Telegram Web Link
Forwarded from Shahlo Husenova
Assalomu alaykum ustoz yaxshimisiz?Sizga juda katta minnatdorchilik bildirmoqchiman.Bugun atestatsiyadan 70%ni oldim.Savol-javob darslaringizda muntazam qatnasha olmaganman,lekin muallifligingizdagi testlar shunchaki super,uni ortida katta mehnat,salohiyat yotgani bilinib turibdi.Shu testlar yutug'imga sababch bo'ldi deb o'yliyman.Pedagogik faoliyatingizga zafarlar tiliyman,yana bir bor rahmat
🔥21
Forwarded from Shahlo Husenova
🔥102🏆1
“HAQ OLINUR, BERILMAS”

Xullas, bugun kursimda imtihon topshirganlarning katta ko‘pchiligi xursand: ko‘pchilik 70 foizlik ustama oldi, katta ko‘pchilik toifaga o‘tdi.

O‘tgan attestatsiya imtihonida tarixchilarning o‘z haq-huquqini talab qilishi, Baholash markazining xatosini (xatolarini) ochiq-oydin ko‘rsatib, isbotlab berishi o‘z ta’sirini kuchli tarzda o‘tkazdi.

Menga “kimdir” “o‘qituvchilarimiz asli xalqaro testologiyaga tayyormas, shoshqaloq” degandi (garchand “xalqaro testologiya” aslida boshqacha bo‘lsa-da)...

P. S. Lekin bu yechimmi? Yo‘q, hali bu ham yechim emas. “Oson” degani valid (yaroqli, sifatli) degani emas, bu boradagi batafsil fikrlarimni noyabr oyida bo‘ladigan podkastda eshitasiz.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29🔥11👏1
Xato qilmasanglar bo‘lmaydi-da sizlarni-a, ko‘ngillaring joyingga tushmaydi...

Ko‘rgan savollarim ichida muammoli savollar bor. Lekin bittasi rad etib bo‘lmas darajada xato tuzilgan ekan.
Mayli, keyinroq aytaman, 29-oktyabrdan keyin.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁17👀132🔥2🤝1
Baholash markazining yana bir yondashuvdagi xatosi

O‘qituvchilarning aytishicha, “Janubi-g‘arbiy harbiy okrugga kiruvchi hududlarni aniqlang”, degan mazmundagi savol tushibdi. Variantlar quyidagicha: 1) Farg‘ona, Andijon; 2) Surxondaryo, Navoiy; 3) Buxoro, Qashqadaryo; 4) Jizzax, Samarqand.

To‘g‘ri javob sifatida noilojlikdan aksariyat o‘qituvchilar “2, 3” ko‘rsatilgan variantni belgilashgan.
Ammo bu yerda muhim jihat bor: Navoiy viloyati bugungi kunda Janubi-g‘arbiy okrug tarkibiga kirmaydi, u Markaziy harbiy okrugga kiradi. Manba: https://lex.uz/mact/-4763701

Ha, kitobda boshqacha yozilgan. Savolda “2018-yil holatiga ko‘ra” degan joyi ham yo‘q, aytaylik. Agar shunday deb yozilgan taqdirda ham baribir testologiya qoidalariga zid bo‘lardi. Chunki xalqaro testologiya me’yorlariga ko‘ra, eskirgan ma’lumotlar test mazmuniga kiritilmasligi kerak (bu mening shaxsiy fikrim emas, bu testologiyadagi mezon). Lekin hech bo‘lmasa (o‘zini oqlashlari uchun), shunday joyi ham yo‘q.

Xuddi shunday mazmundagi savollar “Milliy sertifikat” imtihonlarida ham qo‘llangan. Ammo u yerda kitobdagi eskirgan ma’lumot emas, amaldagi holat to‘g‘ri javob sifatida qabul qilingan. Bu BMBAning shaxsiy tashabbusi emas, balki testologiyaning tamoyiliga mos yondashuv hisoblanadi.

Nimayam derdik...
Test topshiruvchilarning katta qismi Baholash markazi belgilagan “to‘g‘ri javob”ni “topishgan”. Ya’ni noilojlikdan yaqin javobni olishgan. Qisqasi, 99 % “topgan”, lekin Baholash markazi yondashuvda yana xato qilgan.

Testologiya va mantiq qoidalariga rioya qilishmoqchi bo‘lishsa, mana shu savol bo‘yicha apellyatsiya berganlarga istisnosiz ball berilishi kerak, deb o‘ylayman (garchi 1 ta odam bo‘lsa ham, yuqorida aytganimdek, bu savolni ko‘pchilik noilojlikdan “topishgan”. Lekin noto‘g‘ri savolning to‘g‘ri javobi bo‘lmaydi aslida).

Assalomu alaykum!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2110🏆2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Baholash markazining yana bir yondashuvdagi xatosi O‘qituvchilarning aytishicha, “Janubi-g‘arbiy harbiy okrugga kiruvchi hududlarni aniqlang”, degan mazmundagi savol tushibdi. Variantlar quyidagicha: 1) Farg‘ona, Andijon; 2) Surxondaryo, Navoiy; 3) Buxoro…
Bir guruhda ustozlardan biri “A) Buxoro, Qashqadaryo“ va “B) Surxondaryo, Navoiy” javoblari bor edi, debdi. Agar shunday bo‘lsa, A javobi to‘g‘ri hisoblanadi. Lekin A javobi “to‘g‘ri javob” sifatida olinmagan, deyishyapti.

Lekin viloyatlar raqamlar bilan berilgan bo‘lishi kerak, biroq buyam baribir xato. Navoiy baribir kirmaydi. Shunday ekan, testda to‘g‘ri javob yo‘q aslida.
🔥52
O‘tgan gal “vestgot-langobard”lar bilan bog‘liq “xato savol” tushib, 84 ball bo‘lib qolgan bitta ustozni bilaman. Bu galam “okrug” bo‘yicha “xato savol” tushib, yana 84 ball bo‘lib qolibdi. Omadni qarang!

P. S. Agar ustozlar aytgandek tushgan bo‘lsa, savol haqiqatan xato.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁9🔥43
Forwarded from Sardorbek Usmonov
Assalomu alaykum Jalolbek. Yaxshimisiz raxmat bugun 88 ball oldim. Siz bilan rejim qilib yangi darsliklarni ko'rib oldim. 8,9 yangi darslikka hech vaqt ajrta olmayotgan edim. Katta raxmat. Savollarga kelsak bu safar( 12:30 da Andijonda kirdim ) xatolik ko'rmadim. Aniqlikka e'tibor ko'proq
🔥42
Forwarded from Sardorbek Usmonov
👍42🔥1
@TESTLIDER kanalida bugungi attestatsiya munosabati yuzasidan 19:00 da chat ochiladi. Hamma qatnashishi, o‘z fikrlarini erkin bayon qilishi mumkin. Shuningdek, YANGI GURUH bo‘yicha ham gapiramiz.
🔥92👏1
Live stream scheduled for
Karta: 9860010133910371
Shaxsiy: @JalolBOLTAYEV
🔥94👍1🏆1
Biz kechagidan ham aqlliroq, kechagidan samaraliroqmiz ishlaymiz!

Har bir ishni oldingidan yaxshiroq qilishga harakat qilaman. Shu munosabat bilan 6-noyabrdan boshlanadigan YANGI “Attestatsiya”, “Sertifikat” guruhlarimda quyidagi yangiliklarni e’lon qilaman:

1. Pedagogika bo‘yicha Guli Eshnazarova bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Endi u inson bilan bir jamoamiz. @pedmahoratguli kanali orqali ko‘pchilikka tanilib ulgurgan allaqachon. O‘z ishining ustalaridan! Shuningdek, o‘tgan galgidek, yurtimizdagi pedagogika bo‘yicha taniqli olimlarning maxsus darslari ham ko‘paytiriladi.

2. Yangi guruhda BARCHA darsliklarning shaxsan muallifligimdagi “Kundalik-optimal”larini ishlash imkoniga ega bo‘lasiz!

3. Kursim ishtirokchilariga yangi darsliklar bo‘yicha o‘z muallifligimdagi “SAYLANMA” test to‘plamlari PDF holatda beriladi! (bosqichma-bosqich). “Saylanma”da har bir darslik bo‘yicha 500 ta kitobning “eng mazali” joylaridan tuzilgan sifatli testlar bor.

Bu hali uchtasi! Bundanam ko‘proq yangiliklar kutib turibdi.

Guruhga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga kursning 1-oyi uchun 150 ming so‘m to‘lovni o‘tkazib, chekni @JalolBOLTAYEV'ga yuboring.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥11👍1
Soxta chek: firibgarlikning “takomillashgan” turi

Bugun firibgarlar yangi usulga o‘tishgan. Endi ular nafaqat soxta chek, balki ekran yozuvi (video) orqali ham to‘lovni “isbotlashga” urinadi. Telefonidan “Click” ilovasiga kirib, hammasini rostdek ko‘rsatib, videoni yuboradi. Lekin bu videolar yo montaj qilingan, yo soxta “Click” ilovasi orqali amalga oshirilgan bo‘ladi.

To‘lov haqiqatan amalga oshganini bilishning esa ikki yo‘li bor:

1️⃣ O‘z telefoningizdagi to‘lovlar tarixini tekshiring!
Agar u yuborgan chekdagi vaqtda sizning hisobingizga pul tushmagan bo‘lsa, demak, u soxta.
Biroq bu yerda bitta nozik jihat bor: firibgar vaqtni aynan haqiqiy to‘lov vaqti bilan bir xil qo‘yib qo‘yishi mumkin (tasodifan yoki qandaydir yo‘llar bilan). Masalan, 22:04 da “A” ismli o‘quvchi haqiqatan to‘lov qilgan, “F” esa soxta chekda aynan shu vaqtni ko‘rsatdi. Shuning uchun bu usulda kamchilik bor.

2️⃣ Bank bilan bog‘laning!
Eng ishonchli yo‘l – bank orqali tekshirish. O‘sha kartadan, o‘sha vaqtda haqiqatan to‘lov o‘tganmi, aniq so‘rab olasiz. Bank xodimlari bu ma’lumotni rasmiy tarzda tasdiqlab bera oladi.

Chekning soxtaligi, bank xodimi ham buni tasdiqlaganini aytsangiz, “vijdon”, “iymon” haqida gapirayotgan odam birdan juftakni rostlab qoladi. Menda bugun shunday tajriba o‘tdi, vaqtim bekor ketdi, afsus!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14💯2🔥1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Baholash markazining yana bir yondashuvdagi xatosi O‘qituvchilarning aytishicha, “Janubi-g‘arbiy harbiy okrugga kiruvchi hududlarni aniqlang”, degan mazmundagi savol tushibdi. Variantlar quyidagicha: 1) Farg‘ona, Andijon; 2) Surxondaryo, Navoiy; 3) Buxoro…
Yolgʻonchi yorim mani

Okruglar bo‘yicha bunday mazmundagi savolni BMBA ham tuzgan.

BMBA ham, Baholash markazi ham testologiya qoidalariga amal qilishini aytadi.

Shunda qaysi biri bizni aldayapti?

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6🔥21
2025/10/28 05:02:10
Back to Top
HTML Embed Code: