Telegram Web Link
#Dolzarb_90_kun

🔹 Bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universitetida yozgi ta’til davrida talabalar va Chilonzor tumanida joylashgan mahalla va maktab o‘quvchi-yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Yosh ijodkorlar” to‘garagi ko‘rgazmasining namoyishi,
talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida rangtasvir, qalamtasvir bo‘yicha rasmlar tanlovi, “Zakovat” intellektual oʻyinlar tanlovi,kompyuter grafikasi to‘garagi mashg‘ulotlari,stol tennis,
shaxmat-shashka, Mini futbol, Voleybol turi bo‘yicha musobaqalar, “Mening sevimli kitobim” shiori ostida kitobxonlik tanlovlari o‘tkazildi va g‘oliblar universitet rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


😄 Bundan tashqari 11-sinf bitiruvchi-o’quvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” ham bo’lib o’tdi hamda tashrif buyurgan bitiruvchi yoshlarga universitet haqida batafsil ma’ulomotlar berib o’tildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥3
📖Xushxabar

🇺🇿Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi Boburjon Abdullayev oliy ta'lim muassasalari bitiruvchi talabalari o‘rtasida o’tkazilgan Respublika fan olimpiadasida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Bugun, 19-iyun kuni Andijon davlat universitetida oliy ta'lim muassasalari bitiruvchi talabalari o‘rtasida Fizika fanidan Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadaning ikkinchi kuni doirasida ishtirokchilar belgilangan tartib asosida amaliy bosqichlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Ular murakkab laboratoriya vazifalarini mustaqil bajarish orqali fizika faniga bo‘lgan qiziqishlari, tahlil qilish qobiliyatlari hamda ilmiy fikrlash salohiyatlarini namoyish etdilar.


Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin - O’zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi Abdullayev Boburjon Baxrombek o‘g‘li 76 ball;
2-o‘rin - Andijon davlat universiteti talabasi Qobiljonova Dilnura Sherzodbek qizi 75,5 ball;
3-o‘rin - O‘zbekiston milliy universiteti talabasi Muhamedov Umidjon Olimjon o‘g‘li 68,2 ball;

Mazkur faxrli o‘rinlarni egallagan iste’dodli talabalar magistratura mutaxassisligi bo‘yicha grant asosida oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinib, o‘zlarining ilmiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Talabamiz Boburjon Abdullayevni ushbu yutug’i bilan chin dildan muborakbod etamiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏188👍2🎉2🥰1
🇧🇾 Belarus davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari uchun davlat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihon komissiyasi tarkibida har ikki universitetning professor-o‘qituvchilari qatnashdi. Bu esa talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini xolisona baholash imkonini berdi.
- Biz bitiruvchilarimizning davlat imtihonlarida namoyon etgan yutuqlarini faxr bilan qayd etamiz. Bu, qo‘shma ta’lim dasturlarimizda taqdim etilayotgan ta’lim sifatining yuqoriligini yana bir bor tasdiqlaydi, - deydi "Innovatsion pedagogika" qo‘shma fakulteti dekani Omilxon Ismailov.
Davlat imtihonlarida nafaqat bilimlarni baholash jarayoni, balki talabalar uchun xalqaro ekspertlar oldida o‘z ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyati bo‘ldi.


😄 Ko‘plab bitiruvchilarimizga yetakchi psixologik markazlar, logopedik markazlarga va ta’lim muassasalaridan ish takliflari kelib tushdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🔹 Kuni kecha Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori E’zoza Karimova Belarus davlat pedagogika universiteti qoshidagi O‘zbek madaniyati markazi rahbari, qo‘shma ta’lim dasturlari koordinatori Svetlana Yakovlevna Ermolich bilan uchrashdi.

🔹 Uchrashuvda bakalavriat va magistratura darajasidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini davom ettirish va kengaytirish bundan tashqari zamonaviy tendensiyalarga asoslangan xorij tajribalarini tatbiq etish kabi muhim masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Belarus davlat pedagogika universiteti talabalari uchun Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarga amalga oshiriladigan ta’lim sayohati loyihasiga alohida to’xtalib o’tildi.Bunday tashriflar talabalarning madaniy dunyoqarashini kengaytirishga, shu bilan birga, xalqimizning qadimiy qadriyatlari, urf-odat va azaliy an’analari bilan yaqindan tanishishga xizmat qiladi.


Ikki davlat milliy pedagogika universitetlari o’rtasidagi mana shunday keng xalqaro hamkorlik aynan talabalar hamda professor-o’qituvchilar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
🌐 Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakultetida «Vatanga qasamyod — eng oliy sharaf» shiori ostida tantanali qasamyod tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
E.Karimova,O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik U.Mamadaliyev , O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi harbiy orkestri, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi faxriy qorovul bo‘linmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi qo‘l jangi bo‘linmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi, harbiy ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari va keng jamoatchilik vakillari, kursantlarning
ota-onalari ishtirok etishdi.


🇺🇿 Vatanga qasamyod – bu er yigitning umrida bir bor kechadigan muhim va unutilmas voqea. Harbiy xizmatchi Vatanga qasamyod qilish orqali chinakam mardlar safidan o‘rin oladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107👏3🎉2🏆1👨‍💻1
2025/07/14 00:44:06
Back to Top
HTML Embed Code: