Telegram Web Link
🏡 Talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi

🗓 Sana: 2025-yil 22-oktyabr

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan reja-grafik asosida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. 🌿

Bu safar “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari N.Mavlyanova, N.To‘jiboeva va Sh.Olimova tomonidan Samarqand shahar Lolazor MFYda ijarada yashayotgan Buxgalteriya hisobi fakulteti 225-guruh talabasi G.Jamolovaning yashash sharoitlari o‘rganildi. 🏠

O‘rganish davomida xonadon egasi M. Nasrullaeva bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, elektr va gaz ta’minoti, is gazidan zaharlanishning oldini olish, shuningdek, talabaning darslarga qatnashuvi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi masalalari muhokama qilindi. 💬

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍21😁1
🎭 “Millat fidoyisi” spektakli tomosha qilindi

🗓 Sana: 2025-yil 22-oktyabr

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ta’lim-tarbiya maslahatchilari va talabalari Samarqand viloyat musiqali drama teatrida yozuvchi va jurnalist Farmon Toshev qalamiga mansub “Millat fidoyisi” spektaklini tomosha qilishdi. 🎬

Asarda SSSR Oliy sudi tomonidan Badriddin Sharipov va Sa’dulla Qosimovning oliy jazoga hukm qilinishi jarayoni sahnaviy talqinda yoritilgan bo‘lib, u o‘z davridagi markazning shovinistik siyosatiga qarshi milliy ruh va fidoyilik g‘oyalarini aks ettiradi. 🇺🇿🔥


Spektakl va teatr muhitining chuqur ma’naviy ta’siri talabalarni befarq qoldirmadi — unda vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. 💫

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍1
💡 Ilm va innovatsiyalar yo‘lida yangi imkoniyatlar!

2025-yil 22-oktabr
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.H.Abdullayev hamda Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sektori boshlig‘i S.Abdivohidov professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashishdi. 👩‍🔬👨‍🎓


Tadbir davomida ixtiro uchun patent olish, yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalar chop etish, shuningdek dissertatsiya yozmasdan ilmiy darajani tasdiqlash imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 📘🔬

Mazkur uchrashuv ilmiy izlanuvchilarni yangilikka, ilmiy izlanishlar va innovatsion g‘oyalarga yanada kengroq yo‘naltirishga xizmat qildi. 🚀

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
1
📚 Ochiq dars — ilmiy va amaliy bilimlar uyg‘unligi!

🗓 Sana: 2025-yil 24-oktabr
🕣 Vaqt: I juftlik (soat 8:30)
📍 Joy: B bino, 307-xona

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialidaO‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirfayziyeva Kamola Yusupovna tomonidan Soliqlar va soliqqa tortish (ST) yo‘nalishi 125-guruhida
O‘zbek tili (rus tili) fanidan
💬 «Работа с экономическими терминами и текстами» mavzusida ochiq amaliy dars o‘tkaziladi.


Dars davomida talabalar iqtisodiy terminlar bilan ishlash, matnlarni tahlil qilish va amaliy nutq ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌟

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
1👍1
#kun_hikmati

Umid bilan ochilib, foyda bilan yopilgan kitob haqiqatdan foydali kitobdir!

A book that is opened with hope and closed with benefit is truly a useful book!

Книга, открытая с надеждой и закрытая с пользой, — по-настоящему полезная книга!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍211🔥1
#fakt
#bilib_qõygan_yaxshi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali rahbariyat vakillari kimligini bilasizmi?

TDIU Samarqand filiali direktori, professor Olim Murtazayev


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
51👍1🔥1🏆1
🎯 “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” – kelajak sizdan boshlanadi! 🤖

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish jarayoni jadal davom etmoqda! 💡

“Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti V. Shukurov boshchiligida talabalarga “AI Study” platformasidan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 🧠💻

📚 Onlayn ham, oflayn ham — har bir talaba uchun sun’iy intellekt olamiga kirish imkoniyati ochiq!
Bugun o‘rganing, ertaga yetakchi bo‘ling! 🚀

#AIStudy #SuniyIntellekt #BirMillionAIYetakchilari

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍321🔥1
2025/10/25 17:30:31
Back to Top
HTML Embed Code: