Telegram Web Link
Talabalarga tavsiyalarim.

Ustozlarni dushmanday koʻrmang. Bir-ikkita paraziti boʻlishi mumkin, biroq koʻpi oʻz oʻy-tashvishi, muammolari, oilasi bilan band. Bilimli ustoz boʻlsa koʻproq suhbatini oling, ilmi bundayroq boʻlsa qoʻyinglar, kunini koʻraversin. Oʻzingiz ham avliyo emassiz.

Hamma fanni yaxshi oʻqiyman deb oʻylamang. Sessiyani beshga yopish uchun ketgan vaqt, asab, mehnat olingan natijaga arzimaydi. Beshchi talaba bu biror sohaga chuqur kirmagan, hamma fandan yuzaki bilim olgan talabadir. Oʻzingizga eng kerak sohaga ixtisoslashing, qolganini minimum talab darajasida bajaring. Six ham, kabob ham kuymasin.

Kursdoshlar bilan yaqin boʻling. Oʻrtadagi chegaralarni tezroq olib tashlang. Shuncha yil oʻqib birorta chin doʻst orttirmaslik juda ayanchli.

Hayotni oʻrganing. Talabalik davri nafaqat bilim olish, hayotiy tajriba uchun ham juda muhim palla. Ilgari qilmagan ishlaringizni qiling, bilmadim, qoʻlda kir yuving, bozorlik qilishni oʻrganing, ovqat qiling, yangi tanishlar orttiring, muomala madaniyatingizni oshiring, yaxshi kiyimlarni tanlay oling, har xil xonadoshlar, uy sohiblari, komendantlar bilan murosa qiling, muammolarni hal qilishda tajribaga ega boʻling.

Xotiralar yarating. Uydan oʻqishga, oʻqishdan uyga qilib umringiz oʻtmasin. Kino, konsert, teatr, muzey, tadbirlar, bayramlar, xullas oʻzingiz qiziqqan va qiziqmagan joylarga bosh suqing.

Kursdoshlar bilan sayohat qiling. Ziyoratgohlarga, qadimiy shaharlarga, tabiat qoʻyniga boring. Uzoq yoʻl sarguzashtlari butun umrlik xush xotira qoldiradi. Ota-onangiz ruxsat bermasa, ayb oʻzingizda, ishonchni oqlamagansiz, toʻgʻrilang. Qizlar, yigitingiz ruxsat bermasa keching unaqa yigitdan. Yigitlar, sizlarda bu muammo yoʻq deb umid qilaman))

Ishlang. Kelajakda oʻzingizni qaysi kasbda koʻrayotgan boʻlsangiz shu sohada ishga kiring. Arzimagan oylikka, hatto tekinga boʻlsa ham. Bu yerda eng muhimi tajriba. Oliygohdagi nazariya amaliyotsiz havoga uchadi. Lekin ish oʻqishdan tashqari bor vaqtingizni olib qoʻymasin.

Va albatta seving. Bu maktabdagi ilk muhabbatga oʻxshamasin. Oʻsmirlikdagi muhabbat bahor bulutiga oʻxshaydi. Shamol uni qayoqqa olib ketishini bilmaysiz. Oliygohda endi yosh bola emassiz. Kimnidir tanlasangiz, u bilan butun umr yashay olishga koʻzingiz yetsin. Seving deganimga ja sevib tashlamang tagʻin, sadoqatli boʻling, gaplashganlaringiz soni oʻtilgan fanlar bilan raqobatga kirishmasin)

Talabalik tom maʼnoda oltin davr. Yoshlikning eng gullagan chogʻi. Yoshingizdan qat'i nazar shunday. Magistratura, doktoranturaga oʻtgach, garchi hamon oʻsha oliygohda boʻlsangiz ham talabalikdagi gashtni topolmaysiz. Shu yoʻllarni bosib oʻtgan odamning gaplariga ishoninglar. Kuzga oz qoldi. Hammaga yorqin xotiralar tilayman.

#salimov_blogi

https://www.tg-me.com/TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA
🔥8218❤‍🔥15👏8🤣4👍32💯2
Forwarded from 𝓭𝓸𝓬𝓽𝓸𝓻_𝓪𝓫𝓭𝓾𝓼𝓪𝓵𝓸𝓶𝓸𝓿
🏠 Kvartiraga 4 nafar talaba kerak!

Assalomu alaykum!
Yaxshi holatdagi, toza va shinam kvartiraga 4 nafar tartibli, mas'uliyatli va ozoda talaba yigit kerak.

📍 Manzil: Shifokorlar shaharchasi 11 (Med garadok)
📅 Ko‘chib kirish: Darhol mumkin

Qulay sharoitlar,kir mashina, internet mavjud.
Tinchlik va tartibga e’tibor beradigan yigitlar bo‘lishi so‘raladi.

📞 Aloqa uchun:
📲 94 316 16 02
📲 90 097 18 78
📨 Telegram: @Diyorbek_0016
🤣32
Forwarded from TDTU Talabalari
Tolibi ilm ShayxGPTdan so‘radi:
--Ustoz agar uyda go‘sht bo‘lsa uni shashlik qilib yegan ma'qulmi yoki katlet qilib yeganmi?
ShayxGPT javob berdi:
--Nima qilib yesang ham xonadoshlaring kelguncha yeb ulgursang bo‘ldi shogird.

@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣161😁13👍53🔥1
Forwarded from TDTU Talabalari
--Oypopuk buvi kichik kelinizni ismi nima?
--Diplom bolam.
--Nega endi aynan diplom buvijon?
--Navaram Toshkenga diplom olaman deb ketib shuni obkeganda.

@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣1393👍1
Forwarded from TDTU Talabalari
--Nega magistraturga hujjat topshirmayapsiz, til sertifikatingiz yo‘qmi?
--6 yil meni o‘qitgan insitut haqiqatdan meni o‘qitgani haqidagi diplom degan bir parcha qog'oz yo‘q🤦‍♂.

P/s diplomni beringlare😂.

@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
😁41🤣295🔥2😴1
Forwarded from TDTU Talabalari
6 yil kutdim bir diplomim bermasangiz xafa bo‘laman, xafa bo‘laman.
Bir jilmayib, bir selfiga diplom bilan tushmasam xafa bo‘laman, xafa bo‘laman😂.

Men shoir emasman ammo na qilay
Diplomim sog'inchi qo'limga tutqazdi qalam.
6 yil kutganim yetmaganidek
Yana 6 kun kutish qilyapti alam😂.

@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣14114😁8👏7🏆6🔥5❤‍🔥11👍1
Forwarded from TDTU Talabalari
⚡️Nima uchun Bu yil Klinik Ordinaturaga Xujjat topshirish Pullik ekanligiga Izox beramiz :

O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining
2009 -уil 18 -dеkabrdagi
319-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan "Tibbiyot xodimlari malakasini
oshirish va ularni qaуta tayyorlash tartibi to'g'risida nizom''ning 36-bandida vraсh kadrlarni qaуta tayyorlashning asosiy turlari birlamсhi ixtisoslashtirish, qo'shimсha
ixtisoslashtirish va klinik ordinatura hisoblanishi ma'lumot uсhun qabul qilinishi;
tanlov o'tkazish tadbirlarini bajarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash
maqsadida klinik ordinatura (rezidentura) tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan talabgordan tibbiyot yoki ta'lim tashkiloti hisob raqamiga Bazaviу hisoblash miqdorining (BXM) yarim barobari miqdorida undiriladi.!

❗️2024-yil 1-oktyabrdan Uzbekistonda:
• 1 BXM 375 000 sumga teng;

❗️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-iyundagi ish xaki, pensiyalar, stipendiyalar va nafakalar mikdorini oshirish tugrisidagi Farmoni e’lon kilindi. Unga ko’ra:

2025-yil 1-avgustdan boshlab:
• 1 BXM - 412 000 sum Etib belgilandi

Asos: O’zbekiston Respubilkasi Sog’liqni Saqlash Vazirligining
2025 yil 18 iyuldagi 214 Buyrug’i

@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤨104😭4👀2
Forwarded from Dofamin
🟢Dofamin jamoasi Online Fiziologiya kurslariga qabul boshlandi!

❤️ Kurs davomida:
- har bir dars uchun video, ppt, konspekt, testlar beriladi
- qo‘shimcha qiziqarli materiallar taqdim etiladi
- har bir o‘tilgan dars yozib olinib, guruhga tashlab boriladi
- guruhlar kurs tugagandan keyin ham o‘chirilmaydi!

• Kursdoshlar aksiyasi!

📥Biz sizga hammasini qulay formatda o‘rgatamiz!

💬Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @dofamin_admin

🎙Dofamin jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥1
🧍‍♀Bolalar Vazni 👨‍⚕👨‍⚕

Yetilib tug'ilgan bolaning og'irligi 2700-4000 gr bo'ladi.

🔸qiz bola o'rtacha 3350 g,
🔹o‘g‘il bola o‘rtacha 3500 g.

• 2700 grammdan kam vazn vaqtiga yetmay (chala) tug'ilgan bolalarda uchraydi.
• 4000 grammdan 5000
grammgacha vaznda tug'ilgan chaqaloqlar yirik hisoblanadi
• 5000 gramm va undan
ortiq tug'ilganlari gigant hisoblanadi.

● Ko'pincha jismoniy jihatdan baquvvat bo'lgan ayollarning bolalari past bo'yli
●kamkuvvat bo'lgan ayollarning bolalariga nisbatan katta vazniga ega bo'ladi.
● Birinchi xomiladorlikdan bo'lgan bolalar vazni va bo'yi katta bo'ladi.

Xayotining dastlabki kunlarida 6-8 % vaznini yo'qotadi, ba‘zan 9% gacha yo'qotadi, bu esa 150-300 gramgacha bo'ladi. ---- fiziologik yo'qotish

Bola og‘irligining 300 g dan kamayishini normadan tashqari, deb hisoblash kerak, bu bolaning to‘yib
ovqatlanmaganini yoki biror kasallikka chalinganligini ko‘rsatadi.

📍Chaqaloq vaznining dastlabki kamayishiga quyidagilar sabab boladi:

--- 70-75% yo'qotish buyrak, ich azolardagi va o'pka hamda
teridagi suvlarning yo‘qolishi hisobiga bo'ladi
--- 10-20% yo’qotish siydik, axlat
ajralishi hisobiga bo'ladi;
--- 3-5% tug'ilish paytida yutgan suvlarni qayt qilish va kindik
yarasining bitishi hisobiga bo'ladi.

Bola 10-12 kunlik bo'lgach, u sog‘lom
bo‘lsa, o‘zining tug‘ilganligidagi birinchi og'irligiga yetib olib, tez semira boshlaydi.

❗️hayotining birinchi oyida kuniga 25-30 g dan semiradi. Keyingi oylarda kamaya boshlaydi

❗️4-5 oyligida 2 marta, 1 yoshligida 3 marta ortadi

Birinchi oyning oxirida og'irligiga 600 g qo'shiladi,
ikkinchi oyi oxirida 800 g, uchinchi oy oxirida 800 g.gacha ortadi.
Keyingi oylarda har oyida vaznga oldingi oydagidan 50 g kam qo'shilib boradi

Ikiknchi yilda bola vazni 2500-3000 gga ortadi, yani oyiga o'rtacha 200 g dan
3-yoshidan har yiliga o'rtacha 2 kgdan qo'shiladi.

@Bigmurodov_a

https://www.tg-me.com/TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA
👍1311
--Agar sizga bir pachka dollar berishsa nima qilardiz?
--Qarzlarimni berardim.
--Qolganinichi?
--Qolganini keyin berarman.

@TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA
🤣984😴2😁1
Forwarded from Jamoliddin Sayriddinov
🎬 The Good Doctor – yurakni ezgu hislar bilan to‘ldiradigan serial.

Agar siz ham insoniyat, empatiya va kuchli iroda haqida hikoyalarni yaxshi ko‘rsangiz, unda “The Good Doctor” aynan siz izlayotgan serial bo‘lishi mumkin.

Asosiy qahramon – Shaun Murphy, autizm bilan tug‘ilgan bo‘lgan yosh jarroh. Tibbiyotda daholik darajasida bilimga ega bo‘lsa-da, ijtimoiy muomala jihatdan murakkabliklarga duch keladi. U atrofdagilar bilan til topisha olmaydi, lekin bemorlarning dardini eng yaqin kishisidek sezadi. Bu ikki ziddiyat esa har bir seriyada odamni boshqa olamga solib qo‘yadi.

Serialda ko‘tarilgan asosiy savol: “Yaxshi shifokor bo‘lish uchun faqat bilim kifoyami? Yoki insoniylik hislatlari masalan, rahm-shafqat ham kerakmi?”

Menimcha, bu serial nafaqat shunchaki tibbiy serial, balki har bir insonni o‘zining ichki dunyosi bilan yuzlashtiradigan, mehr, e’tibor va sabr haqida chuqur o‘ylantiradigan asar.

Ko‘rganlar bo‘lsa, mazza qilgansiz degan umiddaman. Ko‘rmaganlar esa bugunoq ko'rishni boshlang.

@JamoliddinSayriddinov
8
Forwarded from Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy (Хасанходжа Абидов)
⚡️TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TALABALARI DIQQATIGA!

Hozirda, Toshkent davlat tibbiyot universitetida HEMIS va Billing platformalarida integratsiya jarayonlari olib borilayotganligi (Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti) sababli talabalar turar joyi uchun ariza yuborish 2025-yil 10-avgustdan boshlanishini ma'lum qilamiz.

ESLATMA! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun Talabalar turar joyida ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55-65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20-25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 10-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

✈️Savol va murojatlar uchun:
99-767-09-45; 71-214-84-18
1
Forwarded from TDTU Talabalari
🩺 Tibbiyot talabasining 6yillik hayoti haqida qisqacha:

1-kurs:
— "Men endi doktor bo‘laman!"
📚 Anatomiya kitobi og‘ir, lekin orzular yengil.

2-kurs:
— "Fiziologiya degani... nima edi o‘zi?"
🧠 Miyasi o‘zini o‘rganib charchagan.

3-kurs:
— "Shu kasalxonaga ko‘nikib qoldim shekilli..."
🧤 Dezinfeksiya hayot tarzi, kofe — qon guruhiga kirgan.

4-kurs:
— "Yana amaliyotmi? Uyga borsam bo‘ladimi o‘zi?"
🚑 Kecha uxlamadi, bugun yurak urishi faqat kofega bog‘liq.

5-kurs:
— "Menga odam ko‘rsatma, klinikadan qo‘rqaman endi!"
🩻 Ular uchun MRT – multfilm emas, stressning sinonimi.

6-kurs:
— "Bitirdim, endi haqiqiy hayot boshlanadi!"
📝 Lekin hali ham “talaba” deb murojaat qilishsa, ko‘zlariga yosh keladi.


---

😅 Xulosa:
Tibbiyot talabasi — bu odamni o‘qib, uxlamasdan qanday yashash mumkinligini isbotlaydigan tirik organizmdir.

👨‍⚕️👩‍⚕️ P/s: Hammaga salom, biz hali tirikmiz!

@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣8314😁8👍5🔥5❤‍🔥2😭2
Forwarded from Jamoliddin Sayriddinov
#bizninglogikamiz

1-suhbat:
--Aka yaxshiroq harakat qilib, yaxshiroq yashashangiz bo'lmaydimi?
--Endi uka rizq Xudodan. Qancha harakat qisangam shu rizqing keladi.

Xuddi shu odam bilan 2-suhbat:
--Aka falonchi nimadan o‘libdi?
--Ahmoq do‘xtirlar yaxshi qaramaganda.
--Endi Xudodanda aka rizqi tugaganda uniyam.
--To‘g‘ri rizqi tugagan lekin do‘xtirlaram yaxshi qarashi kerakda.

P/s kulmay yoki yig‘lamay iloing yo‘q.

@JamoliddinSayriddinov
👍29💯116🔥5🏆2🎉1
👩‍⚕️ Talaba: "Bemor titrayapti, harorati 41 daraja."
👨‍🏫 Ustoz: "Demak nima qilamiz?"
👩‍⚕️ "Yonida turib suratga tushib, Instagramga storis qo'yamiz. Hashteg: #ClinicalLife."

@TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA
🤣55😁9💯1
Forwarded from TDTU Talabalari
Ustozlarning leksiya vaqtida faqat kasallikning klinikasi va diagnostik usullarga to'xtalib davolash haqida hech narsa demasligi menga quyidagicha tuyuladi:
--Bugun 1para senlarni shu xonada olib o‘tirish meni muommoyim va men bu muammoni hal qildim. Bu kasallikni davolash esa bitirganingdan keyin senlarni muammoying o'zlaring hal qillarin.

@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣694👍3😭2
--Xurmatli shifokor chaqaloq nima sababdan vafot etdi?
--Biz ham hayronmiz. Ekspertiza natijasini kutyapmiz. Doim bemorlarga qilib yurgan kapelnitsamizni qilgandik.
--Ha demak bemorlarga qilingan chaqaloqqa emas shundaymi?

@TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA
🤨14🔥1
Forwarded from Jamoliddin Sayriddinov
🎬 Taqriz: Doctor House – G‘ayrioddiy Doktor va Og‘riqli Haqiqatlar 🩺

"Doctor House" – bu oddiy tibbiy drama emas. Bu serial – inson qalbining eng qorong‘u, eng kinoyali va eng jirkanch burchaklariga sayohat qilishga imkon beradi. Har bir epizod – bu nafaqat bemorga balki odamzodning ichki og‘riqlari, yolg‘onlari va umidlariga ham tashxis qo‘yishga bag‘ishlanadi.

Doktor Gregori House – bu qahramon emas, antiqahramon. U befarq, kinoyali, ayrim hollarda hatto qo‘pol. Lekin u – dahodir. Faqat bemorlarni emas, tomoshabinni ham analiz qiladi.

Serial doimiy intriga, ajoyib yozilgan dialoglar va falsafiy savollar bilan boyitilgan. Hayotdagi eng murakkab savol – haqiqatni aytish kerakmi, yo yo‘q? House esa bu savolga har kuni javob beradi – og‘riqli bo‘lsa ham, haqiqatni aytish kerak.

9.5/10ga baholardim– Tibbiyot libosida falsafa va psixologiya. Ko‘rganing sari, hayotga boshqa ko‘z bilan qaray boshlaysan.

@JamoliddinSayriddinov
🔥238👍3
2025/10/21 09:21:04
Back to Top
HTML Embed Code: