Telegram Web Link
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «⚡️ Tushgan savollar muhokamasi – @tarix_ombor guruhida!»
#tushgan_savol

Savol: 2018-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi aholi soni 3 mln oshgan hududlar:
Javob: Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon

👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tushgan_savol

Savol: Afrika xaritasi bo‘yicha
Javob: Portugaliya mustamlakalari – Angola, Mozombik; Fransiya mustamlakalari – Madagaskar, Mavritaniya

👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tushgan_savol

Savol: Tarixiy shaxs bo‘yicha. Jamoliddin al-Afg‘oniy


👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tushgan_savol

Savol: Qaysi shartnomaga ko‘ra, Italiya Antanta tarkibiga qo‘shilgan?***
Javob: London shartnomasi

👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tushgan_savol

Savol: Muqaddas Rim imperiyasida hukm surgan so’nggi sulolani aniqlang.
Javob: gabsburglar

Savol: Muqaddas Rim imperiyasining so‘nggi hukmdori
Javob: Frans II

Agar gabsburglar sulolasining so‘nggi hukmdorini aniqlang, deyilsa, Karl I bo‘lar edi.

👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#tushgan_savol Savol: Muqaddas Rim imperiyasida hukm surgan so’nggi sulolani aniqlang. Javob: gabsburglar Savol: Muqaddas Rim imperiyasining so‘nggi hukmdori Javob: Frans II Agar gabsburglar sulolasining so‘nggi hukmdorini aniqlang, deyilsa, Karl I bo‘lar…
Muqaddas Rim imperiyasining so‘nggi imperatori deyilsa, Frans II bo‘ladi. Buyam gabsburglar sulolasidan. Muqaddas Rimning so‘nggi hukmdori.

Agar gabsburglar sulolasining so‘nggi hukmdori deyilsa, Karl I bo‘ladi.

👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tushgan_savol

Savol: 1939–1940-yillarda sovet – fin urushi bo‘lib o‘tdi. Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga qaysi hududlarga qo‘lga kiritishgan?
Javob: Kareliyani Viborg shahri bilan birga


👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tushgan_savol

Savol: SQCH-1 va SQCH-2 shartnomalari***
Javob: SQCH-1 – SSSR; SQCH-2 – Avstriya


👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tushgan_savol

Savol: Ikkinchi Bolqon urushi qaysi shartnoma bilan yakunlangan?***
Javob: Buxarest


👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Asli ochiq (yozma) ham “qiyin” emas, yozma testda esga keltirish “qiyin” bo‘lishi mumkin, xolos.
#tushgan_savol

“Majburiyatlar akti” ...
a) ushbu shartnoma imzolangan paytda Xiva xoni kim edi?
Javob: Rahimqulixon

👉 @TESTLIDER – savollar bu yerda!
👉 @TARIX_OMBOR – muhokama qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dildora Jumaniyazova
Ustoz szga raxmatim cheksz orqangizdan 55 ta dan 53 ta iwladim koʻp savollar qoʻwimcha berib ketgan malumotlaringzdan boʻldi qoʻllanmalaringz rosa as qotti haqiyqiy yuqori natija un oʻquvchilarni ustozi @JalolBOLTAYEV boʻliwi kerak ekan tizimli tayorgarik hammasi zoʻr boʻldi ilmingiz ziyoda boʻlsin ustoz szga raxmatim va hurmatim cheksz😊😌
Forwarded from Gulnigor.. Abdurahmonova
Javob chiqmasayam Jalol Boltayev ustozga ming rahmat oʻzini maqtamasalar ham tushadi meni testim demasalar ham hammasi ustozni oʻrgatganiday
Forwarded from Мадинабону Рамазанова
Туғри устоз айтган нарсаларни уқиб анча саволни жавобини топса буларкан хар хил нарсаларга чалғимай устозни айтганини қилиш керак куп савол устоз тузган қулланмадан булди Рахмат сизга устоз
Yuqoridagilar bo‘yicha, “oxirgi bergan testimdan, qo‘llanmamdan tushdi” degan manipulyatorlarning manipulyatsiyasi haqida va tizimli tayyorgarlik haqida juda jiddiy bir post yozaman. Hozir bir ishlar bilan yurgandim. Kuting.
#tushgan_savol

Lozanno shartnomasini qaysi davlatlar imzolagan?

***
1 yillar oldin tuzgandim. O’tgan yakshanbadagi testga ham, kechagi testga ham shu savolni qo‘shib yuborgan edim.

Lozanno shartnomasini imzolagan davlatlar darslikda yo‘q. Birinchi bo‘lib,
mana bu qo‘llanmaga kiritilgan edi (imtihonlardan oldin, ba’zi qo‘llanmalarga kiritilishidan oldin :)).

***
Bitta narsani aytaman: darslikda aynan yozilmagan, “kutilmagan” savollar yoki ma’lumotlarni berib, mana shu qo‘llanmani yo testni tuzgandim, deyishsa, mayli (undayam o‘g‘irlanmagan bo‘lsa😁). Lekin “Laax monastiri qayerda?” degan savol meni qo‘llanmamdan tushdi, 25–85 ta savol tushdi, deyishsa g‘ashim keladi )

Masalan, “«Majburiyatlar akti» qaysi Xiva xoni davrida imzolangan?” degan savol o‘tgan “MS” imtihonlarida qo‘llangan. O‘sha savol bo‘lib o‘tgan imtihondan OLDIN (!)
@TESTLIDER'ga joylagan “Milliy sertifikat” testlarimda turibdi o‘sha savol (ya’ni kitobda umuman berilmagan, “kutilmagan” savolni imtihonda qo‘llanishidan OLDIN tuzib, ishlattirganman).

AMMO yana eng-eng muhim joyi bor: to‘g‘ri, yaxshi testolog “kutilmagan savollar”ga tayyorlashi mumkin, lekin undayam 10+ bu (“kutilmagan” deyapman, e’tibor ber, Karl). Ammo baribir qolgani tizimli tayyorgarlikka borib taqaladi. Tizimli tayyorgarlik uchun esa tizimli material kerak. Manipulyatsiya uchun chiqarilgan material emas.


Shuning uchun tizimli tayyorgarlikka e’tibor qarating. 1 haftada, 1 oyda hamma narsani, hamma narsa tiqilgan narsani o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Xotira unaqa ishlamaydi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi tomchi qolguncha :)
#tushgan_savol #muhokama

Savol: ko‘pchilik “GFR va GDRni birlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma qaysi DAVLATda imzolangan?” degan savolda to‘g‘ri javob SSSRmi, Rossiyami deb so‘rashyapti... Bu yerda SSSR mutlaq qabul qilinadigan to‘g‘ri javob. Rossiya-chi?

Keling, bunga testologiya jihatdan yondashgan holda javob berishga harakat qilaman. 2 ta ehtimol mavjud.

1-ehtimol. Qabul qilinmaydi:
Tarixiy asos: Rossiya deb javob berish tarixiy jihatdan noto‘g‘ri, chunki 1990-yilda Rossiya suveren davlat emas edi. Ushbu shartnoma SSSR hududida, Moskvada imzolangan. Moskva SSSRning poytaxti. SSSR shartnomani imzolagan davlatlardan biri sifatida qatnashgan. Rossiya o‘sha paytda SSSR tarkibidagi respublika bo‘lib, xalqaro huquqda suveren subyekt (davlat) sifatida tan olinmagan.

Testologik asos: testologiyada javobning to‘g‘riligi savolning aniq kontekstiga va tarixiy faktlarga asoslanadi. Savolda “davlat” so‘zi ishlatilgan bo‘lsa, u odatda suveren davlatni anglatadi. 1990-yilda Rossiya suveren davlat emas edi, shuning uchun “Rossiya” deb javob berish noto‘g‘ri deb baholanadi.

2-ehtimol. Qabul qilinadi:
Tarixiy asos: 1990-yilda Rossiya (Rossiya SFSR) mustaqil davlat emas, balki SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika edi. Ammo agar savolning formasi noaniq bo‘lsa (masalan, “davlat” so‘zi ma’muriy-hududiy birlik sifatida talqin qilinsa) va tekshiruvchilar Moskvaning Rossiya SFSR tarkibidagi maqomini hisobga olsalar, bu javobni shartli ravishda to‘g‘ri deb qabul qilishlari mumkin edi.

Savolda “davlat” so‘zi xalqaro huquqiy ma’noda (ya’ni, suveren davlat) aniq talqin qilinmasa, balki umumiy ma’noda, masalan, ma’muriy-hududiy birlik sifatida ishlatilgan bo‘lsa, “Rossiya” deb javob berish shartli ravishda to‘g‘ri deb hisoblanishi mumkin. 1990-yilda Rossiya SFSR SSSR tarkibida ittifoq respublikasi sifatida ma’lum darajada ichki avtonomiyaga ega bo‘lgan. Moskva Rossiya SFSRning ham poytaxti bo‘lib, shartnoma imzolangan joy Rossiya SFSR hududiga to‘g‘ri keladi. Agar test tuzuvchilar “davlat” atamasini shunday keng ma’noda talqin qilishga qaror qilgan bo‘lsa (yoki testning o‘zida ishora kam bo‘lib qolgan deb topilsa), “Rossiya” javobi to‘g‘ri deb qabul qilinishi mumkin.

Testologik asos: savolning noaniqligi – agar savolda “davlat” so‘zi aniq kontekstda (masalan, xalqaro huquqiy ma’noda suveren davlat sifatida) ta’riflanmagan bo‘lsa, test ishtirokchilari “davlat” atamasini kengroq talqin qilishi mumkin. Masalan, “Rossiya” so‘zi SSSRning asosiy respublikasi sifatida yoki Moskvaning geografik joylashuvi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunday hollarda tekshiruvchilar “Rossiya SFSR” javobini shartli ravishda to‘g‘ri deb qabul qilishi mumkin, ayniqsa, agar savolning shakli noaniq bo‘lsa va “mustaqil davlat” ishorasi berilmagan bo‘lsa.

***
O‘zim test tekshiruvchisi bo‘lsam nima qilardim... Ikkilanyapman. Katta ehtimol bilan men olardim. Chunki men testda zarracha “fortochka” bo‘lsa ham bunga test muallifi javobgar deb hisoblayman. Lekin BMBA olmasligi mumkin. Aslida BMBAda ham yetarlicha asoslar bor. “Fortochka” juda zarracha, kichik. Chunki SSSR suveren davlat edi-da... (batafsil yozdim, yaxshilab o‘qib chiqing). BMBA olmasa ham tortishmasdim. Lekin shunday vaziyatlarda zarracha ham “fortochka” qoldirmasligini so‘rardim keyingi gal.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 22:37:19
Back to Top
HTML Embed Code: