Telegram Web Link
🎓 Ma’rifat darsi o‘tkazildi

🗓 Sana: 2025-yil 22-oktabr

📚 Iqtisodiyot fakultetining RI-122 va ORI-122 guruhlari talabalari ishtirokida21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” rukni ostida ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿

👨‍🏫 Darsni Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri U.Ubaydullayev olib bordi.


U o‘z ma’ruzasida o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy qadriyatlarni saqlashdagi o‘rni, davlat tili siyosatining jamiyat hayotidagi ahamiyati, hamda tilni to‘g‘ri va go‘zal qo‘llash madaniyati haqida so‘z yuritdi. 💬

Tadbir davomida talabalar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ona tilining davlat ramzi sifatidagi nufuzi, tilni asrab-avaylash zarurati hamda har bir fuqaroning ona til oldidagi mas’uliyati haqida qizg‘in munozaralarda faol ishtirok etishdi. 🌿

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, sun’iy intellekt texnologiyalari uchun O‘zbek tili korpusini yaratishga topshiriq berdi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍21
🏡 Talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi

🗓 Sana: 2025-yil 22-oktyabr

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan reja-grafik asosida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. 🌿

Bu safar “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari N.Mavlyanova, N.To‘jiboeva va Sh.Olimova tomonidan Samarqand shahar Lolazor MFYda ijarada yashayotgan Buxgalteriya hisobi fakulteti 225-guruh talabasi G.Jamolovaning yashash sharoitlari o‘rganildi. 🏠

O‘rganish davomida xonadon egasi M. Nasrullaeva bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, elektr va gaz ta’minoti, is gazidan zaharlanishning oldini olish, shuningdek, talabaning darslarga qatnashuvi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi masalalari muhokama qilindi. 💬

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍2😁1
🎭 “Millat fidoyisi” spektakli tomosha qilindi

🗓 Sana: 2025-yil 22-oktyabr

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ta’lim-tarbiya maslahatchilari va talabalari Samarqand viloyat musiqali drama teatrida yozuvchi va jurnalist Farmon Toshev qalamiga mansub “Millat fidoyisi” spektaklini tomosha qilishdi. 🎬

Asarda SSSR Oliy sudi tomonidan Badriddin Sharipov va Sa’dulla Qosimovning oliy jazoga hukm qilinishi jarayoni sahnaviy talqinda yoritilgan bo‘lib, u o‘z davridagi markazning shovinistik siyosatiga qarshi milliy ruh va fidoyilik g‘oyalarini aks ettiradi. 🇺🇿🔥


Spektakl va teatr muhitining chuqur ma’naviy ta’siri talabalarni befarq qoldirmadi — unda vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. 💫

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
💡 Ilm va innovatsiyalar yo‘lida yangi imkoniyatlar!

2025-yil 22-oktabr
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.H.Abdullayev hamda Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sektori boshlig‘i S.Abdivohidov professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashishdi. 👩‍🔬👨‍🎓


Tadbir davomida ixtiro uchun patent olish, yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalar chop etish, shuningdek dissertatsiya yozmasdan ilmiy darajani tasdiqlash imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 📘🔬

Mazkur uchrashuv ilmiy izlanuvchilarni yangilikka, ilmiy izlanishlar va innovatsion g‘oyalarga yanada kengroq yo‘naltirishga xizmat qildi. 🚀

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
1
📚 Ochiq dars — ilmiy va amaliy bilimlar uyg‘unligi!

🗓 Sana: 2025-yil 24-oktabr
🕣 Vaqt: I juftlik (soat 8:30)
📍 Joy: B bino, 307-xona

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialidaO‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirfayziyeva Kamola Yusupovna tomonidan Soliqlar va soliqqa tortish (ST) yo‘nalishi 125-guruhida
O‘zbek tili (rus tili) fanidan
💬 «Работа с экономическими терминами и текстами» mavzusida ochiq amaliy dars o‘tkaziladi.


Dars davomida talabalar iqtisodiy terminlar bilan ishlash, matnlarni tahlil qilish va amaliy nutq ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌟

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
1👍1
2025/10/23 03:20:04
Back to Top
HTML Embed Code: