Telegram Web Link
Liberalizm nimaning ustiga qurilgan?

Hamid Sodiq bilan bo‘lgan podkastda 3 xil dunyoqarash haqida gap ketadi.

📖 Ular ilohiy, metafizik va ratsionalga bo‘linadi.

Bu postda uchala dunyoqarashning bir-biridan nima farqi borligini tushunib olasiz.

👉 Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/AzgFeNzNJiI

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥70👏2221👍6
Haq-huquqlarini eng ko‘p talab qiluvchi avod

2025-yilning 4-sentyabrida Nepal hukumati jami 26 ta ijtimoiy tarmoq platformalarini blokladi. Ularning ichida Instagram, Facebook, X, WhatsApp, YouTube ham bor.

👥 8-sentyabrda esa zoomerlar tinch namoyishga chiqishdi. Harbiylar olomonni tarqatish uchun ko‘z yosh oqqizadigan gazlardan, rezina o‘qlardan va qurollardan foydalanishdi.

Shundan keyin namoyish protestga aylanib ketdi. Yoshlarning maqsadi esa ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishiga va korrupsiyaga qarshi kurashish edi.

🤦‍♂️ Namoyishga chiqqanlar hukumat binosini yoqib yubordi. “Tepadagilar”ning ko‘pchilik iste’foga chiqib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlar blokdan ochildi. 51 kishi halok bo‘ldi.

Nepal tarixida birinchi ayol bosh vazir Sushila Karki 12-sentyabrda ish boshladi.

Bu zoomer’lar nimalar qilib tashlayapti-ya

@teacherazam
👍136🔥4837😱14👏10😢8🤣7😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistondagi o’lim statistikalari orasida eng yuqorida turadigan yurak kasalliklari haqida Qo’shtirnoq podkastida. Oliy toifali vrachlar Bekzod Sagdullayev va Rasulbek Jumaniyazovlar bilan yurak kasalliklari turlari va sabablari haqida suhbat❤️

▶️https://youtu.be/-BC8MXe8wLs
40🔥15😢13👍7😱1🎅1
Chempionlar ligasida kim yutadi?

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston vaqti bilan 21:45 da Chempionlar Ligasi boshlanadigan. O‘yin Athletic Club va Arsenal o‘rtasida bo‘ladi.

BBC Sport’ning ba’zi ekspertlari, sharhlovchilari va jurnalistlari finalda kim yutishini prognoz qilishibdi. Yuqoridagi jadvalda ham kim qaysi tarafda bo‘lganini ko‘rsangiz bo‘ladi.

🤖 Menga qiziq bo‘lgan tarafi ular AI va Opta superkomyuteridan ham qaysi jamoa yutishni so‘rab ko‘rgan. Microsoft Copilot Chat “Liverpul” yutishini bashorat qilgan.

Opta superkompyuteri finalistni bashorat qilish uchun o‘tmishdagi natijalar, totalizatorlar bozori koeffitsiyentlari va sport tahlili kompaniyasining o‘z “Power Rankings”iga asoslangan modeldan foydalandi.

⚽️ Unga ko‘ra 2025-26 yilgi musobaqani 10 000 marta simulyatsiya qilgan va g‘alaba qozonish imkoniyati 20,4% bilan Liverpul’da, undan keyi Arsenal (16 foiz), PSJ (12,1 foiz) va Manchester Siti va Barselona (ikkalasi ham 8,4 foiz).

Sizningcha finalda kim yutadi?

@teacherazam
65👍14😁9🔥7👏4🎅1
Ha, bu safar ham o‘sha Xitoy

🇨🇳 Xitoy BMT homiyligidagi “Eng innovatsion millatlar” reytingida ilk bor Top-10ga kirib, Germaniyaning o‘rnini olib qo‘ydi.

Shveytsariya esa 14-yildan beri yetakchiligini saqlab kelyapti. Undan keyin Shvetsiya, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Niderlandiya va Daniya. Xitoy esa 10-pog‘onani egallagan.

📊 Xitoy bunday natijaga erishishiga sabab Pekin kompaniyalari R&Dga yirik sarmoya kiritmoqda; 2024-yilda xalqaro patent arizalarining qariyb 25 % i xitoylik subyektlardan kelib tushgan, bu global miqyosda eng katta ulush.

🤖 Pekindagi “Beijing Robotics Industrial Park”da namoyish qilingan “Tiangong” nomli gumanoyd robot ham Xitoy korxonalari R&Dga qancha mablag‘ yo‘naltirayotganining ko‘rinmas dalili.

Undan oldin robotlar olimpiadasi ham Xitoyda o‘tkazilayotganini aytgan edim.

Bu davlat ko‘p sohalada olinga o‘tib ketib qolyapti, qarang.

@teacherazam
76🔥23👍11😱8😢6🎅3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Autizm 40 foiz genetik mutatsiyaga bog'liq bo'lishi mumkin, 60 foiz esa genda mutatsiya aniqlanmaydi"- genetik shifokor Yoqutxon Hamdamova.

Tomosha qilishingiz uchun: https://youtu.be/mHOGdSDQIE0
54🔥17👍3🎅2
Totalitar rejim nima?

Bu karuselda siz totalitar tuzumlarning asosiy belgilarini ko‘rasiz. Gap shundaki, bunday rejimlar hukmronligini mustahkamlash uchun to‘rtta asosiy usuldan foydalanadi:

1️⃣ Hayotning hamma sohasiga kirib borishi
Sochingizdan tortib, kiyimingizgacha tartibga solishga urinadi. Masalan, Shimoliy Koreya – odamlarning soch turmagini ham, ichki kiyimini ham nazorat qiladi.

2️⃣ Proyekt davlat qurilishi
Xalq oldiga “biz yangi jamiyat quramiz” degan katta g‘oya tashlanadi. Kommunizm, Qizil Khmerlar – bular shior ostida millionlab odamlar qurbon bo‘lgan.

3️⃣ Kuchdan ochiq foydalanish
Totalitar rejim zo‘ravonlikni yashirmaydi. Odamlarni o‘ldirib, uni gazetalarda reklama qiladi – bu “qizil terror” deyiladi. Jadidlarni qirib tashlash va ularni xoin sifatida ko‘rsatish bunga misol.

4️⃣ Davlat g‘oyasi
Kommunizm yoki Chuchxe kabi yagona mafkura asosida yashash majburiy bo‘ladi. Bunday davlatlar doimiy izolyatsiyada bo‘lib, tashqi dushmanni ko‘rsatib turadi.

@teacherazam
67🔥21👍14👏6😱4🤣2
Albaniyada “Sun’iy Intellekt” vazir etib tayinlandi

🤖 Uning ismi Diella, korrupsiyaga eng ta’sirchan bo‘lgan sohalardan biri davlat xaridlarini nazorat qiladi.

Bosh vazir Edi Rama bu ko‘zbo‘yamachilik emas, balki shaffoflikni oshirish va xalq ishonchini qayta tiklash uchun qadam ekanligini aytgan.

📱 Diella allaqachon ko‘plab albanlarga e-Albania platformasi orqali tanish. Endi uning vazifalari davlat tenderlarini kuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qoidabuzarliklarni real vaqt rejimida aniqlashgacha kengaytirildi.

Savollar ham bor. Mutaxassislar ta’kidlashicha, sun’iy intellekt pora olmasa-da, u foydalanayotgan ma’lumotlar va sozlamalar tufayli manipulyatsiyaga uchrashi mumkin.

Boshqalar, agar tizim xatoga yo‘l qo‘ysa yoki qonuniy shartnomani to‘xtatsa, javobgarlikni belgilashning aniq tartibi mavjud emas. Milliardlab davlat mablag‘lari taqdiri hal bo‘layotganda, sun’iy intellekt qarorlari uchun kim javob beradi, deb aytishmoqda

@teacherazam
🤣209👍2922😱17🔥15😁10😢7🎅1
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Ijtimoiy tarmoqlarini video segmentida bir qiziq "ibratli videolar" janri bor, uni umumlashtirib - "kibr qilma" deb atasak bo‘ladi. Yuzlab shunday videolar ko'rganman. Videoda odatda bir "boy ko‘rinadigan" erkak yoki ayol, usti boshi, avtomobili, yurish turishi "kambag‘al ko‘rinadigan" odamga nisbatan qo‘pol va umuman asossiz va mantiqan tushunarsiz darajada yomon munosabatda bo‘ladi.

Videoni kulminatsion qismiga kelib esa o‘sha “kambag‘al” ko‘rinadigan odam, qo‘pollik qilgan insondan ancha boyroq, qudratliroq bo‘lib chiqadi va o‘sha “boy” kibr qilgani uchun pushaymon yegandek yoki hech qolsa afsuslanganidek bo‘ladi. Videodan asosiy saboq shuki, go‘yoki "agar qaysidir bechora ko‘ringan odamga kibring sabab qo‘pol muomala qilsang - u aslida boy bo‘lishi mumkin va sen uyalib yoki afsuslanib qolasan". Xuddi shunaqa mantiq bilan, nega rost gapirish kerak, nega birovni haqqiga halol bo‘lish kerakligi haqida videolar bor, masalan qandaydir qudratli odam sinayotgan bo‘ladi. Yoki bir odam boshqasini mensimaydi-da, 20 yil o'tib u boyib ketadi va mensimaganiga achinadi vhkz.

Menga shu mantiq juda qiziq ko‘rindi. Videolardagi asosiy messej - axborot assimetriyasidek ko'rsatiladi, ya'ni kambag'al odamlarga ham yaxshi munosabat qilishning sababi u odam aslida boy bo'lib chiqishi mumkinligi riski borligi bilan qo'rqitiladi. Agar mantiqni davom ettirsak va deylik u odam boy bo'lib chiqmasachi degan tabiiy savol bersak, videodagi mantiq g'alati xulosaga olib keladi. Menimcha, kibr qilmaslik kerak degan gap - to'g'ri gap. Odamni usti boshiga qarab kamsitmaslik kerak degan gap ham to'g'ri gap. Lekin odamlarga nisbatan yaxshi munosabatni mukofoti - bu odam aslida qandaydir sizni sinayotgan boyvochcha bo'lib qolsa, unda nima qilasan emas, aynan bo'lmasa, aynan hayotingizga hech qanday ta'sir o'tkaza olmagani uchun ham yaxshi munosabatda bo'lish kerakligi haqida bo'lishi kerak emasmi "ibratli video"? Axir, yaxshilikni mukofoti bu faqatgina yaxshilik emasmi?

O'ylaymanki, mantiq sal o'zgarsa, hozir ham, kelajakda ham sizga hech qanday foydasi tegmaydigan insonlarga bo'lgan munosabat orqali odamni bilish mumkin. Ya'ni yuqoriroq turgan odamga takalluf qilish eng tabiiy va oson narsa, bu emasku o'lchov.
👏92👍3529🔥11😁5🎅4🤣3😢2😱1
🎙 Ushbu podkastda Umidjon aka bilan O‘zbekistonning bugungi iqtisodiy va ijtimoiy holati, millat, shaxsiy brend va sun’iy intellekt kabi dolzarb mavzular atrofida fikr almashdik.

Suhbat boshida shaxsiy brend qurish, hozirgi davrning o‘ziga xos jihatlari va davlat qarzi masalasi haqida muhim savollar ko‘tarildi.

🇬🇧 Muloqot davomida ingliz tilining O‘zbekistonda ikkinchi rasmiy tilga aylanishi, sun’iy intellektning taʼlim va til o‘rganishga ta’siri, o‘zbek xalqining hayot darajasi, “o‘rta sinf”ning yo‘qolishi va odamlarning maqsad qo‘yishdagi yondashuvi haqidagi tahlillar berildi.

Shuningdek, o‘zbek millatining shakllanishi, xalq sifatida qanday baholanayotgani va odamlarning orzulari (pulmi, mansabmi, mutaxassislikmi) masalalari muhokama qilindi.

📖 Suhbat “Faqat bitta kitob hayotga tatbiq etilsa, bu qaysi bo‘ladi?” degan savolga javob orqali yakunlandi

👉 Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/mDpztKlaFWA

@teacherazam
1🔥5615👍13👏6🎅4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ko'p qiyinchilik ko'rgan bolalar, katta bo'lishganda o'zini birma bir yig'ishga to'g'ri keladi"- bolalar psixologi Mahfuza Shomurodova.

Parda Podcast'ning navbatdagi sonida bolalar psixologi bilan Mahfuza Shomurodova bilan o'smirlarning ruhiy holati va ota-ona tomonidan qo'llab-quvvatlashni muhimligi haqida suhbatlashibdi.

To'liq video: https://youtu.be/dPSmvY3n1eI
47🔥21👍13
🇪🇺 Yevropada 2022-yil 5 millionda odam vafot etgan va bu infografikada aynan qaysi kasalliklar odamlar o‘limiga sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

🫀 Unda yurak kasalliklari hali hamon yetakchilik qilayotganini ko‘rishingiz mumkin. 1,7 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Bu barcha o‘limlarning 33 foizi degani.

Saraton esa ikkinchi o‘rinda, 1,2 million kishi va umumiy o‘limlar sonining 23 foizini tashkil qiladi.

Uchinchi o‘rinda nafas olish bilan bog‘liq kasalliklar: pnevmoniya, bronxit.

👀 Qolgan o‘rinlarni esa berilgan grafikda ko‘rishingiz mumkin.

Nima deb o‘ylaysiz, Markaziy Osiyodagi insonlar eng ko‘p qanday kasalliklardan vafot etayotgan bo‘lishi mumkin?

@teacherazam
😢6117👍12🔥6
Lamine Yamal o‘smirlik davrida rekordlarni yangilashda davom etmoqda va 18 yoshli futbolchi 2025-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida Kopa kubogini o‘zida saqlab qolgan birinchi futbolchiga aylandi.

Endi Oltin to‘pni kim yutadi deb o‘ylaysiz?

❤️ - Yamal
👍 - Dembele

@teacherazam
2👍473385🔥13🎅10🤣7👏2😁2
2025/10/21 23:01:28
Back to Top
HTML Embed Code: