Telegram Web Link
Demak, tom ma’noda Jalol BOLTAYEV kursida REKORD (eng yuqori natija bo‘yicha) uzilmadi, bu FAKT! 4-marta. Shunchaki so‘z emas.

Kuzda A+ yoki REKORD qilaman deganlar TIZIMLI tayyorgarlik ko‘rish uchun shaxsan o‘zimga (
@JalolBOLTAYEV) yozing. REKORD qilaman, deganlarga talab boshqacharoq, A+ yetadi deganlarga esa boshqacharoq. Albatta, kurs to‘lovida emas, topshiriqlarda. A+ yoki 70 % lik ustama yetadi, desangiz – FORMS, QUIZ, TMS – juda bir og‘ir emas.

10-iyungacha to‘lov qilmoqchi bo‘lganlar uchun 150 ming so‘m. Va oxirigacha shunday bo‘lib qoladi. Ammo keyingi oydan kurs narxini oshirmoqchiman. 10-iyungacha qo‘shilganlar uchun narx o‘zgarmaydi keyingi oylarda ham.

Demak:
Oylik to‘lov – 150 ming so‘m (10-iyungacha to‘lov qilganlar uchun)
To‘liq to‘lov – 500 ming so‘m (imtihongacha amal qiladi, dars jadvali chiqqunga qadar bu imkoniyatdan foydalanish mumkin, keyin to‘loq to‘lov ham qimmatlashadi)

Qabul:
@JalolBOLTAYEV

10-iyungacha to‘lov qilib qo‘shilganlar uchun chegirma mavjud.
Hammaga javob yozib chiqyapman. Bugun qo‘shilasiz guruhga, sabrli bo‘ling.

Qabul: @JalolBOLTAYEV

3 guruh bor:
• “Kuzgi 1-guruh” – 7-sinf “Jahon tarixi”ga kelib qolishdi.
• “Kuzgi 2-guruh” – 6 tarixdan boshlanadi yaqin kunlarda.
• Majburiychilar guruhi

Batafsil: https://www.tg-me.com/TESTLIDER/4869
Dildora Jumaniyazova kursimga endi kirgan paytda mana shu izohni bergan edilar...

Bugun esa natija 90 ball... 55 tadan 54 tasi to‘g‘ri. 90 ball bilan A+

Bu, avvalo, Allohning inoyati... Qolaversa, tizimli va sifatli materiallar orqali tizimli tayyorgarlikning natijasi


Kursimdagi ishtirokchilar uchun, materiallarimdan tizimli foydalanganlar uchun test savollari “konfet” bo’lib qoladi...

Kursga qabul davom etmoqda: @JalolBOLTAYEV
Hayitga bitta yirikroq post qilaymi? Bu sohaga kirib kelishimga, rivojlanishimga sabab bo‘lgan, metodikamga ta’sir o‘tkazgan USTOZLARIM haqida...

Hech bo‘lmasa, xorazmliklarga qiziqmasmi?

👉 @TESTLIDER
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Hayitga bitta yirikroq post qilaymi? Bu sohaga kirib kelishimga, rivojlanishimga sabab bo‘lgan, metodikamga ta’sir o‘tkazgan USTOZLARIM haqida... Hech bo‘lmasa, xorazmliklarga qiziqmasmi? 👉 @TESTLIDER
Bu postni yozishdan oldin jamoadoshlarim haqida yozishim kerak...

Yuqoridagi natijalarda ustozlar qatorida yana ikki nafar ustozimizning ham xizmatlari katta. Jamoam a’zolari Azizaxon Sharipova va Muhriddin Satimboyevlar... Ikkalasini ham juda hurmat qilaman. Azizaxon ustoz Prezident maktabilari tizimida faoliyat yuritadilar, kursimda o‘qib, mening prinsiplarim va qarashlarimni yaxshi anglaganlar, bundan tashqari nafaqat pedagogik, balki insoniylik nuqtayi nazaridan ham o‘rnak bo‘lishga, havas qilishga arziydigan ayol. Muhriddin esa kursdoshim, 4 yil kursdosh bo‘lganmiz. Bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Va biz bilan o‘qiganlar orasida salohiyati bilan ajralib turgan doim. Shuning uchun bu ustozlarni o‘z jamoamga taklif etganman.

Bizda jamoa prinsiplari sal boshqacharoq ishlaydi, umumiy strategiya va asosiy materiallarga o‘zim javobgarman.
Qurbon hayiti muborak, do‘stlar!
O‘zimning o‘quvchilarimning rekordini o‘zimning o‘quvchilarim buzadiyey... 😁

Endi KUZDA 90,06 ballni buzadigan rekordchi kerak.
Bu natijaga olib boruvchi hamma narsa bor.

Hozirgina hammaga yozib chiqdim. Xabarlar soni 0 ga tushdi. Xullas, TIZIMLI tayyorgarlik va INDIVIDUAL natija kerak bo‘lsa, @JalolBOLTAYEV'ga yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMMA YO‘LLAR RIMGA OLIB BORMAYDI

120 % ustama olish uchun TO‘G‘RI YO‘LDAN boring.

Do‘stlar, Siz 70 % lik ustama yoki A+ yetadi desangiz, bunga olib boruvchi shaxsan o‘zim yaratgan, sifatli va tizimli materiallar mavjud. FORMS testlarimning o‘zi natijangizni ancha ko‘tarib beradi (hammaning og‘riqli nuqtasi bo‘lgan “yozma testlar”da ham)


Kuzda o‘zingizga natija kerakmi yo “omadli 10 %” (“1000 da 100”) ichida bo‘laman deb o‘ylayapsizmi?

Tizimlilik haqida gapirish boshqa, tizimli kurs ishlab chiqish boshqa. Oldin aytganimdek, ba’zida shunchaki uxlamaslik kerak.

Qabul: @JalolBOLTAYEV
Do‘stlar, hali juda-juda ko‘p A+, A, B+ natijalar joylanmagan

Umuman olganda, yetarlicha natija joyladim, shundog‘am ko‘pchilikning o‘zi anglab turibdi, qayerda tizimli ta’lim, qayerda ... .

Lekin shu qolib ketganlar orasidan mana bu natijani ham joylashni lozim topdim. Nimaga?

Bu ustoz haqiqatan mehnatkash va bilimli ayol. O‘qituvchilar, ayniqsa, ayol o‘qituvchilarga uy-ro‘zg‘or, maktab, o‘quvchilar tashvishlaridan ortib “imtihonga tayyorlanish” oson ish emas... Lekin bu ustozimiz shunga qaramasdan imkon qadar haqiqatan mehnat qildilar.

Lekin bir narsani 100 % ayta olamanki, tom ma’nodagi ilm nuqtayi nazaridan bu ustoz juda-juda bilimli. Yoshlari katta ustoz. To‘g‘ri, imtihonda hayajonlanar, boshqadir... Lekin tom ma’nodagi tarixchilik nuqtayi nazaridan juda mushohadali, ilmli ayollar. Muqaddas ustoz faoliyat yuritadigan maktab ularda shunday o‘qituvchi ishlayotganidan faxrlanishi kerak. Gapimga javob: tarix fanini Muqaddas ustozdan o‘rgangan bolalar ma’lumotlarni quruq yodlamay, hayotda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ham egallashadi.

Keyin 1 ta savolni kimdandir ko‘proq topib qo‘ysam, “darajam undan yuqori” deb o‘ylaydigan “kushli abituriyent”lar uchun – 90 ballik (biri maktab o‘quvchisi, biri repetitor bo‘lmagan o‘qituvchi), bir qancha 10, 11-sinf o‘quvchilarining 80+ ballik natijalari turibdi.

Tabriklayman sizni, Muqaddas Ustoz, faqat 50 % lik ustama bilan.
🔔🔔🔔⚠️

“Dars jadvali” chiqqach “Ishonch chegirmasi”dan foydalana OLMAYSIZ!

“Noldan” boshlanadigan “Kuzgi 2-guruh” uchun dars jadvali tuzib boshladim.

Bugun-indin tayyor bo‘ladi. Dars jadvali chiqqunga qadar “2-guruh”ga 500 ming so‘m evaziga qo‘shilib, imtihongacha boshqa to‘lov qilmaslik imkoniga ega bo‘lasiz.

Chegirma-pegirma kerakmaydi, oylik to‘layman, desangiz, 150 ming.

Bu 400 mingcha chegirma degani. Umuman olganda, Jalol BOLTAYEV kursi va materiallari uchun bu narx – juda-juda kichik summa.

Guruhga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn kursimga “faqat material”lar uchun repetitorlar ham kirishi mumkin, bunda “savol-javob”da qatnashmaydi.

Asosiy 3 ta shart bor:

1. Mualliflik huquqiga qat’iy rioya qilish;

2. Kursga to‘lov qilgan paytidagina YOPIQ GURUHim a’zolari uchun beriladigan materiallar – “Kundalik-optimal”, “Histomap”, “Forms”, “TMS” kabi materiallardan o‘zi va o‘quvchilari foydalanishi mumkin (o‘quvchilariga printerdan chiqarib beradi). Masalan, kurs tugasa, yana qayta to‘lov qilishi lozim. Shunda rozi bo‘laman.

3. Kimdir meni e’tirof etsa, SHAYTONLAB qolmaslik. Chunki bu ikkiyuzlamachilik bo‘lib qoladi. Maqtashingiz shartmas, shaytonlab qolmasangiz bo‘ldi. Har 2000-testni tuzganda nimadirni yo‘qotaman, masalan, ko‘z nurini, shularning haqqi o‘laroq so‘rayapman. O‘zingizam yaxshi bilasiz, 150 yoki 500 ming so‘m, bu materiallar uchun hech narsa emas.
Yuqoridagi bo‘yicha
BUGUN “Kuzgi 1-guruh”da 7-sinf “Jahon tarixi” (2017) boshlanadi. BIRINCHI DARS!

Muhim eslatmalar guruhda:
• Guruhda attestatsiya va “MS” uchun tayyorgarlik ko‘riladi.
Yangi 8, 9-sinflar darsliklaridan QO‘LLANMA ham o‘qiladi.
• “Lafasov”dan QO‘LLANMA o‘qiladi (darslikning o‘zi emas).

***

“Kuzgi 2-guruh”da esa darslar 6-sinf darsligidan boshlanadi. Tez orada.

***

Guruhga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.
Yuqoridagi bo‘yicha
Men 11-sinflarni ham “ustuvor darsliklar” qatoriga kiritganman, ularni o‘qimaslik yoki o‘qittirmaslik tarafdori emasman. Lekin ko‘rib turganingizdek, Xasanbek 11-sinflarni o‘qimagan, ammo qolgan darsliklarni, asosiy qo‘llanmalarni va test ishlash texnikasini yaxshi o‘zlashtirgan.

Bu degani 11 larni o‘qimanglar deganimas lekin hey, rekord o‘rnataman desangiz, nimani aytsam, shuni qiling.

Va yana bir narsa: ayni davrga kelib 11-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligidagi 60 % ma’lumot test nuqtayi nazaridan “shunchaki keraksiz” (eskirib ketgan qonunlar, avtomobil yillari va hokozo).
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Abdullaxon II — Shayboniylar saltanatining eng yirik arbobi “Qurultoy” podkastiga uzoq kutilgan mehmon – fan doktori, professor Akbar Zamonov tashrif buyurdi. Ushbu inson Abdullaxon II davrini dissertatsion darajasida o‘rganib chiqqan. Shayboniyxon va Bobur…
Onlayn darslardan birida “Balx shayboniylar va ashtarxoniylar davrida valiahdlar boshqaradigan hudud bo‘lgan” deb bir aytib qo‘ygandim-da. Keyin qaysidir bir o‘quvchi (aniq eslolmayapman, Sultanbekmidi, Shahzodbekmidi...) manba so‘rayvergandi bir necha marta. Xo‘p, topib tashlab qo‘yaman, deb menam uxlatvorgandim ))

Ustoz mana bu potkastda aytib o‘tibdi, manbaga o‘tadi buyam )

1:23:25
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga sudga berishdan oldin murosa qilib olish uchun so‘nggi murojaat

Attestatsiya imtihonida “Yustinian I vafotidan so‘ng kimlar Ispaniyani bosib olgan?” degan savolda markaz tomonidan “Langobardlar” to‘g‘ri javob sifatida olinganligi va shu tufayli ancha o‘qituvchi “70 % lik” ustamadan quruq qolganligi o‘zlaringizga ham ma’lum (hattoki aniqroq sonlar sizlarda bor).

Biz ushbu savolning to‘g‘ri javobini “Vestgotlar” deb hisoblaymiz. Bunga yetarlicha manbalar va dalillar mavjud.

Ushbu savol bo‘yicha sudga berishdan oldin markazga quyidagi taklifni beramiz:
• Yopiq (xohlasangiz, ochiq) Telegram guruhda ushbu savolni muhokama qilamiz.
• Biz tomonimizdan 7 nafar odam kiradi. Siz tomoningizdan ham shuncha odam kirsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biz turli viloyatlardanmiz, shuning uchun bizga Telegram qulay.
• Siz tomoningizdan Sardor Rajabov ham kirishi kerak. Chunki Sardor Rajabovni mulohazali inson deb o‘ylaymiz. Qolganlar esa bir necha marotaba asossiz vajlar bilan rad etishdi.
• Agar sizlar Ispaniyani Yustiniandan so‘ng langobardlar bosib olganligini ilmiy manbalar va argumentlar orqali isbotlay olmasangiz, eng kamida vestgotlar javobini belgilaganlarga ball berilishini so‘raymiz.

***
Aslida bu masalada Sardor Rahimboyevning Telegram botiga ham xabar yuborilgan edi, bir necha kun kutdik, javob kelmadi. Apellyatsiyalar esa barchaga ma’lum: rad etildi. Barchasini ilova qilgan holda hujjatlarni tayyorlab qo‘yibmiz. Bu savol bo‘yicha Oliy sudgacha borishga tayyormiz.

Ushbu murojaat “70 % lik ustama”dan shu savol tufayli mosuvo bo‘lgan yoki toifasini tiklay olmay qolgan va shu vajdan sudga berayotgan o‘qituvchilar nomidan yozildi.
2025/07/07 09:10:35
Back to Top
HTML Embed Code: