Telegram Web Link
Onlayn kursimga “faqat material”lar uchun repetitorlar ham kirishi mumkin, bunda “savol-javob”da qatnashmaydi.

Asosiy 3 ta shart bor:

1. Mualliflik huquqiga qat’iy rioya qilish;

2. Kursga to‘lov qilgan paytidagina YOPIQ GURUHim a’zolari uchun beriladigan materiallar – “Kundalik-optimal”, “Histomap”, “Forms”, “TMS” kabi materiallardan o‘zi va o‘quvchilari foydalanishi mumkin (o‘quvchilariga printerdan chiqarib beradi). Masalan, kurs tugasa, yana qayta to‘lov qilishi lozim. Shunda rozi bo‘laman.

3. Kimdir meni e’tirof etsa, SHAYTONLAB qolmaslik. Chunki bu ikkiyuzlamachilik bo‘lib qoladi. Maqtashingiz shartmas, shaytonlab qolmasangiz bo‘ldi. Har 2000-testni tuzganda nimadirni yo‘qotaman, masalan, ko‘z nurini, shularning haqqi o‘laroq so‘rayapman. O‘zingizam yaxshi bilasiz, 150 yoki 500 ming so‘m, bu materiallar uchun hech narsa emas.
Yuqoridagi bo‘yicha
BUGUN “Kuzgi 1-guruh”da 7-sinf “Jahon tarixi” (2017) boshlanadi. BIRINCHI DARS!

Muhim eslatmalar guruhda:
• Guruhda attestatsiya va “MS” uchun tayyorgarlik ko‘riladi.
Yangi 8, 9-sinflar darsliklaridan QO‘LLANMA ham o‘qiladi.
• “Lafasov”dan QO‘LLANMA o‘qiladi (darslikning o‘zi emas).

***

“Kuzgi 2-guruh”da esa darslar 6-sinf darsligidan boshlanadi. Tez orada.

***

Guruhga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.
Yuqoridagi bo‘yicha
Men 11-sinflarni ham “ustuvor darsliklar” qatoriga kiritganman, ularni o‘qimaslik yoki o‘qittirmaslik tarafdori emasman. Lekin ko‘rib turganingizdek, Xasanbek 11-sinflarni o‘qimagan, ammo qolgan darsliklarni, asosiy qo‘llanmalarni va test ishlash texnikasini yaxshi o‘zlashtirgan.

Bu degani 11 larni o‘qimanglar deganimas lekin hey, rekord o‘rnataman desangiz, nimani aytsam, shuni qiling.

Va yana bir narsa: ayni davrga kelib 11-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligidagi 60 % ma’lumot test nuqtayi nazaridan “shunchaki keraksiz” (eskirib ketgan qonunlar, avtomobil yillari va hokozo).
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Abdullaxon II — Shayboniylar saltanatining eng yirik arbobi “Qurultoy” podkastiga uzoq kutilgan mehmon – fan doktori, professor Akbar Zamonov tashrif buyurdi. Ushbu inson Abdullaxon II davrini dissertatsion darajasida o‘rganib chiqqan. Shayboniyxon va Bobur…
Onlayn darslardan birida “Balx shayboniylar va ashtarxoniylar davrida valiahdlar boshqaradigan hudud bo‘lgan” deb bir aytib qo‘ygandim-da. Keyin qaysidir bir o‘quvchi (aniq eslolmayapman, Sultanbekmidi, Shahzodbekmidi...) manba so‘rayvergandi bir necha marta. Xo‘p, topib tashlab qo‘yaman, deb menam uxlatvorgandim ))

Ustoz mana bu potkastda aytib o‘tibdi, manbaga o‘tadi buyam )

1:23:25
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga sudga berishdan oldin murosa qilib olish uchun so‘nggi murojaat

Attestatsiya imtihonida “Yustinian I vafotidan so‘ng kimlar Ispaniyani bosib olgan?” degan savolda markaz tomonidan “Langobardlar” to‘g‘ri javob sifatida olinganligi va shu tufayli ancha o‘qituvchi “70 % lik” ustamadan quruq qolganligi o‘zlaringizga ham ma’lum (hattoki aniqroq sonlar sizlarda bor).

Biz ushbu savolning to‘g‘ri javobini “Vestgotlar” deb hisoblaymiz. Bunga yetarlicha manbalar va dalillar mavjud.

Ushbu savol bo‘yicha sudga berishdan oldin markazga quyidagi taklifni beramiz:
• Yopiq (xohlasangiz, ochiq) Telegram guruhda ushbu savolni muhokama qilamiz.
• Biz tomonimizdan 7 nafar odam kiradi. Siz tomoningizdan ham shuncha odam kirsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biz turli viloyatlardanmiz, shuning uchun bizga Telegram qulay.
• Siz tomoningizdan Sardor Rajabov ham kirishi kerak. Chunki Sardor Rajabovni mulohazali inson deb o‘ylaymiz. Qolganlar esa bir necha marotaba asossiz vajlar bilan rad etishdi.
• Agar sizlar Ispaniyani Yustiniandan so‘ng langobardlar bosib olganligini ilmiy manbalar va argumentlar orqali isbotlay olmasangiz, eng kamida vestgotlar javobini belgilaganlarga ball berilishini so‘raymiz.

***
Aslida bu masalada Sardor Rahimboyevning Telegram botiga ham xabar yuborilgan edi, bir necha kun kutdik, javob kelmadi. Apellyatsiyalar esa barchaga ma’lum: rad etildi. Barchasini ilova qilgan holda hujjatlarni tayyorlab qo‘yibmiz. Bu savol bo‘yicha Oliy sudgacha borishga tayyormiz.

Ushbu murojaat “70 % lik ustama”dan shu savol tufayli mosuvo bo‘lgan yoki toifasini tiklay olmay qolgan va shu vajdan sudga berayotgan o‘qituvchilar nomidan yozildi.
Yuqoridagi bo‘yicha
Apellyatsiya bo‘yicha
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
Ziyrab qaysi arab xalifasi saroyida musiqachi bo‘lib xizmat qilgan?

(c) @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
23%
A) Ma’mun
59%
B) Horun ar-Rashid
11%
C) Mansur
8%
D) Abul Abbos Saffoh
“Shaxsiy manfaat borligi uchun bu masalani ko‘tardinglar”.

Xo‘p, rahmat, endi masalaga oydinlik kiritamiz:

1. Men attestatsiya imtihoni topshirmaganman. Shuning uchun sudda menga hatto gapirish huquqi berilmaydi. Chunki “manfaatdor shaxs” hisoblanmayman. Kirib o‘tirishim mumkin, sud kuni boraman, nasib. Bu sudda yutsak ham mening oyligim oshib qolmaydi.

2. Shu masala yuzasidan o‘zim biladigan, taniydigan insonlar bilan qarama-qarshi bo‘lib qolyapman. Lekin, oldin aytganimdek, hech kimga shaxsiy xusumatim yo‘q. Bularni hammasini ilm va adolat yo‘lidagi munozara deb qabul qilishlarini so‘rayman ulardan.

3. Shu masala yuzasidan keyinchalik “bosimlar” va faoliyatimga daxl bo‘lmasligini hech kim kafolatlab bera olmaydi. Chunki hamma ham vazirlikni sudga beravermaydi (lekin men adolat yo‘lida qo‘rqmayman, agar shunaqa bo‘lgan taqdirda ham bir kunimni ko‘raman baribir).

4. Ilmiy asoslanmagan, bema’ni yoki shunchaki hissiyotlar ila yo‘g‘rilgan gaplarni aytish qaytangga juda oson. Odatda bizda bunday vaziyatlarda darrov izoh beriladi yoki shunchaki e’tibor berilmaydi (ya’ni e’tibor qaratishga ham arzimaydigan gaplar bo‘ladi ular).

O‘zingizdan misol: kimdir sizda yo‘q aybni aytsa, u odamga izoh berasiz, javob berishingiz juda oson bo‘ladi. Lekin kimdir konkret xatoyingizni topib, o‘sha joydan tutsa, uni yomon ko‘rib qolishingiz ham mumkin (menga o‘xshaganlar o‘sha xatoni to‘g‘rilashga harakat qiladi).

Bizniki esa jiddiy masala.


5. Shu savol tufayli “70 % lik ustama”dan mosuvo qolgan kamida 5 odamni bilaman. Biri bilan suhbatlashganimda juda achindim. Ko‘p umidlarini shunga bog‘lagan va tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Vestgotlarni ongli ravishda belgilagan.
🔥 “KUZGI 2-GURUH”DA DARSLAR BOSHLANISH ARAFASIDA
Oxirgi imkoniyat – narxlar bugun kechqurun oshadi!

❗️Bugun kechqurun dars jadvali e’lon qilinadi. Shundan so‘ng narxlar quyidagicha o‘zgaradi:
Oylik to‘lov: 150 ming 180 ming so‘m
To‘liq to‘lov: 500 ming650 ming so‘m

❗️Bugun ro‘yxatdan o‘tganlar (“Dars jadvali” e’lon qilinishidan oldin):
Oylik to‘lovni kurs yakunigacha 150 ming so‘mdan to‘lashadi.
Bugun to‘liq to‘lov narxi 500 ming so‘m (“Ishonch chegirmasi” asosida).

❗️Eski narxda qatnashish huquqini saqlab qolish uchun BUGUN to‘lov qilishingiz kerak.

Karta: 9860010133910371
Chekni
@JalolBOLTAYEV'ga yuboring. Shundan so‘ng sizni yopiq guruhga qo‘shaman.

👉 @TESTLIDER
90 ball bilan A+ olishning “siri” topildi )
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov – kelajak va natija uchun muhim

“Data” xalqaro maktabida yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi.
@Data_maktab
🔥 «Milliy sertifikat» imtihonining eng “qiyin” qismi qaysi?
Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, albatta, yozma testlar!

😕 Aksariyat aynan yozma testlarda qiynalib qoladi va asosiy ballarini yo‘qotib qo‘yadi.

Lekin xavotir olmang!
Bizda yechim bor!
💯

“Milliy sertifikat” imtihonida tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan yozma savollar asosida maxsus “Forms test”larni tayyorlaganman.

“Forms test”lar sizga nima beradi?
– Yozma savollarga to‘g‘ri va to‘liq javob yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz;
– Aynan shunday yoki shunga o‘xshash savollar imtihonda ham tushadi.

Rasmda namuna keltirdim – imkoniyatlarini o‘zingiz baholang!

🔥 “Milliy sertifikat” imtihoniga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish uchun Jalol BOLTAYEV kurslari – to‘g‘ri tanlov!

Kuzgi 2-guruhga qabul davom etmoqda:
@JalolBOLTAYEV'ga yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
Polsha knyazi Boleslav qo‘shinlari mamlakat mustaqilligini saqlab qolish uchun quyidagi qaysi sulolaga qarshi kurash olib borgan?

(c) @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
40%
A) saksoniyaliklar
29%
B) gabsburglar
19%
C) gogensollernlar
13%
D) shtaufenlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 17:06:06
Back to Top
HTML Embed Code: