Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Autizm 40 foiz genetik mutatsiyaga bog'liq bo'lishi mumkin, 60 foiz esa genda mutatsiya aniqlanmaydi"- genetik shifokor Yoqutxon Hamdamova.

Tomosha qilishingiz uchun: https://youtu.be/mHOGdSDQIE0
54🔥17👍3🎅2
Totalitar rejim nima?

Bu karuselda siz totalitar tuzumlarning asosiy belgilarini ko‘rasiz. Gap shundaki, bunday rejimlar hukmronligini mustahkamlash uchun to‘rtta asosiy usuldan foydalanadi:

1️⃣ Hayotning hamma sohasiga kirib borishi
Sochingizdan tortib, kiyimingizgacha tartibga solishga urinadi. Masalan, Shimoliy Koreya – odamlarning soch turmagini ham, ichki kiyimini ham nazorat qiladi.

2️⃣ Proyekt davlat qurilishi
Xalq oldiga “biz yangi jamiyat quramiz” degan katta g‘oya tashlanadi. Kommunizm, Qizil Khmerlar – bular shior ostida millionlab odamlar qurbon bo‘lgan.

3️⃣ Kuchdan ochiq foydalanish
Totalitar rejim zo‘ravonlikni yashirmaydi. Odamlarni o‘ldirib, uni gazetalarda reklama qiladi – bu “qizil terror” deyiladi. Jadidlarni qirib tashlash va ularni xoin sifatida ko‘rsatish bunga misol.

4️⃣ Davlat g‘oyasi
Kommunizm yoki Chuchxe kabi yagona mafkura asosida yashash majburiy bo‘ladi. Bunday davlatlar doimiy izolyatsiyada bo‘lib, tashqi dushmanni ko‘rsatib turadi.

@teacherazam
67🔥21👍14👏6😱4🤣2
Albaniyada “Sun’iy Intellekt” vazir etib tayinlandi

🤖 Uning ismi Diella, korrupsiyaga eng ta’sirchan bo‘lgan sohalardan biri davlat xaridlarini nazorat qiladi.

Bosh vazir Edi Rama bu ko‘zbo‘yamachilik emas, balki shaffoflikni oshirish va xalq ishonchini qayta tiklash uchun qadam ekanligini aytgan.

📱 Diella allaqachon ko‘plab albanlarga e-Albania platformasi orqali tanish. Endi uning vazifalari davlat tenderlarini kuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qoidabuzarliklarni real vaqt rejimida aniqlashgacha kengaytirildi.

Savollar ham bor. Mutaxassislar ta’kidlashicha, sun’iy intellekt pora olmasa-da, u foydalanayotgan ma’lumotlar va sozlamalar tufayli manipulyatsiyaga uchrashi mumkin.

Boshqalar, agar tizim xatoga yo‘l qo‘ysa yoki qonuniy shartnomani to‘xtatsa, javobgarlikni belgilashning aniq tartibi mavjud emas. Milliardlab davlat mablag‘lari taqdiri hal bo‘layotganda, sun’iy intellekt qarorlari uchun kim javob beradi, deb aytishmoqda

@teacherazam
🤣209👍2922😱17🔥15😁10😢7🎅1
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Ijtimoiy tarmoqlarini video segmentida bir qiziq "ibratli videolar" janri bor, uni umumlashtirib - "kibr qilma" deb atasak bo‘ladi. Yuzlab shunday videolar ko'rganman. Videoda odatda bir "boy ko‘rinadigan" erkak yoki ayol, usti boshi, avtomobili, yurish turishi "kambag‘al ko‘rinadigan" odamga nisbatan qo‘pol va umuman asossiz va mantiqan tushunarsiz darajada yomon munosabatda bo‘ladi.

Videoni kulminatsion qismiga kelib esa o‘sha “kambag‘al” ko‘rinadigan odam, qo‘pollik qilgan insondan ancha boyroq, qudratliroq bo‘lib chiqadi va o‘sha “boy” kibr qilgani uchun pushaymon yegandek yoki hech qolsa afsuslanganidek bo‘ladi. Videodan asosiy saboq shuki, go‘yoki "agar qaysidir bechora ko‘ringan odamga kibring sabab qo‘pol muomala qilsang - u aslida boy bo‘lishi mumkin va sen uyalib yoki afsuslanib qolasan". Xuddi shunaqa mantiq bilan, nega rost gapirish kerak, nega birovni haqqiga halol bo‘lish kerakligi haqida videolar bor, masalan qandaydir qudratli odam sinayotgan bo‘ladi. Yoki bir odam boshqasini mensimaydi-da, 20 yil o'tib u boyib ketadi va mensimaganiga achinadi vhkz.

Menga shu mantiq juda qiziq ko‘rindi. Videolardagi asosiy messej - axborot assimetriyasidek ko'rsatiladi, ya'ni kambag'al odamlarga ham yaxshi munosabat qilishning sababi u odam aslida boy bo'lib chiqishi mumkinligi riski borligi bilan qo'rqitiladi. Agar mantiqni davom ettirsak va deylik u odam boy bo'lib chiqmasachi degan tabiiy savol bersak, videodagi mantiq g'alati xulosaga olib keladi. Menimcha, kibr qilmaslik kerak degan gap - to'g'ri gap. Odamni usti boshiga qarab kamsitmaslik kerak degan gap ham to'g'ri gap. Lekin odamlarga nisbatan yaxshi munosabatni mukofoti - bu odam aslida qandaydir sizni sinayotgan boyvochcha bo'lib qolsa, unda nima qilasan emas, aynan bo'lmasa, aynan hayotingizga hech qanday ta'sir o'tkaza olmagani uchun ham yaxshi munosabatda bo'lish kerakligi haqida bo'lishi kerak emasmi "ibratli video"? Axir, yaxshilikni mukofoti bu faqatgina yaxshilik emasmi?

O'ylaymanki, mantiq sal o'zgarsa, hozir ham, kelajakda ham sizga hech qanday foydasi tegmaydigan insonlarga bo'lgan munosabat orqali odamni bilish mumkin. Ya'ni yuqoriroq turgan odamga takalluf qilish eng tabiiy va oson narsa, bu emasku o'lchov.
👏92👍3529🔥11😁5🎅4🤣3😢2😱1
🎙 Ushbu podkastda Umidjon aka bilan O‘zbekistonning bugungi iqtisodiy va ijtimoiy holati, millat, shaxsiy brend va sun’iy intellekt kabi dolzarb mavzular atrofida fikr almashdik.

Suhbat boshida shaxsiy brend qurish, hozirgi davrning o‘ziga xos jihatlari va davlat qarzi masalasi haqida muhim savollar ko‘tarildi.

🇬🇧 Muloqot davomida ingliz tilining O‘zbekistonda ikkinchi rasmiy tilga aylanishi, sun’iy intellektning taʼlim va til o‘rganishga ta’siri, o‘zbek xalqining hayot darajasi, “o‘rta sinf”ning yo‘qolishi va odamlarning maqsad qo‘yishdagi yondashuvi haqidagi tahlillar berildi.

Shuningdek, o‘zbek millatining shakllanishi, xalq sifatida qanday baholanayotgani va odamlarning orzulari (pulmi, mansabmi, mutaxassislikmi) masalalari muhokama qilindi.

📖 Suhbat “Faqat bitta kitob hayotga tatbiq etilsa, bu qaysi bo‘ladi?” degan savolga javob orqali yakunlandi

👉 Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/mDpztKlaFWA

@teacherazam
1🔥5615👍13👏6🎅4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ko'p qiyinchilik ko'rgan bolalar, katta bo'lishganda o'zini birma bir yig'ishga to'g'ri keladi"- bolalar psixologi Mahfuza Shomurodova.

Parda Podcast'ning navbatdagi sonida bolalar psixologi bilan Mahfuza Shomurodova bilan o'smirlarning ruhiy holati va ota-ona tomonidan qo'llab-quvvatlashni muhimligi haqida suhbatlashibdi.

To'liq video: https://youtu.be/dPSmvY3n1eI
47🔥21👍13
🇪🇺 Yevropada 2022-yil 5 millionda odam vafot etgan va bu infografikada aynan qaysi kasalliklar odamlar o‘limiga sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

🫀 Unda yurak kasalliklari hali hamon yetakchilik qilayotganini ko‘rishingiz mumkin. 1,7 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Bu barcha o‘limlarning 33 foizi degani.

Saraton esa ikkinchi o‘rinda, 1,2 million kishi va umumiy o‘limlar sonining 23 foizini tashkil qiladi.

Uchinchi o‘rinda nafas olish bilan bog‘liq kasalliklar: pnevmoniya, bronxit.

👀 Qolgan o‘rinlarni esa berilgan grafikda ko‘rishingiz mumkin.

Nima deb o‘ylaysiz, Markaziy Osiyodagi insonlar eng ko‘p qanday kasalliklardan vafot etayotgan bo‘lishi mumkin?

@teacherazam
😢6117👍12🔥6
Lamine Yamal o‘smirlik davrida rekordlarni yangilashda davom etmoqda va 18 yoshli futbolchi 2025-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida Kopa kubogini o‘zida saqlab qolgan birinchi futbolchiga aylandi.

Endi Oltin to‘pni kim yutadi deb o‘ylaysiz?

❤️ - Yamal
👍 - Dembele

@teacherazam
2👍473385🔥13🎅10🤣7👏2😁2
Kulminatsiyaga kelyapmiz, ozgina qoldi

Demak, kim yutishini yana bir marta aniqlab olaylik, men Parijdagi tashkilotchilarga g‘olib kimligini aytishim kerakda 😌😅

Izohda yozing-chi

@teacherazam
7😁91👏1911🤣8🔥3👍2🎅1
Ayollar o‘rtasida 2025-yilgi Oltin to‘p egasi Aitana Bonmatí

@teacherazam
🔥9523👍9🎅1
⚽️ 2025-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimining g‘olibini Ousmane Dembélé deb e’lon qilaman

🥳 Tabriklaymiz!!!

💤 Endi hamma uxlasin

@teacherazam
🔥295😁54😢51🤣4418👍9👏4😱2🎅2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistondagi ta’lim, xususiy va davlat ta’limi, prezident maktablari va boshqa maktablar o‘rtasidagi tafovut, xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgani oqibatlari, ta’limdagi tengsizlik va adolatsizlik haqida ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov va Profi ta’lim muassasalari asoschisi Bektosh Khatamov bilan Qo’shtirnoq podkastida muhim suhbat bo’libdi.

Ko’rishingizni tavsiya qilamiz.

▶️https://youtu.be/jBRp9Vv2iKs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4618🔥9👏4🎅1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱 Microsoft CEO’si iPhone haqida gapirganidan keyin nimalar bo‘lib ketdiya...

📱 Bu nutqdan 10 yil o‘tib Microsoft telefon ishlab chiqarishni to‘xtatgan. Ha, shunday, Apple’ga 10 yil kifoya bo‘ldi.

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣132👍27🔥1110😁8👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Travma aslida nima?

Parda Podcast'ning navbatdagi sonida bolalar psixologi travma aslida nimaligi haqida batafsil ma'lumot bergan.

Parda Podcast - xotin-qizlar muammolarini yoritish, jamoat faollari, ekspertlar bilan birgalikda ularga yechim topish bo'yicha erkin suhbat.

Tomosha qilishingiz uchun: https://youtu.be/dPSmvY3n1eI
46🔥14👍9😢5👏4🎅3
2025/10/21 11:50:43
Back to Top
HTML Embed Code: