Telegram Web Link
O‘zbekistonda yillarning nomlanishi

Manzillarimiz:
@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR
YUBILEYLAR (barcha darsliklar bo‘yicha)

Manzillarimiz:
@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR
“Xalqaro testologiya”mish...

Ma’lumotlarni tekshirmay, xato ma’lumotga tayanib test tuzish va eng yomoni – buni tan olmaslik, “darslikda shunaqa-ku” deb turvolish qaysi xalqaro testologiya me’yorlarida belgilangan ekan. Ustoz Komil Jalilov validlik bo‘yicha tadqiqotlarni so‘rayapti, ammo-lekin hali shaklan-mazmunan va yondashuvda ham xato qilishyapti ular.

Attestatsiya testlari, bu – xonadagi fil.


Testlarni “qiyin” deyotganimiz yo‘q, testlarni valid emas deyapmiz.

@TESTLIDER
Hazillashyapsizlarmi, mana shu (yo shunday mazmundagi) savol attestatsiyada rostdan tushdimi?

Nazariy bilimlarining rivojlanishi kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan xalqni toping.
A) misrliklar
B) mesopotamiyaliklar
C) xitoyliklar
D) hindlar
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Voice message
Ba’zi bir opportunist, manipulyator, farosatdan keyin tug‘ilganlar uchun (2-qism)
Opportunist — vaziyatdan faqat o‘z foydasini ko‘zlab, prinsip va axloqiy me’yorlarni chetga surib foydalanadigan odam.

Opportunist odam odatda pozitsiyaga va prinsiplarga ega bo‘lmaydi, vaziyatga qarab pozitsiyasini o‘zgartirib yuboraveradi.

Soddaroq aytganda, opportunist – o‘z manfaatini ko‘zlab harakat qiladigan, har qanday vaziyatdan foydalanishga urinadigan kishi.
Attestatsiya
So‘nggi dars 🔥

Har imtihondan 1-kun oldin
@TESTLIDER kanalida “So‘nggi dars” loyihasi o‘tkazilishidan, bu ko‘pchilikka manfaatli bo‘lishidan ham xabaringiz bor. Bu gal ham shunaqa qilamiz, bu gal yana 100 $ pul mukofoti va 2 000 000 mln so‘mlik vaucher qo‘yiladi. Hammani taklif eting!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Bugun “optimal xronologiya”larni bir sidra o‘qib chiqing. Foydasi tegadi, albatta. 125 ta savol shundan tushadi :) (sarkazm)

Mayli, 125 ta savol bundan bo‘lmas-u, 20–25 ta savol bo‘lishi tabiiy :)

CHUNKI va LEKIN bu ma’lumotlar jamlanmasi. Agar bu ma’lumotlarni (ya’ni mavzularni) tayyorlanish jarayonida tizimli o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, sifatli xronologiyalar xotiradagi ma’lumotlarni qayta faollashtirishga yaxshi yordam beradi. Oldin tizimli o‘qigan bo‘lsangiz, bo‘lmasa, foydasi yo‘q.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#darslikka_izoh

Darslikdagi xato: Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq va Nigeriya Fransiya mustamlakasimi?


“Kundalik-optimal”larni tuzish jarayonida ma’lumotlarni tekshirib chiqaman. Ba’zida darsliklardagi texnik xatoliklar ko‘zga tashlanadi.

9-sinf “Jahon tarixi” (2019) darsligining 34-mavzusida XX asr boshlarida Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq (hozirgi Gana) va Nigeriyaning Fransiya mustamlakasi bo‘lgani haqida xulosaga olib boruvchi jumlalar bor. Lekin bu yerda xato bor: aslida bu davlatlar hech qachon Fransiya mustamlakasi bo‘lmagan. Ular Britaniyaniki (2014-yilgi nashrdayam shunaqa edi, asli abituriyent paytim ham anglagandim xato borligini).

Keling, bu masalani biroz tahlil qilaylik.

O‘sha xatboshida (rasmda) Afrikadagi mustamlakachilik tizimlari haqida so‘z yuritiladi. Matnda Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq va Nigeriya davlatlari Fransiya mustamlakasi sifatida tilga olinadi. Ammo keyingi qatorda Buyuk Britaniyaning “mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab qolgan”i haqida gap ketadi. Bu yerda “Buyuk Britaniya” so‘zi oldingi gapdan tushib qolgan, xolos.

Ba’zi sinchkov o‘quvchilarda “Afrikadagi mustamlakalar haqida gap ketganda nima uchun Buyuk Britaniya berilmagan?” degan savol paydo bo‘ladi. Agar u tekshirib ko‘rsa, aslida shunchaki texnik xatolik bo‘lganini anglaydi.

Qo‘rqmang, “Milliy sertifikat” imtihonida mabodo tushib qolsa, Buyuk Britaniyani olaverasiz. Oldinlari BMBA darsliklardagi xato ma’lumotlardan qochar edi. Lekin oxirgi paytlarda bir-ikkita qo‘llayapti. Masalan, “gannoverlar” haqidagi savol; Qutaybani Xurosonga noib etib tayinlagan xalifa Abdumalik ibn Marvon haqidagi savol (Abdurahmon ibn Marvon emas).

BMBAdagi boshqarma boshlig‘i bilan gaplashganimda “darslikdagi xatolik bilan ishimiz bo‘lmaydi” mazmunida javob bergan edi. Aslida bu uning yoki BMBAning shaxsiy tashabbusi emas, testologiyadagi qoida.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#darslikka_izoh Darslikdagi xato: Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq va Nigeriya Fransiya mustamlakasimi? “Kundalik-optimal”larni tuzish jarayonida ma’lumotlarni tekshirib chiqaman. Ba’zida darsliklardagi texnik xatoliklar ko‘zga tashlanadi. 9-sinf “Jahon…
Avtotest tashkilotiga eslatib qo‘yay dedim-da :)

Ertaga bu ma’lumotlardan ham savol tuzib, apellyatsiya berilsa, “kitobda shunday-ku”, deb butun bir Afrika tarixini o‘zgartirib yuborishmasin.

Hech qachon, hech qachon, butun tarixi davomida yuqoridagi davlatlar Fransiya mustamlakasi bo‘lmagan )

BMBA esa kamdan kam hollarda mazmunan-shaklan xato qiladi (eslatma: testda mazmunan-shaklan xato bo‘lmasligi bu hali valid degani emas).

Va, BMBA mabodo konkret xato ma’lumotga tayangan holda test tuzib qo‘ygan bo‘lsa-yu, apellyatsiya berilsa, unda yutib chiqish ehtimoli 99 % ni tashkil etadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kundalik-optimal” test to‘plamlari, “Forms” testlar ... .

Ushbu materiallar sizni imtihonga xotirjam kirishingiz uchun asos bo‘ladi. Vaqtida tizimli va sifatli materiallar bilan tayyorgarlik ko‘rilmasa, oxirda “yolg‘on”ga ishonib qolasiz (aniqrog‘i, o‘zingizni ishontirasiz yoki ishontirishadi), do‘stlar...

Shuning uchun tizimli va haqiqatan sifatli materiallar bilan tayyorgarlik ko‘rishni tanlang )

Onlayn kurslarga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.
«So‘nggi “Milliy sertifikat” testi»ni kutyapsizmi/

Ertaga soat 20:00 da @TESTLIDER'ga joylanadi. 22:10 da tahlil boshlanadi. Keyin imtihonga xotirjam boraverasiz )
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rostdan qizlar kushliroqmi? Biz payti yigitlar kushli edi...

Ammo-lekin o‘zimning kursimdayam negadir qizlar kushlidek ko‘rinadi. Uch galdan beri qizlar eng yuqori natija qilyapti:

Durdona (83+) – 12-oktyabr
Oyjamol (85+) – 1-dekabr
Sevinch (87+) – 1-fevral

Bu gal yigitlardan bo‘lsin :)

Kuchli so‘zini kushli deb yozganimga e’tibor bermanglar, boshqa mazmun bor bu yerda 😁

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Do‘stlar, bugungi test reglamenti

Start: 22:00
Finish: 00:00
Tahlil: 00:10

Vaqt shunga to‘g‘ri kelyapti. Shuningdek, qanchalik kech bo‘lsa, shunchalik yaxshi.
2025/07/05 10:34:18
Back to Top
HTML Embed Code: