Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahrida joylashgan OTM rektorlari o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasi o'tkazildi.
Bu tadbir kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lib, OTMlarda sportni ommalashtirishga xizmat qiladi.
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda, osmon va yer o‘rtasida sokinlik hukm suradi. Go‘yo tabiat ham nafasini ichiga yutib, ichidagi g'uborlarini chiqarib yuborayotgandek.
🌦 Ba’zi odamlar yomg‘ir ostida yurishni yoqtiradi, ba’zilari esa oyna ortidan kuzatishni. Siz qaysi toifadansiz?
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Oʼzbekistonliklar 8-mart munosabati bilan necha kun dam oladi ❓
Haftasiga 5 kun ishlovchi oʼzbekistonliklar 8-mart “Xotin-qizlar kun” bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 8-, 9- va 10-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 10-martda ishga chiqadi.
Mehnat kodeksiga muvofiq, bayram sanasi dam olish kunlariga toʼgʼri kelib qolsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga koʼchiriladi. Bu yilgi “Xalqaro xotin-qizlar kuni” shanbaga toʼgʼri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10-mart, dushanbaga koʼchiriladi.
Shu tariqa haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:
👀 8-mart, shanba — bayram;
👀 9-mart, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
👀 10-mart, dushanba — koʼchirilgan dam olish kuni.
❗️ Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat shanba va yakshanba dam olish kuni boʼladi, 10-mart, dushanba ish kuni hisoblanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Haftasiga 5 kun ishlovchi oʼzbekistonliklar 8-mart “Xotin-qizlar kun” bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 8-, 9- va 10-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 10-martda ishga chiqadi.
Mehnat kodeksiga muvofiq, bayram sanasi dam olish kunlariga toʼgʼri kelib qolsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga koʼchiriladi. Bu yilgi “Xalqaro xotin-qizlar kuni” shanbaga toʼgʼri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10-mart, dushanbaga koʼchiriladi.
Shu tariqa haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi – Shavkat Mirziyoyev
Bugun Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida, ta’lim sohasiga doir islohotlarga ham to'xtalib o’tdi.
Bu yil sharoiti ogʻir oilalardagi iqtidorli yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha “Yorqin kelajak” loyihasini boshlayapmiz. Ushbu loyiha doirasida kamida 200 nafar qizimiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuboriladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov tizimi esa yana 250 ming nafar xotin-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish uchun masʼul boʻladi.
Ayollari oʻqimishli va kasb-hunarli boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot boʻladi. Ayollari maʼrifatli boʻlgan xalq albatta baxtli boʻladi.
Shu bois, har bir oiladagi qizlarimiz bogʻcha, maktab bilan toʻliq qamrab olinishi, zamonaviy kasb-hunar va chet tillarini egallashi, oliy maʼlumotga ega boʻlishi uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratamiz.
Xususan, bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 karra koʻp. Natijada har bir mahalladan 25-30 nafar xotin-qiz oliygohlarda taʼlim olish imkoniga ega boʻladi.
Buning uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova har bir maktabda yuqori sinfda taʼlim olayotgan qizlarimiz bilan ishlashni individual yondashuv asosida tashkil etib, ularni oliygohlarga tayyorlaydi- deyiladi nutq davomida.

Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8-mart sanasi shanba kuniga to’g’ri kelganligi uchun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlarga 10-mart (dushanba) kuni qo’shimcha dam olish kuni hisoblanadi. 6 kun ishlaydigan uchun esa 10-mart ish kuni hisoblanadi.
Oliy ta'lim tashkilotlarida 10-mart kuni dam olish yoki ish kuni bo'lishi o‘qituvchilarning ish tartibiga bog‘liq. Agar o‘qituvchilar 5 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ularga dam olish kuni bo‘ladi. Demak, talabalar ham o‘qishga bormaydi.
Agar o‘qituvchilar 6 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ishga chiqadi va o‘z-o‘zidan talabalar uchun ham o‘qishlar bo‘ladi.
Shu sababli Siz dushanba kuni nima qilishingizni o‘qiydigan oliygohingizdan aniqlashtiring.
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy dunyoda talabalar uchun faqat darsga qatnashish va imtihon topshirish yetarli emas. Ular kelajakka tayyor bo‘lishi uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:
💬 Sizningcha, hozirgi kun talabalarida yana qanday fazilatlar bo‘lishi kerak? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, oq rang taomning tabiiy ranglarini yanada yorqinroq aks ettiradi va inson ishtahasini oshirishga yordam beradi. Shu sababli, ko‘plab restoranlarda oq idishlardan foydalanish keng tarqalgan.
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Bugun tungi soat 22:03 (Toshkent vaqti bilan 00:03) da oy Ka’bai muazzamaning ustiga keladi. Siz shu vaqtda oyga yuzlanib to‘g‘riga qarasangiz 100% qiblaga yuzlangan bo‘lasiz.
Ana shu qibla yo‘nalishi bo‘ladi.
Abdulloh G’ulomov
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Ana shu qibla yo‘nalishi bo‘ladi.
Abdulloh G’ulomov
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi
12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 101 ta davlatidan 1756 ta universitet 55 ta fandan baholandi.
2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 101 ta davlatidan 1756 ta universitet 55 ta fandan baholandi.
2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.
Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Insoniyatning aqliy pasayishi: diqqat va mantiqiy fikrlash susayapti
Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, 2010 yildan buyon odamlar diqqatni jamlashda, ma’lumotni tahlil qilishda va mantiqiy fikr yuritishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Raqamlar bunga dalil
Rivojlangan davlatlarda kattalarning 25% oddiy matematik vazifalarni hal qila olmaydi, AQSHda esa bu ko‘rsatkich 35%.
2015 yildan keyin 18 yoshli yoshlar orasida diqqat yetishmovchiligi keskin oshgan.
2022 yilda so‘rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko‘pi birorta ham kitob o‘qimagan, yoshlarning 45% esa umuman kitob o‘qimaydi.
Siz bu borada nima deb o‘ylaysiz? Kitob o‘qish va tahlil qilish odatlari qayta tiklanishi mumkinmi?

Tekinga Xalqaro diplom va Grant asosida o‘qishni orzu qilasizmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi.pdf
799.1 KB
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
❓Nechanchi kurslarga taalluqli?
✅ JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.
Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.
❓Magistrlarga taalluqlimi?
✅ JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.
Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;
2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;
3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.
❓Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
✅ JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.
❓Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?
✅ JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.
❓Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?
✅ JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.
Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.
©️ Xushnudbek