#Tayinlov
⚡️Rasman: A.Qirg'izbayev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kirg‘izbayev Abdug‘affor Karimjonovich Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
🌍 @Talimgaoid_perevod

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏1
⚡️Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar.
1. Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?
✔️ JAVOB: Joriy 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat)da sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.
2. Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?
✔️ JAVOB: Ular amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
3. Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?
✔️ JAVOB: Sirtqi o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.
4. Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?
✔️ JAVOB: Muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli natijalarining 50 %idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?
✔️ JAVOB: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida taqdim etiladigan o‘qish turi hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitishga tegishli nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng ruxsat beriladi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
1. Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?
2. Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?
3. Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?
4. Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?
5. Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
⚡️Sirtqi ta'lim yopilgan bo'lsa, o'qishni ko'chirish tartibi qanday bo'ladi?
Xabaringiz bor, 2025/2026 o'quv yilidan barcha ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi ta'lim shakli butkul yopildi. Bu o'z navbatida o'qishni ko'chirishga oid savolni o'rtaga tashlaydi.
Xo'sh endi sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish mumkinmi?
Ha albatta mumkin. Sirtqi ta'lim yopilishiga oid farmon yangi qabul qilinuvchi abituriyentlarga taalluqli bo'lib, o'qishni ko'chiruvchilar uchun hozircha qisman taalluqli emas, ya'ni quyidagilar mumkin:
✅ Xorijdan sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish;
✅ Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga sirtqiga o'qishni ko'chirish;
✅ Davlat oliygohining biridan boshqasiga sirtqiga o'qishni ko'chirish (uzrli sabab bilan);
✅ Nodavlat oliygohlarning biridan boshqadiga sirtqiga o'qishni ko'chirish;
✅ Bir oliygoh ichida sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish;
✅ Bir oliygoh ichida kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'lim shakliga ko'chirish.
Agarda, o'qishni ko'chirish jarayonida fanlar farqi ko'p chiqishi natijasida 1-kursga qabul qilinish ehtimoli yuzaga kelsa, ana unda sirtqi ta'lim shakliga ko'chirishga ruxsat etilmaydi, majburiy ravishda boshqa ta'lim shakliga ko'chiriladi.
Soddaroq tushuntirsak, bu yilgi o'qishni ko'chirishda 2-3-4-5 kurslar bemalol sirtqi ta'limga "perevod" qilishlari mumkin. Faqatgina fanlar farqi sababli 1-kursga tushib qolish ehtimoli yuzaga kelmasagina.
❗️Izoh: Agarda bu bo'yicha alohida cheklovchi huquqiy hujjat qabul qilinmasa, yuqoridagi tartibda bemalol o'qishni ko'chirishingiz mumkin.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Xabaringiz bor, 2025/2026 o'quv yilidan barcha ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi ta'lim shakli butkul yopildi. Bu o'z navbatida o'qishni ko'chirishga oid savolni o'rtaga tashlaydi.
Xo'sh endi sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish mumkinmi?
Ha albatta mumkin. Sirtqi ta'lim yopilishiga oid farmon yangi qabul qilinuvchi abituriyentlarga taalluqli bo'lib, o'qishni ko'chiruvchilar uchun hozircha qisman taalluqli emas, ya'ni quyidagilar mumkin:
Agarda, o'qishni ko'chirish jarayonida fanlar farqi ko'p chiqishi natijasida 1-kursga qabul qilinish ehtimoli yuzaga kelsa, ana unda sirtqi ta'lim shakliga ko'chirishga ruxsat etilmaydi, majburiy ravishda boshqa ta'lim shakliga ko'chiriladi.
Soddaroq tushuntirsak, bu yilgi o'qishni ko'chirishda 2-3-4-5 kurslar bemalol sirtqi ta'limga "perevod" qilishlari mumkin. Faqatgina fanlar farqi sababli 1-kursga tushib qolish ehtimoli yuzaga kelmasagina.
❗️Izoh: Agarda bu bo'yicha alohida cheklovchi huquqiy hujjat qabul qilinmasa, yuqoridagi tartibda bemalol o'qishni ko'chirishingiz mumkin.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤3🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Biz 9-may kuni nimani nisholaymiz? G'alaba kunimi? Biz o'zimizni g'olib deb bilamizmi?
Unaqada 2-jahon urushida mag'lub bo'lgan davlatlar bugungi kunda nima uchun bizdan qudratliroq hisoblanadi?"
Ishoning videoda judayam zo'r fikrlar bildirilibdi👏
🌍 @Talimgaoid_perevod
Unaqada 2-jahon urushida mag'lub bo'lgan davlatlar bugungi kunda nima uchun bizdan qudratliroq hisoblanadi?"
Ishoning videoda judayam zo'r fikrlar bildirilibdi
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥5❤🔥2❤1🥰1
⚡️Tibbiyot yo'nalishlariga "super kontrakt" bekor qilinishi mumkin
So'nggi vaqtlarda xususiy klinikalarda noto'g'ri tashxis qo'yish hamda tibbiy bilimlarning yetishmasligi sababli o'lim holatlari ko'p kuzatilmoqda. Ayniqsa oddiygina burun operatsiyasi jarayonida bemorlarning halok bo'lish sonlari ortib borayotgani vaziyatning naqadar qo'rqinchli ekanligini oshkor qilib qo'ydi.
Yuqoridagi va bir qancha yana boshqa tashvishli sabablarga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilidan tibbiyot ta'lim yo'nalishlari uchun "super kontrakt" bekor qilinishi kutilmoqda. Bundan tashqari tibbiyot sohasini bitirgan talabalar alohida maxsus imtihondan o'tolmasalar diplom berilmasligi ham joriy etilmoqda.
Avvalroq, SSV vaziri Amrullo Inoyatov tibbiyotda "super kontrakt"ni olib tashlash bo'yicha hukumatga taklif kiritganligi haqida aytib o'tgan edi.

👍34👏7🫡3
⚡️Oliygohlarda maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli qachon joriy etiladi?
Prezident farmoniga koʻra, 2025/2026-oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Farmon bilan tasdiqlangan yoʻl xaritasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga oliy taʼlim tashkilotlarida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklangan.
Unga koʻra 2025-yil iyun-avgust oylarida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi belgilangan.

👍7
⚡️Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli ya'ni part-time education haqida batafsil!
📃 Part-time ta’lim bu — oddiy kunduzgi o‘qishga o‘xshaydi, lekin unda siz kamroq darsga borasiz va kamroq fanlar o'qiysiz. Ya'ni yuklama kamroq bo‘ladi, ammo o‘qish muddati biroz cho‘ziladi. Masalan, 3 yillik bakalavr dasturi 6 yilgacha cho‘zilishi mumkin.
■ Asosiy xususiyatlari:
● Dars jadvali: odatda haftasiga 2-3 kun yoki faqat ma’lum soatlarda darslar tashkil etiladi (masalan, kechki payt yoki dam olish kunlari, talabaning vaqtiga qarab).
● O‘qish muddati: yo'nalishlarga qarab 5-6-7 yilgacha davom etadi.
● Dars jarayonlari: haftaning ma'lum bir kunida to'liq yoki 1-2 parani tashkil etadi. Ya'ni talaba shu kunlarda auditoriyaga keladi. Mutaxassislik fanlariga urg'u qaratilgani sababli, umumiy o'quv fanlari nisbatan qisqartirilgan bo'ladi. Dars vaqti, soati, kuni va parasi talaba vaqtiga mos shakllantiriladi.
● Kimlar uchun qulay: ishlayotganlar, bola parvarishlayotganlar, sog'lig'ida muammosi borlar, nogironlar yoki boshqa majburiyatlari borlar uchun.
● Diplom: to‘liq kunduzgi taʼlimga teng kuchga ega bo‘lgan diplom beriladi. Diplomda ta'lim shakli yozilaydi.
🇺🇿 O'zbekistonda bu o'qish qanday tashkil etiladi?
Bu sirtqi o'rniga joriy etilgan yangi ta'lim shakli hisoblanib, avgust oyiga qadar ilg'or xorijiy tajribalar asosida qaror loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (yoki ingliz tilida: part-time education) — bu o‘qish va boshqa majburiyatlar (ish, oila, shaxsiy sabablar)ni birgalikda olib borishga mo‘ljallangan taʼlim shaklidir. Bu tizim ko‘pincha an’anaviy kunduzgi (to‘liq stavkali) o‘qishdan farqli ravishda moslashtirilgan dars jadvalini o‘z ichiga oladi.
■ Asosiy xususiyatlari:
● Dars jadvali: odatda haftasiga 2-3 kun yoki faqat ma’lum soatlarda darslar tashkil etiladi (masalan, kechki payt yoki dam olish kunlari, talabaning vaqtiga qarab).
● O‘qish muddati: yo'nalishlarga qarab 5-6-7 yilgacha davom etadi.
● Dars jarayonlari: haftaning ma'lum bir kunida to'liq yoki 1-2 parani tashkil etadi. Ya'ni talaba shu kunlarda auditoriyaga keladi. Mutaxassislik fanlariga urg'u qaratilgani sababli, umumiy o'quv fanlari nisbatan qisqartirilgan bo'ladi. Dars vaqti, soati, kuni va parasi talaba vaqtiga mos shakllantiriladi.
● Kimlar uchun qulay: ishlayotganlar, bola parvarishlayotganlar, sog'lig'ida muammosi borlar, nogironlar yoki boshqa majburiyatlari borlar uchun.
● Diplom: to‘liq kunduzgi taʼlimga teng kuchga ega bo‘lgan diplom beriladi. Diplomda ta'lim shakli yozilaydi.
Bu sirtqi o'rniga joriy etilgan yangi ta'lim shakli hisoblanib, avgust oyiga qadar ilg'or xorijiy tajribalar asosida qaror loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2🤔1
⚡️15-maydan talabalar uchun foizsiz qarz (ssuda) olishga arizalar qabuli boshlanadi
Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.
✔️ Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.
📝 Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
📃 Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
🔸 xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
🔹ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi - agar mavjud bo‘lsa;
🔸 viza.
📋Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.
🗓 1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish ma’qullangandan so‘ng ariza qabul qilish to‘xtatiladi.
✅ Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.
📌Ma’lumot uchun: ssuda bu - qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Hukumat qarori (290-son, 02.05.2025-y.) bilan 2025-yil 15-maydan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.
Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.
📃 Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
🔸 xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
🔹ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi - agar mavjud bo‘lsa;
🔸 viza.
📋Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.
📌Ma’lumot uchun: ssuda bu - qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2
⚡️Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
🔴 “Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
🔹a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
🔸parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
🔸boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
⚡️ 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 15-maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.
🔹a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
🔸parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
🔸boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1
⚡️Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
🔰 Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:
🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi;
🔸 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.
✔️ Bakalavriat bo‘yicha hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:
🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
🔸birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
🔹 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:
🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi;
🔸 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.
🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
🔸birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
🔹 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz nima uchun o'qiyapsiz?
Mulohaza qilishga undaydigan video
🌍 @Talimgaoid_perevod
Mulohaza qilishga undaydigan video
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21😢4❤1🔥1😁1
Rostini ayting, kontraktingizni kim to'laydi?
Anonymous Poll
51%
Ota-onam
5%
Aka-uka, opa-singlim
14%
Turmush o'rtog'im
23%
O'zim ishlab to'layman
9%
Ta'lim krediti
3%
Yaqinlarim, homiyliklar va boshqa...
7%
Grantman
6%
Talaba emasman
👍21😢16🔥3💯3⚡1🤝1
⚡️Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bu yil qanday tartibda bo‘ladi?
Prezidentning 279-son qaroriga muvofiq talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilgan:
👉 xorijdagi (jumladan, TOP-1000 talikdan o‘rin olgan) OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mumkin;
👉 ko‘chirish imtihon asosida talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va majburiy 3 ta fandan test, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi (xuddi bakalavr qabulida bo‘lgani kabi);
👉 test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar tasarrufida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining _(old.DTM)_ rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
👉 o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
⚠️ Ma’lumot o‘rnida, xorijdan o‘qishni ko‘chirishda uzrli sabablar inobatga olinmaydi, faqat imtihon asosida amalga oshiriladi.
Manba: eduuz

👍7❤2🔥1🥰1💯1
⚡️Attishlaricha, endilikda har bir universitet va institut talabalari uchun maxsus talaba formasi joriy etiladi
2025-yil 1-avgustga qadar har bir oliy taʼlim tashkiloti o'z tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy vazifasi va zamonaviy talablarga asoslangan noyob imij va brend konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim.
🌍 @Talimgaoid_perevod
2025-yil 1-avgustga qadar har bir oliy taʼlim tashkiloti o'z tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy vazifasi va zamonaviy talablarga asoslangan noyob imij va brend konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎21👍10🔥3👏2⚡1😱1🥴1
⚡️Tyutorlik faoliyatiga jalb qilingan xodimlarga oylik maoshi quyidagicha belgilanadi:
tyutor – “Oʻqituvchi-stajyor” bazaviy lavozim maoshining 70 foizi miqdorida;
yetakchi tyutor – “Oʻqituvchi-stajyor” bazaviy lavozim maoshiga;
bosh tyutor –“Assistent oʻqituvchi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan)” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
tyutor – “Oʻqituvchi-stajyor” bazaviy lavozim maoshining 70 foizi miqdorida;
yetakchi tyutor – “Oʻqituvchi-stajyor” bazaviy lavozim maoshiga;
bosh tyutor –“Assistent oʻqituvchi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan)” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4😁4😐3❤2👎2🔥1
⚡️2025/2026-oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalarida barcha yoʻnalishlarda “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” va boshqa ijtimoiy fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladi.
Bu fanlar orqali talabalarga vatanparvarlik, dunyoviy qadriyatlar, taraqqiyotparvarlik va odob-axloq koʻnikmalarini shakllantirish maqsad qilingan. Dasturlarga millat qahramonlarining jasoratlari va milliy gʻururni tarbiyalovchi modullar kiritiladi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Bu fanlar orqali talabalarga vatanparvarlik, dunyoviy qadriyatlar, taraqqiyotparvarlik va odob-axloq koʻnikmalarini shakllantirish maqsad qilingan. Dasturlarga millat qahramonlarining jasoratlari va milliy gʻururni tarbiyalovchi modullar kiritiladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🥱12👏2🤷♀1🔥1😁1
⚡️OTMlarda brend mahsulotlari shahobchalari paydo bo'ladi
Joriy yildan har bir oliy taʼlim tashkiloti oʻz brendi aks ettirilgan (suvenir, kanstovar
mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) mahsulotlardan iborat savdo shoxobchalarini tashkil etiladi.
Bunda OTMlar shoxobchalarni o'z binolarida tashkil etadilar, mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik asosida yetkazib beriladi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Joriy yildan har bir oliy taʼlim tashkiloti oʻz brendi aks ettirilgan (suvenir, kanstovar
mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) mahsulotlardan iborat savdo shoxobchalarini tashkil etiladi.
Bunda OTMlar shoxobchalarni o'z binolarida tashkil etadilar, mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik asosida yetkazib beriladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👎5❤1🔥1👏1😁1
project-5937-v3.pdf
494.4 KB
“Oliy taʼlim tashkiloti brendi”ni yaratish toʻgʻrisidagi NIZOM joriy etilmoqda
Yuqorida keltirilgan bir qancha yangiliklar aynan shu qaror loyihasida ko'rsatib o'tilgan.
📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.
🌍 @Talimgaoid_perevod
💬 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Respublika oliy taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, “oliy taʼlim tashkiloti brendi”ni yaratish hamda talabalarning kiyinish madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Yuqorida keltirilgan bir qancha yangiliklar aynan shu qaror loyihasida ko'rsatib o'tilgan.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1🥰1
Forwarded from Ta'lim nazorati | Rasmiy xabarlar
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Xorijdan O'zbekistondagi litsenziyaga ega xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish (Perevod) uchun so'nggi imkoniyat.2,3,4- kursdan ham oʻqishni koʻchirishingiz mumkin. Kvotalar soni cheklangan!
📂 Ikki tomonlama shartnoma asosida aloqa xatidagi hujjatlarni yetkazib berish xizmati ham yo'lga qo'yilgan.
👉 Murojaat uchun: @Managers_fs
📚 Ta'lim yo'nalishlari:
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Farmasevtika
• Yurisprudensiya
• Iqtisod
• Pedagogika
• Tarix
• Psixologiya
• Boshlangʻich ta'lim
• Maktabgacha taʼlim
• Konchilik ishi
• Neft gaz
Litsenziya (№2502676 25.06.2024)
☎️ Murojaat uchun:
☎️ +998919775303 Yozish

👍2