Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 "Marvel nihoyat dadil qadam tashladi"

Bu safar ekranda ko‘radigan filmimiz faqat bolalar ko‘radigan sifatsiz mahsulot emas. Chunki bu safar filmni insoniy hislar bilan boyitishgan. Vizual effektlar ba’zi joylarda pand berishini hisobga olmasa, film haqiqatdan eng yaxshi superqahramon filmlaridan biri.

Bu film Marvel hali ham ko‘nglimizga yo‘l topa olishini eslatdi.

Susambil tahlilida film haqida ko‘plab narsalar yoritildi.

📎https://youtu.be/OFSul4gwaPU?si=0tCSR1PonDqAeMYG
56🔥31🤣19👍9😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Edinburgʼdagi Portobello High School va Queensferry High School oʻquvchilar uchun sinov tarzida o‘z telefonlarini sumkalarda saqlashlari kerak bo‘lgan siyosatni joriy etyapti ekan.

S1 dan S6 (12-18 yosh oʻrtasidagi sinflar) gacha bo‘lgan barcha o‘quvchilar o‘quv kuni davomida mobil telefonlarni xavfsiz va qulflanadigan maxsus xaltalarda saqlashlari kerak boʻladi. Saqlash xaltachalari magnit yordamida qulflanadi va ochiladi, xaltachalar o‘quv kuni davomida o‘quvchilarning yonida boʻladi.

Tashabbus diqqatni jamlashni yaxshilash va sinfdagi chalg‘ishlarni kamaytirishga qaratilgan. Rasmiylar ham ushbu cheklovlar maktabda oʻquvchilar oʻrtasidagi muloqotni taʼminlashini va ruhiy salomatlikni yaxshilashga yordam berishini aytgan.

Telefonsiz tizim olti oy davomida o‘quvchilar, ota-onalar va vasiylar bilan muloqotdan so‘ng joriy etilibdi. Ularning 86 foizi ushbu tizim joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Bizning payti bir-birlaringiz bilan gaplashma deb urishishgan boʻlsa, endi bir-biri bilan gaplashish uchun nimadirlar qilishyapti.

Ota-onalar ham oldin uyga kirgizisha olishmagan boʻlsa, hozir tashqariga chiqara olmayapti 😅

@teacherazam
1🤣10229👍24😁9🎅5🔥4😢3😱2
Bill Burr jurnalistga hozir ularda yetishmayotgan jihat haqida ajoyib fikrlarni aytdi.

Jurnalist: “Hozir bo‘layotgan boykotlar, zo‘ravonliklar haqida nima deysiz?”

Bill Burr: “Men yangiliklarni ko‘rmayman. Nima bo‘layotganidan umuman xabarim yo‘q. Men Instagramda odamlarning mototsikldan yiqilib tushayotganini, sherlar va sirtlonlarning urishishini tomosha qilaman. Men shular bilan shug‘ullanaman. Bunday savollarni qiziqchiga berishingiz to‘g‘ri emas. Siz jurnalistsiz-ku.”

Jurnalist: “To‘g‘ri, lekin qiziqchilar ham joriy voqealardan xabardor bo‘lishi kerak-ku.”

Bill Burr: “Yo‘q, yo‘q. Bu bahona. Bu mas’uliyatdan qochish. Sizlar yana jasoratli bo‘lishingiz kerak, lekin hozir bu narsa sizlarda yo‘q. Sizlar doim: “Shuni o‘ylash kerakmi?” deb savol berasizlar. Axborotni xuddi savol berayotganday qilib taqdim qilasizlar, lekin aslida odamlarni o‘z fikringizga yo‘naltiryapsizlar. Sizlarda ilgari bo‘lgan dadillik yo‘q. Uni qayta topishingiz kerak. Mening vazifam esa boshqa. Men shunchaki masxarabozman.”


Video ostida esa odamlar ajoyib va qiziqarli izohlar ham qoldirgan. Mana ulardan ayrimlarining tarjimalari:
— Sahnada ham, undan tashqarida ham ajoyib talant egasi;
— Jurnalistlarning mashhur odamlarga bunday savollar berishi yoqadi, ular esa “Qachondan beri men dunyoni qutqaradigan odam bo‘lib qoldim?”, deyishadi“
— U “men shunchaki masxarabozman” deganida, una boʻlgan hurmatim yanada oshdi;
— Mainstream media - bu faqat bitta katta propaganda mashinasi.

@teacherazam
157👍20🔥10👏3🤣2
Forwarded from Englify
😫 Charchaganda ingliz tilini qanday o'rganish kerak?

- Dars qilishga kelganda charchoq his qilayotgan bo'lsangiz...

- Yoki kun bo’yi ishlab charchaganingizga qaramasdan baribir ingliz tili o'rganmoqchi bo'lsangiz,

Bu videomiz aynan siz uchun tayyorlangan.

Videoni ko'rish: 👇
📹 Charchagan bo’lsa ham ingliz tili o’rganish yo’li

#YouTube

🥳 Yoqimli tomosha!

📱 @englifyschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5235🔥13👏9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"2 yil o'tdi, haligacha qulupnay, yaltiragan olmani yemayman"- Nargis Qosimova.

Parda Podcast’da ekologik muammolar, chiqindi biznesi, zaharli mevalar haqida mutaxassislar bilan suhbat chiqdi.

To’liq video: https://youtu.be/wIJIm-CTXaU
52😱22🔥16👍9🤣9😢1🎅1
TikTokʼda eng koʻp like yigʻgan edit videolar

1-video: Disneyʼning multfilmlari Runaway qoʻshigʻi bilan edit qilingan. Videoni koʻrib bolalikka qaytasiz. TikTokʼda 44 mln 600 mingdan koʻp koʻrilgan.

2-video: UNO oʻyinida hamma sizni yutqizdi deb oʻylaganda yutib ketsangiz, sizda boʻladigan his koʻrsatib berilgan. Anime koʻrgandek boʻlasiz. TikTokʼda 33 mln 700 mingdan koʻp koʻrilgan.

3-video: Bu video ham sizni bolalikka qaytaradi. Nostalgiya boʻladi. TikTokʼda esa 28 mln 900 mingdan koʻp koʻrilgan.

4-video: Ronaldoning multfilm qahramonlari bilan futbol oʻynaganini koʻrganmisiz? Bu video esa 19 mln 200 mingdan koʻp like yigʻgan.

Ularning Instagram akkauntlari esa mana bular:

1. Aditonya
2. Legendarjay
3. Gonjutsuu
4. Brknsergio

Siz bu videolarni Istagramʼda koʻrganmisiz?

@teacherazam
🔥11664👍13😢8🤣5👏4🎅3😱2
FOMO — fear of missing out, ya’ni “nimanidir o‘tkazib yuboraman” degan ichki bezovtalik. Sog‘lom dozada u insonni hushyor qiladi, o‘sishga turtki bo‘ladi. Lekin mutlaqo FOMO bo‘lmasa-chi? Bu ham xavfli.

FOMO umuman yo‘qligining salbiy tomonlari:

— Imkoniyatlarni koʻrmay qolish yoki ularni juda ham kech sezish;
— Komfort zonaga tushib qolish. Bu sizni shaxsiy rivojlanishdan toʻsadi;
— Ishda, hayotda oʻzgarishlarga moslashishingiz sustlashadi;
— Hayotingizda bir xillik kuchayadi. Gʻoyalar kelishi kamayadi.

Xullas FOMOʼsi yoʻq odam Erkin Vohidov aytgandek: “Menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon” deb qoladi.

Unday insonlarning dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydi.

Podkastni koʻrish: https://youtu.be/B2-sKCUWFs0

@teacherazam
82🔥32👍17👏8😁7🤣2😱1
Bugungi podkastda SAT mentor Yorqinbek Zafarovich bilan SAT, oila, Amerika orzusi haqida gaplashdik.

Podkastni koʻrib:
- SAT olish uchun nimalar kerakligi;
- birinchi IELTSʼgami yoki SATʼga tayyorlanish zarurligini;
- Amerikaga grant yutish uchun nimalar muhimligi haqida bilib olasiz.

Podkastni koʻrib, oʻz fikrlaringizni izohda yozib qoldiring.

👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/Cj2FMzXXwZo

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
169👍24🔥18👏9🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌀 Multiolamning kaliti… bolakaymi?

Marvel bu safar bizni chindan ham larzaga soldi. “Fantastik To‘rtlik: Birinchi Qadamlar” filmida hali yurishni ham o‘rganmagan Franklin Richards ya’ni Reed va Syu Shtormning o‘g‘li “Power Cosmic” kuchini ishlatib onasini tiriltiradi.

Bu kichkina bola oddiy bola emas. U multiolam qudrati bilan tug‘ilgan mavjudot. Post-kredit sahnasida esa barcha geeklarni hushidan ketkazadigan lahza: Sherman Doom ko‘rinadi. Endi barchasi o‘zgarmoqda va qiyomat kuni boshlanmoqda.

📽 Marvelning koinotdagi eng yirik krossoverlari aynan shu bolakay atrofida shakllanishi rejalashtirilgan.

Susambil’ni ko‘ring — tafsilotlar o‘sha yerda.👉🏻 https://youtu.be/OFSul4gwaPU?si=0tCSR1PonDqAeMYG
63👍17🔥12👏7😱5🤣5🎅1
2025/10/25 03:58:40
Back to Top
HTML Embed Code: