Telegram Web Link
Forwarded from Nafosat
TEST LIDER haqiqatdan ham butun Respublikada tengsiz. Avval MILLIY SERTIFIKAT olganimda ham bugun atestatsiyaga kirganimda ham kanalning nomi bekorga TEST LIDER qoyilmaganiga amin bòlgandim .
Rahmat ustoz. Samimiy , beminnat bilimlariz uchun minnatdorman.
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TEST LIDER haqiqatdan ham butun Respublikada tengsiz. Avval MILLIY SERTIFIKAT olganimda ham bugun atestatsiyaga kirganimda ham kanalning nomi bekorga TEST LIDER qoyilmaganiga amin bòlgandim . Rahmat ustoz. Samimiy , beminnat bilimlariz uchun…
Kimdir sezganmi-yo‘qmi, “zo‘rlik” yoki “tengsizlik” qabilidagi yozilgan izohlarga, shaxsiyga shunday mazmunda kelgan xabarlarga layk bosmayman, kanalga chiqarmayman odatda. Ba’zi istisnoslar bor, albatta. Masalan, yuqoridagi kursim ishtirokchisi yozgani va ustoz Sharofiddin Nurmahammadov oldinroq kommentariyamga yozgani. Shu paytgacha “eng kuchlilik” jumlasi aks etgan izoh yoki shaxsiyga kelgan xabarlardan adashmasam shu ikkisini chiqarganman, xolos.

Lekin har ikkisida ham sabablar bor. Ustoz Sharofiddin Nurmuhammadov aynan shu sohaning eng tajribali vakillaridan biri bo’la turib, shunaqa so‘zlar bilan e’tirof etgani menga o‘zgacha faxr bergan edi o‘shanda (Sharofiddin Nurmuhammadov O‘zbekistonda tarix fani bo‘yicha “testologiyani boshlab bergan” kitob hammualliflaridan biri).

Yuqorida onlayn kursim ishtirokchisi yozganini chiqarganimning ham alohida sababi bor. BUNI KECHROQ YOZAMAN.

Lekin haqiqatan “siz eng zo‘rsiz” qabilidagi izohlarga odatda layk bosmay o‘tib ketaman, kanalga chiqarmayman. Buning o‘ziga xos sabablari bor.


***
Onlayn kurs bo‘yicha @JalolBOLTAYEV'ga yozing, bugun kechgacha javob qaytaraman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Apellyatsiya bo‘yicha (1-qism)
Apellyatsiya bo‘yicha (2-qism)
⚡️ Jalol BOLTAYEV onlayn kursida AJABTOVUR holatlardan biri

Raimjonov Ziyoxiddin, 50 % ustama muborak boʻlsin!
Ziyoxiddinning sertifikati apellyatsiyadan oldin B daraja edi, apellyatsiyadan keyin esa, koʻrib turganingizdek, B+
☺️

👉 @TESTLIDER – testologiya + harakat + intizom = natija!
Men u yerdagi ijt. fanlarning testologlariga qaraydigan odamni hurmat qilaman. Kursdoshim. Qing‘irlikka, x-variant kabi masalalarga qarshi turishi, ayniqsa, hurmatga loyiq. Pedagog va inson sifatida yaxshi odam deb hisoblayman. Gap shunchaki 1-2 savol haqida ketyapti. Xato qilmaydigan odamning o‘zi yo‘q. Apellyatsiya yozsangiz ham ortiqcha, jahlni qo‘zg‘ovchi gaplarni yozmaslikni maslahat beraman.

EIZ bo‘yicha savol boshqacha tushgan ekan. Testologiyada har bir jumla muhim. Javobga ta’sir ko‘rsatadi. “Vestgotlar”dan esa hali umid bor.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 ONLAYN TA’LIMDAGI NATIJA KAFOLATI UCHUN ILK QADAM

Oflayn kursimda rasman natija uchun «Kafolat» beraman (repetitorlikni boshlagandan beri, 9 yildan beri). Onlayn kursda ishtirokchilarni nazorat qilish bilan bog‘liq tabiiy cheklovlar mavjudligi tufayli bunday qilolmasdim (bilishimcha, hech kim qilolmasdi). Lekin shu paytgacha bu loyiha ustida ishlab keldim, oxirgi 2 oyimda shunga ko‘proq vaqt sarfladim. Ishni yakunladim. Endi nazoratga ola olaman. Shuning uchun «6 oylik» kursda ma’lum talablar doirasida “Milliy sertifikat”da kamida A, attestatsiyada 86 % lik natija uchun rasman kafolat berishni o‘ylayapman (natija uchun).

Kursimda ko‘p materiallar bilan ishlanadi. Lekin kafolatga hamma narsani bog‘lamayman. Talablar oddiy:
1⃣Har kunlik FORMS testlarni ishlash (qayta-qayta ishlab bo‘lsa-da, yuqori foiz qilish kerak);
2⃣Har kunlik QUIZ testlarni ishlash (qayta-qayta ishlab bo‘lsa-da, yuqori foiz qilish kerak);
3⃣Imtihongacha bo‘lgan savol-javoblarning 70 % ida “o‘rtacha” darajada ishtirok etish. Buni sun’iy intellektning o‘zi aniqlaydi. Darajalar “Super faol”, “Faol”, “Yaxshi”, “O‘rtacha”, “Yomon”ga bo‘linadi. Qarang, sizdan hech bo‘lmasa, “o‘rtacha” qatnashish so‘ralyapti, xolos.

Kursda TMS testlari, “Kundalik-optimal” testlari ham ishlanadi. Bular tom ma’noda o‘sishga juda katta hissa qo‘shadi. Shunday bo‘lsa-da, yuqoridagi 3 ta talabni qo‘ymoqchiman.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
🔥 ONLAYN TA’LIMDAGI NATIJA KAFOLATI UCHUN ILK QADAM Oflayn kursimda rasman natija uchun «Kafolat» beraman (repetitorlikni boshlagandan beri, 9 yildan beri). Onlayn kursda ishtirokchilarni nazorat qilish bilan bog‘liq tabiiy cheklovlar mavjudligi tufayli bunday…
Bu ishni qilish uchun sizga biroz “ortga chekinib” turgandek ko‘rinishga majbur edim oxirgi 2 oyda (aslida ishlashga majbur edim). Buni tushungan holda meni qo‘llab-quvvatlagan shogirdlarimga rahmat, darrov “o‘zgarib qolganlar”ga ham :). To‘laqonli ongli ta’lim tizimi xohlar edim. Albatta, buning uchun energiya va vaqt sarflamasam bo‘lmas edi.

• Intensiv;
• Individual natijaga asoslangan;
Kurslarga marhamat!
Ola olasiz, faqat “sehrli narsalar”ga umid bog‘lab emas, tizimli tayyorgarlik ko‘rib. O‘rtada chalg‘ib qolmasangiz, oxirigacha ishonsangiz kifoya.

Ushbu postni saqlab qo‘ying. Xudo xohlasa, imtihonda ushbu postga reply qilib, bu ustoz oldimi-yo‘qmi, aytaman.
Tizimli tayyogarlik uchun tizimli material kerak, tizimli material tayyorlamasdan turib, tizimlilik haqida gapirish kerak emas umuman

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Meni doim xavotirga soladigan narsa men o‘qitayotgan (onlayn/oflayn) o‘quvchi meni haqiqiy o‘qituvchisidek ko‘radimi o‘zi...

Va, men tushunib yetyapmanki, har doim ham bunday emas. Bunda “ayb” goh o‘quvchi tarafdan, goh o‘zimiz tarafdan. Lekin, menimcha, har bir o‘qituvchi uchun bu muhim bo‘lsa kerak. Biroq bu har doim ham amalga oshavermaydi.

Har doim ham “haqiqiy o‘qituvchi” bo‘lolmaymiz (shaxsan men har doim ham bunday bo‘lolmas ekanman, balki, bu yetarlicha ijtimoiy muloqot tajribasiga ega emasligimdan bo‘lishi mumkin). Lekin imkon qadar harakat qilishga harakat qilaman. Har doim ham o‘xshamaydi. Har doim ham tushuntirolmayman ichimdagilarni.
TARIXNI TIZIMLI O‘RGANING!

Ushbu test to‘plami oddiy savollar jamlanmasi emas, balki testologiya tamoyillariga asoslangan, har bir topshiriq ortida metodik maqsad yotgan, tahlil qilish va tanqidiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiluvchi, testolog va repetitor Jalol BOLTAYEV tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asosga ega materialdir.

Ushbu test to‘plamini to‘liq bajargan o‘quvchi uchun:
• 10-sinf “O‘zbekiston tarixi”dagi tushunchalar va faktlarda muammo qolmaydi,
• darslikdagi bilimlar sun’iy yodlashsiz, tizimli va ongli tarzda xotiraga o‘rnashadi,
• tarixiy ma’lumotlar “ko‘rilgan” emas, “tushunilgan” va “his qilingan” bilimga aylanadi.

TEST TO‘PLAMIDAN NAMUNA

Kitobni xarid qilish uchun nashriyot xodimi bilan bog‘laning:
@Spectrum_nashriyoti
33-446-11-22; 94-622-71-33


Uzum” orqali xarita qilish uchun quyida havola ustiga bosing.
https://uzum.uz/uz/product/10sinf-ozbekiston-tarixi-testlar-toplami-1696056

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kundalik-optimal” bo‘yicha (2-qism)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada apellyatsiya berilgan savol bo‘yicha bir tarixchi bilan bo‘lgan bahs haqida (1-qism)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/07 15:30:09
Back to Top
HTML Embed Code: