Telegram Web Link
↪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

↪️Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

↪️Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova E’zoza Gapirjanovna Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥73🤝1
Sizlarga ham mana shunday ishga taklif qilib, notanish odamlar yozyabdimi?
😁35😢2👍1
Talaba-yoshlar
Sizlarga ham mana shunday ishga taklif qilib, notanish odamlar yozyabdimi?
Bu 100% yolg‘on, buni isbotlash uchun ataylab o‘zimni qurbon qildim.

Ular bilan ishlashga rozi bo‘ldim va bugun ishimning 3-kuni, men nihoyat chuv tushdim. O‘z qo‘llarim bilan ularga, o‘zim rozi bo‘lib pul o‘tkazib berdim.

Bu ish orqali sizni qanday aldashligi haqida video qilish uchun ataylab shu ishni qildim. Nasib qilsa 4-5 kun ichida videosini chiqaraman, ungacha siz bu moshenniklar bilan ishlab chuv tushib qolmang, hamma protsesni videoda tushuntirib beraman.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
🔥29👍74👏3😢2
🗣Talabalarga ijtimoiy yordam!

📌 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan toʻlov-kontrakt summasini to‘lash tarzida ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi

☑️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥62
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Xususiy universitetlarda kontrakt narxi ko‘tarilishi kutilmoqda.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Endilikda universitetlar kunduzgi talabalar sonining 50 foizigacha kechki yoki masofaviy ta’lim shakliga abituriyent qabul qilishi mumkin xolos.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😢8🤣4😁1
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🇪🇸 Bo‘ldi o‘yin tugadi, hakam va Realga qarshi o‘yinda Barselona La Liga chempionligi masalasini deyarli hal qildi!

Visca Barsa, Vicsa Katalunya 👏
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎11355👍41🤬24🤪9
📌 Achchiq haqiqa: Umrim davomida tutgan sumkalarim deb nomlangan rasm.

Halol mehnatni uyatli joyi yo‘q. Ko‘pchilik boy insonlarning muvaffaqiyatli yo‘li ofitsiantlikdan boshlangan, to‘g‘rimi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢68👍28😁2810🤝6
#QonunchilikYangiliklari

Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini  qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹“El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi;
🔹test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

✔️Bakalavriat bo‘yicha hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:

↪️birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
↪️birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
↪️birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥10😁32
Sirtqini tugatganlar haqida karikatura

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁77🤣34👍12👎8😢5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔐Firibgarlar bank kartalaridan pullarni qanday qo‘lga kiritmoqda?

Bugungi kunda o‘g‘rilar oldingizga kelib cho‘ntagingizga qo‘l solmaydi, balki sizning hisobingizdagi pullarga ko‘z olaytirmoqda. Ushbu videoda firibgarlar telefonga «kirib olish» uchun eng ko‘p qo‘llaydigan usul – zararli APK fayllar, undan saqlanish yo‘llari hamda firibgarlikka duchor bo‘lganda nima qilish kerakligini tushuntirib beramiz.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153
📌 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli 1-iyungacha

▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:

↪️Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
↪️Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
↪️O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.

Kimlar tavsiyanoma ololadi?

➡️o‘rta ma'lumotli;
➡️OTMda o‘qimagan;
➡️5 yil staji borlar.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112👎1
Talabalar nima gap? Sessiya boshlandimi? Nima yangiliklar olamda?
👍54😁24😢11🤣10👎5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sessiyaga kirish oldidan o‘qiladigan duo ekan 😅 Siz qanday duo o'qiysiz? Kommentda yozamiz...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁69👍7😢5🤣5👏2
📌 Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

📢 Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

☝️Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

🟢Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45👎10🔥54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Xayrli tong! Sessiya topshirayotgan momiqqina mavjudotlarga omad!

Asosiysi yuqoridagidek dumalab tushmanglar...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁56🤣31👍54
⚡️O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi.

Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤‍🔥74
🤔 Rostan ham shunaqami aaa?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁116👍21🤪18🏆52
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi Yozgi ta’til vaqtida bironta ta’lim muassasasi yopilmaydi

🗣Bu haqida Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda topshiriq berildi. Yig‘ilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod o‘quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga chiqishi ta’kidlandi. Yoz oylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Barcha hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchasi va o‘quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklarini ochish topshirildi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👎6🔥5👍4
🗣 Talabalar stipendiyalari oshiriladi.

📌 “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.


▶️Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

▶️2025-yil 1-avgustdan esa byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2112👎4🔥1👏1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-iyunga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Fozil odamlar shahri” (Abu Nasr Farobiy);
🔴“Usta va Margarita” (Mixail Bulgakov);

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smartfon (4/64).

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smartfon (4/64).

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍2
2025/07/12 16:02:21
Back to Top
HTML Embed Code: