Telegram Web Link
Nega O‘zbekistonda futbol rivojlandi?

🎙 Ushbu podkastda O‘zbekiston futboli, Olimpiada yo‘llanmasi va “Ko‘rinmas medal” hujjatli filmi haqida gaplashdik.

Mehmonlarimiz bilan 2000-yillar boshidagi futbol tizimi qanday ishlagani, Eronga qarshi o‘yin, Jahon chempionatiga chiqish ehtimoli va O‘zbekiston futbolining burilish nuqtalarini tahlil qildik

⚽️ Bu podkastni ko‘rib o‘zbek futboli haqida bilmagan ma’lumotlaringizni bilib olasiz.

Podkast nafaqat futbol haqidagi ma’lumotlar, balki ichki kechinmalar, tanqid va orzular bilan to‘la.

Futbolni yurakdan his qiladiganlar — tomosha qilish shart!

👉 Tomosha qilish: https://youtu.be/1FOd6SL9cRI

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
65🔥15👍9😁9😱2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘YINLARDAGI TIRIK DUNYONI QANDAY YARATISHADI? 👨‍💻🌍

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, o‘yinlardagi personajlar qanday qilib o‘z hayoti bilan yashaydi? Kiber Uz kanali bu murakkab texnologiyalar ortida nimalar turganini batafsil tushuntirib beribdi. Bu videodan keyin ishlab chiquvchilar mehnatiga hurmatingiz yanada oshadi.

Kod ortidagi mo‘jizani kashf eting! 👇

➡️ To‘liq videoni bu yerda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=tcSPCEstZJ8
32👍5🔥4👏1
Boshqa davlatlarda odamlar qanchalik tez-tez tish shifokoriga murojaat qiladi?

🇳🇱 Niderlandiyaliklar sog‘lig‘iga e’tibor berish madaniyati tufayli IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) mamlakatlari orasida eng ko‘p (yiliga 3,5 marta) stomatologga borishadi.

Janubiy koreyaliklar va yaponlar ham tez-tez (1,7-3 marta) tish shifokoriga borishadi, shuningdek, ular boshqa IHTT mamlakatlariga qaraganda shifokorga ko‘proq (11-16 marta) tashrif buyurishadi.

🇺🇸 Bundan farqli o‘laroq, amerikaliklar yiliga taxminan 1 marta stomotologga boradi, bu faqat muammo yuzaga kelganda borish madaniyati tufayli, xarajatlar va sug‘urta qoplamasining kamligi tufayli yanada kuchayadi.

Britaniyaliklar deyarli eng kam tashrif buyurishadi; stomatologik parvarish NHS tomonidan subsidiyalangan (ammo bepul emas) va kutish vaqti uzoq.

Sizga savol, oxirgi marta qachon stomotologga borgan edingiz?

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣8219🔥15😁4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen odam bo‘lmaysan!

Ma’lumot uchun bu yerda professor talabalarni ChatGPT ishlatgani uchun urishgan va ularga hammasi bir umr Mcdonalds’da ishlashini aytgan 😅

Sizga ham shunaqa gap aytishganmi?

@teacherazam
🤣155👍5120🔥12😢7😱6
Yandex Split O‘zbekiston bozoriga chiroyli tarzda kirib keldi.

Yaqinda Anhor bog‘idagi 72 metrli charxpalakda ular o‘z logotipini pakman oʻyini personaji obrazida ishga tushirishdi.

Endi esa kompaniyaning reklamalarini shahardagi bilbordlarda va televizorlarda koʻrasiz.

Yaxshiiii

@teacherazam
1464🔥28👍13👏3😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parda Podcast'ning navbatdagi sonida mediada chiqayotgan oilaviy zo'ravonlik, ayollar o'limi, bolalardan alimini olayotgan ota-onalar va erta nikoh mavzusida suhbatlashishgan.

To’liq video: https://youtu.be/ayY0nKSwwVE?si=8s0nP5IMLEvUvtzY
🔥3115🤣6👍5🎅2
📊 Reputation Lab tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yilda Kanada va Shveysariya eng yaxshi xalqaro mavqega ega davlat bo‘lgan.

O‘tgan yilgi ro‘yxatga o‘xshab, Iroq, Eron va Rossiya so‘nggi o‘rinlarni egallagan.

🇺🇸 AQSH 2024-yildagi ko‘rsatkichdan 18 pog‘ona pastga tushib, 48-o‘rinni egallagan. Eng katta yo‘qitish ham AQShda.

🇰🇷 Janubiy Koreyaning ham institutsional inqiroz natijasida G7 davlatlari orasida obro‘si sezilarli darajada pasaygan. 25 dan 31-o‘ringa tushgan.

🇰🇿 Qozog‘iston esa 50-o‘rindan 49-o‘ringa bir pogona ko‘tarilganini ham ko‘rishingiz mumkin.

Bugungi geosiyosiy vaziyatda millatning obro‘si har qachongidan ham muhim. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, obro‘si tushib ketayotgan davlatlar xalqaro jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmay qo‘yadi.

Aksincha, o‘z obro‘sini mustahkamlaganlar ko‘proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, turizm va eksportdan yuqori daromad olish, xalqaro institutlar va yumshoq kuchda ko‘proq e’tirofga sazovor bo‘lish tendensiyasiga ega.

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3710👍5👏3😱1
2025/10/23 16:00:59
Back to Top
HTML Embed Code: