Telegram Web Link
Ushbu grafik Jahon savdo tashkiloti ma’lumotlari asosida dunyodagi eng yirik tovar eksport qiluvchi 30 ta davlatni ko‘rsatadi.

🇨🇳 2024-yilda jahon tovarlari eksportining 14,6 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi, bu umumiy ko‘rsatkichning eng yuqori ulushi.

Butun dunyo eksport summasi $24,5 trillion bo‘lsa, 30 ta davlatniki $20,3 trillionni tashkil qiladi.

2024-yil O‘zbekistonda eksport hajmi esa $26,94 milliardni tashkil qilgan.

@teacherazam
🔥6325👍11👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Salo” – film emas, ruhiy stress testi 🎬

Pier Paolo Pasolini’ning “Salo yoki Sadomning 120 kuni” filmi bu oddiy kino emas, balki tomoshabinning sabrini, insoniylik chegarasini sinovdan o‘tkazadigan asar. Shu bois uni ko‘p kishi “ko‘rish qiyin” deb ataydi.

Bu filmni ko‘rish go‘yoki jamiyatning eng qorong‘i burchagiga oynadan qarashga o‘xshaydi. Shuning uchun ham u ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan.

Film haqida batafsil tahlilni “Susambil” YouTube kanalida tomosha qiling.

🔗 https://youtu.be/WRcZCRLygM8
55🔥13👍9😢5🎅1
Semizlik darajasi

🌍 Semizlik mahalliy muammo bo‘lmay qoldi - hozir u sog‘liqni saqlash tizimlari uchun global muammoga aylandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 900 millionga yaqin kattalarda tana massasi indeksi 30 va undan yuqori.

🗺 Eng yuqori ko‘rsatkichlar Tinch okeani mintaqasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlarida qayd etilgan bo‘lib, ularda semiz odamlar ulushi 40-75% ga yetadi.

Yevropa mamlakatlarida semizlik darajasi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, Fransiya, Shveytsariya va Daniyada 10-13% bo‘lsa, Ruminiya va Vengriyada 30% dan ortiq.

Lotin Amerikasida bu ko‘rsatkichlar odatda yuqori bo‘lib, Venesuelada 23 foizdan Chilida 39 foizgacha.

Afrika va Sharqiy Osiyoda esa bu sezilarli darajada past, garchi ular o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa ham.

🇺🇿 O‘zbekiston esa 30% lik ko‘rsatkichga kirganini ko‘rsangiz bo‘ladi xaritadan.

@teacherazam
94😱37👍16🔥8😢7
Nega O‘zbekistonda futbol rivojlandi?

🎙 Ushbu podkastda O‘zbekiston futboli, Olimpiada yo‘llanmasi va “Ko‘rinmas medal” hujjatli filmi haqida gaplashdik.

Mehmonlarimiz bilan 2000-yillar boshidagi futbol tizimi qanday ishlagani, Eronga qarshi o‘yin, Jahon chempionatiga chiqish ehtimoli va O‘zbekiston futbolining burilish nuqtalarini tahlil qildik

⚽️ Bu podkastni ko‘rib o‘zbek futboli haqida bilmagan ma’lumotlaringizni bilib olasiz.

Podkast nafaqat futbol haqidagi ma’lumotlar, balki ichki kechinmalar, tanqid va orzular bilan to‘la.

Futbolni yurakdan his qiladiganlar — tomosha qilish shart!

👉 Tomosha qilish: https://youtu.be/1FOd6SL9cRI

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
57🔥14😁9👍8😱2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘YINLARDAGI TIRIK DUNYONI QANDAY YARATISHADI? 👨‍💻🌍

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, o‘yinlardagi personajlar qanday qilib o‘z hayoti bilan yashaydi? Kiber Uz kanali bu murakkab texnologiyalar ortida nimalar turganini batafsil tushuntirib beribdi. Bu videodan keyin ishlab chiquvchilar mehnatiga hurmatingiz yanada oshadi.

Kod ortidagi mo‘jizani kashf eting! 👇

➡️ To‘liq videoni bu yerda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=tcSPCEstZJ8
22👍3🔥1👏1
Boshqa davlatlarda odamlar qanchalik tez-tez tish shifokoriga murojaat qiladi?

🇳🇱 Niderlandiyaliklar sog‘lig‘iga e’tibor berish madaniyati tufayli IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) mamlakatlari orasida eng ko‘p (yiliga 3,5 marta) stomatologga borishadi.

Janubiy koreyaliklar va yaponlar ham tez-tez (1,7-3 marta) tish shifokoriga borishadi, shuningdek, ular boshqa IHTT mamlakatlariga qaraganda shifokorga ko‘proq (11-16 marta) tashrif buyurishadi.

🇺🇸 Bundan farqli o‘laroq, amerikaliklar yiliga taxminan 1 marta stomotologga boradi, bu faqat muammo yuzaga kelganda borish madaniyati tufayli, xarajatlar va sug‘urta qoplamasining kamligi tufayli yanada kuchayadi.

Britaniyaliklar deyarli eng kam tashrif buyurishadi; stomatologik parvarish NHS tomonidan subsidiyalangan (ammo bepul emas) va kutish vaqti uzoq.

Sizga savol, oxirgi marta qachon stomotologga borgan edingiz?

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣4510🔥7😁3👍2
2025/10/21 16:29:52
Back to Top
HTML Embed Code: