Telegram Web Link
Til sertifikatlari tizimida yangilik: Cambridge Assessment English nomi o‘zgardi, Aptis va TELC qo‘shildi, TOEFL iTP hamda MCE ro‘yxatdan chiqarildi

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hukumat qarori imzolandi.

Unga koʻra Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) sertifikati nomi oʻzgartirildi.

Yangi nomlash tizimiga muvofiq, ingliz tili darajalari quyidagicha belgilanadi:

A1 — Movers,
A2 — Key (120–139 ball),
B1 — Preliminary (140–159 ball),
B2 — First (160–179 ball),
C1 — Advanced (180–199 ball),
C2 — Proficiency (200–230 ball).

Bundan tashqari, yangi ro‘yxatga quyidagi xalqaro ingliz tili imtihonlari kiritildi:

— Aptis ESOL for Teachers, bu sertifikat A1, A2, B1, B2 va C1 darajalarini o‘z ichiga oladi;

— Aptis ESOL Advanced, u B1, B2, C1 va C2 darajalarini qamrab oladi;

— Cambridge Linguaskill, ushbu test B1, B2, C1 hamda C2 darajalarda ingliz tilini bilish ko‘nikmalarini baholaydi.


Shuningdek, 1-bobga nemis tili bo‘yicha TELC sertifikati ham qo‘shildi.

Qarorga ko‘ra, Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP)  va Microsoft Certified Educator (MCE) xalqaro sertifikatlari asosiy sertifikatlar ro‘yxatidan chiqarildi.


2025-yil 3-oktyabr sanasiga qadar olingan Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) va Microsoft Certified Educator (MCE) xalqaro sertifikatlari uchun ularning amal qilish muddati tugagunga qadar (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llaniladi.

Bunda, 2025-yil 3-oktyabr sanasidan keyin olingan yuqoridagi sertifikatlar uchun o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydi;

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘qituvchilar uchun B2 darajali sertifikat majburiy bo‘ladi, ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endi imtiyoz bermaydi

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar
roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi.

Ushbu qaror besh bobdan iborat. 3- bobi imtiyozlar taqdim etilishi ikki qismga ajratildi.

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun;
Oliy taʼlim uchun.

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun quyidagi sertifikatlar qo‘shildi:

— International Test of English Proficiency (iTEP Academic — Plus) — B2, C1 va C2 darajalari;

— Aptis ESOL for Teachers — B2 va C1 darajalari;

— TELC (nemis tili) — Deutsch B2, Deutsch C1 va Deutsch C2 darajalari.


Shuningdek, endilikda Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL) hamda Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari xorijiy tillar o‘qituvchilarini ishga qabul qilish jarayonida inobatga olinmaydi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur

Endilikda instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi tasdiqlanmagan TESOL,TEFL, TESL sertifikatlariga imtiyoz taqdim etilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Til o‘rganmoqchi bo’lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (632-son, 08.10.2025-y.) qabul qilindi.

"2+6" dasturiga ko‘ra, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar avvalgi 2 oyni o‘z hisobidan, keyingi 6 oygachani esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan o‘qiydi.

Subsidiya miqdori:
Toshkent shahrida — BHMning 2 baravarigacha (824 ming so’m);
Viloyat markazlarida — 1,5 baravarigacha (618 ming so’m);
Tuman (shahar)larda — 1 baravarigacha (412 ming so’m).

2025–2026-yillarda 20 ming nafargacha yoshga, 2031-yilgacha har yili 20 ming nafargacha subsidiya ajratiladi. Limit to‘lsa, ajratish keyingi yilga qoldiriladi.

Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron nazorat qilinuvchi o‘quv markazlariga beriladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Xorijiy til sertifikatlar qaror 2025.pdf
1.3 MB
⚡️ Ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati yangilandi

Ustama toʻlanadigan milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi qarorga koʻra:
Cambridge Assessment English nomi oʻzgartirildi, Aptis va TELC qoʻshildi;
TOEFL iTP va MCE roʻyxatdan chiqarildi;
Oʻqituvchilar uchun B2 darajali sertifikat majburiy boʻladi;
Ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endi imtiyoz bermaydi;
Umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro sertifikatlar roʻyxati kengaytirildi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
❗️Bugun magistraturaga qabuli uchun test sinovlari o'tkaziladi.

📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 11-oktyabr kuni, soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan manzil:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 1-o‘quv binosi
(Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy)

📝 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlardan soat 12:30 dan kechikmasdan belgilangan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta asl nusxasi) olib kelishlari shart:

Murojaat uchun: +998712326070, +998712326144

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
2026-yil kvotasi.pdf
1.8 MB
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Super-kontrakt bo‘yicha tushuntirish

Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

💰Narxi qancha “super”ni, ayting?

Super-kontrakt narxlari endi rektorlar tomonidan belgilanadi, shu sababli avvalgi yillardagi kabi yagona jadval chiqmaydi. Masalan, bitta oliygohning iqtisod yo’nalishi bilan, boshqasidagi iqtisod yo’nalishi narxlari ham farq qilishi mumkin.

Aniq miqdorlar 25-sentyabrgacha ma’lum bo’ladi. Shu sababli “unga qancha ekan, bunga qancha ekan” deb so’rashdan foyda yo’q. Barcha oliygohlar o’z saytida va Telegram kanalida miqdorlarni e’lon qiladi. Keyinchalik hamma tasdiqlangan miqdorlar kontrakt.edu.uz saytiga joylanadi va siz onlayn shartnoma olayotganda narxi avtomatik chiqadi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi

(kredit-modul tizimi boʻyicha)

1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;
1 kredit 30 soatga teng;
1 ta fanning 6 krediti 180 soat;
180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️2024-yilda eng ko'p daromad olgan xususiy universitetlar ro'yxati

Toshkent kimyo xalqaro universiteti 2024-yilda 1,4 trln so‘mdan ko‘proq sof foyda olibdi. Universitetning jami daromadlari esa 1,5 trln so‘mdan oshgan.

Nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasidagi rekord natija.

Central Asian University (sobiq Akfa universiteti)ning 2024-yildagi daromadlari 103,4 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, sof foyda olmagan, aksincha, yilni -29 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan.

❗️Eslatma: ko‘rsatilgan raqamlar to‘liq daromadni anglatmaydi, chunki foydaning ma’lum qismi biznesga reinvestitsiya qilinadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
#Eslatma

Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 20-dekabrdan boshlanadi

 Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;

yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.


Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
⚡️Akkreditatsiyadan o'tmagan nodavlat oliygohlarning ayrim yo'nalishlari yopiladi

Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.


Unga ko'ra, kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Bu nima degani?

Nodavlat oliygohlarining ta'lim yo'nalishlarida o'qitilayotgan o'quv dasturlarida qo'pol xatolar aniqlansa, uni to'g'irlash uchun muxlat beriladi. Mana shu muddatda ham kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu yo'nalish butkul yopiladi. Yangi qabul amalga oshirilmaydi, mavjud kurs talabalari majburiy boshqa yo'nalishlarga o'qishlari ko'chiriladi. Ya'ni ushbu ta'lim yo'nalishida faoliyatni davom ettirishga yo'l qo'yilmaydi.

Ayni vaqtda bir nechta nodavlat oliygoh (ayniqsa dars soati 80 minutdan kam bo'lgan)larda mana shu kamchiliklar mavjud. Yil yakuniga qadar kamchiliklarni bartaraf etishlari keyingi faoliyatlari uchun maqbul variant hisoblanadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tarbiya fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, pedagogika ta’lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash, ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.


Ishlashi mumkin bo'lgan muassasalar:
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida;
davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:

👉 umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tarbiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
👉 o‘rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
👉 O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida laborant sifatida faoliyat yuritish kabi ishlari bilan shug‘ullanish;
👉 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
👉 mahallada yoshlar yetakchisi;
👉 ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib faoliyat olib borish
👉 umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, metodist sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.


🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Nomdor stipendiyalar soni 13 ta

📋 Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy;
tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;
tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;
gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;
tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;
kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

✔️ Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.


🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
⚡️Jizzax davlat pedagogika universiteti 3,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ'ning xabar berishicha, Jizzax pedagogika universitetining Zarbdor tumanida joylashgan sirtqi boʻlim binosida tabiiy gazdan foydalanish holati koʻzdan kechirilganda, binoda oʻrnatilgan gaz uskunalarining quvvati gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan ortiq ekani aniqlandi.

Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va dastlabki xulosalarga koʻra 3 milliard 520 million soʻmlik zarar hisoblandi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Xalqaro talabalar uchun eng katta stipendiyalarni taqdim etadigan universitetlar

AQSH dunyodagi eng qimmat taʼlimga ega davlatlar qatorida. Amerikaliklar ko'pincha universitetda ta'lim olish uchun kredit olishadi. Bu xalqaro talabalar uchun oson emas, chunki norezidentlar uchun narxlar ancha yuqori. Ammo stipendiya tufayli siz xarajatlarning 100 foizini qoplashingiz mumkin.

1. Haverford kolleji, o'rtacha stipendiya - $76,600
https://www.haverford.edu

2. Vashington va Li universiteti, o'rtacha stipendiya - 75,605 dollar
https://www.wlu.edu

3. Wesleyan universiteti, o'rtacha stipendiya - $75,536
https://www.wesleyan.edu

4. Dartmut kolleji, o'rtacha stipendiya - $75,460
https://home.dartmouth.edu

5. Dyuk universiteti, o'rtacha stipendiya - $72,325
https://duke.edu

6. Amherst kolleji, o'rtacha stipendiya - $71,655
https://www.amherst.edu

7. Vassar kolleji, o'rtacha stipendiya - $71,036
https://www.vassar.edu

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi

"Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

📑Qarorga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi  bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;

🔹 tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.

🔹 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

🔗 Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.

❗️Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Akkreditatsiyadan o'tmagan nodavlat oliygohlarning ayrim yo'nalishlari yopiladi

Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.


Unga ko'ra, kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Bu nima degani?

Nodavlat oliygohlarining ta'lim yo'nalishlarida o'qitilayotgan o'quv dasturlarida qo'pol xatolar aniqlansa, uni to'g'irlash uchun muxlat beriladi. Mana shu muddatda ham kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu yo'nalish butkul yopiladi. Yangi qabul amalga oshirilmaydi, mavjud kurs talabalari majburiy boshqa yo'nalishlarga o'qishlari ko'chiriladi. Ya'ni ushbu ta'lim yo'nalishida faoliyatni davom ettirishga yo'l qo'yilmaydi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
#sarkazm
O'z fikrini bildirish - gap qaytarish!
Xo'p bo'ladi deb tursang bo'lgani.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
⚡️ Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Nizom bilan:

tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;

tyutorlarning huquq va majburiyatlari;

tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;

hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.

2025-yilda:
har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;

talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;

talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;

medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;

“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;

“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;

musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi

2026-yilda:

“Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi

har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;

tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;

eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;

eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;

tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.

Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:

Xusanov Azimjon Nozimjonovich — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Azimjon Xusanov ma'lum muddat Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mirgatsiya agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
2025/10/31 06:24:37
Back to Top
HTML Embed Code: