Telegram Web Link
– Ustozim! Ishlarim ko‘payib ketgani uchun hech kitob o‘qiy olmayapman.
– Kitob o‘qimaganing uchun ishlaring ko‘payib ketgan!

(Suratda nashrga tayyorlanayotgan kitob.)


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍23🔥10🥰61👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
​Biz kim...AYOL🌷 Musulmonlar olamining ulugʻ olimlaridan, soʻz sanʼatining sultonlaridan boʻlgan Ali Tantoviy “Ey qizim” degan risolasida shunday yozadilar: “Men 50 yil umr koʻrdim, dunyodagi juda koʻp mamlakatlarni kezib chiqqanman, juda koʻp yaxshi-yomonlarni…
"Ey qizim" kitobidan:
Ayollar ayollarni qandayligini bilgani uchun, erkaklar esa erkaklarni qandayligini bilgani uchun rashk qiladilar...
Islomga koʻra hijob zindon, taʼqiq va xorlash maʼnosidagi narsa emas. U ayolning hurriyatini boʻgʻib, manfaatiga barham bergan holda, uning erkinligiga gʻov boʻlmaydi. Balki hijob gunoh, oshiqcha zeb-ziynat va oʻzidan ketishga moneʼlik qiladi, hamda ehtirom, iffat odobi va hayoni muhofaza etadi...

Buyurtma berish @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥305👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahbubingga qadahingda suv tut. Unga oʻzingni tutishdan ehtiyot boʻl! Biz ayollarga oʻzimizni tutganimizdan keyin, qaytarib olishimiz qiyin boʻladi.
Shakar suvda erib ketgandek, biz ularda erib ketamiz.
Endi yonib, qaynab va tutamasdan turib, yangidan ajrashimiz mahol boʻladi. Erkak ayoliga erib-singib ketganda, zaiflashadi va uning soyasiga aylanadi. Ayol zoti zaif erkakni yomon koʻradi, garchi bunga oʻzi sababchi boʻlsa ham.
Bunda ibodatga loyiq birgina zot bor. U ham boʻlsa Allohdir, ayol emas.

Qadimda aytganlaridek, baxtli uylarda ovoz boʻlmaydi… Hech kim ular haqida gapirmaydi, hech kim ular haqida hikoya qilmaydi yoki roman yozmaydi, film suratga olmaydi. Anʼanaviy muhabbat hikoyalarida doimo oshiq mashugʻiga yetishganda parda tushadi (hikoya yakunlanadi), chunki muallif oʻshanda gap tugagan deb hisoblaydi…va endi aytadigan gap qolmagan, chunki baxt boshlangan va baxtning ramzi — sukutdir.

Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
13🔥7🤩3👍2👏2
Heeech kelmaydigan ertani kutib yashaydiganlar uchun⌛️

Vaqt hech qachon davo bo‘lolmaydi. U bor- yo‘g‘i odatlanib qolishga imkon beradigan kenglikdir xolos.

Muvaffaqiyatli insonlarning ham kuniga 24 soat vaqti bo‘ladi, biroq ular mana shu hammaga teng taqsimlangan imkoniyatdan bizdan ko‘ra biroz unumliroq foydalanganliklari sabab ma’lum bir natijaga erishadilar.

Vaqt baribir o‘tadi, undan afsus-u nadomat qoladigan ishlarda foydalansak ham va aksincha o‘zimiz va yaqinlarimiz (insoniyat) uchun foydali bo‘lgan ishga yo‘naltirsak ham...

Kalomdan gapiradigan bo‘lsak: "Zarra miqdor yaxshilikka ham, zarra miqdor yomonlikka" ham javobgar ekanmiz, soniyalarnida behuda ishlarga sarflashimiz ayanchli oqibatga olib kelishi aniq. Oqibat deyilganda yaxshi kasb va komfort sharoitda yashash nazarda tutilmayapti, behuda umr sabab abadiyat manzilida afsuslanib qolishdan ogohlantirilayapti!⌛️

Yumshoq muqova, 112 sahifa, 26ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰7🤩6🔥42👍2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Odamzot naqadar ajib! Duo qilayotganida Robbisini juda ham yaqinda, deb oʻylaydi, biroq gunoh qilayotganida esa uzoqda... Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
HALOVATNI QAYERDAN TOPISH MUMKIN?
Suhbatlashib o‘tiribmiz. Bir do‘stimizdan gap ochildi. Tez-tez Hindistonga, Taylandga borib kelayotgan emish.
“Nega?” deb so‘radim, tijorat karvoniga qo‘shilgandir, deya o‘yladim. Yo‘q, bir necha yil oldin “halovat izlayapman”, deb yurgan edi. Bosh urmagan eshigi qolmabdi. Topolmabdi halovatni. Keyin bir muddat xorijda ishlab yurganida e’tiqodiga biroz hinduizm, biroz buddizm, biroz zardushtiylik va shularning ustiga biroz g‘arb psixologiyasi bilan “qurollangan” rohib bilan tanishibdi. Fikrlaridan qattiq ta’sirlanibdi. Hayoti o‘zgaribdi emish. Do‘stimizning tarbiyasini, qiziqishlari va o‘zgacha qarashlari borligini eslaganimda u voqealardan hayratlanmadim.
Bu hikoya ko‘pchilikka tanish kelgan bo‘lsa ajablanmayman. Oh, bilsangiz shu umrimda bunaqa hodisalarga qancha guvoh bo‘ldim. O‘sha do‘stimizni yaqindan kuzatib yurgan o‘rtog‘imizdan so‘radim:
— Hozir qanday ekan?
— Haliyam o‘sha rohib bilan aloqada, - dedi do‘stim. - Huzur-halovat istab yuribdi. Fe’li o‘sha-o‘sha, har doimgiday ochko‘z va injiq. Bir mediatsiya o‘tkazib oladi, keyin tinchlanadi.
Bu gapdan keyin kuldik. Aslida, zamonaviy insonning umidsiz izlanishlaridan kuldik. Har qancha tipirchilasa-da, hamon kishanlaridan qutulolmayotgani bu. Shuncha yo‘l yursa-da, shuncha ishlarni qilsa-da, raqobatchi fe’l-atvoring seni ta’qib etaveradi.
Xo‘sh, nega? Muammo nimada?
Ayta qolay. Xoh Onado‘lida, xoh Hindistonda, xoh slavyan tuproqlari, xoh Afrikaning boshi-yu oxiri yo‘q sahrolarida bo‘lsangiz-da... halovat izlab yo‘lga chiqsangiz, topolmaysiz. Lekin haqiqatni izlab yo‘lga chiqsangiz, balki uning halovati sizni topishi mumkin.

"Iymon va huzun" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob Sizga eng yaqin pochta ofisigacha yetkazib berish tekin. Buning uchun ushbu postni 5ta do'stingizga yuborsangiz bas.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10🔥6👏21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Mahbubingga qadahingda suv tut. Unga oʻzingni tutishdan ehtiyot boʻl! Biz ayollarga oʻzimizni tutganimizdan keyin, qaytarib olishimiz qiyin boʻladi. Shakar suvda erib ketgandek, biz ularda erib ketamiz. Endi yonib, qaynab va tutamasdan turib, yangidan ajrashimiz…
Hatto sukut saqlashingiz ham bir tanlovdir va buning badalini ham albatta, o'taysiz.
Jur'atli bo'ling, yo'qsa sizga nisbatan jur'atli bo'lganlarning chizgan chizig'idan yoqmasa ham yashashga majbur bo'lasiz.

"Muhabbat madrasasi" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩6👍31👏1
Baribir so‘nggi hukmni KITOBXON o‘qiydi!

"Maqtanchoq qo‘zi" nomli ertak kitobi nashr qilinganiga 1 yildan oshgan bo‘lsa-da hozirgacha sanoqli adadda sotildi. Bir necha bor ushbu kitobcha haqida kitobxonlardan iliq fikrlar eshitdik, quyida ulardan birini havola qilmoqchimiz...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰6🤩4👍21🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Baribir so‘nggi hukmni KITOBXON o‘qiydi! "Maqtanchoq qo‘zi" nomli ertak kitobi nashr qilinganiga 1 yildan oshgan bo‘lsa-da hozirgacha sanoqli adadda sotildi. Bir necha bor ushbu kitobcha haqida kitobxonlardan iliq fikrlar eshitdik, quyida ulardan birini…
🐑Lola ismli mana bu oppoq qo‘zichoq o‘zining ipakdek yumshoq va silliq yungidan judayam faxrlanadi. Uni doim tarab, parvarishlab yuradi.

✂️Ammo bahor kelganda, fermadagi barcha qo‘ylar kabi Lolaning yungi ham qirqiladi. U tashqi ko‘rinishidan xafa bo’lib, toki yangi yung o‘sib chiqmagunicha fermaga qaytmaslikka qaror qiladi.

😢Lola endi o‘tloqda yolg‘iz kutadi, kutaveradi. Nihoyat yangi yung o‘sa boshlaydi, ammo endi u avvalgidek silliq emas, balki to‘zg‘igan va tartibsiz edi.

🐥Bir kuni qattiq shamol turib Lolaning ustiga qush tuxumi tushib ketadi. Keyin esa undan mitti, rangin qushcha ochib chiqadi. Qushcha Lolaning qalin va issiq yungi ichida xavfsiz katta bo‘ladi.

🧡Ular qadrdon do‘stga aylanadilar. Lola yangi yungini ham yaxshi ko‘rib qoladi. Xo‘sh, bizning olifta qo‘zichoq yana o‘z fermasiga qaytadimi? Buyog‘ini endi kitobning o‘zi hikoya qilib bersin a?

📔Gemma Merinoning ushbu kitobi o‘zbek tiliga "Maqtanchoq qo‘zi" deb tarjima qilingan. Juda ko‘p kitob do‘konlaridan topishingiz, onlayn buyurtma qilishingiz mumkin.

🌸Kitob nafaqat qiziqarli hikoya, balki iliq va samimiy rasmlari bilan ham ajoyib. Sahifalar quvnoq, rang-barang va bolakayning tasavvurini o‘stiradi. Qizcham ham rasmlarini boshqacha zavq bilan tomosha qiladi.

💖Bu kitob bolajonga o‘ziga ishonch, mehr-muhabbat va o‘zgarishlardan qo‘rqmaslikni o‘rgatadi. Bizning eng sevimli kitoblarimizdan biri. Siz uchun ham sevimlisi bo‘lishiga aminman.
@biyron_cha

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰5🤩5👏3👍21
"Iymon va huzun" asari muallifi Said Chamlijadan "Farzand tarbiyasida 33 xato"

Farzanding istaganingday emas, tarbiyalaganingday bo‘ladi...
Mevaning ta’mini yetishgan shoxidan, shox bog‘liq bo‘lgan daraxtdan, daraxtni urug‘idan, urug‘ini ekilgan tuproqdan va tuproqning yon-atrofidagi muhitdan ayro tasavvur qilsangiz “Nega bu meva achchiq?” degan savolga javob topolmaysiz… Va aybni faqat mevaga yuklaysiz!


Kitob qayta nashrdan chiqdi🔥
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍97🔥1🥰1👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Islom qoʻlni kesish uchun emas, molni himoya qilish uchun kelgan. Islom darralash uchun emas, aqllarni muhofaza qilish uchun kelgan. Islom insonlarni toshboʻron qilish uchun emas, obroʻlarni saqlash uchun kelgan! Islom ayolni "berkitish" uchun emas, himoya…
U kishi:
Xazinani adolatli taqsimladi.
Soliqlarni qisqartirdi, musulmon boʻlmaganlarga zoʻravonlik qilinmasligini taʼminladi.
Zakot tizimini kuchaytirdi.
Zulmga uchraganlarning haq-huquqlarini himoya qildi.
Mansabdor shaxslar va hokimlarning zulmini toʻxtatdi.
Mol-mulkni noqonuniy yoʻl bilan olib qoʻygan davlat xodimlarini jazoladi.
Allohdangina qoʻrqdi, buyrugʻiga amal qildi, qaytarganidan qaytdi, qatʼiy rioya qildi.
Ulamolar va din peshvolari bilan maslahatlashib ish tutdi.
Barcha qavmlar oʻrtasida tenglik tamoyilini joriy qildi.
Adolati bilan mashhur boʻldi va Umar Soniy, Ikkinchi Hazrati Umar nomi bilan ataldi.
Oradan bir yarim ming yil oʻtdi, hanuz u na yomon nom bilan eslandi va na unutildi.
Uning nomiga masjidlar, madrasalar, taʼlim muassasalari, xayriya tashkilotlar, universitetlar va hatto, koʻchalar barpo qilindi...

Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11🤩54👍4👏1
James Allenning "Fikrlayotgan odam" kitobi o'quvchilarni hayotining barcha jabhalarini o'z fikrlarini nazorat qilish orqali qanday o'zgartirishi mumkinligini tushuntiradi. Ushbu kitob hayotdagi muvaffaqiyat va baxtga erishishning asosiy kaliti insonning o'z fikrlarini va ichki dunyosini boshqarishda yotadi. Kitob Allenning "Fikrlarimiz bizni bunyod etadi" degan muhim g'oyasiga asoslanadi va bu g'oya orqali u o'quvchilarni hayotlaridagi qiyinchiliklarni yengish va o'zlarining orzu-umidlariga erishish uchun fikrlash tarzlarini qayta ko'rib chiqishga undaydi.

James Allen o'zining oddiy, ammo chuqur fikrlari bilan o'quvchini o'zining ichki kuchini topishga, muvaffaqiyatga erishish va baxtni topish uchun qanday qilib fikrlarimizni ijobiy va konstruktiv tarzda yo'naltirishimiz kerakligini ko'rsatadi. "Fikrlayotgan odam" kitobida ular tomonidan taqdim etilgan muhim g'oyalardan biri shundaki, odamlar o'z hayotlarining maqsadi va yo'nalishini faqat o'zlarining fikrlarini boshqarish orqali shakllantiradilar. Kitobda o'ylashning, xatti-harakatlarning va hissiyotlarning bir-biriga qanday ta'sir qilishi, ular qanday qilib bizni muvaffaqiyatga yoki muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi haqida so'z boradi.

Agar siz o'z hayotingizda ijobiy o'zgarishlar kiritishni istasangiz, bu kitobni o'qish juda foydali bo'ladi. Kitob sizga o'zingizni qayta shakllantirish, maqsadlaringizga erishish va baxtli hayot kechirish yo'lida kuchli ilhom manbai bo'ladi. Allenning eng katta merosi shundaki, u har bir o'quvchiga o'z fikrlarini o'zgartirish orqali dunyoni qanday o'zgartirish mumkinligini ko'rsatadi.

O'qish jarayonida har bir bobni chuqur tahlil qilish va o'z hayotingizda amalda qo'llashni tavsiya qilaman. Kitobda ko'rsatilgan falsafiy g'oyalar, shuningdek, amaliy maslahatlar sizni o'zingizni anglash va yangi fikrlar bilan to'ldirishga yordam beradi. "Fikrlayotgan odam" - bu nafaqat o'qilishi kerak bo'lgan, balki hayotda qo'llanilishi zarur bo'lgan bir asar.

Agar siz o'zgarishni boshlashni istasangiz, James Allenning bu kitobi – siz uchun mukammal boshlanish nuqtasi bo'lishi mumkin.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7🥰3👏32👍2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Islom qoʻlni kesish uchun emas, molni himoya qilish uchun kelgan. Islom darralash uchun emas, aqllarni muhofaza qilish uchun kelgan. Islom insonlarni toshboʻron qilish uchun emas, obroʻlarni saqlash uchun kelgan! Islom ayolni "berkitish" uchun emas, himoya…
Umar ibn Abdulazizning uyiga bir kuni mehmon keldi. Xufton namozini o‘qigandan keyin, bir narsa yoza boshladi. Mehmon oldilarida ekan, chiroqning nuri xiralashib qoldi.
Mehmon: «Ey amiral mo‘minin, men men turib chiroqqa yog‘ to‘ldirayinmi?» deb so‘radi.
Umar: «Mehmoniga bir ish qildirmog‘i kishining odamgarchili-gidan emas», dedi.
Mehmon: «Xizmatchini uyg‘otayinmi?» dedi.
Umar: «Yo‘q, u hozirgina uyquga ketdi», dedi. So‘ngra o‘zi turib, yog‘ idishdan yog‘ni olib, chiroqni to‘ldirdi.
Mehmon: «O‘zingiz to‘ldirdingiz-ku, ey amiral mo‘minin», dedi.
Umar ibn Abdulaziz: «Men turganimda ham Umar edim, qaytib kelib o‘tirganimda ham o‘sha Umarman. Odamlarning yaxshisi Alloh nazdidagi kamtarin kishilardir», deb javob qildi.

"Islom tarixidan OLTIN SAHIFALAR" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍14🔥5🥰3👏2😢2
Tinchligingiz buzilmasin deya qaysi toʻgʻridan voz kechgan boʻlsangiz, oʻsha narxga sotildingiz demakdir.

Haqiqat mudom takrorlanishi kerak, negaki Yolgʻon doimiy ravishda va'z qilinadi, bir necha kishi emas, balki ko'pchilik tomonidan. Matbuot va ensiklopediyalarda, maktab va universitetlarda, umuman hamma yerda Yolgʻon hukmronlik yurgizadi, olomon oʻz tomonida ekanligi haqiqatidan o'zini baxtli va qulay his etadi...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👍5😢42
2025/07/12 15:42:23
Back to Top
HTML Embed Code: