Telegram Web Link
👍👍👍👍👍🕸 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xabaringiz bor O’zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025–2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

🔹 Ayni damda abituriyentlar Harbiy Ta’lim yo’nalishi bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshirmoqda.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hududga ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilgan bo‘lib, favqulodda holatlarga tezkor ko'maklashish uchun tibbiyot xodimlari ham doimiy nazorat olib bormoqda.


Imtihonlarning ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida deputatlar va keng jamoatchilik vakillari imtihon jarayonlariga taklif etilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1👏1


🌐 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida Abdulla Avloniy tavalludining 147 yilligi munosabati bilan “Abdulla Avloniy - millat qahramoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Xalqaro oltin qalam" mukofoti sovrindori Dilshod Rajab va Abdulla Avloniy instituti mas’ul xodimi Abbos Mo‘minovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida adib hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, she’rlari iqtidorli talabalar tomonidan o‘qib eshittirildi.


Shuningdek, tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va iqtidorli talaba-yoshlar qatnashdilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
4️⃣4️⃣4️⃣

🌐 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025/2026–o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda.

Qabul jarayoni joriy yilning 1-iyulidan boshlanib 30-iyuligacha (shu kuni ham) davom etadi.

🔹 O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025/2026 – o‘quv yili uchun 30 ta magistratura mutaxassisliklariga qabul amalga oshiriladi.

Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: https://www.youtube.com/watch?v=p0HNDnw35bA&ab_channel=Raqamlita%27limmarkazi

👉 Sertifikatlar ro‘yxati: (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/07/07/b379e8b7-88c4-46a8-168e-545b55673a31_media_.pdf)

Shu o‘rinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega shaxslar ishtirok etishini eslatib o‘tamiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
4️⃣4️⃣4️⃣

🌐 O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi.

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ikkinchi mutaxassislikka kunduzgi ta’lim shakliga 24 ta va kechki ta’lim shakliga 5 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qiladi.

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-iyuldan 10-avgust kunigacha onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Hujjat topshirish bo'yicha video yo'riqnoma.


Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

☎️ Murojaat uchun: 71-202-44-21

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

🔹 14-iyul kuni Respublikamizning barcha Pedagogika Oliy ta’lim muasassalari abituriyentlari uchun kirish test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

📌 Ruxsatnoma  my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Yangi_Kampus_qurilish_jarayoni

Bugun O’zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori boshchiligidagi universitet rahbariyati Yangi Toshkent hududida 40 gektarlik maydonda qad rostlayotgan yangi zamonaviy kampus qurilish ishlari bilan tanishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍163🎉3🥰1
2025/07/13 18:58:44
Back to Top
HTML Embed Code: