Telegram Web Link
📞 Korrupsiya haqida xabar bering!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, Bilimni baholash agentligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

📞 Ishonch telefoni: +998951991914

✍️ Xolis fuqaro: uzbmb.uz/page/reception

📫 Elektron pochta: [email protected]

🤖 Telegram-bot: @bmbaanticor_bot

Call-markaz: 1195

❗️ Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
Imtihonlarga tayyorgarlik davrida zarur hisoblanmish xotira, diqqat va, hatto, kayfiyatni sezilarli koʻtaruvchi usullar mavjud.

BBC neyrobiologlar, ruhshunoslar, parhezshunoslar va oʻqituvchilar hamda talabalarning fikrlariga tayanib, abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar roʻyxatini tuzib chiqdi.

1. Nonushta va “miya uchun ozuqa”

Tananing toʻgʻri faoliyat yuritishi uchun quvvat talab etiladi. Miyaning diqqatni jamlay olish qobiliyati esa aynan glyukoza koʻrinishidagi barqaror quvvat manbasiga bogʻliqdir.

Tadqiqotlar nonushtani kanda qilmaydigan oʻquvchilar, imtihon vaqti diqqatini bir nuqtaga qarata olgani va maʼlumotlarni yaxshi eslaganidan, aʼlo natijalarga erishishini koʻrsatadi.

Demak, kunni ertalabki soatlar davomida oʻzidan asta-sekinlik bilan quvvat ajratadigan nonushtadan boshlang: suli boʻtqasi, boshoqli donlardan tayyorlangan non yoki tarkibida shakar miqdori kam boʻlgan myusli.

Shuningdek, nonushtada maʼlum darajada oqsil ham boʻlishi lozim: kam miqdordagi sut, yogurt yoki tuxum.

Ushbu mahsulotlarning miya faoliyatiga ijobiy taʼsir etishi isbotlangan: tuxum, baliq, boshoqli donlar, karam, ismaloq va brokkoli kabi toʻq-yashil bargli sabzavotlar, pomidor va avokado.

Tarkibida antioksidantlar va antosiyaninlar mavjud ichimliklar xotira va kayfiyatni qisqa vaqtga koʻtarishi mumkin. Mazkur moddalar chernika, qulupnay, yongʻoq, zaytun, oshqovoq urugʻi va qora shokolad tarkibida ham uchraydi.

2. Hammasini barvaqt boshlang

Tayyorgarlikni imtihonlarga oz qolganda emas, balki bir necha oy avval boshlashga harakat qiling. Shunda oʻzingizga boʻlgan ishonch ham ortadi.

Darslarni erta tongdan tayyorlang. Bu paytda miya yetarlicha dam olgan boʻladi. Darslarning katta qismini kunning ikkinchi yarmiga qoldirmang.

Eng yaxshisi - oʻzingiz uchun darslar jadvalini tuzib oling, oʻqishni har kuni bir vaqtda boshlash va tugatishga urining. Bu fanlarni oʻzlashtirishingizga katta yordam beradi.

Davomi ertaga


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍5
⚡️ Chet tili sertifikatisiz hatto hujjat topshirib bo'lmaydi — qabulda chet tiliga oid o'zgarish

Mana shu yilgi qabuldan boshlab, 1-fani chet tili bo'lgan yo'nalishlarga hujjat topshirish uchun xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat bo'lishi kerak. Busiz hatto hujjat topshirib bo'lmaydi.

Bu qanday aniqlanadi?

Bu talab amal qilishi uchun abituriyent tanlagan yo'nalishda 1-fan chet tili bo'lishi kerak.

1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1😭1
Maktablar 5 kunlik o'qish tizimiga o'tishi mumkin

◾️ “Mening fikrim” portaliga shu bo'yicha murojaat qo'yilgan bo'lib, agar maktablarda 2 kun dam olinsa, bu bilan ish unumi va sifati oshishini bildirilgan.

Sizningcha-chi? 5 kunlik maktab yaxshimi? Yoki 6 kunlik?


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍9
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:

1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!

2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha).

3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).

4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga).

5. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).

6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.

8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.

9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.

10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.

11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.

12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).

14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).

15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).

Alisher Sadullayev


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍6
⚡️ OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?

Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.

1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.

Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
📣 1-kurs talabalari diqqatiga!
Agar siz kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 1-kurs bakalavr yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo‘lsangiz — quyidagi muhim o‘zgarishlar siz uchun!

📌 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat grantlari faqat 1-o‘quv yiliga ajratiladi. Kelgusi yillarda esa grantlar yuqori akademik ko‘rsatkichlar va ijtimoiy faollikka qarab qayta taqsimlanadi.

Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar ham keyingi kurslarda grant yutish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🗂 Batafsil tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori asosida belgilangan.

🔗 Rasmiy hujjatlar bilan tanishish:

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Ota o‘g‘lining xonasiga kirdi. Yotoq o‘rni yig‘ilgan. Toza, hammayoq sarishta. Stol ustida "Dadamga" deb imzolangan xat.

Ota bir ko‘ngilsizlikni sezgan kuy, qo‘llari qaltirab, konvertni ochdi.

Mehribon dadajonim!

Men sizga og‘ir qalb va chuqur afsus bilan ushbu nomamni bitayapman. Men bir qizni uchratdim, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz sahnani oldini olish maqsadida, siz va onam kelguncha uydan chiqib ketishga majburmiz.

Men Sara bilan o'zimni juda yaxshi his qilaman, men uni juda ham yaxshi ko'raman.

Lekin shuni ham bilaman-ki, sizlar uni tanasidagi pirsinglari, tatuirovkasi va kiyib yuradigan charm shimlari, shuningdek yoshi sizlar bilan tengqur ekanligi sabab qabul qila olmaysizlar.

Saraning aytishicha biz juda ham baxtli bo‘lamiz.

Bunga sabab nafaqat o‘rtamizdagi sevgi, dadajon, - u homilador.

Saraning o‘rmon yaqinida eski bir treyleri va butun qishga yetadidan yoqilg'i zaxirasi bor. Bilasizmi dadajon, biz serfarzand bo'lishni orzu qilamiz.

Sarani taniganimdan bo‘yon ko‘zlarim ochildi. Ma’lum bo’lishicha, oz miqdorda marixuana mutlaqo zararsiz ekan. Biz kelgusida marixuana yetishtirib, uni yaqin qo'shnilarimiz bilan kokain va ekstaziga ayirboshlashni reja qilib oldik.

Sara haqida yomon o‘ylamang, dada. U juda ham oqko‘ngil va dindor qiz. Biz Yaratgandan uni tezroq OITSdan tuzalib ketishi yo‘lida mo‘jiza sodir qilishini so‘rab ibodat qilamiz. Biz uchun sizlar ham duoda bo‘linglar. U bunga loyiq.

Xavotir olmang, dadajon. Men hozir 15 yoshdaman va o‘zim haqimda o‘zim bemalol g‘amxo’rlik qila olaman.

Ishonchim komilki, kun kelib siz bilan yana uchrashamiz, shunda siz va onam nevaralaringizni ko‘rasiz.

Sizni juda ham sevuvchi, o‘g‘lingiz Jon.

P.S. Dada, yuqorida yozganlarimning hammasi yolg‘on. Men ko‘chamizning qarama-qarshisidagi do‘stimning uyida mehmondaman. Shunchaki sizga, hayotda, men stolning tepa g‘aladoniga solib qo‘ygan maktab choraklik baholari varaqasidan ham qo‘rqinchli narsalar borligini eslatib qo‘ymoqchi edim. Uyga bexavotir qaytishim mumkin ekanligini anglagan pallangizda, qo'ng'iroq qiling.

Otabek Narzullayev tarjimasi. (muallifi noma’lum)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍11
⚡️Reels va Shorts'larni ko’rishni to’xtatamiz. Olimlar qisqa videolar haqiqiy qaramlikka olib kelishi va miya faoliyatiga salbiy ta’sir qilishini isbotlashdi.

Asosiy alomatlar: uyqu buzilishi, depressiya, diqqatning pasayishi va xotira buzilishini o’z ichiga oladi. Ha, tezkor kontent shunchalik zararli.

Eng qizig’i, buni odat qilib olganlar asosan o’smirlar emas, balki 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan odamlardir.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍6
Bir kuni Afandi ko‘chada shisha banka ichiga baklashka solib, uni tutatib o‘tirgan kishini ko‘ribdi.
— E, aka, bu nima hol? — deb so‘rabdi.
Kishi javob beribdi:
— Bu yangi uslub, jahon standarti, innovasion chilim!
Afandi boshini qashlab:
— Ha-a… men ichida aql bor desam, tutun chiqyaptiku — dermish.

Jamoliddin Muhammad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
#eslatma

Bugun muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirishning so‘nggi kuni!

⏺️Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta);
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash 10-aprel soat 23:59 qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
OʻzMU huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

💬 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

☑️ Unga ko‘ra:

🟢
Institut tuzilmasida xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni 20 nafarni tashkil etadi;

🟣 Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi.

Quyidagi vazifalar institutning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

🟢 Nazariy fizika sohasining dolzarb muammolarini o‘rganish va fundamental, amaliy, innovatsion hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarda ishtirok etish;

🟢 Kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon va kvant tarmoqlar bo‘yicha ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etish;

🟢 Yosh olimlar uchun zamonaviy nazariy fizika yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-o‘quv materiallar tayyorlash;

🟢 Fizika sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat integratsiyasini kuchaytirish, talabalar va doktorantlarni tadqiqot ishlariga jalb etish;

🟢 Iqtidorli talabalarni nazariy fizika bo‘yicha tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

🟢 Xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va nufuzli tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

🟢 Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

🟢 Ilmiy loyihalar uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb etish;

🟢 Tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va nazariy fizika bo‘yicha xalqaro ilmiy jurnallardagi nashrlar sonini oshirish.


📃 Institutga quyidagi huquqlar beriladi:

▶️ boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, oʻquv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;
▶️ ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrash;


🧩 Universitet zarur mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlanadi.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan  xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍4
Buxoroda nimalar bo‘lyapti? Yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

27 aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetining yangi qurilgan yotoqxonasining 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Kecha, 28 aprel kuni ham ushbu universitetning yana bir talabasi sahar soatlarida o‘z joniga qasd qilgan.

Manbaga ko‘ra, talaba F.D. (erkak) talabalar turarjoyida o‘zini osib o‘ldirgan. Yotoqxona qabriston ustida qurilgani aytilmoqda. Aytishlaricha ushbu surunkali suiqasdlar universitet talabalariga qattiq ta’sir qilyapti. Ular har tong vahima bilan uyg‘onmoqda.

“Bizning ruhiyatimizga juda qattiq ta’sir qilyapti bu. Kattalar kelib holatni o‘rganib, bunaqa ayanchli ishlarni oldini olmaydimi?! Har bir talaba bilan suhbat qilib, ruhiy holatini o‘rganish kerakdir”, deydi murojaatchi.


2005 yilda tug‘ilgan fuqaro F.D. (2-bosqich talabasi) noma’lum sabablarga ko‘ra Buxoro davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litseyida joylashgan sport zalining tom qismiga chiqib, bo‘yin sohasidan o‘zini osib, vafot etgan.

Marhumning Instagram'dagi sahifasiga 27-28 aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagani aniqlangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Eng past maosh ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarida(mi)!

Statistika qo'mitasiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi choragida o‘rtacha ish haqi 5 796,1 ming so‘m tashkil etib, shundan bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati xodimlari eng yuqori maosh olgan – 15 847,9 ming so‘m.

Shu bilan birga ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 044,2 ming so‘m, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 3 626,1 ming so‘m bo‘lib, eng past ko‘rsatgichda ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
😭9
Besh yildan so'ng o'zingizni qayerda ko'rasiz?

Bir so'z bilan tasvirlab bering.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍4
Xullas shunday gaplar...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
Xullas shunday gaplar...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍16😭8
Chiroyli orzular qiling. Musulmon odam diniga va dindoshlariga xizmat qilishni, boshqa insonlar uchun foydali bo'lib yashashni orzu qilishi kerak. Sababi orzular tugab qolmaydi, ular davom etaveradi.

Qadrli bitiruvchi ukalar singillar yuragingizni keng qilib maqsadingizni aniqlab oling va shunga monand ravishda ilm izlang, dunyo kezing. Eeeeeng kamida siz tufayli bu yigit yoki qiz falonchilardan degan maqtov eshitish.

Bo'shashmanglar! Mahzun bo'lmanglar! Agar ahdingizga sodiq bo'lsalaringiz, sizlar ustunsizlar!


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://www.tg-me.com/+D8upafGDfsdiNGNi
👍13
2025/07/08 23:07:01
Back to Top
HTML Embed Code: