Telegram Web Link
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Jalol BOLTAYEV bilan yo‘lga chiqqanlar to‘xtamaydi – siz ham sinab ko‘ring! “KUZGI 1-GURUH” 🔴8-sinf “Jahon tarixi” (2019) darsligi o‘rganilmoqda. 🔴Oylik to‘lov: 180 ming so‘m 🔴To‘liq to‘lov (imtihongacha): 500 ming so‘m 📌 Quyi sinf darsliklarini chuqur…»
8 jahon (2019), 10–16 (savol-javob)
Jalol BOLTAYEV
Yakshanba – bu alohida kun. Dars jadvalidagi qaysi mavzular bo‘lishidan qat’i nazar yakshanba kungi “savol-javob”imiz “izchillik” asosida emas, “aralash” tarzda tashkil etiladi.

Aynan shu format – ya’ni tegishli mavzular doirasida aralash tartibda savol-javob qilish – avgust oyida boshlanadigan “TEZKOR GURUH” uchun asosiy usul sifatida rejalashtirilgan.

Bugun esa “Kuzgi 1-guruh”da 8-sinf “Jahon tarixi” darsligining 10–16-mavzulari yuzasidan savol-javob qilindi.

🔥 “Tezkor guruh” savol-javoblari shunday tezlikda, shunday chuqurlikda, shunday intellektual bosimda bo‘ladi!

🧠 17:01 da bergan savolimga diqqat qiling – pauzaga qo‘yib, o‘zingiz topishga harakat qilib ko‘ring-chi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7😁2👍1🔥1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Jalol BOLTAYEV – 8 jahon (2019), 10–16 (savol-javob)
Ovoz sifatida, tiniqlikda, chastotalarda ham o‘zgarish bor, sezgan bo‘lsangiz. Xiaomi 12T, Samsung s25 Ultra, maxsus mikrofon... Uchalasini ham sinab ko‘rdim. Samsung s25 ning mikrofoni ham maxsus mikrofonga teng kela olmas ekan lekin.

Telefonga umuman qiziqmayman, noutbuklarga ishqibozman lekin. Ammo Samsungning mikrofonini bir ko‘ray degandim. S25 olgandan ko‘ra maxsus mikrofon olib qo‘yaversa, ancha yaxshi ekan.
😁18💯9👍7👎32🔥1
15-iyul – tarixchilarning imtihoni

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯206🔥3🏆1
Abituriyentlar uchun an’anaviy va “firmenniy” loyiham – “SO‘NGGI DARS”ni o‘tkazamizmi?

Loyiha doirasida imtihondan oldin “30 talik test” va uning tahlili bo‘lib o‘tadi. Bunda test ishlash texnikasining “nozik” jihatlari o‘rgatiladi.

Shuningdek, “Maxsus vebinar”da imtihonoldi maslahatlar beriladi.

Albatta, bu ishlarning tepasida kamina – repetitor va testolog Jalol Boltayev turadi )

Shu paytgacha asqatib kelgan bu :)

Reaksiya bildiring. ❤️
79🔥18👍11🏆6😍2
Firibgarlikning bir turi

Guruhingizga qo‘shilish uchun “chek” yuboradi. Keyin uni qo‘shasiz. Aslida chek soxta bo‘ladi. 3–4 darsdan so‘ng “darsingiz yoqmadi”, “blokim o‘zgardi” kabi bahonalar bilan pulni qaytarib berishingizni so‘raydi.

Bir-ikkitasi soxta chek yuborib, guruhga qo‘shilgan bo‘lsa-da, indamasang, vijdon haqida amri ma’ruf qilishadiyey ))

Hozirgisini ertaroq payqab qoldim. Keyin qarasam, yozishmani o‘chirib tashlagan.

Har sohada, har yerda... Jonga tegdi bu firibgarlar.
👍41💯107🔥5👎3👏1
“Baribir o‘qitish tizimingiz boshqacha ekan”

Fotima
dastlab haqiqatan rosa ikkilangandi. Balki, onlayn kurslar haqidagi umumiy taassurotlar bunga sabab bo‘lgandir...

Lekin hozir eng mas’uliyatli, eng faol o‘quvchilarimdan biri.

Xullas, tizim haqida gapirish boshqa, tizim yaratish boshqa... Tizim yaratish uchun faqat nutqiy yo marketing ko‘nikmalarigina yetmaydi, pedagogik ko‘nikmalar zarur.


Siz ham KURS deganda asli nima tushunilishini xohlasangiz, bugun “Kuzgi 2-guruh”imda 7-sinf “Jahon tarixi” bo‘yicha BIRINCHI DARS (“Kuzgi 2-guruh” “8 jahon”ni o‘qimoqda). Qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥195👍3💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Buniyam o‘sha tashkilot tuzgan... Savolga e’tibor bering. “Jahon tarixida qaysi alloma qomusiy olim sifatida tan olingan?”. Javoblarda Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino turibdi. Axir ularning har biri tan olingan qomusiy olim-ku! E’tibor bering, bu ma’lumot…
BSB va CHSBdagi testlar “qo‘llash”mi yoki “bilish”mi?

Tarix fanidan tuzilayotgan BSB va CHSB testlarida Blum taksonomiyasining “qo‘llash” va “tahlil qilish” (“mulohaza”) darajalari ko‘p tilga olinmoqda. Ammo bu tushunchalarni markaz test tuzuvchilari to‘g‘ri anglamaydigandek ko‘rinadi. Ayniqsa, “qo‘llash” deb ko‘rsatilayotgan test topshiriqlarining ko‘pchiligi aslida “bilish” bosqichidan nariga o‘tmaydi.

Keling, avval ikki darajaga mos test namunalarini ko‘rib chiqamiz. Hozir ushbu postni yozish jarayonida miyaga kelgan misollarni yozaman. Aslida bunday testlarni tuzish biroz murakkabroq – tahlil, konstruktorlik yondashuvi va vaqt talab etadi.

“Tahlil qilish” bosqichi uchun test namunasi:
Agar SSSR saqlanib qolganida quyidagi qaysi tarixiy jarayon ro‘y bermagan bo‘lar edi?
A) G‘arbiy Yevropa mustamlakachilik imperiyasining qulashi
B) Sharqiy Yevropa davlatlarining Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishi
C) “Sovuq urush” mafkurasining zaiflashuvi va G‘arb bilan integratsiya harakatlari
D) Markaziy Osiyo davlatlarining BMTga a’zo bo‘lishi

Nima uchun bu test “tahlil qilish” testi? Bu savol o‘quvchidan real tarixiy faktlarni bilibgina qolmay, muqobil tarixiy ssenariyga qarab ularning mumkin bo‘lmaganini tahlil qilishni talab qiladi. Bu – kontrafaktual fikrlash, ya’ni “Agar... bo‘lganida, nima bo‘lmas edi?” degan yondashuv. Bu esa aynan tahlil bosqichiga to‘g‘ri keladi.

“Qo‘llash” bosqichi uchun test namunasi:
1991-yilda SSSR parchalanib, Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishdi. Bu holat yangi mustaqil davlatlar oldiga ichki siyosat bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o‘zlarini tanitish vazifasini qo‘ydi.
O‘ylab ko‘ring-chi, agar siz o‘sha davrda tashqi siyosat strategiyasi ustida ishlayotgan mas’ul mutaxassis bo‘lsangiz, quyidagi choralar ichida qaysi biri xalqaro hamjamiyat tomonidan davlat mustaqilligini tan olish va mustahkamlashda eng muhim amaliy harakat bo‘lgan bo‘lar edi?

A) oldingi Sovet diplomatiyasi yo‘nalishlarini saqlab qolish
B) BMTga a’zo bo‘lish va boshqa xalqaro tashkilotlarda ishtirokni kuchaytirish
C) ichki siyosiy barqarorlikni harbiy yo‘l bilan ta’minlash
D) SSSR tomonidan tayinlangan elchilarni vakolatda saqlash orqali vakillikni davom ettirish

Nima uchun bu test “qo‘llash” testi? Bu testda o‘quvchi haqiqiy tarixiy holat (mustaqillik)ni biladi va shunga asoslanib amaliy qaror tanlaydi. Ya’ni, tarixiy bilimni yangi vaziyatda amalda ishlatadi – bu qo‘llash bosqichining klassik shakli.

***
Xullas, muammo nimada? Markaz (yoxud markazning tarix fanidan test tuzuvchilari) SHAKLAN “RAQAMLI”* BO‘LGAN HAR QANDAY TESTNI “QO‘LLASH” DARAJASIDAGI TEST DEB O‘YLAYDI.

Lekin bu testning shakli bo‘yicha tasnifga kiradi, ya’ni bu – format.

Lekin Blum taksonomiyasida testlar shakli bo‘yicha emas, fikrlash darajasi bo‘yicha tasniflanadi. Bu – kognitiv tasnif.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯15👍43👎1🔥1👏1🤝1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Voice message
Endi asl muammo nimada?

Markaz tuzayotgan testlarning aksariyati faqat eng oddiy ko‘nikma – ya’ni faktlarni yodlab olish va eslab qolishni tekshirishga qaratilgan.

Yuqori darajadagi fikrlash, tahlil qilish yoki real vaziyatda bilimni qo‘llashni talab qiladigan testlar esa juda kam. “Qo‘llash” deyilganlarining aksariyati ham na qo‘llash, na tahlil qilish.

Natijada bu holat “washback effekti”ning salbiy ta’siriga olib keladi – ya’ni o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham faqat faktlarni shunchaki yodlaydi, men buni qiyin ish deyotganim yo‘q, qaytangga oson. Lekin bundan zarracha foyda yo‘q. To‘tiyam bir gapni qaytara oladi. Ammo fikrlash, muhokama qilish, tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanmaydi.

Yana bir og‘riqli nuqta: ijtimoiy fanlarning, ijtmoiy fan mutaxassislarining jamiyatdagi qadrini tushirib yuboradi, asl vazifasini bajara olmay qolishiga ham olib keladi.
🔥13💯75👎1
Yuqoridagi post bo‘yicha
7👍4🔥2👎1
📘 Eng ko‘p sotilgan test to‘plami – bu gal “KUNDALIK-OPTIMAL”!

“Read Up” do‘konining ma’lumotiga ko‘ra, iyun oyida “Uzum”da eng ko‘p sotilgan kitob, bu – 10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) bo‘yicha tayyorlangan “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamimiz bo‘ldi!

Ayni damda 38 dona qolgan. 0 ga tushirib qo‘yaylik :)
Uzum orqali sotib olish

Bu testni ishlagan odamga:
• ba’zi bir kurs-u testlar qay darajada saviyasiz ekanligi tezda bilinadi;
• ongli ravishda, asosli tarzda eslab qolish kuchayadi;
• darslik bo‘yicha hech bir savol muammosiz bo‘lib qoladi.

Men uchun “Milliy sertifikat” yoki “boblashgan” testlarni tuzishdan ko‘ra “Kundalik-optimal” tuzish bir necha barobar ko‘proq vaqt va bir necha barobar ko‘proq aqliy kuch talab qiladi. Lekin aynan shuning foydasi ko‘proq, bu aniq. Ayniqsa, qiynalib, darslikni o‘zlashtirolmay yurganlar uchun. Bir marta ishlaydi, bo‘ldi – tushunib yetadi nima qilish kerakligini...

🆕 Iyul-avgust oyida esa 10-sinf “Jahon tarixi” (2022) bo‘yicha yangi to‘plam chop etiladi.

📌 Xullas, birinchi navbatda haqiqiy sifatni qadrlaydiganlar uchun “KUNDALIK-OPTIMAL” turkumi davom etadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2811💯3
SO'NGGI MUHIM TEST (JALOL BOLTAYEV).pdf
979 KB
#BMBA #30_talik #BMBA_standarti

• Muallif: Jalol BOLTAYEV
• Testlar soni: 30 ta
• Muhim test
• 1-variant

Testni ishlab, javoblaringizni
@JalolBoltayev_testbot orqali 1 kodi bilan tekshirib olishingiz mumkin.

30 talik testlar


👉 @TARIX_OMBOR guruhida TARIX fani oid barcha zarur materiallar joylangan! Qoʻshiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
SO'NGGI MUHIM TEST - 2 (@TESTLIDER).pdf
1.2 MB
#BMBA #30_talik #BMBA_standarti

• Muallif: Jalol BOLTAYEV
• Testlar soni: 30 ta
• Muhim test
• 2-variant

Testni ishlab, javoblaringizni
@JalolBoltayev_testbot orqali 2 kodi bilan tekshirib olishingiz mumkin.

30 talik testlar


👉 @TARIX_OMBOR guruhida TARIX fani oid barcha zarur materiallar joylangan! Qoʻshiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma kuni yopiq guruhimda “Pedagogik mahorat” bo‘yicha navbatdagi dars. Darsni ta’lim eksperti Komil JALILOV olib boradi.

Mavzu: “Odam qanday o‘rganadi?”

Komil Jalilovni ilm ahlining katta qismi yaxshi taniydi. Tanimaganlar uchun ba’zi ma’lumotlarni taqdim etaman:

Komil Jalilov pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha dunyo bo‘yicha “top 5 lik”da turadigan London universiteti (UCL) bitiruvchisi hisoblanadi. 2007–2008-yillarda AQSHning Kolumbia universitetida, 2011–2013-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universitetida ham malaka oshirgan.

2013–2015-yillarda Davlat test markazida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Hozirda esa Toshkent shahridagi Webster universitetida faoliyat yuritadi.

Xullas, ustozning ilmi haqida gapiraman desam gap ko‘p. Mana shunday inson men tashkillagan kursda dars olib borishi men uchun faxr beradi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥3😍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Juma kuni yopiq guruhimda “Pedagogik mahorat” bo‘yicha navbatdagi dars. Darsni ta’lim eksperti Komil JALILOV olib boradi. Mavzu: “Odam qanday o‘rganadi?” Komil Jalilovni ilm ahlining katta qismi yaxshi taniydi. Tanimaganlar uchun ba’zi ma’lumotlarni taqdim…
Yopiq guruhimdagi o‘qituvchilarga: tom ma’noda pedagogik mahorat bo‘yicha rivojlanishni, 70 % lik ustama olishni xohlaysizmi?

Unda juma kuni nima ishingiz bo‘lsa ham chetga surib, mana shu darsni diqqat bilan tinglang. Siz ham shunday qiling!
17👍2
So‘z isboti bilan deganlaridek...

Mana, Baholash markazi har qanday “raqamli test”ni “qo‘llash” darajasidagi test deb o‘ylaydi, afsuski...

“Tanqid”ning ikki turi bo‘ladi: birinchisi – muammoning yechimini istagan holda aytiladigan konstruktiv tanqid; ikkinchisi – muammoning sabablarini asosli tarzda ko‘rsatib, tahliliy tanqid qilish. Har ikkisi ham – agar asosli bo‘lsa – foydali. Zero muammolarni ko‘rsatish – hal etish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olish emas, balki hal etish zaruratini yuzaga chiqarishdir.

Shunday bo‘lsa-da, biz ko‘proq birinchi turdagi tanqidchilar qatoriga kiramiz. Biroq shuni tobora ko‘proq anglayapmanki, Baholash markazi “tuyaqush rejimi”da harakat qiladi. Ya’ni har qanday tanqidiy fikrga, har qanday argumentga ko‘z yumib, asosli mulohazalarni rad etib qo‘ya qoladi.

Sizlarni “Pedagogik mahorat” bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan juma kungi darsga taklif qilaman. Hazil emas.
👍176💯5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy tarix darsliklarini yaratishda faol ishtirok etayotgan ko‘plab olimlar orasida ustoz Akbar Zamonovning o‘ziga xos o‘rni va xizmatlari ayniqsa ajralib turadi. Bu holat, albatta, bejiz emas.

Videodagi Nodir Nishonov. Yaxshi, ilmli yigit.
11👍2🔥2💯1
2025/07/10 14:12:02
Back to Top
HTML Embed Code: