Hamma uchun ochiq va bepul bo‘lgan @TARIX_OMBOR guruhimning qaysi bo‘limni «kuchaytiray»?
Fikringiz inobatga olinadi! Bir nechta bo‘limni tanlashingiz ham mumkin. (c) Jalol BOLTAYEV

Anonymous Poll
50%
55%
40%
27%
29%
21%
26%
22%
25%
👍41💯9🔥6
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Do‘stlar, @TESTLIDER'da 9800+, @TARIX_OMBOR'da 1700+ a’zo bo‘libdi. Keling, kanalimiz va guruhimiz auditoriyasini kengaytirishda menga yordam bering. Men bundan juda mamnun bo‘laman. Har bir ishtirokchi kamida 3 ta tanishiga tavsiya etgandayam, 3x ko‘payardik... Va menam qo‘llanma va testlarni yanada ko‘paytirardim :)
Mana bu postni tarix faniga aloqador barcha tanishlaringiz yuboring. Hali sizni katta yangiliklar kutib turibdi.
(c) Jalol BOLTAYEV

🔥48👍17👎3❤2
Afrika xaritasi.jpg
160.5 KB
Xaritalarni 100 % o‘rganishga tayyormisiz?
Birozdan so‘ng nima qilish kerakligini yozaman, tayyor turing!
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥4❤1
XARITANI O‘RGANISH METODI
Har bir qit’a/materikni uch bosqichda o‘rganamiz.
✅ BIRINCHI BOSQICH
Yuqoridagi Afrika qit’asining yozuvsiz xaritasini printerdan chiqarib oling. Davlatlarni rangli qalamlar yordamida, alohida ranglarda bo‘yab chiqing. Chegaralarni to‘qroq qilib bo‘yang yoki chegara chiziqlariga kontur chizing. Har bir davlat nomini esa xaritaning o‘ziga ham, tegishli raqamga ham yozib qo‘ying.
“Bo‘yash” bosqichi juda-juda muhim. Chunki:
• Xaritagacha shunchaki qarab chiqish — bu “passiv o‘rganish”. Ya’ni: ko‘rding, o‘tding, unutding.
• Bo‘yash esa sizni xarita bilan faol ishlashga majbur qiladi. Rang tanlash, chegaralarni ajratib, to‘qroq qilib bo‘yash, joylashuvga e’tibor berish, nomlarni yozish — bular miyani faol harakatga keltiradi, ya’ni bu – “aktiv o‘rganish”.
• Bo‘yash vaqtida xaritaga uzoq tikilib o‘tirishga majbursiz. Bu esa davlatlarning shakli, joylashuvi va chegaralarini ongingizga o‘rnashishiga olib keladi. Ko‘z va ong o‘rtasida kuchli vizual aloqa paydo bo‘ladi.
• Bo‘yash jarayoni faqat rang berish emas – bu tafakkurning xarita bilan ilk muloqoti.
❗️ Aksariyat abituriyentlar esa bu bosqichni o‘tkazib yuboradi – “yozuvsiz xaritani bo‘yamasdan”, darrov xaritaga qarab yoki Seterra'ga o‘xshash dasturlar yordamida o‘rganmoqchi bo‘ladi. Bu esa ishni qaytangga murakkablashtiradi. Yoki undan ham yomoni – “xaritani o‘rganish men uchun emas ekan” degan taassurot uyg‘otadi.
💯 Ishoning, agar bu usulda o‘rgansangiz – 193 ta davlatni ham darrov topadigan darajaga erishasiz.
"Bo‘yash" xaritani o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa-da — eng muhimidir. Bu – o‘rganishning 50 foizi.
❗️Aynan shu yerda aksariyat eng katta xatoni qiladi:
Bo‘yash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Shoshiladi. Tez natija kutadi. Lekin poydevor qo‘yilmagani ortidan o‘zining ishini murakkablashtirib yuboradi yoki “motivatsiyasi tushib“, xaritani o‘rgangisi kelmay qoladi. Seterra kabi dasturlardan ham “ko‘ngli qolib” ketadi.
✅ IKKINCHI BOSQICH
Endi esa seterra.com saytidan foydalanamiz. Bunga o‘xshash boshqa saytlar va dasturlar ham bor, lekin Seterra o‘rganish uchun eng qulayi deb hisoblayman.
Saytdan Afrika qit’asini tanlaysiz. Unda sizdan davlatlar so‘raladi:
Agar birinchi urinishdayoq to‘g‘ri topsangiz – davlat oq rangga kiradi.
Agar 2–3 marta noto‘g‘ri bosib ko‘rsangiz, sayt o‘zi yordam beradi, lekin bunday holatda davlat qizil rangga kiradi.
❗️Dastlabki mashqlarda, albatta, bo‘yagan xaritangiz yoningizda tursin. Unga qarab ishlash — bu “xotirangizni faollashtirish” degani. Hatto 2, 3, 4 marta xaritaga qarab ishlasangiz ham mayli – bu tayyorgarlik jarayoni.
Keyin esa “xaritasiz” bajarasiz. Maqsad – 100% to‘g‘ri topish. Shu holatga yetmaguncha mashqni takrorlaysiz.
❗️ Agar siz birinchi bosqichni bajargan bo‘lsangiz – ya’ni davlatlarni turli ranglar bilan, chegaralarni esa ham alohida to‘qroq qilib (yoki kontur chizib), har bir davlat nomini o‘z joyiga yozgan bo‘lsangiz – umuman olganda, “bo‘yash” bosqichini xafsala bilan qilgan bo‘lsangiz, maksimal 10 yoki 15-urinishgacha Afrikani 100 % to‘g‘ri ishlash darajasiga yetasiz.
Yoki kimdir 3-urinishdayoq, kimdir 5-urinishdayoq butun Afrikani xatosiz topa oladi – nima bo‘lgandayam juda uzoq vaqt talab etilmaydi – bu bo‘yash bosqichining natijasi!
Agar bo‘yash bosqichi bo‘lmaganda seterra'da juda-juda uzoq vaqt qolib ketishingiz yoki yuqoriroq ko‘rsatkich bilan ishlasangiz-da, Afrika faqatgina “vaqtinchalik” xotirada saqlanib, “uzoq muddatli xotira”ngizda saqlanmaslik ehtimoli juda yuqori bo‘lar edi.
Men aytgan usulda esa Afrika «uzoq muddatli xotira»ngizda saqlanib qoladi.
✅ UCHINCHI BOSQICH
Endi xaritani tarixiy ma’lumotlar bilan mustahkamlash kerak.
Buning uchun mening o‘zim tayyorlagan Seterra’ga o‘xshash dasturdan foydalanamiz.
Unda “1847-yilda tashkil etilgan davlatni toping”, “1892-yilda Fransiya egallagan hududni aniqlang” kabi savollar bo‘ladi. Siz esa xaritadan so‘ralgan hudud (davlat)ni (Liberiya; G‘arbiy Sudan) topib, ustiga bosasiz.
Bu bosqich orqali “Milliy sertifikat“, “Attestatsiya”dagi savollarga ham tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
(c) Jalol BOLTAYEV
Har bir qit’a/materikni uch bosqichda o‘rganamiz.
Yuqoridagi Afrika qit’asining yozuvsiz xaritasini printerdan chiqarib oling. Davlatlarni rangli qalamlar yordamida, alohida ranglarda bo‘yab chiqing. Chegaralarni to‘qroq qilib bo‘yang yoki chegara chiziqlariga kontur chizing. Har bir davlat nomini esa xaritaning o‘ziga ham, tegishli raqamga ham yozib qo‘ying.
“Bo‘yash” bosqichi juda-juda muhim. Chunki:
• Xaritagacha shunchaki qarab chiqish — bu “passiv o‘rganish”. Ya’ni: ko‘rding, o‘tding, unutding.
• Bo‘yash esa sizni xarita bilan faol ishlashga majbur qiladi. Rang tanlash, chegaralarni ajratib, to‘qroq qilib bo‘yash, joylashuvga e’tibor berish, nomlarni yozish — bular miyani faol harakatga keltiradi, ya’ni bu – “aktiv o‘rganish”.
• Bo‘yash vaqtida xaritaga uzoq tikilib o‘tirishga majbursiz. Bu esa davlatlarning shakli, joylashuvi va chegaralarini ongingizga o‘rnashishiga olib keladi. Ko‘z va ong o‘rtasida kuchli vizual aloqa paydo bo‘ladi.
• Bo‘yash jarayoni faqat rang berish emas – bu tafakkurning xarita bilan ilk muloqoti.
"Bo‘yash" xaritani o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa-da — eng muhimidir. Bu – o‘rganishning 50 foizi.
❗️Aynan shu yerda aksariyat eng katta xatoni qiladi:
Bo‘yash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Shoshiladi. Tez natija kutadi. Lekin poydevor qo‘yilmagani ortidan o‘zining ishini murakkablashtirib yuboradi yoki “motivatsiyasi tushib“, xaritani o‘rgangisi kelmay qoladi. Seterra kabi dasturlardan ham “ko‘ngli qolib” ketadi.
Endi esa seterra.com saytidan foydalanamiz. Bunga o‘xshash boshqa saytlar va dasturlar ham bor, lekin Seterra o‘rganish uchun eng qulayi deb hisoblayman.
Saytdan Afrika qit’asini tanlaysiz. Unda sizdan davlatlar so‘raladi:
Agar birinchi urinishdayoq to‘g‘ri topsangiz – davlat oq rangga kiradi.
Agar 2–3 marta noto‘g‘ri bosib ko‘rsangiz, sayt o‘zi yordam beradi, lekin bunday holatda davlat qizil rangga kiradi.
❗️Dastlabki mashqlarda, albatta, bo‘yagan xaritangiz yoningizda tursin. Unga qarab ishlash — bu “xotirangizni faollashtirish” degani. Hatto 2, 3, 4 marta xaritaga qarab ishlasangiz ham mayli – bu tayyorgarlik jarayoni.
Keyin esa “xaritasiz” bajarasiz. Maqsad – 100% to‘g‘ri topish. Shu holatga yetmaguncha mashqni takrorlaysiz.
Yoki kimdir 3-urinishdayoq, kimdir 5-urinishdayoq butun Afrikani xatosiz topa oladi – nima bo‘lgandayam juda uzoq vaqt talab etilmaydi – bu bo‘yash bosqichining natijasi!
Agar bo‘yash bosqichi bo‘lmaganda seterra'da juda-juda uzoq vaqt qolib ketishingiz yoki yuqoriroq ko‘rsatkich bilan ishlasangiz-da, Afrika faqatgina “vaqtinchalik” xotirada saqlanib, “uzoq muddatli xotira”ngizda saqlanmaslik ehtimoli juda yuqori bo‘lar edi.
Men aytgan usulda esa Afrika «uzoq muddatli xotira»ngizda saqlanib qoladi.
Endi xaritani tarixiy ma’lumotlar bilan mustahkamlash kerak.
Buning uchun mening o‘zim tayyorlagan Seterra’ga o‘xshash dasturdan foydalanamiz.
Unda “1847-yilda tashkil etilgan davlatni toping”, “1892-yilda Fransiya egallagan hududni aniqlang” kabi savollar bo‘ladi. Siz esa xaritadan so‘ralgan hudud (davlat)ni (Liberiya; G‘arbiy Sudan) topib, ustiga bosasiz.
Bu bosqich orqali “Milliy sertifikat“, “Attestatsiya”dagi savollarga ham tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍24❤4💯2
Hamma narsani to‘laqonli nazorat qilishimga oz qoldi...
Da Vinchi
Ayni damda ham bir qancha muammolar hal qilingan.

👍38🔥4
Har doim kechagidan yaxshiroq bo‘ling!
Bu ChatGPT meni tanishi haqida emas umuman. Chunki ChatGPT hozir ko‘pchilikni taniydi :)
Bu esse mavzusi sifatida o‘quvchim meni tanlangani – men uchun qanaqadir bir hissiyot bergani haqida.
Lekin o‘quvchilarim bir narsani bilishini xohlayman: men ideal emasman, kamchiliklarim ko‘p. Sizga ishonaman: bizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishingizga.
👉 @TESTLIDER
Bu ChatGPT meni tanishi haqida emas umuman. Chunki ChatGPT hozir ko‘pchilikni taniydi :)
Bu esse mavzusi sifatida o‘quvchim meni tanlangani – men uchun qanaqadir bir hissiyot bergani haqida.
Lekin o‘quvchilarim bir narsani bilishini xohlayman: men ideal emasman, kamchiliklarim ko‘p. Sizga ishonaman: bizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishingizga.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🔥16👍10👏3
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
Quyidagilardan qay biri radio ixtirosiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan olim hisoblanadi?
👉 @TARIX_OMBOR – (c) Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
22%
A) Guglielmo Markoni
10%
B) Aleksandr Popov
38%
C) Aleksandr Bell
30%
D) Genrix Gers
🔥13👀7👍6👏4
@TARIX_OMBOR'ning “Muhim qo‘llanmalar” bo‘limiga PDF formatda yap-yangi qo‘llanma joyladim. Tezroq foydalanish uchun “ombor”ga ulanib qo‘ying. Bunday kreativ va original qo‘llanmalarni har yerdan ham topavermaysiz :)
Ochib ko‘rib, baho bering-chi )
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TARIX_OMBOR
👉 @TESTLIDER
Ochib ko‘rib, baho bering-chi )
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33💯4🔥3❤1
Kashfiyotlar (9 jahon. Optimal qo‘llanma).pdf
1.3 MB
#MUHIM #Milliy_sertifikat #9_jahon
Ushbu qo‘llanma orqali 9-sinf «Jahon tarixi» darsligidagi 38–39-mavzularni osonroq o‘zlashtirib olishingiz mumkin. Juda ajoyib qo‘llanma!
(c) Jalol BOLTAYEV
✅ @TESTLIDER
✅ @TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Ushbu qo‘llanma orqali 9-sinf «Jahon tarixi» darsligidagi 38–39-mavzularni osonroq o‘zlashtirib olishingiz mumkin. Juda ajoyib qo‘llanma!
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26
#mundarija #xronologiya
Darsliklar kesimida Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan «OPTIMAL XRONOLOGIYA» qoʻllanmalari
📙 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» (2017) xronologiyasi
📘 7-sinf «Jahon tarixi» (2017)» xronologiyasi
📘 7-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) xronologiyasi
📗 8-sinf «Jahon tarixi» (2019) xronologiyasi
📗 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) xronologiyasi
📔 9-sinf «Jahon tarixi» (2019) xronologiyasi
📔 9-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) xronologiyasi
📓 10-sinf «Jahon tarixi» (2017) xronologiyasi
📓 10-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) xronologiyasi
📕 11-sinf «Jahon tarixi» (2018) xronologiyasi
📕 11-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2018) xronologiyasi
✅ @TESTLIDER
✅ @TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Darsliklar kesimida Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan «OPTIMAL XRONOLOGIYA» qoʻllanmalari
📙 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» (2017) xronologiyasi
📘 7-sinf «Jahon tarixi» (2017)» xronologiyasi
📘 7-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) xronologiyasi
📗 8-sinf «Jahon tarixi» (2019) xronologiyasi
📗 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) xronologiyasi
📔 9-sinf «Jahon tarixi» (2019) xronologiyasi
📔 9-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) xronologiyasi
📓 10-sinf «Jahon tarixi» (2017) xronologiyasi
📓 10-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) xronologiyasi
📕 11-sinf «Jahon tarixi» (2018) xronologiyasi
📕 11-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2018) xronologiyasi
📍 «MUHIM QOʻLLANMALAR» boʻlimining asosiy mundarijasi
📍 Asosiy menyu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#mundarija #xronologiya Darsliklar kesimida Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan «OPTIMAL XRONOLOGIYA» qoʻllanmalari 📙 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» (2017) xronologiyasi 📘 7-sinf «Jahon tarixi» (2017)» xronologiyasi 📘 7-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) xronologiyasi…
Qaysidir “xronologiya”larni ochib ko‘ring, so‘ng bularni ochib ko‘ring. Keyin qaysini o‘qishni o‘zingiz tanlaysiz )
👍10🔥7
Forwarded from Жасур Бекзод
O‘zingizni reklama qilmas ekansiz shuni anglab yetdim oddiy samimiy ustoz ekansiz sizdan boshqa ustozlarda o‘qiganman ular xuddi siz aytgandek oxirida yangilik bo‘ladi yangilik uchun xarakat qilayapman drgan gaplarni aytib sudrab sudrab keladi ekan maqsadi natijangiz emas odam soni mablag‘ bo‘larkan
👍22🔥5
Forwarded from 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (Jalol BOLTAYEV)
Bugun Baholash markazidagi ijtimoiy fanlarning koordinatori, yaʼni tarix, huquq, tarbiya fanlariga (va shu yoʻnalishdagi testologlarga) masʼul boʻlgan odam bilan ancha suhbatlashdim. U odam mening kursdoshim. Halol va ishonchli inson deb hisoblayman. Har qanday qingʻirlikka qarshi odam. HAR QANDAY. Hozir Telegramda oʻzini qanaqadir “aloqador” deb koʻrsatib, odamlarni manipulyatsiya qilib yurganlar koʻpayib ketgan. “Jalol, unday saviyadagi odamlar bizda ishlamasligini oʻzingiz ham bilasiz-ku” deyapti. Ha, haqiqatan bilaman-u, shuncha gapga ko‘ra, biz bilmay qoldik, kimdir kiribdikan, deb o‘ylabman.
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤5🔥4👏3👎1
Ba’zi odamlar o‘zini qanaqadir DTMga yoki Baholash markaziga aloqador qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, ba’zan to‘g‘ridan to‘g‘ri, ba’zan qanaqadir piching gaplar bilan “ishora” qilishadi o‘zlaricha. Xuddi yosh boladay. Lekin, afsuski, shundaylarga ishonadiganlar, “haqiqatan Baholash markazida ishlaydi” deb o‘ylaydiganlaram ko‘p. Har imtihondan so‘ng “aloqadorligini” anglatuvchi “piching”larni ko‘paytirib boradi. Chunki boshqacha qilib mijoz yig‘a olmaydi (materiali, metodikasi, boshqasi bilan) “Tushadi, boshqarmadagi “akam” aytdi, “do‘dam” aytdi”, deya aytganlari (aniqrog‘i, vangalik qilib ko‘rmoqchi bo‘lganlari) ham o‘xshamagach, “yerga kirib ketish”ning o‘rniga battar “ishoraviy gaplar”ni kuchaytirishadi. Boshqa chorasi ham yo‘q-da...
Ishoning, unaqa saviya bilan markazga qorovullikka ham olishmaydi ularni.
👉 @TESTLIDER
Ishoning, unaqa saviya bilan markazga qorovullikka ham olishmaydi ularni.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥6😁5💯4👀2❤1👎1
❗️Hurmatli ishtirokchilar
Bugun 22:30 gacha hamma ushbu testni ishlasin. 22:30 da test tahlilini boshlaymiz.
https://www.tg-me.com/tarix_ombor/219/317
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Xaritani o‘rganishning birinchi va eng asosiy bosqichi – «bo‘yash» bosqichidan o‘tdik. Vizual asos yaratildi. Endi ikkinchi – «Seterra» bosqichi. Ertaga oflayndagi o‘quvchilarim soat 17:00 da @TESTLIDER'da JONLI EFIRda Afrika xaritasini ishlab berishadi.
Xaritani oldin umuman bilmaydigan o‘quvchilarim ishlab berishadi, qani ko‘raylik-chi...
Uyaltirib qo‘ymanglar tag‘in 😁
Onlayndagi o‘quvchilarim, bo‘yaganlaringizni @JalolBOLTAYEV'ga yuboring.

🔥14👍10❤3