Telegram Web Link
Intizomni ortiqcha baholayapmiz

📕 CNNʼda bir maqola oʻqib qoldim. U yerda maqsadga intizomsiz ham erishish mumkinligi haqida yozilgan edi. Oʻzi bugungi kunda koʻradigan boʻlsak, faqatgina intizom orqali maqsadga erishishni hamma targʻib qilyapti. Yagona yoʻl sifatida koʻrsatishyapti.

🏃 Aslida buning boshqa yo‘llari ham bor ekan. Ko‘pchilik intizomni odatlar shakllanishiga yordam beradi deb ishonishadi. Lekin aslida bu ikkisi alohida boshqa-boshqa tushunchalar ekan.

Odatlar — vaziyatni qayta-qayta takrorlash natijasida yuzaga keladi. Misol uchun hojatxonadan chiqib qoʻllaringizni yuvish.

Intizom — o‘zingizni muayyan qoidalarga bo‘ysunishga o‘rgatish bo‘lib, e’tibor, hissiyot va xatti-harakatlarni boshqarishni talab qiladi. U biror harakatni bajarish uchun turtki bo‘ladi, ammo faqat uning o‘zi odatlarni shakllantirmaydi.


Sizga yoqmaydigan xatti-harakatni odat darajasiga yetkazish uchun uni yetarlicha uzoq vaqt takrorlashga intizomingiz yetmaydi. Intizom, iroda va o‘zini nazorat qilish bu tarzda ishlamaydi.

Bular qisqa muddatli motivatsiyalar bo‘lib, ularni faqat qisqa vaqt davomida boshqara olamiz. Juda intizomli ko‘rinadigan odamlarni kuzatsangiz, ular qabul qilayotgan qarorlar bilan aslida kurashmasliklarini koʻrasiz. Ular buni beixtiyor amalga oshiradi

Buning hammasi oʻzingizga boʻlgan sadoqat bilan bogʻliq ekan.

💪 Misol uchun bizda koʻpchilik toʻydan oldin kiyimi chiroyli turishini istab ozishga yoki vazn olishga harakat qiladi.

Lekin bu maqsad tashqi sabablarga koʻra boshqalar ularni ma’lum bir tarzda ko‘rishini xohlash uchun qo‘yiladi. Ammo toʻydan keyin yana eski holatga qaytishadi.

🎯 Agar sizda ichki sadoqat tuyg‘usi yaʼni harakatlarni oʻzingiz uchun qilish bo‘lsa, doimiy o‘zgarishlar ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.

Maqolani toʻligʻini mana bu yerda oʻqisangiz boʻladi

✍️ Sizning bu masalada fikringiz qanday?

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7941🔥21👏16
🗿 Ingliz tili o'rganishning eng samarali yo'li - uni o'rganmaslik!

🩺 Hayotingizga aloqador bo'lgan narsani - xohlamasangiz ham baribir eslab qolasiz. Shuning uchun...

📚 ingliz tilini tez o'rganmoqchi bo'lsangiz uni hayot tarzingizga aylantiring.


🔥 Biz ingliz tili o'rganuvchilari uchun aynan shu g'oya ustiga qurilgan Telegram kanal ochdik:

🔜 @learn_with_englify

*️⃣Kanalimizdagi postlar doim hayotiy misollar, memlar va kulgili videolar orqali tushuntiriladi.

*️⃣Keyin esa barra o'rganilgan ma'lumotni amalda sinash uchun mashqlar va testlar tashlanadi.

*️⃣Ingliz tili olamiga shong'ishga yordam beradigan turli xil konetent tavsiyalar.

*️⃣Englify School'ning maxsus videodarsliklaridan parchalarni ham faqatgina shu kanalda tomosha qilishingiz mumkin.

🩺 Eng muhimi, bu kanal sizni charchatib qo‘ymaydi. Chunki biz bilan miyangiz o'zini "dars qilayotgandek"emas, balki shunchaki qiziqarli ma'lumot o'qib o'tirgandek his qiladi.

😉 Atrofingizni ingliz tili bilan o'rab olmoqchi bo'lsangiz bizga qo'shiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93🤣7335👍8😁6😱5🎅3👏2
Bill Gates AI olib qo‘ymaydigan kasbni aytdi

📱 Microsoft asoschisi dasturlash keyingi 100 yil davomida insoniyatga tegishli ish bo‘lib qolishini aytdi.

📈 Jahon iqtisodiy forumi ham 2025-yilgi hisobotiga ko‘ra sun’iy intellekt 2030-yilga borib 92 million ish o‘rnini olib qo‘yadi, lekin 170 million ish o‘rnini yaratadi.

📱 Gates GitHub Copilot va ChatGPTʼni elektr bilan ishlaydigan duradgorlik instrumentlariga o‘xshatgan. Ular insonlarning ish samaradorligini oshiradi, lekin duradgor bo‘la olmaydi.

AI kodlardagi xatolarni topishi, ularni tuzatishi va dastur arxitekturasini taklif qilishi mumkin, lekin ko‘rinmaydigan muammolarni payqamaydi, hukm chiqara olmaydi, mavhum g‘oyalarni funksionallikka aylantira olmaydi.

Gates: “Eng yaxshi dasturchilar shunchaki kod yozish bilan shug‘ullanmaydi - ular muammolarni mashinalar hech qachon yecha olmaydigan tarzda hal qiladi”, — degan.

⚠️ Diqqat!

Bo‘lajak dasturchilar, kelajagingiz hali porloq - sun’iy intellekt raqobatchingiz emas, balki yordamchingiz bo‘ladi.

👉 Dasturlashni oʻrganayotganlarga joʻnatib qoʻying

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
159👍58🤣37🔥27👏7😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parda Podkastning navbatdagi sonida dolzarb mavzu ko‘tarilgan. Bizda inklyuziv jamiyat bormi?, ta’lim, ishga kirishdagi qiyinchiliklar va avtobusdagi muammolar haqida gapirishibdi.

To‘liq video: https://youtu.be/9AqxkxV_S44
🔥3714👍8😢4👏2
Forwarded from KUNDUZIY
Musiqa futbolga qanday ta'sir qiladi?

Shu paytgacha men ishlagan eng yaxshi video shu deb o'ylayman. Bu shunchaki futbol va musiqa haqida emas. Aslida chuqur madaniy va ijtimoiy mavzular o'rganilib, shaxsiy fikr bilan bilan bezatilgan.

Do'stlar davrasida ko'rish uchun ayni muddao!

Video: https://youtu.be/EBegZ2Pnygw

@kunduziy
🔥59🤣2512👍8🎅1
Bitta ishni qilaverish odamni zeriktiradi

Oʻsha ishni qiziqarli qilish uchun esa, bir nechta usullar mavjud.

Barno Muqimova Davron Turdiyev bilan boʻlgan podkastda ushbu ullardan biri bilan ulashdi.

Geymifikatsiya yaʼni ishingizda nimadir yangi narsani sinab koʻrish.

Nima uchun aynan bu usulni qoʻllash foydali boʻlishini esa karusel postda oʻqing.

Aytgancha, oʻzi podkastni koʻrdingizmi?

👉 Tomosha qilish: https://linktw.in/aebPTa

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54🔥22👍6🤣4😁3😱3😢2🎅1
Dars qilish uchun eng qulay joy

🧠 Odatda ko’pchilik e’tibor bermaydigan, kam tilga olinadigan, lekin har bir insonning bilim olishi...

va shu orqali kelajakda qanchalik muvaffaqqiyatli bo’lishiga katta ta’siri bo’lgan mavzu haqida YouTube videomiz chiqdi.

⚡️ Dars qilish joyingizdagi kichik omillar qanday qilib katta natija olib kelishi haqida.

Videoni ko'rish: 👇
📹 Dars qilish uchun eng qulay joy.

#YouTube

🥳Yoqimli tomosha!

📱 @englifyschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
169👍24🤣9🔥5😱3👏2
Trump oʻlsa, nima boʻladi?

🇺🇸 Kuni kecha hamma joyda AQShning hozirgi prezidenti Donald Trump vafot etgani haqida xabarlar virus kabi tarqalib ketdi.

Keyin esa New York post uning tirik ekanligini aytib chiqdi.

Men esa Trump oʻlsa nima boʻlishi haqida subyektiv fikrlarim bilan boʻlishmoqchiman.

1️⃣ Dow Jonesʼda narxlar oʻynaydi. Dow Jones bu AQShning eng mashhur fond bozori indekslaridan biri. Unda 30 ta yirik Amerika kompaniyasi (Apple, Microsoft, Coca-Cola, Boeing va boshqalar) aksiyalarining o‘rtacha narxi hisoblab chiqiladi. U fond bozorining umumiy sog‘lomligini ko‘rsatib turadigan “termometr”.

2️⃣ Rossiya-Ukraina urushining tugatilishida kechikishlar kuzatilishi mumkin.

3️⃣ AQShning ichki va tashqari siyosati tezda oʻzgarib ketmaydi. Trumpning oʻlimi taʼsir qilmaydi bunga. Demokratlar kelsa, oʻzgarishi mumkin.

Sizning fikringiz qanday, nimalar boʻlishi mumkin?

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12755😁36😢18🔥11😱11👏2🎅2
Xalqim, Mustaqilligimizning 34 yilligi muborak bo‘lsin! 🥳

🇺🇿 Ammo unutmaylik: mustaqillik — yakun emas, boshlanishdir.

Bu — birinchi qadamimizni qo‘ygan yo‘l.

Endi oldimizda muhim vazifalar turibdi:
– xalqimiz farovonligini taʼminlash,
– adolatli va erkin jamiyat barpo etish,
– davlat va jamiyatni bir butun, kuchli tizimga aylantirish.

Haqiqiy erkinlik bu — fikr, so‘z va imkoniyat erkinligidir. Bu erkinliklarga birma-bir erishib kelyapmiz.

Mana shu yoʻlni davom ettirishimiz kerak

Erkin jamiyat esa — qudratli davlatning asosi.

🕊️ Bayram barchamizga muborak boʻlsin.

Yana dam olish kunlari ham ko‘payaversin deb qolamiz 😄

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
234👍42👏25🤣16🔥12😁8🎅5😱1
Koʻpchilik kutgan podkast chiqdi

🎙 Bu podkastni idish-tovoq yuvib koʻrmang. Bitta ruchka va bitta daftar olib koʻriladigan epizod boʻlgan.

Hamid Sodiq bilan chuqur siyosiy-falsafiy suhbat bo‘ldi. Dastlab, NQEʼga kelish qarori ortidagi motivlar haqida to‘xtaldik va oila, do‘stlik, davlat kabi ijtimoiy tuzilmalar qanday shakllanadi va ularning jamiyatdagi o‘rni nimada ekanligi gaplashdik

🧐 Suhbat davomida liberalizm va uning inqirozi, avtoritar hamda totalitar boshqaruv shakllari, diktatorlar va elitalar roli, shuningdek, avtokratik rejimlarning xavfi haqida tahliliy munozaralar boʻldi.

Shuningdek, millat tushunchasi, populist liderlarning tahdidi, ortodoksal ilmiy elitadan chiqib ketish zaruriyati, va Tor korridor kabi asarlar asosida ijtimoiy mexanizmlar, tafakkur shakllari va siyosat bilan bog‘liq miya faoliyati ham yoritildi.

“Hamma aqlli bo‘lgan jamiyat” qanchalik samarali bo‘lishi mumkinligi, va risk qilmasdan yashashning ma’no yo‘qotishi haqidagi fikrlar bilan suhbat tugadi.

👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/AzgFeNzNJiI

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9549👍23👏7😁6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Susambilning yangi videosini tomosha qildingizmi? Susambil ijodkorlari bizni "backstage" ya’ni kadr orti lavhalari bilan xursand qilishdi.

🎬🔥Ushbu yangi uslub menga juda yoqdi. An’anaviy tahlil qilishdan tashqari, Susambil bizga, ko‘rsatuvni suratga olish ishlaridagi qiziq holatlarni ko‘rsatib berdi.

Yangi sonni albatta tomosha qiling 🖤🎥

Havola: https://youtu.be/WjD_UHY67uU
😁5421👍10🤣7😢3🔥1
Teacher Azam pinned «Avgust oyida qanday postlar chiqardim? 01. Muvaffaqiyatli muvaffaqiyat muvaffaqiyat emas! 02. Wikipediadagi sir 03. Instagramʼda AI yaratyotgan realistik videolar 04. Telefonlardan vos kechayotgan Britaniya maktablari 05. Jurnalistni mot qilgan Bill Burr…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ko'chada ko'rgan odamni bolangiz jinni bo'lsa kerak degan gaplari, onaning ruhiy holatiga yomon ta'sir qiladi"- Farangiz Sharakhmetova.

To'liq video: https://youtu.be/sqNgzwoaP1Y
👍4118🔥13👏2😁2🎅2😱1
Grafikda 20 yoshdan 64 yoshgacha erkak va ayollarning yillik ish haqqi koʻrsatilgan. Ular eng kamida oʻrta maktab diplomiga ega.

Ushbu soʻrovnoma St. Louis Federal Reserve Bank tomonidan tayyorlangan bo‘lib, IPUMS‑USA (Minnesota Universiteti) ma’lumotlariga asoslangan.

Eng koʻp daromad qiluvchilar toifa uylangan erkaklar boʻlib chiqdi.

Turmush qurgan ayollar va uylanmagan erkaklar deyarli bir xil daromad topishi koʻrsatilgan.

Eng kam daromadni esa turmushga chiqmagan ayollar topishi aniqlangan.

Mana bu yerda yana ham toʻliqroq tanishishingiz mumkin.

Line graph asosida Task 1 yozib yuborsangiz ham boʻladi 😅

@teacherazam
102😁54👍29🤣25🔥6👏3🎅3😱2
📺 Hamma joyda tarqab ketgan “Imtixon“ seriali bor ediku men qatnashgan, o‘shani Reaktor loyihasida tahlil qildik.

Serialdan qancha gonarar olganim, qanday qilib serialda qatnashganim, nega aynan Sobir ismini tanlangani haqida bilib olasiz.

💸 Bundan tashqari Reaktorchilarning yopiq kanali endi oylik obuna rejimiga o‘tibdi. Endi bitta obuna bilan hamma sonni ko‘ra olasiz.

Ko‘rish: https://youtu.be/6xrdCRAnX5Y?si=NBt_lyTXP475QKMx

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1107🔥39😁27👏9🤣7👍5🎅2😱1
Gretsiyada 721 ta maktab yopilyapti, sabab demografik inqiroz

🧑‍🎓 O‘zi Gretsiyadagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra maktabda 15 nafardan kam o‘quvchi qolsa, maktabni yopishar ekan.

Umumiy 13,478 ta maktab bor, shundan 721 tasi bu yil yopilgan. Yildan-yilga Gretsiyada yopilayotgan maktblar soni oshib boryati ekan.

🚶 Maktablarning yopilishi orqasidan ayrim hududlarda bolalar 80 km masofaga o‘qish uchun qatnashyapti.

Bizd esa vaziyat boshqacha, maktablar ochilishi ko‘payib boryapti.

@teacherazam
1👏138🤣7744😱25👍10🔥10😢8
2025/10/24 20:26:50
Back to Top
HTML Embed Code: