Telegram Web Link
#Savol_javob

⚡️O'qishni ko'chirishda IELTS, CEFR yoki boshqa sertifikatlar qandaydir imtiyoz beradimi

Xorijdan, O'zbekiston hududidagi davlat yoki nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirishda hech qanday imtiyoz berilmaydi

Nogiron, boquvchisini yo'qotgan, temir yoki ayollar daftarida ro'yxatda turgan, oilada yolg'iz boquvchi yoki kasal parvarishlovchi, xarbiy xizmat o'tab imtiyoz olgan, zulfiyachi, xalqaro sport yoki fan olimpiadalari bitiruvchilari, "mard og'lon" yoki boshqa mukofot g'oliblari, stipendiant yoki maxsus oliygoh talabasi bo'lishingizdan qat'iy nazar bular o'qishni ko'chirishda sizga hech qanday imtiyoz berilmaydi

Imtiyozlar - faqatgina budjetda o'qiyotgan talaba o'qishini ko'chirsa budjet bo'lib o'tishi hamda uzrli sababli kishilarning qishki perevodda ham hujjat topshira olishi tushuniladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84
O'qiyotgan (ishlayotgan) ta'lim muassasangiz tomonidan "Open budget" uchun ovoz berishga majburlash holatlari kuzatilyaptimi?
Anonymous Poll
32%
Ha, bu holat kuzatilyapti
59%
Yo'q, bunday holatga hali duch kelmadim
9%
Oliygohga aloqasi yo'q loyihalarga ovoz yig'dirishyapti
👍102
⚡️ O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, belgilangan toifadagi talabalar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA (grade point average) ko‘rsatkichi) “3,5” va undan yuqori bo‘lgan talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.


Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarining 19 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.


Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.


🖊 Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институтида индуизмга оид Ҳоли диний байрами ташкиллаштирилибди.

Маълумот учун: МЖтКнинг 201-моддаси иккинчи банлига кўра диний йиғилишлар, кўча юришлари ва бошқа диний маросимлар ўтказиш қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик белгиланган!

@adolat_kuychisi
👎8👏4👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diplomni boshqa davlatlarda qanday olishadi? Bizdachi?
😊😊😊😊😊😊😊

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣24😁10👍3😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Bu videoni ko'ringizmi?

Ko'rib yig'lamaslikning iloji yo'q. Nahot siz shu maqomga erishishni istamasangiz? Axr sizni qo'lingizdan keladiku!

Tasavvur qiling siz bugundan harakatni boshladingiz, ha aynan bugundan. Va bir necha yildan keyin ota-onangizga aynan mana shunday qo'ng'iroq qilishlariga sababchi bo'ldingiz.

Bu vaqtdagi his hayajonlarni hech narsaga almashtirib bo'lmaydi. Bugundan oz-oz yod olishni boshlang va aniq natijaga erishasiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥5🥰21
⚡️Akademik qarzdorligi bor talabalar o‘qishdan chetlatilishi mumkin!

Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi akademik qarzdorligi bor talabalarni o‘qishdan chetlatmaslik haqidagi me’yorni bekor qilishni taklif qilmoqda.


🔰Hozirgi tartibga ko‘ra:

GPA o‘tish ballidan past bo‘lsa, talaba kursda qoldiriladi.
Akademik qarzdorligi bor talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi.
Ular faqat qarzdor fanlarni o‘zlashtirib, shunga mos kontrakt to‘laydi.
Qayta o‘qish soni cheklanmagan.

Agar yangi taklif ma’qullansa, akademik qarzdor talabalar o‘qishdan chetlatilishi mumkin. Bu esa ta’lim tizimida ancha jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi.pdf
799.1 KB
⚡️Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


Nechanchi kurslarga taalluqli?
JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.

Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.


Magistrlarga taalluqlimi?
JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.

Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:

1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;

2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;

3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.


Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.


Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?
JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.


Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?
JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.

Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
⚡️Universitet va Institut o‘rtasidagi farq nimada?

Ko‘pchilik abituriyentlar va talabalar "universitet" va "institut" tushunchalarini bir-biridan farqlay olishmaydi. Aslida, bu ikkisi o‘xshash bo‘lsa-da, muhim farqlarga ega.


🏛Universitet – keng qamrovli ta’lim maskani
◀️Universitet – turli sohalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim beruvchi yirik oliy o‘quv yurti.
▶️U bir nechta yo‘nalish va fakultetlarni qamrab oladi (masalan, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot, pedagogika va boshqalar).


🏢 Institut – muayyan sohaga ixtisoslashgan o‘quv yurti
▶️Institutlar asosan bitta yoki bir nechta o‘xshash yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘ladi (masalan, pedagogika instituti, muhandislik instituti).
◀️Universitetlarga qaraganda kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bakalavriat va magistratura darajalarini beradi.


XULOSA

🟢Agar siz keng tanlov imkoniyatiga ega bo‘lishni istasangiz, universitet siz uchun yaxshiroq variant.
🔴 Agar aniq bir sohaga ixtisoslashmoqchi bo‘lsangiz, institut mos keladi.

O‘zingizga mos ta’lim muassasasini tanlab, kelajagingiz uchun to‘g‘ri qadam qo‘ying!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥61
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sirtqi ta'limda o'qiydigan talabalar haqida video ekan.

Sirtqi ta'limda o'qiydigan tanishlarga yuborib qo'yamiz😁

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁16👎72👍2
⚡️Darsga kelmagan akademik qarzdor talaba endi talabalar safidan chetlashtirilishi kutilmoqda

🔴1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan deylik;
🔴1 kredit 30 soatga teng hisoblanadi;
🔴1 ta fanning 6 krediti esa 180 soatga teng (6•30=180);
🔴180 soatning 40% (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60% (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

❗️Agara talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini yaʼni 18 soatni qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba esa akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

Lekin taklif etilayotgan yangi tartibga ko'ra, kursdan-kursga qoldirish tizimi o'rniga talabalar safidan chetlashtirish kutilmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎14👍6😁51
"Otchisleniya" bo‘lgan talabalar ham o‘qishini ko‘chirishi mumkinmi?

✔️ Xorijiy davlatlarda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o‘z vaqtida to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishidan chetlatilgan holatlar yo‘q emas. Ushbu toifadagi talabalar ham o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirishi mumkinmi?

🗂 Buning uchun talabadan o‘qigan davri ko‘rsatilgan transkripti (yoki akademik ma’lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to‘g‘risida buyruq kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatni o‘qishni ko‘chirish arizasiga ilova qilgan holda imtihonlarda bemalol ishtirok etishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov mavjud emas.

Shuningdek, o‘qishdan chetlatilgan talabalar o‘qishini qayta tiklash muddati quyidagicha belgilangan:

5 yilgacha — rektor buyrug‘i bilan;
5 yildan 10 yilgacha — tegishli vazirlik yoki idora qarori asosida;
10 yildan ortiq — idoralararo komissiya qarori bilan.


Ushbu tartib 2017 yil 20 iyundagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asoslanadi.


🔔 Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o‘qishdan chetlatilgan talabalar ham Respublikadagi davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
#Savol_javob

O'qituvchi kech qolgan talabani darsga kiritmaslikka haqlimi?

✏️ O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan.

📔 O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.

💭 Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki tartib-qoidalarni va dars vaqtlarini oliy ta’lim muassasalarining o‘zi belgilaydi. Demak darsga kiritish yoki kiritmaslik, davomat masalalari har bir oliy ta’lim muassasalarida ichki qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1
⚡️Muxtor Avezov endi O'zbekistonda!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 11.03.2025 sanasida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filialiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya taqdim etildi.

Universitetning filiali ochilishi haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisida bu haqida ma'lum qilingan edi.

Ushbu oliygoh xalqaro tan olingan TOP-1000 talik oliygohlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, bitiruvchilar diplomi O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri tan olinib kelgan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131😁1
❗️Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?

🔰 Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹21 mart (juma) – Navro‘z bayrami – barcha uchun dam olish kuni;

🔹22 mart (shanba)5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

🔹23 mart (yakshanba) – dam olish kuni.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#Bilasizmi

⚡️Matematika va informatika yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi tashkilotlarda va lavozimlarda ishlashi mumkin?

Ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari
Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi tizimi
Oliy ta’lim muassasalari
Ilmiy tadqiqot institutlari
Xususiy o‘quv markazlari va repetitorlik kurslari

🌠 Lavozimlar:
Matematika o‘qituvchisi
Dasturlash o‘qituvchisi
Ilmiy tadqiqotchi (Matematik-analitik)
Darsdan tashqari to‘garak rahbari

Axborot texnologiyalari (IT) va dasturlash sohasida
IT Park Uzbekistan
Xususiy IT-kompaniyalar
Davlat idoralarining IT bo‘limlari (Davlat soliq qo‘mitasi, DXX va boshqalar)
Banklar va sug‘urta kompaniyalari (kapital banklar, Uzcard, Humo va boshqalar)

🌠 Lavozimlar:
Dasturchi (Backend, Frontend, Full Stack Developer)
Ma’lumotlar tahlilchisi (Data Analyst, Data Scientist)
Kriptografiya va kiberxavfsizlik mutaxassisi
Sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassi

Moliya, bank va sug‘urta sohasi
Markaziy bank va tijorat banklari
Sug‘urta kompaniyalari
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi
Investitsiya va konsalting kompaniyalari

🌠 Lavozimlar:
Moliyaviy tahlilchi (Financial Analyst)
Risk-menejer (Risk Manager)
Sug‘urta aktuarisi (Insurance Actuary)
Soliq tahlilchisi

● Davlat tashkilotlari va statistika sohasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Davlat soliq qo‘mitasi
Bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🌠 Lavozimlar:
Statistik tahlilchi
Iqtisodiy tahlilchi
Transport va logistika mutaxassisi
Davlat soliq inspektori

Sanoat, muhandislik va logistika sohasida
O‘zbekneftgaz, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, UzAuto Motors
Transport va logistika kompaniyalari
Qurilish va muhandislik firmalari

🌠 Lavozimlar:
Logistika va ta’minot tahlilchisi
Muhandis-matematik
Jarayonlarni modellashtirish bo‘yicha mutaxassis

Xususiy biznes va tadbirkorlik

🌠 Lavozimlar:
Xususiy ta’lim markazi asoschisi
Matematika va IT bo‘yicha startap asoschisi
Biznes-analitik
Tadbirkorlik va investitsiya maslahatchisi


XULOSA

Matematika va informatikaga oid sohalarni yo‘nalishini bitirganlar O‘zbekistonda ta’lim, IT, moliya, davlat idoralari, muhandislik va tadbirkorlik sohalarida ishlashlari mumkin. Ayrim lavozimlar uchun qo‘shimcha sertifikat yoki malaka oshirish talab qilinishi mumkin.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16😱2🔥1
⚡️Rasman: Saudiya Arabistoni oliygohlari uchun qabul 1-may sanasidan boshlanadi!

Saudiya Arabistoni oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish sanasi e’lon qilindi.


Joriy yilning 1-may sanasidan boshlab - 14-iyun kunigacha Saudiya Arabistoniga onlayn hujjat topshirish uchun qabul jarayonlari davom etadi. Abituriyentlarni bir vaqtni o‘zida 5 ta oliygoh hujjat topshirish imkoniyatiga egalar.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
2025/07/14 22:29:40
Back to Top
HTML Embed Code: