Telegram Web Link
ABDUGʻAFFOR KARIMJONOVICH QIRG’IZBOYEV
FIDOKORONA MEHNATLARINGIZ UCHUN TASHAKKUR!


Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, tarix fanlari doktori, professor ABDUGʻAFFOR KARIMJONOVICH QIRGʻIZBOYEV Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan universitetda fidoiy va jonkuyar rahbar, yuksak insoniy fazilatlar sohibi — Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyevni hukumat topshirig‘iga ko‘ra yangi lavozimni egallashi uchun kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

A.Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini 1985-yili tamomlab, 1992-yildan 2005-yilgacha bo‘lgan davrda dekani o‘rinbosari, kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari, universitetning birinchi prorektori, 2005-yildan 2009-yilgacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Ma’naviy-axloqiy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i, 2010-yildan 2019-yilgacha ketma-ket ikki marotaba O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, 2019-yildan 2021-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining mudiri lavozimlarida, 2021-yildan hozirga vaqtga qadar universitet rektori lavozimida faoliyat yuritdi.
A.Qirg’izboyev 2019-yilda Prezident qarori bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

A.Qirg‘izboyev universitet rektorligiga tayinlangan 2021-yildan universitet faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tinimsiz harakatda bo‘ldi. Ijtimoiy muhit yaxshi bo‘lmagan, kadrlar qo‘nimsizligi yuqori darajada bo‘lgan, yildan yilga milliy reytinglarda nufuzi tushib borayotgan, o‘quv auditoriyalari va talabalar turar joylariga o‘tkir ehtiyoji bor bo‘lgan universitetning faoliyatini takomillashtirishda universitet tarixida o‘chmas iz qoldira oldi.

A.Qirg‘izboyevning tashabbusi va universitet ilmiy-pedagogik jamoasining sa’y harakatlari bilan universitet qisqa muddatlarda o‘z mavqeini mustahkamladi. U boshchiligida respublikamizda pedagogika sohasining rivoji hamda universitet faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘plab takliflar ishlab chiqilib, davlat rahbari va hukumati hamda vazirliklarga kiritildi.

Natijada 2022-yilda Prezident farmoni bilan universitet pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi. Shu yili universitet faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. 2024-yilda esa yangidan qurilayotgan Yangi Toshkent hududidan universitet uchun 40 gektarlik maydonda zamonaviy kampus qurish uchun joy ajratildi.

Universitetda so‘nggi 3 yil ichida foydalanilmay turgan 3 ta o‘quv binolari kapital ta’mirdan chiqarilib, yangi o‘quv o‘rinlari yaratildi hamda 4 ta fakultet talabalari ushbu binolarga ko‘chirildi. Ilmiy salohiyat so‘nggi 3 yilda 38 % dan 62 % gacha oshirildi, universitet xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingi TOP-1000 taligiga kirgan 14 ta respublika OTM laridan biri, yagona pedagogika oliygohiga aylandi. GreenMetric xalqaro reyting agentligi reytingida qatnashgan 41 ta respublika OTMlari o‘rtasida 4-o‘rin, jahon miqyosida 353-o‘rin egalladi.

Universitetning 4 ta ta’lim dasturi respublika pedagogika oliygohlari ichida ilk bor xalqaro akkreditatsiya sertifikatiga ega bo‘ldi. Universitetda boshqaruv tizimini respublikada birinchi bo‘lib, ISO:21001:2018 xalqaro talablari asosida tashkil qilinishiga erishildi. Dunyoning TOP-1000 talikka kirgan xorijiy oliygohlar bilan ko‘plab qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yildi.
A.Qirg‘izboyev tajribali va adolatli rahbar, faol tashkilotchi, o‘ziga hamda hamkasblariga nisbatan o‘ta talabchan. O‘z kasbiy mahoratini oshirish ustida uzluksiz ishlaydigan, kamtarin mehnatsevar inson, yoshlarning g‘amxo‘r murabbiysi, Vatan ravnaqi, ta’lim sohasining rivoji yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan jonkuyar shaxs.
👍5618👏9🔥6🎉2
Shuni alohida ta’kidlash joizki, A.Qirg‘izboyev rahbar sifatida nafaqat talabchan va qattiq qo‘l, balki jamoaga g‘amxo‘r, insonlarga hurmat bilan yondashuvchi lider sifatida barchaning ko‘nglidan munosib joy oldi.

Tadbirda universitet jamoasi ko’zlarida yosh ila A.Qirg‘izboyevga samimiy minnatdorlik so‘zlari aytishdi va universitet rektori sifatidagi faoliyatini munosib yakunlayotgan rahbarga keyingi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Hurmatli Abdug‘affor Karimjonovich! Sizning universitet uchun fidokorona mehnatlaringiz, siz rahbarligingizda erishilgan har bir yutuq va yuksak marralar uchun universitetimiz nomidan Sizga chuqur minnatdorlik izhor etamiz.

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6429🔥8👏7🥰2🎉2
Channel name was changed to «O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali»
Forwarded from Hilola Umarova
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.


Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!

@hilola_umarova
👍121
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar,
Aziz oʻqituvchi va murabbiylar!


Bugun shonli tariximiz lavhalaridan soʻzlovchi yana bir muhim sana — "9-may — Xotira va qadrlash kuni" yurtimizning barcha goʻshalarida keng nishonlanmoqda.

Aytish lozimki, ota-bobolarimizning Vatan tinchligi va yurt ravnaqi uchun qilgan jasorati va fidoyiligi barchamiz uchun qadrli va azizdir.

Bugungi tinch va osuda hayotimiz, farzandlarimizning baxtli kelajagi uchun qilingan bu qahramonliklar asrlar davomida xalqimiz qalbida mangu yashaydi.

Shu bilan birga istiqlolimiz va hozirgi faravon turmushimiz uchun jon fido qilgan maʼrifatparvar jadid bobolarimiz, ilm yoʻlida zahmat chekkan minglab vatandoshlarimiz yodi ham biz uchun muqaddasdir.

Ushbu bayram kunida barchangizga sogʻliq-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan barkamol avlodga taʼlim-tarbiya berishdagi fidokorona faoliyatingizda omad tilayman.

@hilola_umarova
👍13🔥1👏1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas

Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti Maxsus pedagogika va inklyuziv ta'lim fakulteti Surdopedagogika va maxsus pedagogikaning klinik asoslari kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tayyorlangan maxsus video rolik.

🏛 Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍288🥰2
Magistraturagan qabul davom etmoqda

⚡️ Barcha yoshlar uchun ajoyib yangilik. Endilikda siz "Yangi O'zbekiston" universitetida o'zingiz xohlagan magistratura mutaxassisligida tahsil olishingiz mumkin. Sizdan bakalavrda o'qigan yo'nalishingizga o'qishga topshirish talab etilmaydi.

👉 O'qishga ariza topshirish: admission.newuu.uz

💥 Universitetda hozirda 10 ta eng zamonaviy sohada magistratura mutaxassisliklari bor. Siz ushbu yo'nalishlarning istalgan birida talaba bo'lishingiz mumkin.

Yana bir quvonarli jihat shundaki, universitet davlat oliygohi bo'lganligi sababli ayol-qizlarning kontrakt to'lovlari to'liq davlat tomonidan qoplab beriladi.

💫 Bundan tashqari universitet ikki yillik magistratura mutaxassisliklariga 100%, 70% va 50% miqdoridagi bir yillik grantlar ham taqdim etadi. Agar siz birinchi yil ushbu grantlarni qo'lga kirita olmasangiz, ikkinchi yil albatta sizda bu imkoniyat bo'ladi.

🔁 English

#qabul2025 #admission2025

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍531🥰1
Forwarded from Hilola Umarova
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.


Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!

@hilola_umarova
👍42🔥1👏1👌1
😄 Xabaringiz bor QVZ PREMYERLIGA yarim final o’yini bo’lib o’tdi. Ushbu o’yinda Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti “LIMON” jamoasi ham ishtirok etdi.

☑️ Jamoalar 3 ta shart bo’yicha bellashishdi.

1-shart Tanishtiruv
2-shart Biatlon
3-shart Holat

O’yin yakuniga ko’ra “LIMON” jamoasi 2- o’rinni qo’lga kiritdi.

🌐 Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting.

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹YouTube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65👏3🔥2🥰2🏆2❤‍🔥1
2025/07/14 02:47:23
Back to Top
HTML Embed Code: