Laziz Nasrullayev, Nurhayot Hakimov, Sanjar Kushbekov, Bahodir Mahmudboyev – men sizlarni tarixchi sifatida, bir olim sifatida, ustoz sifatida hurmat qilaman. Sizlar ham ustoz Tursunboy Salimov tirik bo‘lganlarida oqni oq, qorani qora deyishini yaxshi bilasiz. U shunday mard inson edi. Shogirdlari ham shunday deb umid qilaman.
@TESTLIDER
@TESTLIDER
🔥36👍15❤8
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Advokatning aytishicha, sud ishi hozir yakunlanibdi va 22-oktyabrda navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi. “Baholash markazi”ning o‘sha savoliga 1. BMBA tomonidan; 2. Tarix instituti tomonidan; 3. Darslik mualliflari tomonidan ilmiy xulosa bildiriladi ekan.…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18❤5
Agar attestatsiya bo‘yicha “tarixchilar ishi”da tarixchilar YUTIB CHIQSA, faqat da’vogarlarga ball beriladimi yoki hammagami?
Qisqacha javob: HAMMAGA BERILISHI KERAK (ASLIDA)
SABABLAR:
1. Savolga nisbatan ilmiy haqiqat BIR XIL bo‘lishi kerak – kim to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, u, albatta, ball olishi kerak.
2. Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha hukumatning 17.09.2021 yildagi 572-sonli tasdiqlangan nizomida aniq ko‘rsatilishicha, agar apellyatsiya ko‘rib chiqish jarayonida pedagogning bilimlari noto‘g‘ri baholangani yoki test materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, attestatsiya NATIJALARI o‘zgartirilishi lozim.
Diqqat qilinsa, bu yerda “natijalar o‘zgartirilishi lozim” deyilgan – ya’ni savoldagi xato tufayli yuzaga kelgan noto‘g‘ri baholash tuzatilishi shart. Bu me’yor faqat apellyatsiya bergan shaxsga emas, balki testdagi xato ta’sir qilgan natijaning o‘ziga tegishli. Shu bois agar “vestgotlar” haqiqiy to‘g‘ri javob sifatida tan olinsa, bu qaror faqat bir necha da’vogar uchun emas, balki savoldan aziyat chekkan barcha pedagoglarning attestatsiya natijalariga tatbiq etilishi USHBU NIZOM va adolat talablariga muvofiq bo‘ladi.
3. Bir xil savolda bir xil to‘g‘ri javob bergan o‘qituvchilardan faqat sudga murojaat qilganlarning natijasini tuzatib, boshqalarnikini tuzatmaslik – kattaroq adolatsizlikka olib keladi. Bunday yondashuv teng huquqlilik tamoyiliga zid bo‘lib, boshqa pedagoglarning haq-huquqini kamsitgan bo‘lar edi. Axir har ikki o‘qituvchi to‘g‘ri bilimga ega bo‘lib, “vestgotlar” deb javob bergan, ammo faqat biri sudga murojaat qilgani uchungina ball olsa-yu, boshqasi olmasa – bu mantiqan ham to‘g‘ri emas. Huquqiy tenglik nuqtayi nazaridan qaraganda, barchaga teng mezon qo‘llanishi shart.
4. Ushbu bitta savolda ball ololmagani tufayli ko‘plab pedagoglar uchun sezilarli oqibatlar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Masalan, amaldagi tartiblarga ko‘ra attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga bazaviy tarif stavkasining 70% miqdorida ustama haq beriladi. Demak, 84 ball bilan qolib ketgan (atigi 1 ta shu savoldan qo‘shimcha ball ololmagan) o‘qituvchilar ushbu katta miqdordagi ustama maoshdan quruq qolgan bo‘lishadi. Aynan vestgotlar masalasidagi savol hisobiga ayrim ustozlar 86 ball chegarasidan pastda qolgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, attestatsiya natijasi yetarli bo‘lmagani sababli malaka toifasini oshira olmagan, masalan, ikkinchi toifadan birinchi toifaga o‘tolmay qolgan pedagoglar ham bor. Ma’lumki, pedagog kadrlar har 5 yilda bir marta, ayrim hollarda navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tib turishi majburiy; agar ikki marotaba qatnashib muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, hatto lavozimidan ozod qilinishga qadar chora ko‘rilishi mumkin. Shunday ekan, bitta savoldagi noto‘g‘ri baholash sabab ayrim ustozlar ish haqi oshimidan mahrum bo‘lishi, toifa ololmasligi yoki hatto ish joyini yo‘qotishi kabi jiddiy zararlar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Bu zararlarning barchasi ulardan emas, test tuzuvchilarning xatosidan kelib chiqqanini inobatga olsak, albatta, bunday pedagoglarning haq-huquqlari tiklanishi shart.
5. Ta’lim tizimidagi sinovlarga bo‘lgan ishonch, ularning shaffofligi va adolatliligi bilan bog‘liq. Agar vazirlik ushbu xatoni tan olib, buni hamma uchun tuzatmasa, bu hodisa pedagoglar orasida tizimga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi. Aksincha, adolatli yechim sifatida barcha jabrlanganlarga tegishli ballarni qo‘shib berish kelgusida attestatsiya jarayonining halolligi to‘g‘risida ijobiy xulosa beradi. Shuningdek, agar faqat bir necha kishigagina sud qarori bilan tuzatish kiritilib, qolganlarga kiritilmasa, bu ommaviy norozi chiqishlar va yuzlab yangi da’volarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat sud tizimi uchun ortiqcha yuk, balki vazirlik uchun ham obro‘sizlanish va ortiqcha ish deganidir.
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER

👍26❤17🔥3🏆2
“Ba’zi narsalar”da g‘alaba qozonish siz o‘ylagandek oson emas, har bir so‘zni emas, har bir qo‘shimchani o‘ylab gapirish (yozish) kerak.
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯34👍19❤12🔥7👎1😎1
Yuqoridagi kabi rasmlarni 2018-yillarda yasardim. Fotoshoperlik qobiliyatimdan oldinlari ko‘proq foydalanardim.
Kursim ishtirokchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda endi bularni ovozli ko‘rinishda berib boraman )
👉 @TESTLIDER
Kursim ishtirokchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda endi bularni ovozli ko‘rinishda berib boraman )
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯14❤12🔥6
Mana, sizlaram budilnikka qo‘ysangiz bo‘ladi, ertalab telefonni uloqtirib yubormanglar lekin :)
Oxirida Jalol Boltayev kurslariga yoziling, deb qo‘shib qo‘ymoqchi edim 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁60👍11❤10🔥8🤝4🏆2👌1😍1
Hurmatli ishtirokchilar, “Uzoq muddatli kurs” 27-oktyabrdan so‘ng boshlanadi.
Kursdagi yangiliklar:
• Kursdagi ishtirokchilar yangi darsliklar bo‘yicha ham, oldingi darsliklar bo‘yicha ham shaxsan o‘zim tomonimdan tuzilgan “KUNDALIK-OPTIMAL”lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
• Kursdagi ishtirokchilar yangi darsliklar bo‘yicha ham, oldingi darsliklar bo‘yicha ham shaxsan o‘zim tomonimdan tuzilgan HAQIQIY SIFATLI “FORMS” va “QUIZ” testlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
• “FORMS” va “QUIZ” testlarimning, o‘zi umuman, testlarimning sifati bugungi kunda ko‘pchilikka ma’lum. Ular tarmoqdagi testlardan tubdan farq qiladi: sifatli, maqsadli, puxta ishlab chiqilgan.
• “Uzoq muddatli kurs”ga qishda topshiradiganlar ham, bahorda topshiradiganlar ham bemalol qo‘shilishi mumkin. Qishda topshiradiganlar uchun qo‘shimcha darslar qo‘yib beriladi.
• “Uzoq muddatli kurs”da NAZORAT to‘liq tartibga solinadi (nega bunaqa deyotganimni keyinroq aytaman).
• Kimdir guruhdagi materiallar bilan self study (mustaqil) tayyorlanmoqchi bo‘lsa, oldindan ogohlantirib qo‘yishi kerak, shunda bezovta qilinmaydi.
• Kurs oldingilardanam yaxshiroq, puxtaroq bo‘ladi. O‘zi mening prinsipim shunday: oxirgi ishim oldingisidan albatta yaxshi bo‘ladi. Doim rivojlanib borishga harakat qilaman.
• Kurs narxi: 31-oktyabrgacha qo‘shilganlar uchun 1-oyi 150 ming so‘mni tashkil etadi. Keyin qo‘shilganlar uchun 200 ming so‘mni tashkil qiladi.
• Karta: 9860010133910371

❤13🔥10👍6😍2
“Qishki-bahorgi” (“Uzoq muddatli kurs”) bo‘yicha (7)
Karta: 9860010133910371
Shaxsiy: @JalolBOLTAYEV
@TESTLIDER
Karta: 9860010133910371
Shaxsiy: @JalolBOLTAYEV
@TESTLIDER
👍10🔥4🏆3❤2
Forwarded from Maqsudbek Ismoilov
Ustoz qishdagi imtihon degansiz u qishning qaysi oyida bolishi mumkin
agar 27 oktabrdan keyin 29 30 oktabrlarda boshlasak qishdagi imtihongacha ulgura olarmikanmiz ustoz

❤1🔥1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Ustoz qishdagi imtihon degansiz u qishning qaysi oyida bolishi mumkin agar 27 oktabrdan keyin 29 30 oktabrlarda boshlasak qishdagi imtihongacha ulgura olarmikanmiz ustoz
Vaziyatga qaraysiz (qaraymiz), topshiriqlarni bajara olish potensialingiz, o‘zlashtira olish imkoniyatingiz yetsa, qishda topshirasiz. Aks holda bahorda.
“Qishda topshiraman”, deganlar uchun qishgacha chiqib beriladi (alohida qo‘shimcha darslar qo‘yiladi, buning uchun alohida to‘lov ham olinmaydi, oylik to‘layverasiz).
Faqat “bo‘ladigan ish”ni qilish kerak. Ya’ni agar ko‘proq mavzularning topshiriqlarini bajarish og‘irlik qilsa yoxud mavzularni xotiraga zichlashtirish qiyinchilik tug‘dirsa, kamroq mavzudan o‘qib, bahorda topshiraverasiz.
Ammo odatda topshiriqlarimni (“Kundalik-optimal”, “quiz”, “forms” va b.) bajarish qiziqarli va yaxshi zichlab beradi.
👉 @TESTLIDER
“Qishda topshiraman”, deganlar uchun qishgacha chiqib beriladi (alohida qo‘shimcha darslar qo‘yiladi, buning uchun alohida to‘lov ham olinmaydi, oylik to‘layverasiz).
Faqat “bo‘ladigan ish”ni qilish kerak. Ya’ni agar ko‘proq mavzularning topshiriqlarini bajarish og‘irlik qilsa yoxud mavzularni xotiraga zichlashtirish qiyinchilik tug‘dirsa, kamroq mavzudan o‘qib, bahorda topshiraverasiz.
Ammo odatda topshiriqlarimni (“Kundalik-optimal”, “quiz”, “forms” va b.) bajarish qiziqarli va yaxshi zichlab beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎9❤3👍2🔥1😁1
Forwarded from T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog
Xorazm ATT 2025 Avgust Dekabr 27.10.2025 E'lon.pdf
972.8 KB
Xorazm viloyati pedagoglari uchun attestatsiyada ishtirok etish bo‘yicha soatli grafik e’lon qilindi!
📌Malaka (test) sinovlar o‘tkaziladigan joyi - Urganch shahar 17-son maktab (Urganch shahar 4-Yuqori bog' MFY Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy, Mo‘ljal: Omad bowling);
🗓Sana: 27-oktabr 2025-yil.
👨💼 Fan - Tarix, Davlat va huquq asoslari, Tarbiya
✔️ Malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadi - Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda to'ldirilgan SO'ROVNOMA
🏪 Agarda sizning arizangiz qabul qilinganu ishtirokchilar ro'yxatida ismingiz chiqmasa @Nurmetovbot ga o'z savolingizni yo'llashingiz mumkin
😄Bizni kuzatishda davom eting qolgan fanlar ham tez orada e'lon qilib boriladi
😎 @T_Nurmetov
❤13🔥6👍2
E’tibor berilsa, attestatsiya bo‘yicha “tarixchilar ishi”da Bilim va malakalarni baholash agentligi, Fanlar akademiyasi tarix instituti kabi tashkilotlar tarixchilarning advokati tomonidan jalb qilingan. Chunki advokat nomida “bilim”, “tarix”, “fan” so‘zlari qatnashgan bu tashkilotlar nima bo‘lsa ham ilmga xiyonat qilolmaydi, degan fikrda. Ko‘ramiz, hozircha men ham shunday fikrdaman.
Lekin tarix institutida juda ko‘plab tarixchilar bor. Men hammasini ham tanimayman. Advokat muayyan bir olimning nomini tutib gapirmagan, shu menga biroz xavotirlidek ko‘rinyapti, balki adashyotgandirman, balki bu tish-tirnog‘i bilan “vestgotlar emas, langobardlar to‘g‘ri javob” deb turib olgan Baholash markazining xatti-harakatlari tufayli yuzaga kelgandir, balki u yerdagi hech bir olim ilmga xiyonat qilmas.

❤21💯9🔥3👍2