Telegram Web Link
❗️Talabalarga firibgarlar tomonidan “kontraktdan qarzdorligingiz bor” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda

Davlat universiteti talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor”, mazmunidagi feyk “ilovalar” yuborilmoqda.

Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham firibgarlar tomonidan turli telegram va SMS orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilgan edi.

📕Ma’lumot o’rnida, hech bir oliygohda kontrakt uchun pul kartaga o‘tkazilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlari OTMlarga grant asosida qabul qilinadi – Prezident farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi kabi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida “sirkulyar iqtisodiyot” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlaridagi davlat oliy taʼlim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va oʻquv dasturlari kiritiladi.

Oliy taʼlimda grant oʻrinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi taʼlim dasturlari asosida taʼlim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib boriladi.

Respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐟 Nemo multfilmidagi lampochkali qo’rqinchli baliqni birinchi marta suv yuzasida suratga olishdi.

Odatda bu yirtqich 200 dan 2000 metrgacha chuqurlikda yashaydi, ammo noma’lum sabablarga ko’ra u kunning o’rtasida Tenerife qirg’og’i yoniga suzib chiqishga qaror qilgan va biologlar obyektiviga tushib qolgan.

Okeanning 95% hali o’rganilmaganligini yana bir isboti.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
☄️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi ilmiy daraja va unvonga ega pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi

Chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, pedagog kadrlar uchun qo‘yilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan, xorijiy til bo‘yicha pedagoglar uchun amaldagi C1 darajasidagi sertifikatga) ega ilmiy daraja yoki unvoni bo‘lgan pedagog kadrlar quyidagi fanlardan dars berish uchun tanlov asosida ishga taklif etiladi:

xorijiy tillar (ingliz, nemis, ispan, dariy, turk, urdu, fors, hind, rus, yapon, koreys);
xalqaro huquq;
ma’muriy huquq;
fuqarolik huquqi;
iqtisodiyot nazariyasi;
sotsiologiya;
falsafa (mantiq);
psixologiya;
jismoniy tayyorgarlik.


Akademiyada ishlashni xohlovchi va belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlar 2025-yil 15-yanvardan – 15-fevral kuniga qadar DXX akademiyasiga (Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3-uy) murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/35475

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tavallud topgan kunidir.

1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir.

Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. U kishining boy merosi bizga ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hazrat Navoiy ijodi – milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.

Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.

❗️ To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Rasman: sertifikatga ega oʻzbek tili fani oʻqituvchilariga ham 50 foiz ustama to'lanadi

Prezident farmoniga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktablarda oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Til bo'yicha talablarimizga kelsak:

Reklama agentligimiz MDH davlatlari bilan ham ish yuritadi. Istaysizmi yo'qmi MDH davlatlarida umumiy muloqot tili - rus tili. Tarixni o'zgartirib bo'lmaydi. Shuning uchun rus tilini bilish talabi bor.

Lekin, ochig'ini aytsam, chet tilini biladigan insonni topish qiyin emas. Eng qiyini o'zbek tilida xatosiz yoza oladigan insonni topish. Izohlarda o'zbek tilini sevadigan va hamma o'zbek tilini o'rganishi kerakligini talab qilayotgan "vatanparvarlar" ham bitta gapida 15 ta xato qilib yozyapti.

Do'stlar, ko'proq til o'rganinglar. Rus va ingliz tillari hisob emas. Bu maktab dasturidagi standart tillar-ku.

Ammo chet tillarini o'rganish niyatingiz bo'lmasa, hech bo'lmasa o'zbek tilini hurmat qilib, unda xatosiz yozishni o'rganing.

©️ trolluz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Texnologiya instituti rektori "shantaj" qurboni bo‘ldi

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining bo‘lim boshlig‘i o‘z qo‘l ostidagi bosh mutaxassisi bilan birgalikda institut rektorini faoliyati davomida sodir etgan korrupsion holatlari bo‘yicha audio, video va fotomateriallar borligini aytib qo‘rqitib, agarda 100 million so‘m bermasa ijtimoiy tarmoqlarda chiqarib uni sharmanda qilishni bildirib, 50 million so'm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Ilgari oliy ta’limda 1 ta o‘rin uchun kamida 10 nafar yigit-qiz kurash olib borar edi. Qisqa davrda oliygohlar soni 3 barobar oshirildi. Tizimda qamrov 42 foizga yetdi.

Xotin-qizlarga kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra ko‘paydi.

“Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz”,

— dedi Prezident.

O‘tgan 25-yil ichida davlat hisobidan 800 nafar yoshlar xorijga o‘qishga yuborilgan bo‘lsa, birgina “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali so‘nggi 7-yilda 3 barobar ko‘p o‘g‘il-qizlarimiz bunday imkoniyatga ega bo‘ldi.

Endi, Yoshlar agentligi xorijda o‘qiyotgan har bir talabaga bosh-qosh bo‘lib, ehtiyojlarini aniqlashi, Vatanga qaytib, o‘z o‘rnini topishi, muvaffaqiyatli karera qilishi kabi masalalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan teng mas’ul bo‘lishi belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochadigan “C1” darajasiga ega yoshlarga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi

Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos.

Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari "2+6" shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi.

Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, yaqinda bilimdon va intiluvchan Parviz Tuksanov SAT imtihonidan eng yuqori – 1 ming 600 ball to‘pladi. Prezidentimiz uni ushbu natija bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Yana bir ibratli misol – “Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish umummilliy harakatga aylandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovidagi ishtirokchilar soni 6 karra oshib, 3 million nafarga yetdi.

Bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga kirdi.

Hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifadir. Bunday kontentni bog‘cha va maktabdagi ta’lim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🤖 Sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi” o‘tkaziladi

Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika
, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu labaratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.

Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.

Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida "Oliygoh kubogi"ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bir odam ichki ishlar binosiga bostirib kirib, ish vazifasidagi xodimga shapaloq tushirsa qanday jazo ko‘riladi?

Eng kamida 15 sutka!
Bir odam maktab binosiga bostirib kirib, o‘quvchilari oldida o‘qituvchiga shapaloq tushirsa, jazosi shunchaki uzr so‘rash...
Maktab o‘qituvchisi ham davlat xizmatchisi, hokim ham davlat xizmatchisi, ichki ishlar xizmatchisi ham. Davlat xizmatchilari orasida tengsizlik bo‘lishi mantiqsizlik va xato.

Maktab - darvozaga milliy gvardiya xodimini qo‘yib emas, eng avvalo o‘qituvchilar qadrlanib himoya qilinadi!

Sanjar Xo'ja

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34
⚡️ 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar yuridik texnikumlarning o‘quv rejalari hamda pedagog xodimlarining yuklamalari va mehnatiga haq to‘lashni amaldagi tartibi saqlab qolinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab boshqa vazirlik idoralar tasarrufida bo‘lgan kollej va texnikumlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu jumladan, Adliya vazirligi tizimidagi 12 ta yuridik texnikum ham.

Ma’lumot uchun, yuridik texnikumlar pedagog xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-оktаbrdаgi 677-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shtat lavozimi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lanmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi boshqa texnikumlar pedagog xodimlariga esa Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori asosida tarifikatsiyalash tartibi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga muvofiq mehnatiga haq to‘lanadi.

Yuqorida keltirilgan Hukumat qarorlarining talablari ikki xil bo‘lganligi sababli yuridik texnikumlarning pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini o‘quv yili o‘rtasida qo‘llash bir qator muammolarni yuzaga keltiradi.

Shu bois, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining murojaatiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi hamda qonunchilik hujjatlari asosida yuridik texnikumlarning 2024/2025-o‘quv yilidagi faoliyatini tegishli o‘quv rejalari va pedagog xodimlarining yuklamalari asosida yakunlash hamda pedagog xodimlarning mehnatiga haq to‘lash ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bog‘lagan holda amalga oshirish ma’qullandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
☄️ OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

✔️o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

✔️ oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

📌 Bunda:

➡️ salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

➡️individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
☄️ Talabalar kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishi mumkin

“O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to’lovining 35 foizi to’lab berilishi belgilangan.

❗️ Unga ko’ra, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.

Kimlarga moddiy yordam beriladi?


bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga;

Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga ikkinchi bosqichdan boshlab.

📰Shuningdek, talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

📌 Quyidagi holatlarda talabalarga moddiy yordam berilmaydi:

ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qiyotgan talabalarga;

Harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga.

📚 Da’vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Har yili 1-fevral kunidan kechikmagan holda Yoshlar Kengashi talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlashi lozim.

10-fevral kuniga qadar talabalar Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

10-fevraldan 15-fevralga qadar Yoshlar Kengashi da’vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
☄️ Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.


🔰 Qarorga ko‘ra,  2025–2027-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:

➡️ dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish orinlari yaratiladi;

➡️ yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;

➡️ zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;

➡️ iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

📝Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, ijtimoiy soliq to‘lagan, o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha mablag‘ imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.

✔️ “Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.

📜Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Bugun Real madrid muxlislari jamoasiga sodiq qolib realga muxlislik qilarmikin yoki hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchun Manchester sitigami?

https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
2025/07/10 22:28:08
Back to Top
HTML Embed Code: