Telegram Web Link


Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda, universitet rektori, E’zozxon Karimova olib borilayotgan izchil islohotlar va ma’sul xodimlarning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek "Ijro intizomi", "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish" masalalari, o‘quv yili yakuni, yangi o‘quv yili uchun me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va talabalar tomonidan kontrakt to‘lovlarining amalga oshirilishi va boshqa masalalar muhokama qilindi.


😄 E’zozxon Karimova yig'ilish so'ngida kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan har bir soha prorektorlari, dekanlar va bo'lim boshliqlariga muddatli topshiriqlar berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏32❤‍🔥1🏆1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

👍 Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga Germaniya Saksoniya-Anxalt (Sachsen-Anhalt) federal o‘lkasi deputatlar kengashi ommaviy axborot vositalari va madaniyat qo‘mitasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Daniyel Sturum boshchiligidagi delegatsiyani O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori E’zozxon Karimova qabul qildi.

Uchrashuv davomida Germaniya pedagogika OTMlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, turli ta’lim grantlari doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi hamda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, Nemis va ingliz tili mutaxassislari, aniq va tabiiy hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha PhD dissertatsiyalari himoyalarini TOP-1000 ro‘yxatiga kirgan Germaniya OTMlarida amalga oshirishda ko‘maklashish kabi masalalar muhokama qilindi.

😄 Tashrifning asosiy maqsadi Nemis-O‘zbek qo‘shma ta’limni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish va ikki tashkilot o‘rtasida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi o‘quv yilidan boshlab xalqaro loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1343👏2🥰1🎉1👌1


👍 Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyida “Oq yo’l senga bitiruvchi” shiori ostida litsey bitiruvchilariga diplom va medal topshirish taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi, Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazi, Koreya madaniyat markazi, Konfutsiy nomidagi O’zbek-Xitoy instituti, O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, Koica va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, bitiruvchi o‘quvchilarga kelgusida o‘zlari tanlagan oliy ta’lim talabasi bo‘lishdek niyatlariga yetishishda ulkan zafarlar tilashdi.


🔹 Taqdirlash marosimida oltin, kumush medal hamda a’lo darajali diplom sohiblarining ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74👏2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


👍 Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyida “Oq yo’l senga bitiruvchi” shiori ostida litsey bitiruvchilariga diplom va medal topshirish taqdirlash marosimi jarayonlaridan tayyorlangan rolik.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🥰2👏2👌2
#XUSHXABAR #THE #REYTING

🌐 Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti “THE Impact Rankings 2025” reytingida Top-1000 talik ro‘yxatga kirdi.

⚡️O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi “THE Impact Rankings 2025” reytingida Top-1000 talik ro‘yxatga kirdi

18-iyun kuni nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi. Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.

Agentlik universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasini tahlil qildi. Unda O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mintaqadagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Quvonarlisi, O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi. Ular orasidan 3 ta universitet reytingning eng yuqori — 201–300 o‘rinlar bandida qayd etildi:

🏛 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti - 201–300
🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti - 201–300
🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti - 201–300
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti - 301–400
🏛 Samarqand davlat universiteti - 401–600
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - 401–600
🏛 Buxoro davlat universiteti - 601–800
🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti - 601-800
🏛 Navoiy davlat universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent davlat texnika universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - 801-1000


Maʼlumot o‘rnida, 2021-yilda eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingidan yurtimizning 12 ta, 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda 47 ta, 2024-yilda esa 53 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrin egallagan edi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏5🎉4👍3🏆3👌1
2025/07/13 16:55:53
Back to Top
HTML Embed Code: