Telegram Web Link
🎲10-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2022). 25–28-mavzular
@TESTLIDER kanali asoschisi, testolog Jalol Boltayev testi
🖊 100 ta savol · 30 soniya
🎲10-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2022). 29–32-mavzular
@TESTLIDER kanali asoschisi, testolog Jalol Boltayev testi
🖊 60 ta savol · 30 soniya
1
10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) QUIZ testlar mundarijasi
✅️ Jalol Boltayev
👉 10 o‘zbek (2022). 1–3-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 4–9-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 10–13-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 14–17-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 18–20-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 21–24-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 25–28-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 29–32-mavzular

10-sinf «O‘zbekiston tarixi» (2022) darsligi boʻyicha «savol-javob»lar
✅️ “Savol-javob”lar Jalol Boltayev tomonidan olib borilgan!
Oldingi «Savol-javob darslari»mizda yozib olingan audiofayllar. 1,2x yoki 1,5x tezlikda eshitishib, darsga tayyorgarlik koʻrishingizni tavsiya etaman!
👉 10 o‘zbek (2022), 1–6-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 7–13-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 14–17-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 18–20-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 21–24-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 25–28-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 29–32-mavzular

10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) darsligini o‘rganishning eng maqbul yo‘li (bitta dars misolida):

I. ASOSIY O‘RGANISH JARAYONI:
1-qadam: darslikni bir marta o‘qing, bunda faktlarni eslab qolishga emas, mavzuning umumiy mohiyatini anglab olish, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tushuncha hosil qilish maqsadida o‘qing.
2-qadam: endi 2 marta mavzuni yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida o‘qing. Sekinroq o‘qisangiz ham bo‘ladi.
3-qadam: “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamidagi o‘rganilayotgan mavzularning testlarini kitobchaning o‘ziga ishlab chiqing. Bunda ikkilangan, bilmagan savollaringizni darslikdan qarang. Bu qaytangga yaxshi.
4-qadam: darslikni yana bir marta o‘qing.

II. QO‘SHIMCHA MUSTAHKAMLASH JARAYONI:
5-qadam: Oldingi darslarimizda yozib olingan “savol-javob”ni eshiting (tegishli mavzular bo‘yicha).
6-qadam: “Quiz test”ni ishlang. Xatolaringizni tahlil qiling. To 2–3 xato yo xatosiz chiqqunga qadar ishlang.
7-qadam: “FORMS TEST”ni ishlang. 4 variantli testlardan tashqari yozma savollarga ham alohida e’tibor bering. Ishlab bo‘lgach, xatolarni birma-bir tahlil qiling.

III. SINOV JARAYONI
Yana bir marta o‘qib olib, yopiq guruhda kechqurun bo‘ladigan “savol-javob”da qatnashing.


(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2011🏆1
Ular kimnidir yolg‘on va absurd gaplar bilan obro‘sizlantirish evaziga non topishni kasb qilishgan

Men odatda ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirmayman. Faqat juda kam hollarda. Odatda Komil Jalilov kabi taraqqiyparvar (jadid) insonlarning postlari ostida trollar paydo bo‘lgan paytda yozaman. Jarayon odatda shunday kechadi: atayin obro‘sizlantiruvchi izohlar yoziladi, maqsad esa – “yangi o‘quvchi”larning ko‘zida haqiqatni aytayotgan insonni yomonotliq qilish. Bu odamlar uchun yolg‘on gapirish hech narsani anglatmaydi, ularning vijdoni qiynalmaydi ham. Ular kimnidir yolg‘onlar bilan obro‘sizlantirish evaziga non topishni kasb qilishgan.

Komil Jalilov va unga o‘xshagan ziyoli insonlar bunday gaplarga ko‘pincha e’tibor bermaydi. Aslida ularning “himoyaga muhtojligi” yo‘q. Men ham aslida muallifni emas, haqiqatni himoya qilaman. Chunki mantiqsiz da’volarga, atayin obro‘sizlantirish maqsadida yozilgan gaplarga ishonish jamiyatning o‘ziga zarar keltiradi.

Bir narsani tan olishim kerak: 2016-yilda Komil Jalilovning tanqidiy maqolasiga “qarshi yozilgan” “bir maqolacha”ga men ham ishonganman, o‘sha paytda ustozni qarashlari, yondashuvi haqida xabardor bo‘lmaganim uchun noto‘g‘ri fikrga borganman. Go‘yo mening nazdimda “noilmiy shaxs” sifatida gavdalangan edi. O‘sha payti yosh edim, xato o‘ylaganimni keyinroq tushunib yetganman.

Ziyoli insonlarimiz esa ko‘p narsani tushunadi, kim kimligini yaxshi bilishadi. Lekin ko‘pincha “kim kimligini hamma biladi-ku” deb o‘ylashadi. Afsuski, so‘nggi kuzatuvlarimga ko‘ra, bu noto‘g‘ri qarash bo‘lib chiqyapti (o‘zim ham shunday o‘ylardim). Chunki bugungi kunda trollar va trolsifat xarakterli odamlarning “texnikalari” va “metodlari” kuchayib ketgan. Ularning absurd va yolg‘on gaplari ortidan minglab odamlar ergashadi. Natijada eng katta zararni, birinchi navbatda, o‘sha minglab insonlarning o‘zi ko‘radi. Uning ortidan esa butun jamiyat.

Ko‘zingizni oching.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27💯16🔥8👏6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥226
Real natija kerak bo‘lsa...

BUGUN “Tezkor attestatsiya” va “Milliy sertifikat” guruhimizda 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligini o‘rganish boshlanadi.

Hali “6 tarix” va “7 o‘zbek” tugallandi, xolos.

Guruhga qo‘shilish narxi ayni paytda bir martalik 250 ming so‘m etib belgilandi.

Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, chekni @JalolBOLTAYEV'ga yuboring. Men sizni yopiq guruhga qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥8💯2
Bugun yopiq guruhda 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) boshlanadi. BIRINCHI DARS, 1–5-mavzular

“Kundalik-optimal”ning 1–5-mavzulari bo‘yicha 519 ta test tuzgan ekanman. Aslida 7-sinflarning “Kundalik-optimal” test to‘plamini 2022-yildayoq tuzgan edim, lekin undan deyarli foydalanmasdik, endi aktuallashdi.

“Sariqqa olib ketgan” joylarim bor. O‘shalarni to‘g‘rilavorsam, nashr qilinadi buyam.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1615🔥2
Hali vaqt bor!

Mana, hozir 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligining “Kundalik-optimal”i asosida tuzilgan quiz testlarimni yopiq guruhda ishlashmoqda! Har birida 30 tadan 100 tagacha test bor. Bugun jami 200 dan ortiq quiz test ishlanadi! Har bir savol sifatli! Quiz testlarni qayta-qayta ishlab, xotiraga zichlanadi. Quiz testlarim qayta ishlashga arziydigan darajada tuzilgan.

Odatda maqtanishni yomon ko‘raman-u, har narsada eng ko‘p sifatga urg‘u beradigan repetitorlardan biri sifatida ayta olaman o‘zimni. Va bu jihat uchun maqtansa ham arziydi :)

👉@TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍24🔥7💯7👏5👎1👌1
Bunday sifatdagi quiz testlar faqat yopiq guruhlarimizdagilar tomonidan ishlanadi!

Sifatli kursgina natijaga eltadi.

15-oktyabrda “0”dan boshlanadigan “bahorgi guruh”da darslar boshlanadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥165😍2
Oflayn kurslar...

Endi mas’ul shaxs (ota yoki ona) ham imzo qo‘yib berishi kerak.

Bu narsa nima uchun kerak?
Topshiriqlarni bajarib yurgan o‘quvchi AGAR natija ko‘rsata olmasa, muammo, ayb menda (metodikamda, materiallarimda) bo‘ladi. Men javobgar bo‘laman.

Agar topshiriqlarni bajarmay yurgan o‘quvchi natija ko‘rsata olmasa, “o‘qituvchim yaxshi emas edi” deya olmaydi, deyman-u...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏249🔥8👀5👌1😍1🏆1
Tasmasi ko‘k muqova yaxshimi, qorasimi?

Hamma kitob shunday dizaynda nashr etiladi, faqatgina yozuvlar va fon rasmi o‘zgaradi. Ya’ni, masalan, “6 tarix”nikida Misr, Kolizey turgan bo‘lsa, boshqa kitoblarda davrga mos qanaqadir elementlar turadi. Umumiy konsepsiya o‘zgarmaydi, ya’ni bitta kitob turkumi ekanligi bilinib turadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍9
Men muqova dizayniga har tomonlama yondashyapman. Har bir element muhim. Men shunday ishlashni yaxshi ko‘raman har narsada. Lekin hozir tasmani ko‘k yoki qora qilish haqida boshim qotyapti.

Agar hozir qorani tanlasam, hamma kitobimning tasmasi qora bo‘ladi, ko‘kni tanlasam, ko‘k. Buni keyin o‘zgartirib bo‘lmaydi.
17😁8
“Kundalik-optimal” test to‘plamlarimning muqovasidagi tasmani qanday rangda qo‘yay. Dastlab ikkita variantni ham ko‘rib, solishtirib ko‘ring. Qay biri yaxshiroq?
Anonymous Poll
28%
Qora yaxshi!
62%
Ko‘k yaxshi!
11%
Natijani ko‘rmoqchiman!
1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Tasmasi ko‘k muqova yaxshimi, qorasimi? Hamma kitob shunday dizaynda nashr etiladi, faqatgina yozuvlar va fon rasmi o‘zgaradi. Ya’ni, masalan, “6 tarix”nikida Misr, Kolizey turgan bo‘lsa, boshqa kitoblarda davrga mos qanaqadir elementlar turadi. Umumiy konsepsiya…
Keyin yana bir e’lon bor!

Kimga muqova dizayni kerak bo‘lsa, ishlab berishim mumkin. Bitta muqova dizayni (orqa-oldi) 200 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha. Yuqoridagi dizayn premium hisoblanadi (ya’ni hech qachon qilinmagan ideya, perfektsionistik yondashuv), ya’ni 500 ming so‘mlik :)

To‘lov qilingandan so‘ng maksimal 10 kun ichida tayyorlayman :)
😁3319
1-oktyabr – fidoyilar bayrami

Ustoz bamisoli shamdir. O‘zidan yonsa-da, atrofni yoritadi. O‘qituvchining umr yo‘li ham shunday – o‘z mehnatini, sabrini, fidoyiligini berib, boshqalarning kelajagiga nur taratadi, ta’sir o‘tkazadi. Shu bois men uchun eng sharafli kasb – o‘qituvchilik. Barchangizni kasb bayramingiz bilan tabriklayman, qadringiz baland bo‘lsin!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
57👍12🔥10💯2
2025/10/21 14:33:01
Back to Top
HTML Embed Code: