Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Hayot yo‘llari Buxoro ko‘chalarida kesishdi…

Ba’zida hammadan “Qaysi o‘qishga kirasan?”
degan savollar charchatib yuboradi.

⚖️ Tanlov qilish qiyin. Balki bir yil kutish kerakdir? Balki hozir harakat qilish kerakdir?

“Bir yil bekor o‘tadi. Hozir imkoniyatlar vaqti. Oldinga yurish kerak!”

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda! Va sizni quyidagilar kutmoqda:

Zamonaviy bakalavr yo‘nalishlari
200 ta grant o'rni
Chet elda amaliyot
O‘qish davomida ish topish, tajriba orttirish va o‘z loyihangizni boshlash
Talaba klublari, sport, volontyorlik va cheksiz o‘sish muhiti

🚀 Qaror qabul qilish vaqti aynan hozir.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009

🔗rus/english

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5😁4👍1
⁉️O‘tgan yilgi test savollari bu yilgi imtihonda ham takrorlanishi mumkinmi?
 
🎓 Davlat test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi va birinchi smenada tushgan savollar ikkinchi smenaga takroran berilmaydi. Har bir smena uchun alohida test savollari bazasi shakllantiriladi, bu esa imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlaydi.

Texnik jihatdan, ayrim savollar mazmunan yoki shaklan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Chunki testlar davlat ta’lim standartlari asosida tuziladi. Biroq, aynan o‘tgan yilgi test savollari bu yil to‘liq shaklda takrorlanishi ehtimoli juda past.
 

🎥 Davlat test markazi (DTM) tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan videoda quyidagilar qayd etilgan edi:
 
— har bir test smenasi uchun maxsus test topshiriqlari bazasi yaratiladi;
 
— savollar bir smenadan boshqasiga o‘tmaydi;
 
— ushbu tizim yildan-yilga o‘zgarishsiz saqlanib kelinadi.
 
Shuningdek, 2025–2026-yilgi test sinovlarida ham ushbu tartib saqlanib qoladi.

@mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍1🗿1
#Qabul2025

⚡️Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik, O‘qishni ko‘chirish — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?

Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz

OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

📣 Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍2
⚡️Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash imkoniyati yaratildi

Bilimni baholash agentligi standardlariga muvofiq, OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun maxsus @BMB_testbot telegram boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 Ona tili;
👉 Matematika;
👉 O‘zbekiston tarixi.

👉🏻 @BMB_testbot 👈🏻

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
111👍2💔1
244_2_2_илова_Буйрук_квалификация_19062025_ред.pdf
726.1 KB
⚡️Qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkin

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro'yxat asosida qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkinligi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin.

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76
Qaysi qabul jarayonlari uchun qaysi tashkilot mas'ul hisoblanadi?

Bakalavriatga kirishdagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar — oliy ta’lim muassasalari;

Magistratura mutaxassisliklariga qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;

Klinik ordinaturaga qabul — Sog‘liqni saqlash vazirligi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari;

Ikkinchi mutaxassislikka qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;

Davlat OTMlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;

Islom bilim yurtlariga qabul — O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tegishli ta’lim muassasalari;

O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Yuqorida qayd etilgan masalalar Bilimni baholash agentligi vakolatiga kirmaydi va Agentlik mazkur jarayonlarda ishtirok etmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
⚡️ Rasman: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19❤‍🔥3👍3🔥3👏3
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

Ma'lumki, 2025-2026- o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.


📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 06:30 da, 2-smena 13:30 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.
Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🔥2❤‍🔥1👍1
🗓 Osiyo Xalqaro Universitetida barcha yo'nalishlarga qabul davom etmoqda!

Zamonaviy kasblar, kuchli ta'lim va cheksiz imkoniyatlar aynan shu yerda jamlangan!

Bakalavriat yo'nalishlar:

Pedagogika
Psixologiya
Boshlang‘ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Maxsus pedagogika (Logopediya, Defektologiya)
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya
Pediatriya ishi
Oliy hamshiralik ishi
Filologiya va tillarni o‘qitish (Ingliz tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (Rus tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili)
Iqtisodiyot
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Menejment
Marketing
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Soliqlar va soliqqa tortish
Xalqaro munosabatlar
Tarix
Siyosatshunoslik
Jismoniy madaniyat
Turizm va mehmondo‘stlik
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Texnologik mashinalar va jihozlar (temir yo‘l transporti)
Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi
Energetika muhandisligi
Konchilik ishi
Transport vositalari muhandisligi (lokomotivlar bo‘yicha)
Kadastr
Logistika
Matematika
Biologiya


Magistratura yo‘nalishlari:

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Pedagogika
Psixologiya
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari
Ta’limda axborot texnologiyalari
Morfologiya
Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)
Rus tili va adabiyoti
O‘zbek tili va adabiyoti
Matematika
Tarix
Stomatologiya
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya


📌Shuningdek, sizni grantlar, rektor stipendiyasi, chet elda amaliyot o‘tash imkoniyati va AQSH bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari kutmoqda.

Orzuyingizdagi kasb sari birinchi qadamingizni qo‘ying!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Testda savollarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

Joriy yilgi test sinovlarida ham avvalgi yillardagi kabi savollarning qiyinlik darajasi quyidagicha taqsimlanadi:

🔴 15-25% birinchi darajali savol (oson);
🔴 50-70% ikkinchi darajali savol (o‘rtacha):
🔴 15-25% uchinchi darajali savol (qiyin).


Misol uchun, mutaxassislik fanidan 30 ta savol berilsa, shundan:

5-8 ta oson;
15-21 ta o‘rtacha;
5-8 ta qiyin savollar bo‘ladi.


✔️ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

✔️ @BMB_testbot orqali maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍1🔥1
⚡️ Toshkentda tibbiyot universiteti bitiruvchilarga ish bilan ta’minlanishini kafolatlaydi!

Profi University’ning karera markazi mamlakatdagi o‘ndan ortiq xususiy va davlat klinikalari bilan hamkorlik qiladi, bu esa bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini kafolatlaydi — o‘rtacha maosh 20 million so‘mdan boshlanadi. Yo‘nalishlar quyidagicha:

🦷 Stomatologiya
🧑‍⚕️ Davolash ishi

📌 Kafolatlangan o‘rinlar soni cheklangan!

❗️Keyingi kirish imtihoni 22-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

👉 Hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘ting!
7👍1🔥1
⚡️Rasman: Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥1
❗️Test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi! Ruxsatnomangizni yuklab oldingizmi?

👨‍💻 Aziz abituriyentlar! 2025-2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari yaqinlashmoqda!

📆 Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulgacha (10 kun davomida) bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar har kuni 2 smenada: 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

🔔 Muhim eslatma: Test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelish shart. Kechikkanlar testga kiritilmaydi!
📁 Test sinovlarida ishtirok etish uchun Abituriyent ruxsatnomasi”ni hoziroq my.gov.uz portali orqali yuklab olib, chop etib qo‘ying. Chunki test sinovida ruxsatnomada belgilangan joy, sana va smenada ishtirok etish shart! Boshqa hudud yoki vaqtda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

@mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@BMB_testbot orqali maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
⚡️O'qishni ko'chirish (perevod) qabuli boshlanishiga 7 kun qoldi!

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
👉 ariza;
👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi.

💰 Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

Magistraturada tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat oliygohlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
⚡️O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi

Bu haqda IDP test markazi ma'lum qildi.


Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.

British Council esa hozircha bu haqda e'lon qilmadi. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmayapti.

Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer-based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami "tarqalib ketgani" va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
⚡️Buxoro innovatsiyalar universitetida qabul davom etmoqda

Kasb tanlashda ikkilanayotgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat. Buxoro Innovatsiyalar Universiteti sizga orzuingizdagi sohaga yo‘l ochadi. Bugun qaror qabul qiling — ertangi muvaffaqiyat shu yerdan boshlanadi!

21 ta bakalavr yo'nalishi
4 ta magistartura mutaxassisligi
Grant va Imtiyozlar

Bugun qaror qabul qiling — ertangi muvaffaqiyat shu yerdan boshlanadi!

Ro'yxatdan o'tish:
https://qabul.bitrix24.site/
Aloqa: 55-307-50-00
Telegram:
@BUI_admin

📍Manzillarimiz:
Buxoro shahri, Alpomish ko'chasi, 1-uy,
Guliston shahri, Ezgulik kochasi, 5-a-uy,

🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube | Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1😁1
⚡️Test savollarini ishlash uchun abituriyentlarga 3⃣ soat vaqt beriladi!

3 ta majburiyga - 60 daqiqa;
2 ta mutaxassislikka - 120 daqiqa.

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Ya’ni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍
@Talimgaoid_perevod
19👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
Sertifikat magistratura 2024.pdf
6.4 MB
Qaysi yo‘nalishga C1 shart?
Qaysi yo‘nalishga B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?


Magistraturaga qabul davom etmoqda!

🇺🇿 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda.


Magistraturaga xujjat topshiraman deb yurganlarga yuborib qo‘ying!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚡️O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga 5 kun qoldi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Arizalar qachon beriladi?

● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
● pasport yoki ID nusxasi.

Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;
mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;
OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;
talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;
OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;
kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.

➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.

➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.

➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
2025/07/14 09:50:46
Back to Top
HTML Embed Code: