Telegram Web Link
🌟 Zamonaviy buxgalteriya olamiga sayohat davom etmoqda! 💼📊

📍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
🎓 “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “ZAMONAVIY BUXGALTERIYA HISOBI: NOLDAN BALANSGACHA” o‘quv kursining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi!

Bugungi dars “Pul mablag‘lari hisobi” mavzusiga bag‘ishlandi va uni kafedra mutaxassisi, fidoyi pedagog — assistent Olloyor Ergashev olib bordi. 👨‍🏫📈


💬 Mashg‘ulot davomida tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlashdi, balki amaliy misollar orqali pul oqimlarini hisobga olish va moliyaviy balansni shakllantirish bo‘yicha ko‘nikmalarni ham oshirishdi.

💡 Har bir dars — bu professional buxgalteriya olamiga yana bir dadil qadam!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
👍3
🇩🇪 Deutsch mit Spaß – Qahramonlik ruhi bilan nemis tili! 🌟

📚 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida nemis tili olamiga qiziqarli sayohat davom etmoqda!

👩‍🏫 O‘qituvchi N.S. Mavlyanova rahbarligida faoliyat yuritayotgan “Deutsch mit Spaß” (“Zavq bilan nemis tili”) to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti “Heldenhaft” (“Qahramonona”) mavzusida bo‘lib o‘tdi.


🎭 Dars davomida talabalar nemis tilidagi so‘z boyligini kengaytirish bilan birga, haqiqiy qahramonlik, jasorat va ilhom haqida fikr almashishdi. Mashg‘ulot jonli suhbatlar, mini-rollar va ijodiy mashqlar bilan boyitildi.

“Heldenhaft” darsi – bu nafaqat nemis tilini o‘rganish, balki qahramonlik qadriyatlarini his etish va ularni hayotda qo‘llash sari yana bir qadam bo‘ldi!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗
TelegramInstagramFacebookYouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Kelajak soati” rukni ostida ma’rifat darsi 🌍

2025-yil 5- noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Xavfsiz hayot” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi “Kelajak soati” ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Darsda Buxgalteriya hisobi va moliya fakultetining MT-124, MT-224 va MT-324 guruhlari talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbirni “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri B.Mirsanov olib bordi.


🔹 Ma’rifat darsida talabalar inson hayoti xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va axborot xavfsizligi kabi dolzarb masalalar haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍531🔥1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi butunjahon sammitidagi nutqidan:

Barcha uchun ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijtimoiy muammolarga samarali yechim topish mumkin.


#Mirziyoyev #sammit #Qatar #Ijtimoiyrivojlanish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩📚🤩

Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti lideri Ablakulova Shaxnoza tomonidan tashkil etilgan ma’naviy va motivatsiyaga boy uchrashuvdan video lavha

Bizni kuzatib boring

Telegram

#Yoshlarakademiyasi #Eksklyuziv #Uchrashuv #Seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63👏3
🌍 “Samarqand: 3000 yillik meros” — insoniyat tarixining yuragida!

YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida o‘tkazilgan “Samarqand: 3000 yillik meros” xalqaro konferensiyasi doirasida dunyo olimlari, tarixchilar va arxeologlar qadimiy shahar — Samarqandning uch ming yillik tarixini yangi ilmiy yondashuvlar orqali tahlil qildilar.

💻 Shu jumladan, “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti U.E.G‘iyosov ham anjumanda ishtirok etib, zamonaviy raqamli yondashuvlar orqali Samarqandning iqtisodiy merosini raqamli formatda tahlil qilish bo‘yicha o‘z ilmiy g‘oyalarini taqdim etdi. 🌐

Uning chiqishi raqamli texnologiyalar va tarixiy meros uyg‘unligini yorqin namoyon etdi!

🎙 Ochilish marosimida
Samarqand viloyati hokimi v.b.Adiz Boboyev, Prezident administratsiyasi huzuridagi Kreativ iqtisodiyot va turizm masalalari departamenti direktori o‘rinbosari Elmurod Najimov, hamda YuNeSKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elondu Assomo so‘zga chiqib, Samarqandning jahon tamaddunidagi beqiyos o‘rnini ta’kidladilar.

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali jamoasi ham ushbu nufuzli xalqaro konferensiyada faol ishtirok etib, Samarqandning iqtisodiy, madaniy va ilmiy salohiyatini chuqur tadqiq etish hamda uni global miqyosda targ‘ib etish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shmoqda.

💫 Biz tarixni faqat o‘rganmayapmiz — biz uni yaratmoqdamiz!
Samarqandning 3000 yillik ruhi yangi avlod tafakkuriga ilhom bag‘ishlamoqda 🇺🇿

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍42
🍳 “Food and Cooking” — taomlar tilini inglizcha o‘rganamiz!

“O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Nosirova Shoira Olimovna tashabbusi bilan “Xorijiy til” (Ingliz tili) fanidan navbatdagi interaktiv to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi! 🎓🇬🇧

Bu safar siz ingliz tilini pishirish san’ati orqali o‘rganasiz! 🍰🥗
🗣 Yangi iboralar, kulgili dialoglar, jonli suhbatlar va amaliy mashg‘ulotlar sizni kutmoqda!

👉 Ingliz tilida erkin muloqot qilishni, so‘z boyligingizni oshirishni va “Food & Cooking” mavzusida professional tarzda fikr bildirishni istaysizmi? Unda bu dars aynan siz uchun!

📍 Manzil: 208-auditoriya, B-bino
📅 Sana: 2025-yil 6-noyabr
🕥 Vaqt: 10:30

Keling, birgalikda ingliz tilini ta’m bilan o‘rganamiz! 😋💬

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3🔥2
Forwarded from Zakovat: TDIU SF
“IQtisodiyot Quiz” o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

TDIU Samarqand filiali professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “IQtisodiyotQUIZ” oʻyini bo‘lib o‘tadi.

🗓 Shanba, 8-noyabr, 10:00 da
📍 A bino, 101-xona (Faollar zali)


Ro‘yxatdan o‘tish: @iam_Umarova

❗️Ishtirok etadigan jamoalar soni chegaralangan. Jamoa tarkibi 4 kishidan kam, 6 kishidan koʻp boʻlmasligi lozim. Quizda barcha kafedralar va boʻlimlar oʻz jamoalarini tuzib qatnashishlari mumkin.

🐳 TDIU SF Zakovat klubi
1👍1
#Tug'ilgan_kun

🎉 TUG‘ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, ESHONQULOV LAZIZ NORQOBULOVICH! 🎉

Bugun o‘zining faoliyati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Iqtisodiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Eshonqulov Laziz Norqobulovichning tavallud ayyomi! 🌟

💐 Sizni ushbu quvonchli kun bilan chin dildan tabriklaymiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ijodiy ilhom va ish faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎯 Sizning yoshlarga bo‘lgan e’tiboringiz, mehr va sabr bilan ishlashdagi yondashuvingiz, jamoaga bo‘lgan samimiy munosabatingiz barchamiz uchun ibratdir.
Kelgusi faoliyatingiz yanada samarali, hayotingiz esa quvonch, baxt va yutuqlarga to‘la bo‘lishini tilaymiz! 🌺

Sizni doimo qo‘llab-quvvatlaydigan sadoqatli hamkasblar, mehribon yaqinlar va ishonchli do‘stlar doirasi hech qachon kamaymasin!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎉24👍9622👏2🔥1🤩1
Forwarded from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣

📢 Endi sun’iy intellekt sohasida bepul ta’lim olish - aileaders.uz platformasi orqali amalga oshiriladi!

aileaders.uz platformasida sun’iy intellekt bo‘yicha bepul o‘qish uchun TOP kurslar:

1️⃣ Introduction to Generative AI - sun’iy intellekt yordamida yangi ma’lumotlar yaratish;

2️⃣ Google Cloud Fundamentals: Core Infrastructure - bulutli texnologiyalar foydalanish;

3️⃣ Build AI Apps with ChatGPT, DALL·E, and GPT-4 - AI yordamida real ilovalarni yaratish;

4️⃣ Code Yourself: An Introduction to Programming - dasturlash asoslari va kod yozishni o‘rganish;

5️⃣ IoT (Internet of Things) Wireless & Cloud Computing Emerging Technologies - IoT va bulut sohasidagi eng muhim bilimlarni egallash.

Ma’lumot uchun, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Coursera platformasidagi 1 500 dan ortiq kurslarni o‘zbek tilida o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍳 “Food and Cooking” — taomlar tilini inglizcha o‘rganamiz!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Nosirova Shoira Olimovna tashabbusi bilan “Xorijiy til” (Ingliz tili) fanidan navbatdagi interaktiv to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. 🎓🇬🇧

“Food and Cooking” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu darsda talabalar ingliz tilini pishirish san’ati orqali o‘rganishdi. 🍰🥗 Dars jarayonida ishtirokchilar yangi iboralarni o‘zlashtirishdi, kulgili dialoglar tuzishdi, jonli suhbatlar olib borishdi hamda amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashishdi.

Mashg‘ulot davomida talabalar nafaqat ingliz tilidagi so‘z boyligini kengaytirishdi, balki “Food & Cooking” mavzusida professional tarzda fikr bildirish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishdi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏31😍1
Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi 🏡🎓

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida talabalar bilan yaqindan ishlash, ularning hayotiy va ta’limiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.

Shu maqsadda Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchisi A.A.Sa’dinov, fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.A.Qo‘ziboyev hamda G‘.I.Sulaymanov tomonidan Samarqand shahridagi ijara xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.


🔹 O‘rganish jarayonida talabalarning turmush sharoitlari, dars tayyorlash va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
🔹 Talabalarga mas’uliyatli bo‘lish, vaqtni samarali taqsimlash va o‘qishga e’tibor qaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Bu kabi tashriflar talabalarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ularning o‘qish va yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. 🌱📚

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
2025/11/07 02:45:30
Back to Top
HTML Embed Code: