Telegram Web Link
#Xalqaro_hamkorlik

“Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahridagi Hamdan Bin Muhammad smart universiteti delegatsiyasining tashrif dasturi” doirasida Smart universiteti rektori doktor Mansur Alavar hamda bir guruh delegatsiya a’zolari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Mazkur universitet Birlashgan Arab Amirliklarida 2002 yil tashkil etilgan birinchi aqlli universitet xisoblanadi. Universitet Prezidenti Dubayning valiahd shahzodasi shayx Hamdan Bin Muhammad Bin Rashid Al Maktum homiyligida tashkil etilgan. BAAdagi birinchi akkreditatsiyadan o‘tgan elektron ta’lim universiteti sifatida tan olingan. Smart universiteti onlayn, masofaviy ta’lim shakllarining uyg‘unligi hamda zamonaviy raqamli masofaviy texnologiyalar, sun’iy intellektdan keng foydalanishni yo’lga qo’ygan oliy ta’lim muassasalaridan biridir.

Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad ikki universitet aloqalarini yanada mustahkamlash, ehtiyoj va talabdan kelib chiqgan holda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini va qo‘shma loyihalarni tashkil etish hamda onlayn platforma yaratishga qaratilgan.

🏛 Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164🔥1
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактаб таълими тизимидаги ислоҳотлар самарадорлигини янада ошириш ҳамда келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
2👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
#15may

mtrk.uz | Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
👍51🔥1
Forwarded from Hilola Umarova
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.


Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!

@hilola_umarova
2🔥1👏1
#Xushxabar

Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi sport vazirligi tomonidan o’tkazilgan para yengil atletika sport turi kattalar o’rtasida o’tkazilgan “O’zbekiston Chempionati”da yadro irg’itish yo’nalishi bo’yicha Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi Ubaydullayev Ozod 2-o'rinni egalladi.

Bundan tashqari 11-14-may kunlari Karate WKF bo’yicha kichik o’smirlar va o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan “O’zbekiston Kubogi”da kumite yo’nalishida Boshlanğich ta'lim fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi talabasi Ochilova Dinora faxrli 2-o’rinni egalladi.

G’oliblarimizni yutug’lari bilan muborakbod etamiz biz siz bilan faxrlanamiz.

🏛 Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152🔥1👏1
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Toshkent shahri bosqichida Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti talaba qizlari faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti talaba qizlaridan tashkil etilgan “Jasorat yulduzlari” jamoasi “To‘marisning kuchi bizda!” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqasining Toshkent shahri bosqichida ishtirok etib faxrli 3-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — yosh avlod, ayniqsa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, irodali, faol va yetakchi qizlarni tarbiyalashga ko‘maklashishdan iboratdir.

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarini qamrab olgan ushbu bosqichda 33 ta jamoa faol ishtirok etdi. Musobaqa jarayonida talaba qizlar jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy hamjihatlik va yetakchilik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

G’oliblarimizni yutug’lari bilan muborakbod etamiz biz siz bilan faxrlanamiz.

🏛 Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍169👏3🏆3❤‍🔥22🥰2👨‍💻2🔥1🎉1
2025/07/13 13:34:00
Back to Top
HTML Embed Code: