Telegram Web Link
🇺🇿 “El-yurt umidi” — motivatsiya, stipendiya va imkoniyatlar

Bugun, 10-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, universitet rahbariyati, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi filiali, oliy ta’lim tizimi vakillari, jamg‘arma stipendiatlari, talabalar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari S. Salayev tadbirni ochib, yoshlar uchun bunday tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i X. Bektemirov yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi boshlig‘i G‘. Xatamov, bosh inspektorlar M. Fayziyev va Q. Bektemirov jamg‘armaning faoliyati, dasturlar, tanlovlar, hujjat topshirish tartibi, xorijda o‘qish va malaka oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari – talaba va o‘quvchilar uchun motivatsiya, stipendiya va imkoniyatlar kuni
(+video)
Bugun, 10-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas’ul vakillari bilan talaba va o‘quvchilarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar — xorijiy universitetlarga hujjat topshirish tartibi, grant dasturlari, til talablari, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish imkoniyatlari, shuningdek, jamg‘arma orqali tahsilni yakunlagach, O‘zbekistonda faoliyat yuritish tartibi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari – talaba va o‘quvchilar uchun motivatsiya, stipendiya va imkoniyatlar kuni
(+video)

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
APRO Platformasi haqidaattestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning fikrlari

apro.uz platformasidan ro'yxatdan o'ting va test topshiriqlarini yechish orqali o'z bilimingizni sinab boring.

@T_Nurmetov
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💖💖💖💛💛💛

Hurmatli APro foydalanuvchilari endilikda APro platformasida testlar toʻliq yangilandi va 🇺🇿oʻzbek hamda 🇷🇺rus tillarida tashkil etildi.

🧑‍💻Umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun 22 ta fandan oʻzbek va rus tillaridagi testlar yangilandi.
🌐Shuningdek, maktabgacha ta’limi tashkilotlari metodistlari, psixologlari va tarbiyachilari uchun ham oʻzbek va rus tillaridagi testlar bazasi shakllanib foydalanishga chiqarildi.
Ushbu video orqali Apro haqida toʻliqroq bilib olishingiz mumkin.
😀 Siz AProni yangilangan versiyasi orqali YANGILANGAN TESTLARNI (oʻzbek va rus tillarida)  ishlashingiz mumkin bo'ladi:

🚩Maktab direktorlari va MTTlari direktorlari uchun "Menejerlik kurslari" ga tayyorgarlik ko‘rish (300 ta test va 10 dan ortiq keys)


💼Pedagog kardlar attestatsiyasi jarayonlariga tayyorlanish (26 ta fandan)

💡Stajor-o'qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlariga (22 ta fandan)

🇬🇧Til bilish darajasi boʻyicha imtihonlarga tayyorlanish (tinglab tushunish va o‘qib tushunish ko‘nikmalari)

😀Milliy sertifikat olish jarayonlariga Rash modelini qo'llash orqali tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin. (2 ta fan)

🧑‍🎓 OTM kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish va avto tashxis olish (2500 dan ortiq yo‘nalish)


Buning uchun siz apro.uz platformasidan ro'yxatdan o'ting va test topshiriqlarini yechish orqali o'z bilimingizni sinab boring.

Diqqat!!! APro platformasi Xorazm viloyatidagi barcha maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun bepul.

▶️Videoni Youtubeda ko'rish

😎@T_Nurmetov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍43
#malaka_sinovi

📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.
Unga ko‘ra:

⬇️ 21-oktabr (1 kun)
Rus tili (milliy maktablarda);
Rus tili va adabiyoti;
Tojik tili va adabiyoti;
Turkman tili va adabiyoti;
Qirg‘iz tili va adabiyoti;
Qozoq tili va adabiyoti
;

⬇️ 22-oktabr (1 kun)
Geografiya;
Biologiya;
Iqtisodiy bilim asoslari
;

⬇️
23-oktabr (1 kun)
Informatika va axborot texnologiyalari;

⬇️
24-oktabr (1 kun)
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi;
Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi;
Musiqa xodimi (Musiqa rahbari);
Rus tili (Maktabgacha);
Ingliz tili (Maktabgacha);
Fransuz tili (Maktabgacha);
Nemis tili (Maktabgacha);
Jismoniy tarbiya (Maktabgacha);
O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha);
O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha);
Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari)
;

⬇️
25-oktabr (1 kun)
Jismoniy tarbiya (Umumta'lim);
Musiqa madaniyati
;

⬇️
27-oktabr (1 kun)
Tarix;
Davlat va huquq asoslari;
Tarbiya
;

⬇️
28-29-oktabr (2 kun)
Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun);
O‘zbek tili (Davlat tili)
;

⬇️
29-oktabr (1 kun)
Kimyo;
Fizika
;

⬇️
30-31-oktabr (2 kun)
Ingliz tili (Umumta'lim);

⬇️
1-noyabr (1 kun)
Tasviriy san'at va chizmachilik;
Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun);
Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun);
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik
;

⬇️
3-7-noyabr (5 kun)
Boshlang‘ich ta‘lim;

⬇️ 7-noyabr (1 kun)
Fransuz tili (Umumta'lim);
Nemis tili (Umumta'lim);
Yapon tili;
Koreys tili;
Xitoy tili;
Psixolog;
O‘qituvchi-defektolog (Umumta'lim);
O‘qituvchi-logoped (Umumta'lim)
;

⬇️ 8-noyabr (1 kun)
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta'lim tashkilotlarining pedagoglari uchun pedagogik mahorat sinovlari;

⬇️ 10-11-noyabr (2 kun)
Matematika;

⬇️ 11-12-noyabr (2 kun)
Qoraqalpoq tili (Davlat tili);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
;

📍 Sinov jarayonlari o'tkazilish manzillari bu yerda.⬅️

Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so'raladi.

*Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunday hollarda pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1😢1
ASOSIY OLIMPIADANING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI UCHUN JOYLASHUVLAR ANIQLANDI

👥Xabaringiz bor, Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

Olimpiada kunlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

📚Xorazm viloyati bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tadigan maktablar:

🔹Urganch shahar 13-maktab
🔹Xiva shahar 5-maktab
🔹Bog‘ot tumani 3-son ixtisoslashtirilgan maktab
🔹Gurlan tumani 3-maktab
🔹Qo‘shko‘pir tumani 54 maktab
🔹Urganch tumani 36-maktab
🔹Hazorasp tumani 21-maktab
🔹Xonqa tumani 26-maktab
🔹Xiva tumani 42-maktab
🔹Shovot tumani 49-maktab
🔹Yangiariq tumani 31-maktab
🔹Yangibozor tumani 15-maktab
🔹Tuproqqal’a tumani 18-maktab

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tkazish soat 1 soat avval to‘xtatiladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati
4🎉1
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maqsadli indikatorlar bo‘yicha hisoboti eshitildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘laridan foydalanish, shuningdek rivojlantirish dasturi maqsadli indikatorlarining bajarilish holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.


📊 Ta’kidlanganidek, 2025-yilning birinchi yarim yilligi holatiga ko‘ra, mamlakatda 38 mingdan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Maktabgacha ta’lim bilan umumiy qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi esa 96 foizga yetgan.

Hisobot davrida 54 ta yangi bog‘cha qurilib, 6 820 ta qo‘shimcha o‘rin yaratilgan.

🔰 Davlat xususiy sherikchilik asosida 51 ta, oilaviy nodavlat sektorda esa 505 ta yangi muassasa tashkil etilib, jami 26 331 nafar bola uchun yangi o‘rinlar yaratilgan.

🌐 Olis va chekka hududlardagi bolalarni qamrab olish maqsadida 30 ta “Aqlvoy” avtobusi asosida 60 ta o‘yin maydonchasi tashkil etilib, 142 ta mobil guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.


Ta’lim sifatini oshirish maqsadida 325 ta tayanch bog‘cha ochilib, ular planshet va elektron doskalar bilan jihozlangan.

BATAFSIL

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfiga joylashtirish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtkazish kabi jarayonlarni:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn tarzda yoki davlat xizmatlari markazlariga borgan holda amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Agar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish davomida korrupsion hamda firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali xabar berishingizni soʻraymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/10/19 13:31:20
Back to Top
HTML Embed Code: