Telegram Web Link
⚡️Ham perevod uchun, ham abituriyent bo'lib oliygohga hujjat topshirish mumkin

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talaba oliygohga abituriyent bo'lib ham hujjat topshirishi mumkin.


🖊 Buning uchun, 15-iyun va 15-iyul oralig'ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin va saytga diplom yoki attestat raqamini kiritishi kifoya. Agarda ushbu hujjatni oliygohiga topshirgan bo'lsa raqamini bilmasa taxminan noto'g'ri raqam kiritsa ham bo'laveradi.

➡️15-iyul sanasidan boshlanadigan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.

Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo'lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqqiyatli o'tganidan so'ng, keyinchalik o'z xoxshiga ko'ra birini tanlashiga to'g'ri keladi.

⚠️Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish ta'qiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug'dirmaydi. Ammo bir vaqtning o'zida ikkita oliy ta'limda o'qish imkoniyati mavjud emas.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
⚡️Tanlov g'oliblari aniqlandi!

Kanalimiz tomonidan o'tkazilgan tanlov g'oliblari aniqlandi. Kanalimiz muhokama guruhida hafta davomida eng ko'p do'stlarini taklif qilgan hamda mavzular yuzasidan faol bo'lgan obunachilar aniqlandi hamda quyidagicha rag'batlantirish belgilandi:

Mavjuda – 150.000 so'm
Erkinjanovna – 70.000 so'm
Nazarova – 50.000 so'm
🤍 profili – 50.000 so'm
Madina – 30.000 so'm

🎉Ushbu g'oliblar pul mablag'larini olish uchun @Talimgaoid_admin profiliga murojaat qilishlari so'raladi.

🤝Navbatdagi tanlovda ham faol bo'lgan obunachilar moddiy rag'batlantiriladi. Mukofot miqdori obunachilar faolligiga qarab oshirib boriladi. Siz ham tanlovda ishtirok etib, moddiy rag'batlantirishga ega bo'ling!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍
@Talimgaoid_perevod
4🔥1
🚀Orzuyingizdagi kasb sari ilk qadamni qayerdan boshlaysiz?
Albatta, Osiyo Xalqaro Universitetida!

🎓 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi!

35 ta bakalavr va 14 ta magistratura, 25 ta ordinatura, 11 ta doktarantura

Grantlar va rektor stipendiyalari

Chet el amaliyotlari hamda AQSH bilan qo‘shma ta’lim imkoniyati

Ish va o‘qishni muvozanatlash imkonini beruvchi moslashuvchan dars jadvali

Karyera markazi orqali ishga joylashish bo‘yicha amaliy ko‘mak

Hoziroq
ariza topshiring va kelajagingizni mustahkamlang!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
⚡️Bugun, 8-iyun kuni abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli yakunlanadi

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi.

Tavsiyanoma muddati qancha?

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.

‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥1
🎓 Kelajagingiz shu yerda boshlanadi – QABUL BOSHLANDI!

NIU bugun O‘zbekiston yoshlari uchun 2 milliard so‘mlik GRANT ajratgan zamonaviy va xalqaro standartlarga mos universitet! 18 ta bakalavriat yo'nalishlari, 3 ta magistratura mutaxassisliklari — har biri real kasb, haqiqiy imkoniyat!

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya (№ 755472 06.08.2022)

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: USTIGA BOSING
📞 Call:center: +998555000043

Bizning manzillar:
📍 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida

Prezident qarori (15.06.2022-y, PQ-279-son)ga asosan Respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat (xususiy) va xorijiy OTM filiallaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga 2 xil yo‘l bilan o'qishni ko'chirishi mumkin.

🗄 Mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chirganda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida;

🗄 Davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov (super kontrakt) asosida amalga oshiriladi:

Ya'ni, nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlarining noturdosh ta'lim yo'nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkin.

Ushbu summa yo'nalishlarga qarab stipendiyasiz kontrakt summasining 6 barobaridan 20 barobarigacha tashkil etishi mumkin.


➡️ Imtihonsiz o'qishni ko'chirishda super kontrakt narxlari

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👎1
Kvota_AL_2025.pdf
1.8 MB
#Qabul2025 #AkademikLitsey

⚡️Rasman: Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 73 ta akademik litseyga jami 15 262 ta kvota ajratildi.

Hujjatlar 10-iyundan boshlab my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #AkademikLitsey

⚡️Rasman: Ertadan akademik litseylarga qabul boshlanadi


💬 10-iyundan 2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlanadi.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1🥰1👏1
#raqamlashtirish #interaktiv_xizmatlar

⚡️My.gov.uz mobil ilovasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy etilgan ta’lim xizmatlari soni 15 taga yetdi.

📱 Endilikda siz, my.gov.uz mobil ilovasi orqali vazirlikning quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

➡️ O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim);

➡️ Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (litsey va kasbiy taʼlim muassasalaridan);

➡️ Oliy taʼlim muassasasalari talabalari uchun akademik maʼlumotnoma (transkript) olish;

➡️Stipendiya haqida maʼlumot;

➡️Diplom dublikatini olish;

➡️Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash;

➡️ Talabalar turar joyiga joylashish;

➡️Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish;

➡️Doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

➡️Magistratura bosqichi talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

➡️Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

➡️Magistraturaga kirish uchun ariza yuborish;

➡️Oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish;

➡️Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish.

📲 Smartfonimiz har doim yonimizda bo‘lgani uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda my.gov.uz mobil ilovasi eng qulay tanlov hisoblanadi.

📱 Ilovani yuklab olish bu yerda: Google Play va AppStore.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
❗️ Abituriyent diqqatiga: Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning!

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.

✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.

🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.

❗️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.

✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkentga 4 ta OTM ko‘chirilyapti, ular qaysilar?

Dastlabki bosqichda yangi shahardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika (40 gektar), Yangi O‘zbekiston (50 gektar), Vebster (20 gektar) va Yuridik universitetlari joy egallaydi.

Arxitektor Saidazim Sharipovning aytishicha, hozirda Nizomiy va Yangi O‘zbekiston universitetlari binolari ko‘tarilyapti, 2027 yildan talabalar unda tahsil ola boshlaydi. Mutaxassis universitet binolari xorij oliygohlari kabi kampus ko‘rinishida bo‘lishini ma'lum qildi.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
62👍1🔥1👏1
​​⚠️2025–2026 o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlariga qabul boshlandi!

🎓 Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (sobiq Yeodju Texnika Instituti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 241191-sonli davlat litsenziyasi asosida faoliyat olib boradi hamda magistr darajasida berilgan diplom O‘zbekiston hududida to‘laqonli tan olinadi.

Universitet 2019-yil 17-dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining 1007-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, KAZSEE va IQAA xalqaro akkreditatsiya agentliklari tomonidan tan olingan dasturlarga ega.

🗓 Qabul muddati:
📅 2025-yil 2-apreldan – 1-avgustgacha
🖥 Hujjatlar faqat onlayn tartibda qabul qilinadi:
👉 https://masters.kiut.uz/

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

Pasport yoki ID karta nusxasi (rangli)
Oliy ta'lim diplomi va ilovasi (rangli)
3,5 x 4,5 sm hajmdagi elektron fotosurat (so‘nggi 3 oy ichida tushirilgan)
📥 Fotosurat namunasi: https://www.tg-me.com/mskiut/30

📍 Manzil:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy
🧭 Mo‘ljal: Toshkent Janubiy vokzali

📞 Aloqa: (+99878) 129-40-40 (ichki raqam – 137)
🌐 Web: https://kiut.uz/uz/admission/magistratura/
📱 Telegram: @mskiut
3
⚡️O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Arizalar qachon beriladi?

● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
● pasport yoki ID nusxasi.

Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;
mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;
OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;
talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;
OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;
kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.

➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.

➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.

➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥3👍2
Joriy yilda maktabning 11-sinfini bitiganlar kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishlari kerakmi?

my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Forwarded from Ta'limga oid
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Savollaringizga, 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob mumkin.


Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:

@Talimgaoid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1
🔥 Ichki perevod haqida

Ichki perevod – ya'ni bir oliygohning ichida amalga oshirish mumkin bo'lgan holatlar:


▪️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (mos va turdosh yo'nalishlar) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi va xulosa beradi.

▫️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (noturdosh yo'nalishlar) – arizalar onlayn shaklda transfer.edu.uz sayti orqali topshiriladi. Arizalarga davlat komissiya tomonidan xulosa beriladi.

▪️Ta'lim shaklini o'zgartirish (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyga) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan xulosalanadi.

▫️Ta'lim tilini o'zgartirish (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tildagi guruhlar) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Xulosa dekanat tomonidan beriladi.

▪️Guruh o'zgartirish (bir guruhdan boshqasiga) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Jarayon dekanat xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

▫️ Oʻqishni tiklash (o'z yo'nalishiga yoki boshqa turdosh yo'nalishga) – arizalar toʻliq transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Xulosa OTM mas'ul komissiyasi tomonidan beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4
⚡️Ta'lim shaklini o'zgartirish tartibi haqida

🗄Oliygoh ichida faqat ta'lim shaklini o'zini o'zgartirish – OTM komissiyasi hal qiladi;
🗄Bir davlat oliygohidan boshqasiga ta'lim shaklini o'zgartirib ko'chirish – vazirlik xulosasiga ko'ra amalga oshadi (bir davlat OTMdan boshqasiga perevod uchun uzrli sabab kerak);
🗄Xorijiy, nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ta'lim shaklini o'zgatirib ko'chirishda – testdan yetarli ball to'plab o'qishi ko'chirilsa, ta'lim shakli bo'yicha xulosani ko'chirayotgan OTM moddiy texnik bazaga qarab o'zgartirishi mumkin;
🗄Nodavlat oliygohlardan boshqasi – ko'chirayotgan OTM hal qiladi;
🗄Nodavlat oliygohning o'zida ta'lim shaklini o'zgartirish – OTM komissiyasi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’limni tamomlagandan so‘ng sizni qancha miqdordagi oylik qoniqtiradi?

Aslida, masala faqat pulda emas. Yoshlar o‘zini qadrlaydi, o‘z mehnatini baholaydi va kelajak uchun sarmoya qidiradi.

Sizchi? Oliy ta’limni tugatgach, siz uchun qancha maosh qoniqarli hisoblanadi?

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
9-yoki 10-sinfni tugatganlar ham OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 11-moddasida quyidagi shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi belgilangan:

umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim);

o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim);

boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar;

ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar.
❗️Shu sababli maktablarning 9-10-sinf va akademik litseylarning 1-kurs o‘quvchilari majburiy 11 yillik ta’limni tamomlab, attestat yoki diplom olgandan so‘nggina oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🤬2
2025/07/13 21:18:13
Back to Top
HTML Embed Code: