Telegram Web Link
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Barchangizni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Sizlarning qizgʻin va sermazmun kasbiy faoliyatingiz yurtimizda olib borilayotgan katta islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu oʻrinda, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazishda sizlarning hamkorligingiz juda muhim ekanligini alohida qayd etmoqchiman.

Davlatimiz rahbarining yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllagan bayram tabrigida, jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslaganligi ham bejiz emas.

Qadrli jurnalistlar!

Bugungi muhim sanada barchangizning fidokorona va mashaqqatli mehnatingiz rivojida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdan mamnunman.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

@hilola_umarova
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 00:34:03
Back to Top
HTML Embed Code: