Telegram Web Link
⚡️Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas?

📝O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi. Bir necha yildan beri ushbu ta'lim shakllararo o'qishni ko'chirishga ruxsat etib kelinmoqda.

Jadvalda ko'rsatilmagan MASOFAVIY ta'lim shaklidan sirtqi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin.

➡️O'tish ballari
➡️Imtihon tartibi

O'qishni ko'chirishga oid xabarlar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Nima uchun botga yuborayotgan ko'plab savollar javobsiz qolmoqda?

Sababi oddiy: botga savolingizni bitta matnga jamlab batafsil yozishingiz lozim. Shunda savolingiz tushunarli shaklda qabul qilinadi va adminlar tomonidan javob qaytariladi.

Rasmda savollarni qanday shaklda berish ko'rsatilgan. "Yomon" holatdagi bir qancha matnlarga bo'lib berilgan savollar boshqa savol beruvchilarniki bilan aralashib ketadi va adminlar savolingiz mazmuniga tushunmay qolishiga olib keladi.

Shu sababli savolingizni bitta matnga to'liq va batafsil shaklda yozib qoldirishingiz so'raladi. Bir nechta savolingiz bo'lsa ham hammasini bitta matnda yuboring, ana shunda javob yuboriladi.

E'tibor uchun raxmat!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyada kredit modul tizimi qanday ishlaydi?

Germaniyada hamma oliy ta‘lim dargohlari shunday tizimda tashkil etilganki, ya'ni hech qanday qat'iy ko‘rsatma yo‘q, talaba hamma narsani o‘zi tanlaydi, o‘z yo‘nalishidan kelib chiqib fanlarni ham o‘zi tanlaydi, bu yerda qachon qaysi ma'ruzaga borish, qachon qaysi fandan imtihon topshirish, bularni hammasini o‘zi tanlaydi. Bundan tashqari barcha professorlar, kafedradagi har bir o‘qituvchi xuddi instagramda blogerlar obunachilar uchun kurashgandek izlanishi kerak. Ma‘lum bir professorning ma'ruzasiga faqat uni eshitishni istagan talabalargina boradilar. Chunki odamlarni ma‘lum bir joyga borishga majburlab bo‘lmaydi! — "O‘zbekistonlik" filmidan parcha.

Haqiqiy kredit-modul tizimi mana shunday ishlaydi!

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16😁31
⚡️Aniq fanlarga qiziquvchi maktab bitiruvchilarining yangi tanlovi g‘olibi «Damas» oladi!

Maktab bitiruvchilari “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasida ishtirok etib, Damas yutib olishlari mumkin. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

1-o‘rin — “Damas” avtomobili (3 dona)
2-o‘rin — 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
3-o‘rin — 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga) bilan taqdirlanadi.

➡️Qayd etilishicha, aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadada faqat 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi va o‘quvchilar fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😁1
Majburiy Fanlar 600 ta TEST.pdf
26.6 MB
#Testlar

🔥 Majburiy fanlardan testlar to'plami

Majburiy blok (Ona tili, matematika va O'zbekiston tarixi) fanlaridan 600 talik testlar to'plami. Kuniga bittadan variantga tayyorlansangiz ham bo'ladi.

Izoh: Testda javoblar ko'rsatilmagan!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Majburiy Matematika Namunasidagi 400 ta test.pdf
8.4 MB
#Testlar

🔥Matematika fanidan majburiy blok na'munasidagi 400 ta testlar to'plami

Ushbu faylda majburiy matematika namunasida 400 ta test savollari javoblari bilan birga keltirilgan. O'qib tayyorgarlik ko'ring.

📑O'qishni ko'chirish hamda abituriyentlar uchun imtihonlarda shu kabi na'munadagi testlar tushadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1🥰1
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblar:

“Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi, til sertifikatlari ham shular jumlasidan;

“Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi;

Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari yuqorida ko‘rsatilgan;

Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, ya’ni kim mana shu o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qat’i nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84
Diplom bor, ish yo‘q. Ayb kimda?

Har yili yuz minglab kadrlarni yetishtirib beradigan oliy ta’limdami yoki ularga ish topib berolmaydigan bandlik tizimidami?

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Ayrim talabalar perevod masalasida "shustri"lik qilishadi😁

Bakalavriatda o'qish muddati quyidagicha:


Kunduzgi ta'lim: 4 yil
Kechki ta'lim: 4,5 yil
Sirtqi ta'lim: 5 yil

Talabalar vaqtdan yutish maqsadida sirtqi yoki kechki ta'limdan kunduzgi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish uchun ariza yozishmoqda. Ular bu ish orqali ertaroq oliy ta'limni bitiraman deb o'ylashadi.

☝️ Lekin 70-80 ehtimollikda kurs masalasida ortga qaytishlari mumkin. Kamida bir yoki ikki kurs ortga qaytish ehtimoli bor. Bunda fanlardagi farq soni 4 tadan oshish ehtimoli yuqori. Chunki kunduzgi, sirtqi va kechki ta'limda o'tiladigan fanlar bir-biridan anchagina farq qiladi.

👉 Bu masalada transkript olgandan so'ng o'qishingizni ko'chirmoqchi bo'lgan yo'nalish zamdekani bilan maslahatlashib ko'ring. Fanlar farqini hisoblab berishi mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣13👍7😁32👏1
⚡️Test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori ko'tarildi

Oliy ta'limga kirish imtihonlari va o'qishni ko'chirish test sinovlarida qatnashish uchun bu yil abituriyent va "perevodchilar" 187 500 so‘m to‘lov qiladilar.

💵 O'tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori 170 ming so‘mni tashkil etgan, bu yil bu miqdor 187 500 so'mni tashkil qilmoqda.

Amaldagi tartibga ko'ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50% miqdori to'lov amalga oshiriladi. O'tgan yili BHM miqdori 340 ming so'mni tashkil etgan. Bu yil BHM miqdori 375 ming so'mga ko'tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 187500 so'mni tashkil etmoqda.


🔰Quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etilganlar:

o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🥴4👎1🔥1💔1
💵 Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish (apostil) uchun qancha to‘lash kerak?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.

📌 Bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 75 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

💻 Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyati mavjud.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qishni ko'chirishda qanday imtiyoz turlari mavjud?

IELTS, CEFR yoki boshqa turdagi sertifikatlar imtiyoz beradimi?

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
📢 Diqqat ovozli chat!

Hurmatli kuzatuvchilar!


Kanalimizda xorijda ta'lim olish masalalari bo'yicha mutaxassislar ishtirokida ovozli chat tashkil etish rejalashtirilmoqda. Endilikda arab, yevropa davlatlari, Turkiya, Aqsh, Finlandiya va boshqa ta'lim sohasida yetakchi mamlakatlarga qanday qilib o'qishga kirish, o'qishni ko'chirish imkoniyatlari, u yerdagi shart-sharoitlar haqida mutaxassislar ishtirokida batafsil ma'lumot berish rejalashtirilmoqda.

Ilk ovozli chatimizda Saudiya Arabistoni ta'lim tizimi, mahalliy va xorijiy talabalarga yaratilgan sharoitlar, o'qishga qabul qilish tartib-qoidalari haqida gaplashishni rejalashtirmoqdamiz. Undan keyingi ovozli chatimizda esa Yevropaning nufuzli ta'lim muassasalari haqida gaplashamiz.

Ushbu mavzu bo'yicha savollaringizni izohlarda yozib qoldiring, ovozli chatda bular inobatga olinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🔥1😁1
⚡️ 5 yillik staj talab etiladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining aniq ro’yxati

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024 o'quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlangan bo'lib, bular:

boshlang‘ich ta’lim;
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
musiqa ta’limi;
jismoniy madaniyat;
texnologik ta’lim.

👨🏻‍💻 Boshqa ta’lim yo‘nalishlari (14 ta yo'nalishdan boshqa) uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent o'qishga topshirishi mumkin.

❗️Respublikadagi barcha davlat va nodavlat OTMlar yuqoridagi yo'nalishlarga abituriyentlarni faqatgina 5 yillik ish staji asosida qabul qilishi mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌐 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
⚡️Tez orada 5 kunlik ish rejimiga o‘tishimiz mumkin

❗️«Mening fikrim» portalida ta’lim tizimini to‘liq besh kunlikga o‘tkazish bo‘yicha petisiya joylangan edi.

Unga 10 mingdan ortiq ovoz to‘plandi. Tez orada ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Yaqinlarga ham yuborib qo‘yamiz!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥6🤣42
⚡️​​"Navoiy, zulfiyachilar bu yerda xatto qabulxonaga ham ishga kira olmaydi" – Londondagi o'zbek talabasi

Angliyada o‘qiyotgan O‘zbekistonlik talabaning ta’lim tizimimiz xaqidagi fikrlari:


Londonda tili burro tadbir uyishtirib "faol" bo‘lganlar bir tiyin ekan.
• Men hindlar va xitoy, koreys va yapon talabalarini ko‘rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.
• Xullas, men shunchaki bo‘m-bo‘sh miya bilan magistraturaga kelib qolibman. Masalan, guruxdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o‘ylagan darajada emas, yaxshi biladi degani xam emas. Bular "chachvoradi". Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o‘rganib kelishganki, men ularga haliyam yeta olmayapman.

• Kompyuterni, ofis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o‘zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning, har biri mendan yaxshi biladi.

• Dunyoqarash jihatidan ham biz Markaziy Osiyo talabalari oqsoq ekanmiz. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib, ular nima ishlab chiqaradiyu, qaysi mahsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo‘lsa haliyam kofe turlarini farqiga bormayman.

Siz o‘zingizni O‘zbekistonda turib "Kelajak bizniki, shu turishimda O‘zbekistonni dunyoga tanitaman" demang.
• Men shunaqa deb xato qilganimni bildim. Biz rostdan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo‘lsak, rostdan o‘qishimiz kerak.
Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz, ko‘p sohada. Davlat siyosati yoki iqtisodiy nuqtai nazardan emas, oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko‘nikmalaridan ularni amaliyotga tatbiqigacha...

Bizni yana eng katta aybimiz bu nomzodlarga katta rag‘batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib Nyu York, London, Tokio yoki shunga o‘xshagan shaharlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonaga xam ishga kira olmaydi. Nega?
• Chunki u yerda bizdagi "faol talaba"dan oldin hind yoki xitoylik ishga topshirib bo‘lgan. Undan ustun bo‘lish uchun "Kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz o‘tmaydi.

• Bu yerda, ya’ni Londonda, yaxshi ofis ishiga kirishingiz osmono‘par binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma yuz intervyu bo‘ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so‘ramaydi. Ular sizdan "ilm" so‘raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqali xar kimga beriladigan Qozog‘istonning xususiy ko‘krak nishonlari bir tiyin. • Ular ilm so‘raydi.

• Xulosa: bu fikrlar hech kimga qaratilmagan lekin, ko‘zimizni ochishimiz kerak. Dunyo miqyosida bizning talabalar ancha ortda. Sizdan iltimos "Men eng faol, eng zo‘r talabaman" demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo‘limizdan olib bo‘lishmoqda...
• O‘qing birodar...

©️O‘rinov Axmadjon

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2931🥱1
#Tezkor #Xushxabar

O‘zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni" deb e’lon qilinadi – Prezident

Haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p. Shu bois har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni", deb e’lon qilinadi.

Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga 20 milliard so‘m ajratiladi, dedi Prezident.

Endi ishxonalar har oyda o‘z xodimlarini Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz tomonlarga dam olgani yuborib turishadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏17👍11🔥32👎1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirTemur #TemurDay #689yil #Qalqon

👍 Namangan davlat universiteti «Qalqon» jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan tayyorlangan videolavhada Amir Temur hayotiga oid faktlar bilan tanishing!

🔹 YouTubeda koʻrish: https://youtube.com/shorts/G6R0q4yXVnc

🔹 Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Oʻqishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
ONA TILI. MAJBURIY.pdf
425.5 KB
#Testlar

🔥Ona tili fanidan majburiy blok namunasidagi 300 ta testlar to'plami

Ushbu faylda majburiy ona tili namunasida 300 ta test savollari keltirilgan. Kuniga bittadan variant yodlasangiz ham ancha bilim bazangiz oshadi. O'qib tayyorgarlik ko'ring.

Izoh: Testda javoblar ko'rsatilmagan!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
14.04.2025_test_candidates.pdf
463.3 KB
Nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2025-yil 14-aprel kuni o‘tkaziladi.

📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

📝Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko'ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o'zgartirish uchun https://www.tg-me.com/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.


📌Test o'tkaziluvchi manzillar

Rasmiy telegram sahifasi:
🇺🇿https://www.tg-me.com/UzNostrifikatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025/07/13 15:24:41
Back to Top
HTML Embed Code: