Telegram Web Link
#tushgan_savol #muhokama

Savol: ko‘pchilik “GFR va GDRni birlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma qaysi DAVLATda imzolangan?” degan savolda to‘g‘ri javob SSSRmi, Rossiyami deb so‘rashyapti... Bu yerda SSSR mutlaq qabul qilinadigan to‘g‘ri javob. Rossiya-chi?

Keling, bunga testologiya jihatdan yondashgan holda javob berishga harakat qilaman. 2 ta ehtimol mavjud.

1-ehtimol. Qabul qilinmaydi:
Tarixiy asos: Rossiya deb javob berish tarixiy jihatdan noto‘g‘ri, chunki 1990-yilda Rossiya suveren davlat emas edi. Ushbu shartnoma SSSR hududida, Moskvada imzolangan. Moskva SSSRning poytaxti. SSSR shartnomani imzolagan davlatlardan biri sifatida qatnashgan. Rossiya o‘sha paytda SSSR tarkibidagi respublika bo‘lib, xalqaro huquqda suveren subyekt (davlat) sifatida tan olinmagan.

Testologik asos: testologiyada javobning to‘g‘riligi savolning aniq kontekstiga va tarixiy faktlarga asoslanadi. Savolda “davlat” so‘zi ishlatilgan bo‘lsa, u odatda suveren davlatni anglatadi. 1990-yilda Rossiya suveren davlat emas edi, shuning uchun “Rossiya” deb javob berish noto‘g‘ri deb baholanadi.

2-ehtimol. Qabul qilinadi:
Tarixiy asos: 1990-yilda Rossiya (Rossiya SFSR) mustaqil davlat emas, balki SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika edi. Ammo agar savolning formasi noaniq bo‘lsa (masalan, “davlat” so‘zi ma’muriy-hududiy birlik sifatida talqin qilinsa) va tekshiruvchilar Moskvaning Rossiya SFSR tarkibidagi maqomini hisobga olsalar, bu javobni shartli ravishda to‘g‘ri deb qabul qilishlari mumkin edi.

Savolda “davlat” so‘zi xalqaro huquqiy ma’noda (ya’ni, suveren davlat) aniq talqin qilinmasa, balki umumiy ma’noda, masalan, ma’muriy-hududiy birlik sifatida ishlatilgan bo‘lsa, “Rossiya” deb javob berish shartli ravishda to‘g‘ri deb hisoblanishi mumkin. 1990-yilda Rossiya SFSR SSSR tarkibida ittifoq respublikasi sifatida ma’lum darajada ichki avtonomiyaga ega bo‘lgan. Moskva Rossiya SFSRning ham poytaxti bo‘lib, shartnoma imzolangan joy Rossiya SFSR hududiga to‘g‘ri keladi. Agar test tuzuvchilar “davlat” atamasini shunday keng ma’noda talqin qilishga qaror qilgan bo‘lsa (yoki testning o‘zida ishora kam bo‘lib qolgan deb topilsa), “Rossiya” javobi to‘g‘ri deb qabul qilinishi mumkin.

Testologik asos: savolning noaniqligi – agar savolda “davlat” so‘zi aniq kontekstda (masalan, xalqaro huquqiy ma’noda suveren davlat sifatida) ta’riflanmagan bo‘lsa, test ishtirokchilari “davlat” atamasini kengroq talqin qilishi mumkin. Masalan, “Rossiya” so‘zi SSSRning asosiy respublikasi sifatida yoki Moskvaning geografik joylashuvi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunday hollarda tekshiruvchilar “Rossiya SFSR” javobini shartli ravishda to‘g‘ri deb qabul qilishi mumkin, ayniqsa, agar savolning shakli noaniq bo‘lsa va “mustaqil davlat” ishorasi berilmagan bo‘lsa.

***
O‘zim test tekshiruvchisi bo‘lsam nima qilardim... Ikkilanyapman. Katta ehtimol bilan men olardim. Chunki men testda zarracha “fortochka” bo‘lsa ham bunga test muallifi javobgar deb hisoblayman. Lekin BMBA olmasligi mumkin. Aslida BMBAda ham yetarlicha asoslar bor. “Fortochka” juda zarracha, kichik. Chunki SSSR suveren davlat edi-da... (batafsil yozdim, yaxshilab o‘qib chiqing). BMBA olmasa ham tortishmasdim. Lekin shunday vaziyatlarda zarracha ham “fortochka” qoldirmasligini so‘rardim keyingi gal.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#tushgan_savol #muhokama Savol: ko‘pchilik “GFR va GDRni birlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma qaysi DAVLATda imzolangan?” degan savolda to‘g‘ri javob SSSRmi, Rossiyami deb so‘rashyapti... Bu yerda SSSR mutlaq qabul qilinadigan to‘g‘ri javob. Rossiya-chi?…
Qisqacha:

BMBA – Rossiya deb yozilgan javoblarni noto‘g‘ri deb hisoblashi mumkin. Yetarlicha asoslari bor.
Shaxsan o‘zim – Rossiya SFSR deb yozilgan javoblarni olishim ham mumkin edi. Kichik asoslar bor. Savolda kichik bo‘lsa-da, “fortochka” bor.

BMBA olmasa, tortisharmidingiz? Yo‘q. Chunki BMBAda asos va argumentlar ko‘proq va ilmiyroq.

***

Mana bu qo‘llanmani o‘qib, tinchgina SSSR deb yozib chiqavermaysizmi...

BATAFSIL BU YERDA


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@TESTLIDER'da o‘tkazilgan kechagi testdan

Ertaga imtihongacha quyidagi qo‘llanmalar va testlar bilan tanishib chiqishingiz kerak. Bular orqali “kutilmagan” savollarga tayyor bo‘lish mumkin.

1. Qo‘llanma (qaysi davlatda?):
https://www.tg-me.com/TESTLIDER/3853
2. Qo‘llanma: (ehtimoliy 10)
https://www.tg-me.com/TESTLIDER/4603
3. Testlar (javobli):
https://www.tg-me.com/TESTLIDER/4608
https://www.tg-me.com/TESTLIDER/4641
4. Noyob qo‘llanma:
https://www.tg-me.com/TESTLIDER/4606

@TESTLIDER
Forwarded from назарбоева муштарий
Men shu qollanmani oqib chiqqandim va shu savollar tushdi sssr dep chiqdim raxmat ustoz oqimasangiz afsuslanasz degan gapizdan keyin rostanam shunday bolsachi dep oqib chiqdim va oqiganimdan afsuslanmadim☺️
Forwarded from Gulnigor.. Abdurahmonova
Assalomu alaykum ustoz javob chiqmasayam cheksiz rahmat sizga .darslarda deyarli ishtirok etmaganman lekin materiallarizdan foydalanganman fevralda topshirolmagandim bucun qiynalmadim sizni yordamiz bn
Forwarded from Gulnigor.. Abdurahmonova
Ayrim ustozlar meniki tushdi rosa maqtanadi lekin hamma savol siz oʻrgatganday lekin siz bunday qilmaysiz
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
So‘nggi diagnostik (22-may) - javobli.pdf
Mana bu yerda yangi testlar bor.

“Srochna” buniyam sal o‘zgartirilgan “boshqa test” yo qo‘llanma qilvoringlar 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu ham darslikda yozilmagan ma’lumot edi. Muhim deb hisoblaganim uchun kiritgandim. Bugun asqatibdi. Ertaga bilmadim. Shundayam bir sidra ko‘rib chiqing.
https://www.tg-me.com/TESTLIDER/4675

Nasib qilsa, 6 variantni ham tashlayman imtihondan so‘ng. Lekin ertaga menga 1-smena bo‘yicha yordam bera oladiganlar (savollarni eslab qolganlar) kerak bo‘ladi, 2 va 3-smenalar deyarli tayyor. Xohlovchilar yordam berishi mumkin.


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kuzgi” imtihonlar uchun QABUL OCHILDI!

Qabulda o‘zim: @JalolBOLTAYEV
Alifni kaltak deydiganlarga eslatma!

Men Rossiya SFSR olinmaydi, demaganman bu yerda. Shaxsan o‘zim tekshirganimda olishimni ham aytganman. Lekin BMBA qanaqa pozitsiya bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib ko‘rganman.

Aksariyat manbalarda shartnoma imzolangan joy sifatida SSSR ko‘rsatilgan. Moskva SSSRning poytaxti bo‘lgan. Lekin Rossiya SFSR ham olinishi kerak aslida. Vikipediyada shartnoma imzolangan joy sifatida “Rossiya SFSR” va “SSSR” ko‘rsatilgan. Shartnoma esa SSSR tomonidan imzolangan. Gapirishdan oldin sal manba qaranglar.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi bo‘yicha
Oyni xohlasangiz to‘rtburchak deb hisoblashingiz mumkin. Bu “demokratik” huquqingiz. Lekin Oy sharsimonligicha va siz ahmoqligingizcha qolaverasiz.
Darslikdagi xato ma’lumotni o‘rganish kerakmi? O‘tgan imtihonlarda “darslikda bunaqa-ku” deb harbiy okruglar bo‘yicha apellyatsiya berganlar ball ololganmi?
Men aytgan gap: SSSR to‘g‘ri, RSFSR ham to‘g‘ri.

Kim SSSRni xato deydigan bo‘lsa, ilmiy munozara qilamiz. Chatga kiring.
2025/07/07 00:58:55
Back to Top
HTML Embed Code: