Telegram Web Link
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

📌 Ruxsatnoma  my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
2025/07/13 01:26:37
Back to Top
HTML Embed Code: