Telegram Web Link
☑️Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari - Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori E’zozxon Karimova Buxoro davlat pedagogika institutida bo'lib, institutning bugungi kundagi faoliyati, rivojlanish strategiyasi va mavjud salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

O’rganish davomida Institutdagi o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan laboratoriyalar va axborot-resurs markazlari faoliyati bilan tanishildi;
Pedagogik ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, metodik ishlar va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi; Institutda faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalar, ularning erishayotgan yutuqlari, startap loyihalari va tashabbuslari namoyish etildi; Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb qilish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar, klub va markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


☑️E’zozxon Karimova institut professor-o‘qituvchilari va faol talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Telegram  Instagram
You Tube  Facebook
9👍5❤‍🔥1🥰1🎉1
👍👍👍👍👍🕸 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xabaringiz bor O’zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025–2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

🔹 Ayni damda abituriyentlar Harbiy Ta’lim yo’nalishi bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshirmoqda.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hududga ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilgan bo‘lib, favqulodda holatlarga tezkor ko'maklashish uchun tibbiyot xodimlari ham doimiy nazorat olib bormoqda.


Imtihonlarning ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida deputatlar va keng jamoatchilik vakillari imtihon jarayonlariga taklif etilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1👏1
2025/07/12 14:57:48
Back to Top
HTML Embed Code: