:53
Back to Top
HTML Embed Code: